So‘ng yo‘lga tushdi. Daryoning bir chekkasida u boshqa chekkasida biz ketib borardik. Tun bo‘lgach, ko‘kdan bir dasturxon indi. Unda olti yufqa (patir, qatlama) bilan sirka hamda ko‘katlar bor edi. Joriya: "œMenga va mehmonlarimga ikrom qilgan Allohga hamd bo‘lsin. Har tun menga ikki yufqa tushardi, bu kecha har birimizga ikkitadan yufqa tushdi", dedi. Keyin uch ko‘za suv tushdi, ichdik. Yer yuzidagi suvlarga o‘xshash bir ta’mi va lazzati bor edi. Undan so‘ng o‘sha kecha joriya bizdan ajraldi.
Makkaga kelganimizda tavof asnosida shayx Adiyyga tajalli voqe’ bo‘ldi va o‘zidan ketib yiqildi. Hatto ba’zilar uni o‘lganini ham aytishdi. Nogahon haligi joriyaning Adiyyning boshi tepasida turgan holatda: "œSeni o‘ldirgan seni tiriltirsin!" deganini ko‘rdik. "œAlloh shunday ulug‘dirki, hodisalar faqat Uning xohishi, irodasi bilan qoim, sifatining zuhuri oldida koinot faqat Uning yordami bilan qaror topur. Hatto Uning qudsiyat nurlari aqlning ko‘zini ko‘rmaydigan qilur, Uning go‘zalligining xushbo‘y isi ulug‘ kishilarning zehnini to‘xtatib qo‘yur".
Shundan so‘ng menga tajalli voqe’ bo‘ldi. Ichimda bir ovoz eshitdimki, oxirida menga bunday der edi: "œEy Abdulqodir! Insonlarning manfaati uchun zohiriy tajridni tashla, tavhid va tafridga yopish. O‘zingni xalqing foydalanishiga qo‘yib ber. Bizning xos qullarimiz bor va ularni sening vositang bilan yaqinlik (qurb) sharafiga yetishtirmoq xohlarmiz".
Birdan u joriya aytdiki: "œEy yigit! Bugun nima bo‘ldi, bilmayapsanmi, sening boshing ustida nurdan bir chodir qurilgan, to ko‘klarga qadar farishtalar sening doirangda gir aylanyapti. Barcha avliyoning ko‘zi (nazari) o‘z maqomlarida turib senga qadalgan. Va hammalari ham senga berilgan bu maqomni orzu qilishmoqda"¦" Shundan keyin joriya ketdi, qayta uni ko‘rish menga nasib bo‘lmadi".