Bahriddin Umrzoq. Soliha ayollar  ( 65283 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 10 B


Laylo  17 Oktyabr 2007, 05:52:43

SOLIHA AYOLLAR

To‘plab nashrga tayyorlovchi
Bahriddin UMRZOQ

«Movarounnahr»
Toshkent

Ushbu «Soliha ayollar» kitobi Islom tarixidagi avliyo ayollar, ularning ulug‘ xislatlari, holi hayotlari haqida qisqacha ma’lumot beradi. Musannif kitobning avvalida valiy nima degani? Qur’on va hadisda qaysi ma’nolarda kelgan? «Valiylar kimlar? degan savollarga javob berib o‘tgan.
O‘ylaymizki, ushbu mo‘’jaz risola barcha o‘quvchilarimizga, xususan, opa-singillarimizga ibrat dasturi bo‘ladi.

© «Mutarjim»
Toshkent, 2003 y.

MUNDARIJA

Valiylik haqida tushuncha
Obida soliha ayollar
Sahoba ayollar
Ayol avliyolar

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 05:54:18

Valiylik haqida tushuncha

"œOgoh bo‘ling (yaxshi bilingki), albatta Allohning do‘stlari uchun hech bir xavf (qo‘rqinch) yo‘q va ular (aslo) mahzun bo‘lmaslar" (Yunus, 62­oyat).

Qur’oni karimda «valiy» deb sifatlangan zotlar kimlar va qanaqa fazilatlari ularni bu ulug‘ maqomli ta’rifga loyiq qilgan?

Avvalo, «valiy» so‘zining lug‘aviy, istilohiy ma’nolari haqida qisqacha ma’lumot bersak.

Bu so‘z valiya (yaqin bo‘ldi) fe’liga o‘zakdoshdir. Ko‘pligi — avliyo. «Valiyyulloh» — Alloh taoloning do‘sti demakdir.

Tabiiyki, savol tug‘iladi: har bir narsaning belgi, alomati bo‘lganidek, valiylikning ham belgilari bormi? Ha, bor. Bu belgilar zohiriy hamda botiniydir.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 05:55:59

Valiylarning birinchi va eng muhim alomati shuki, ular har qanday sharoit va holatlarda shariat talab qilganidek istiqomatda bo‘ladilar.

Istiqomat «to‘g‘rilik» demakdir. Istilohda esa barcha ahdlarida, xususan, Alloh taolo va Rasuliga bo‘lgan ahdlarida hamda kundalik yurish­turish, kiyinish, taomlanish kabi barcha dunyoviy va diniy ishlarda shariat me’yorlariga rioya qilib yashashdir.

Istiqomat ahlulloh nazdida shunday yuksak bir darajaki, barcha maqbul maqsad va g‘oyalarning ro‘yobga chiquvi, barcha xayrli ishlarning kamolga yetishuvi unga bog‘liq. Aks holda, irfon ahli aytishicha — Alloh saqlasin — harakatlar bekor, sarflangan barcha kuch­g‘ayratlar foydasiz bo‘ladi.

Istiqomat Yaratganga chiroyli, nuqsonsiz qullik qilish hamda insoniylik, odamiylik sifatlarini o‘zida namoyon etib, mavjudot va maxluqot xizmatida bo‘la olishdir. Hazrati Alisher Navoiy:

«Odamiy ersang, demagil odamiy
Onikim, yo‘q xalq g‘amidin g‘ami»,


deb yozganlarida mana shu ma’noni ham nazarda tutgan bo‘lsalar ajab emas.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 05:57:59

Mutasavviflar fikriga ko‘ra, faqat shar’iy istiqomatgina asl maqsadga erishtirishi mumkin. Shariat va uning qonun­qoidalari esa, faqat namoz o‘qish, ro‘za tutish kabi birlamchi farz amallarnigina emas, shuningdek, odob­axloq, muomala, oldi­sotdi, tirikchilik, kasb­kor nikoh... xullas, tiriklik taqozo qilgan har bir holatda to‘g‘ri, samimiy, beg‘araz, chin insoniy fazilatlar egasi bo‘lish, «ahsani taqvim» oyatida ko‘zda tutilgan siyrat va suvratga sohib chiqishni taqozo qiladi.

