Haj va umra ibodatlari (Haj va umra qiluvchilar uchun duolar kitobi)  ( 62479 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 9 B


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:03:11

Har bir aylanishda shu duo o‘qiladi:

«Robbana atina fiddunyo hasanatan vafil axiroti hasanatav vaqina azaban nari va adxilnal jannata ma’al abrori ya ‘aziyzu ya g‘offaru ya robbal alamiyn».

Parvardigoro, bizlarga dunyoda ham, oxiratda ham yaxshiliklarni ato etgin va bizni do‘zax azobidan asragin. Ey Aziz, ey mag‘firat qiluvchi Zot, ey olamlarning Rabbisi, bizlarni yaxshilar bilan birga jannatga kiritgin!

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:03:43

Ikkinchi shavt duosi:

«Allohumma inna hazal bayta baytuka, valharaoma haromuka, val`amna amnuka, val’abdu ‘abduka, va ana ‘abduka vabnu ‘abdika, vahaza maqomul ‘aizi bika minannar, faharrim luhumana vabasharotana ‘alannar, Allohumma habbib ilaynal iymana va zayyinhu fiy quluubina va karrih ilaynal kufro valfusuuqo val’isyana vaj’alna minar roshidiyn. Allohumma qiniy ‘azabaka yavma tab’asu ‘ibadaka. Allohumma adxilniy jannata big‘oyri hisab».

Allohim, albatta bu bayt (uy) Sening baytingdir. Va haram Sening haramingdir. Va omonlik Sening omonligingdir. Bu banda Sening bandangdir. Men Sening bandangman va bandangning o‘g‘liman. Bu o‘rin Sening noming bilan do‘zaxdan panohlanuvchining o‘rnidir. Bas, bizlarning go‘shtlarimizni va yuzlarimizni do‘zaxga harom qilgin. Allohim, bizlarga iymonni sevimli qilgin va qalblarimizda uni ziynatlagin. Bizlarga kufrni, fisqni, isyonni yomon ko‘rsatgin va bizlarni to‘g‘ri yo‘lda yuruvchilardan qilgin. Allohim, bandalaringni qayta tiriltiradigan kuningdagi azobingdan meni saqlagin. Allohim, meni jannating bilan hisobsiz rizqlantirgin!

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:04:02

Uchinchi shavt duosi:

«Allohumma inniy a’uuzu bika minashshakki vashshirki vashshiqoqi vannifaqi va suu`il axlaqi va suu’il manzori valmunqolabi fil mali valahli valvaladi. Allohumma inniy as`aluka rizoka va jannataka vaa’uuzu min saxatika vannari. Allohumma inniy a’uuzu bika min fitnatil qobri vaa’uuzu bika min fitnatil mahya valmamati»

Allohim, men Sen bilan shakdan, shirkdan, badbaxtlikdan, nifoqdan, yomon axloqdan va ahl, bola hamda mol masalasida yomon manzara va yomon o‘zgarishdan panohlanaman. Allohim, Sendan roziligingni va jannatni so‘rayman. Va Sen bilan g‘azabingdan va do‘zaxdan panohlanaman. Va Sen bilan tiriklik va o‘lim fitnasidan panohlanaman.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:04:21

To‘rtinchi shavt duosi:

«Allohumma ij’alhu hajjan mabruuron va sa’yan mashkuuron va zanban mag‘fuuron va ‘amalan solihan maqbuulan va tijarotan lan tabuur ya ‘alima ma fissuduur axrijniy ya Allohu minazzulumati ilannuur. Allohumma inniy as’aluka muujibati rohmatika va ‘azaima mag‘firotika vassalamata min kulli ismin valg‘oniymata min kulli birrin valfavza biljannati vannajata minan nar. Robbi qanni’niy va barik liy fiyma a’taytaniy vaxlif ‘ala kulli g‘oibatin liy minka bixoyrin».

