do`stlar uchun foydali maslahatlar!  ( 15521 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


JaviK  18 Oktyabr 2007, 01:28:43

1. Charmdan tikilgan oyoq kiyimlarini tozalash uchun vazelindan foydalansa buladi. Ayniqsa poyafzallar rangli bulsa ,ularga krem tanlash qiyin. Vazelin oyoq kiyimniyaltiratibgina qolmay,namdan ham himoya qiladi.

2. Hona gullarining bargini tez-tez artib turish kerak. Chang gullarning nafas yulini tusib quyadi.

3. Bir bulak burni tilla buyumlar saqlanadigan qutichaga solib quysangiz,ularni qorayib qolishdan asraydi.

4. Agar stol yoki silliq joyga mum tushsa uni qirib tozalashga shoshilmang. Issiq fenni u`sha joyga tutib, mumni eritib, keyin latta bilan artib olish mumkin.

5. Jundan tuqilgan sviterni yuvishdan oldin 3 osh qoshiq tuz solish kerak. Shunday qilsangiz sviteringiz chuzilib ketmaydi.

6. Tuhumning yangi -eskiligini aniqlash uchun uni sovuq shu`r suvga solib ku`rish kerak. Agar tuhum chu`ksa yangi, suvda suzib yursa eski buladi.

7.makaron, choy, qahva, quruq mevalar, yormalar, ziravorlar, va qandolat mahsulotlari saqlanayotgan idish ichiga bir bulakdan sarimsoq solib quysangiz, hasharotlar oralamaydi. Bunda sarimsoqning uzi ham yahshi saqlanadi

8. Gullar uchun foydali va arzon ug`it sifatida banan pu`stlog`ining maydalanganini ishlatishingiz mumkin.

9 sut va asalli niqob: bir osh qoshiq asalga bir osh qoshiq sut yoki qaymoq aralshtiriladi. Aralashma tayyor bulgach yuzga surtib quriguncha turiladi. (niqob quruq yuzlar uchun)

Qayd etilgan


Farida  11 Noyabr 2007, 18:15:19

FOYDALI TAVSIYANOMA

Tibbiyotchilar inson tabiatini uzoq yillar o‘rganishlari oqibatida, odam aqli, tanasi hamda ruhi tug‘ilgandan toki bu yorug‘ dunyoni tark etguncha uch yo‘nalishdagi turkum sifatlar kasb etadi, degan xulosaga kelishdi. Boisi, kun mobaynida odam uch marta junbushga kelib, aqliy va jismoniy imkoniyatlari mutanosibligini his etar ekan. Kayfiyatimiz istasak-istamasak, ana shu o‘zgarishlardan quvvat oladi. Shunga doir foydali tavsiyanomalar bor.

Haydovchilarning tungi soat 2:00dan ertalabki 4:00gacha rulda bo‘lishlari maqsadga muvofiq emas.
* * *
Maktab o‘quvchilari uchun soat 13:30dan 18:00gacha dars qilishlari foydaliroq bo‘lar ekan.
* * *
Tanishuv va muloqot uchun ertalabki soat 9:00 bilan 10:00 orasini tanlang, eng samimiy munosabat va qo‘l qisishlar shu vaqtda bo‘ladi.
* * *
Mushaklarimiz soat 13:30da faol harakatga kirishadi.
* * *
Ishtahangiz kunduzgi soat 1 da karnay bo‘ladi, bu vaqtda to‘yib ovqatlaning.

Qayd etilgan


Secret  13 Avgust 2011, 17:44:20


Pashsha ovqatga botiriladimi?

Salomatlik bilan bog‘liq ba’zi hadisi shariflardagi tavsiyalar ba’zi kishilar uchun antiqa, eskirgan yoki g‘alati tuyulishi mumkin. Imom Buxoriy naql qiladilarki: «Ovqat to‘la idishga bir pashsha tushsa, u pashshani to‘laligicha idishning ichiga botirib olgandan so‘ng undan foydalanishingiz mumkin». Bu tavsiya g‘alati ko‘rinishi mumkin.

Holbuki Rasululloh (s.a.v.)ning barcha hadislari ilohiy asosga tayanganidir. Shu bois ularning to‘g‘riligiga ishongan har bir mo‘min uchun hadisning mantiqiy sharhi mavjud. Ehtimol ularga oydinlik kiritilishi uchun balki asrlar o‘tishi kerakdir.
Tibbiyotdan ma’lumki, pashsha vujudining ayrim qismlarida ba’zi patogenlar (kasallikka olib keluvchi mikroblar) olib yuradi. Bu mavzuni o‘rganib maqola yozgan Doktor Samaxining ta’kidlashicha, pashshaning oshqozonida parazit holida yashagan uzun hujayralar ko‘payish vaqtlarida pashshaning nafas olish kanallari tomon chiqadilar. Pashsha suyuqlikning ichiga to‘la botirilganda osmotik bosimda vujudga kelgan o‘zgarish hujayralarning yorilishiga sabab bo‘ladi. Bu hujayralar tarkibi esa pashsha vujudidagi patogenlarga qarshi antidotdir. Ya’ni zaharga qarshi panzahardir. Ovqatga ilashib qolgan pashshadan chiqqan zararli mikroblarni pashsha botirilgach, yorilib o‘rtaga chiqqan antidotlar zararsiz holatga keltiradi.
Yana bir ta’vilga ko‘ra, ovqatga tushgan pashshaning bir qanoassalomu atida bakteriya tashuvchi parazit bo‘lsa, ikkinchi qanotida unga qarshi immuna modda borligi aytiladi. Pashsha to‘la ovqatga botsa, xavf kamayadi. Zero, Alloh bir mikrobni ham shunchaki yaratmagan. Hammasining o‘z vazifasi bor.
Mikrobiologiyadagi so‘nggi kashfiyotlar Rasululloh (s.a.v.)ning 15 asr avval aytgan tavsiyalarini izohlab, uni tasdiqlamoqda.

Qayd etilgan


Muxsiya  14 Mart 2013, 09:04:19

inson uchun soat kechki 1/00 dan 4/00 gacha bo'lgan vaqtdagi uyqu eng foydali hisoblanadi. Inson miyasi aynan shu paytda dam yaxshi oladi.

Qayd etilgan


Muxsiya  13 May 2013, 16:37:44

Hech qachon issiq va sovuq suvdan birin ketin foydalanmang bunda teriga shikast yetib falajlanadi

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  13 May 2013, 17:21:58

Hech qachon issiq va sovuq suvdan birin ketin foydalanmang bunda teriga shikast yetib falajlanadi
Kim aytgan, manbasini bilsak bo'ladimi?

Qayd etilgan


Muxsiya  25 May 2013, 10:55:55

Hammabop tibbiyot qo'llanmasida o'qiganman.

Qayd etilgan


Muxsiya  25 May 2013, 10:58:04

Mayiz tarkibidagi moddalar bakteriyalar ko'payishini, milk kasalliklari va kariesni oldini oladi

Qayd etilgan


Muxsiya  25 May 2013, 11:04:43

Kundalik meyordan kam suv iste'mol qilish hayol parishonligi, e'tibor susayishi, xotira yomonlashishiga sabab bo'ladi.

Qayd etilgan


Muxsiya  25 May 2013, 11:06:56

Kuniga yarimta piyoz iste'mol qilish miyani kislorod bilan ta'minlaydi , sarimsoq esa miyani faolashtiradi.

Qayd etilgan