Istiqomat ahli har vaqt «o‘zingni yo‘qla, keyin boshqadan so‘zla» o‘gitiga amal qilishgan. Ya’ni, o‘zlarining aybu nuqsonlarini topish va tuzatish bilan mashg‘ul bo‘lishgan.

Imom Qushayriy (q.s.) yozadi:
«Men shayx Abu Abdurahmon as­Salamiydan eshitdim. U Abu Ali Ash­Shaviydan eshitibdi. Bu zot debdiki, tushimda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni ko‘rdim. Ul zotdan: «Rivoyat qilinishicha, siz Hud surasi sochlarimni oqartirdi, debsiz. Sizni qaritgan payg‘ambarlarning qissalarimi yoki boshqa ummatlarning yo‘q bo‘lishlarimi?» deb so‘raldi. Ul zot: «Yo‘q, meni «amr qilingani kabi to‘g‘ri bo‘l», mazmunli oyati karima qaritdi», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 05:58:42

Zamonamizning tasavvufshunos olimlaridan Usmon Turar «valiy» so‘zining ikki xil ma’nosiga urug‘u beradi:

1. Fa’iyl vazniga va ismi maf’ul maqomida bo‘lish e’tibori ila «o‘z nafsiga, o‘z holiga tashlab qo‘yilmagan kimsa» ma’nosiga. Zero, A’rof surasining 196-

«Albatta, mening do‘stim Kitobni nozil qilgan Allohdir va U soliiga do‘st tutadi» oyati karimasidagi «valiyya» kalimasi mana shu ma’noga — fa’iyl ma’nosiga dalolat qiladi.

Ikkinchi, fo’il vazniga va «Allohga nisbatan ibodat va toatni o‘rniga keltirgan, bexato ado qila olgan kishi» ma’nosiga.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 05:59:02

Vositiyga ko‘ra, valiyning to‘rt muhim alomati bor:

Birinchisi, o‘zi bilan Parvardigori orasidagi sirlarni muhofaza qilmog‘i (oshkor qilmasligi);

Ikkinchisi, karomatini yashirish, uni riyo maqsadida ko‘rsatmasligi;

Uchinchisi, Alloh yaratgan barcha mahluqotlarning ozorlariga (aziyat va jafolariga), mashaqqatlarga sabrli bo‘lishi va ularga bu kabi muomala qilishdan o‘zini tiyishi, hech kimga yuk bo‘lmasligi;

To‘rtinchisi, Allohning qullarini fe’l-atvor va toqatlariga ko‘ra idora qilishidir.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 05:59:57

«Anis ut-tolibiyn va uddat us-solikiyn»da yozilishicha: «Ibn Abbos (raziyallohu anhu) rivoyat qilgan sahih bir hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan: «Avliyoulloh (Allohning do‘stlari) kim?» deb so‘rashganda, Risolatpanoh Hazratimiz: «Haq jalla va a’loning do‘stlari shunday kishilarki, ularni ko‘rganingizda Alloh taoloni zikr qilish xotirga kelar», dedilar».

Imomul orifiy Xoja Muhammad ibn Ali Hakim Termiziy «Navodirul usul fi ahadisirrasul» nomli kitobida (bu hadis-ning sharhida) shunday deydi: «Valiyning qalbi ilohiy jamol nurlarining ma’dani; ilohiy kibriy haybati va qurbiyyat oydinligidir. Yuzida porlagan nur va latofat valiyning qalbidan (chiqib kelib ko‘rinish berur). Bu holda mo‘min qulning qalbi u go‘zal hayotning nuri ila tirik bo‘lguvchidir"¦»

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:00:16

Salimiya tariqatining asoschisi, buyuk mutasavvif Abu Abdulloh Muhammad ibn Salim al-Basriydan so‘rabdilar: «Xalq orasida avliyo qanday xususiyatlari bilan ajralib turadi, uni qanday tanish mumkin?» Ul zot bunday javob beribdi:
«1) tili shirinligi va xushmuomala suhbati;
2) axloqining go‘zalligi;
3) chehrasidagi tubassum;
4) jo‘mardligi, saxiyligi;
5) e’tirozi ozligi;
6) uzr so‘rab, xatolari kechirilishini so‘ragan kishilarning uzrlarini qabul qilishi;
7) butun yaratilmishlarga — yaxshi-yomon bo‘lsin, barcha insonlarga, hayvon-jonivorlarga rahmu shafqatli bo‘lishi bilan xalq orasida ajralib turadi».7

