Ummu Zufar
(raziyallohu anho)
Ato ibn Abu Raboh rivoyat qiladilar: Ibn Abbos (r.a.): "œSenga bir jannati ayolni ko‘rsataymi?" dedi. Men: "œHa", dedim. Ibn Abbos: "œMana shu qora tanli ayol", dedi. O‘sha xotin Rasulullohning (sallallohu alayhi va sallam) huzurlariga borib: "œMen (ichda yel to‘plangani bois) goho xushimdan ketib, goho o‘zimga kelib turaman. Alloh taologa iltijo aylab, meni duo qiling, dardimga shifo bersin!" dedi. Janob Rasululloh: "œIstasang, sabr-toqat qilgin, jannatga kirursan, istasang, duo aylay, Alloh taolo senga shifo ato etgay", deb javob qildilar. Ayol: "œYaxshisi, sabr qilganim afzal, duo qiling, dardimdan forig‘ bo‘lmay!" deb aytdi. Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) duo qildilar.
Ato ibn Abu Raboh Ibn Yazidga bunday deydi: "œMen Ummu Zufarni ko‘rganman, u novcha, qora tanli ayol bo‘lib, o‘shanda Ka’baning devoriga suyanib turgan edi" (Imom Buxoriy rivoyati).