Xulosa shuki, valiylik insoniylikning, yetuklikning, komillikning go‘zal namunasidir. Odamiylikning sharaf va izzati ham shu bilan qadrli va qiymatlidir. Surat va siyrat go‘zalligini, «ahsanil-taqvim» yaratilishni o‘zida jamlagan valiylik har davrda bo‘lgani kabi bugun ham, kelgusida ham muborak bo‘lib qolishiga aminmiz.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:00:53

Obida soliha ayollar

Yuz tuman nopok erdin yaxshiroq
Pok ayol-xotunlarning oyoq izi.
Alisher Navoiy


Er kishilarning zuhdu taqvosi va tasavvufiy hayotiga doir batafsil ma’lumot beruvchi manbalarda, afsuski, zohidona, obidona va so‘fiyona hayot kechirgan ayollar hayoti haqida juda kam ma’lumot berilgan. Masalan, ilk avliyo tazkiranomasi hisoblangan "œTabaqotus sufiyya" nomli asarda 103 er so‘fiy haqida so‘z yuritiladi, ammo bitta ham ayol so‘fiy haqida gapirilmaydi. Imom Qushayriy, Qujviriy, Gulobodiy va hatto bir ayol so‘fiy zikrini mustasno qilganimizda, Fariduddin Attor ham "œTabaqotus sufiyya" asari muallifi Abu Abdurahmon As-Sulamiy kabi ayol avliyolar haqida so‘z yuritmaydi. Tasavvufiy mavzular tadqiq qilingan asarlarni o‘rganar ekanmiz, deyarli faqat mutasavvif so‘fiy (er kishi)larning so‘zlari, hollari, fikr-mulohazalari naql qilinadi. Bundan go‘yo ayol kishini zuhd va tasavvuf hayotiga kiritmaslik zuhd va tasavvufning taqozosidir, degan o‘y-xayolga borish ham mumkin. Ma’lum va mashhur Robiya Adaviyyadan bir majburiyat va zarurat holidagina so‘z ochiladi va u haqda ham ko‘p so‘z yuritilmaydi. Aslida bu holat Sharqdagi hayot taqozosi, andisha his-tuyg‘ularining natijasidir. Boshqa ilm sohalarida ham ahvol xuddi shunday. Zohidona va so‘fiyona juda ham ko‘p ayollar yashab o‘tganiga qaramay, tasavvufiy manbalarda ular haqida juda ham kam ma’lumot berilgan. Tarixda "œBojiyoni Rum" deb nomlangan dindor, zohida va mutasavvifa ayollar tashkiloti haqida haligacha batafsil ma’lumotga ega emasmiz. Holbuki, axiylar (birodarlar) jamoasi, Rum abdollari, O‘rta Osiyo, sharqu g‘arb mashoyixlari, mutasavviflariga doir batafsil ma’lumotlar bor. Tadqiqotlarimiz asnosida shunga amin bo‘ldikki, Majzub valiylar haqidagi kitoblarda ham Tabaqot kitoblaridagi uslubni ko‘ramiz. Xalq og‘zaki ijodiga tegishli "œqissa kitoblar"da faqatgina ahli bayt ayollari — hazrati Oisha, hazrati Xadicha va hazrati Fotima haqlarida hikoya qilingan, xolos.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:01:15

Ayol valiylar haqida ma’lumot beruvchi tabaqot kitoblari quyidagilardir:

1. Abu Nuaymning "œHulya" asari. Unda ayol valiylar haqida ba’zi ma’lumotlar berilgan.

2. Ibn Javziyning "œSifatus safva" nomli asari. Unda ayol avliyolar haqida batafsilroq hamda ajoyib ma’lumotlar keltirilgan.

3. Imom Sha’roniyning "œAt-tabaqotul kubro" asari. Unda ba’zi avliyo ayollar haqida qisqacha gapirib o‘tilgan.

4. Fariduddin Attorning "œTazkiratul avliyo"si. Unda faqat Robiya Adaviyya haqida so‘z yuritilgan.

5. Yusuf Nabhoniyning mutasavviflarga doir asari. Unda avliyo ayollar ham qisman zikr qilingan.

6. Abdurahmon Jomiyning "œNafahotul uns" asari. Unda o‘ttizdan ortiq ayol avliyolar haqida ma’lumot berilgan.

Qayd etilgan