Allohim, bu qilayotgan hajimni mabrur hajlardan, sa’yimni mashkur sa’ylardan va gunohlarimni mag‘fur, amallarimni solih maqbul amallardan va hech ziyon ko‘rmaydigan tijorat qilgin. Ey qalblardagi narsani biluvchi Zot — ey Alloh, meni zulmatdan nurga chiqargin. Rahmatingga mustahiq bo‘ladigan narsani, mag‘firatingni vojib qiladigan narsani, har bir gunohdan salomat bo‘lishni va  har bir yaxshilikda g‘animatni, jannat bilan mukofotlanishni, do‘zaxdan najot topishni so‘rayman. Rabbiy, bergan rizqingga qanoatli qilgin. Bergan narsalaringni esa barakotli etgin. Ortimda qolgan barcha g‘oiblarni xayrli holatda qoldirgin.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:04:33

Beshinchi shavt duosi:

«Allohumma azillaniy taxta zilli ‘arshika yavma la zilla illa zilluka vala boqiya illa vajhuka vasqiniy min havzi nabiyyika sayyidina Muhammadin sollallohu alayhi vasallam sharbatan haniatan mariatan la nazmau ba’daha abadan, Allohumma inni as`aluka min xoyri ma sa`alaka minhu nabiyyuka sayyiduna muhammadun sollallohu alayhi vasallama, va a’uzu bika min sharri masta’azaka minhu nabiyyuka sayyiduna Muhammadun sollallohu alayhi vasallama. Allohumma inniy as`alukal jannata va na’iymaha vama yuqorribuniy ilayha min qovlin av fi’lin av ‘amalin va a’uzu bika minannari vama yuqorribuniy ilayha min qovlin av fi’lin av ‘amalin».

Allohim, soyangdan boshqa soya bo‘lmaydigan kunda Arshing soyasi ostida meni soyalantirgin. Sening vajhingdan o‘zga hech narsa boqiy emas. Nabiying, Sayyidimiz Muhammad alayhissalom havzlaridan pok va muborak sharbat ila bizlarni sug‘orginki, undan so‘ng biz abadiy chanqamaymiz. Allohim, Nabiying, Sayyidimiz Muhammad sollalohu alayhi vasallam Sendan so‘ragan narsalarning yaxshirog‘ini so‘rayman. Va Nabiying, Sayyidimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) panoh so‘ragan narsalarning yomonrog‘idan Sen bilan panohlanaman. Allohim, men Sendan jannat va uning ne’matlarini va meni unga yaqinlashtiruvchi so‘z, fe’l, amal kabi narsalarni so‘rayman. Va Sen bilan do‘zaxdan va meni unga yaqinlashtiruvchi so‘z, fe’l yoki amal kabi narsalardan panohlanaman.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:04:51

Oltinchi shavt duosi:

«Allohumma inna laka alayya huquqon kasiyrotan fiyma bayniy vabaynika, vahuquqon kasiyrotan fiyma bayni vabayna xolqika, Allohumma ma kana laka minha fag‘firhu liy vama kana lixolqika fatahammalhu ‘anniy va ag‘niniy bihalalika ‘an haromika vabito’atika ‘an ma’siyatika, vabifazlika ‘an man sivaka, ya vasi’al mag‘firoh. Allohumma inna baytaka ‘aziymun, vavajhaka kariymun, vaanta ya Allohu haliymun kariymun ‘aziymun tuhibbul ‘afva fa’fu ‘anniy».

Allohim, zimmamda Sen bilan mening o‘rtamizda bo‘lgan ko‘p haqlar bordir. Va yana mening zimmamda men va mahluqlaring o‘rtasida bo‘lgan ko‘p haqlar bordir. Allohim, yuqoridagi haqlardan Seniki bo‘lganlarini men uchun kechib yubor. Ulardan maxluqlaringga tegishli bo‘lganlarini mendan ko‘targin. Va meni haloling bilan haromingdan, toating bilan ma’siyatingdan va fazling bilan o‘zingdan o‘zgalardan behojat qilgin. Ey mag‘firati keng bo‘lgan Zot. Allohim, albatta Sening bayting aziymdir. Va vajhing karimdir. Va sen Ey Alloh, Halim, Karim, Aziymdirsan. Afvni yaxshi ko‘rasan, bas meni afv et.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:05:06

Yettinchi shavt duosi:

«Allohumma inni as`aluka iymanan kamilan, vayaqiynan sodiqon varizqon vasi’an va qolban xoshi’an, valisanan zakiron, vahalalan toyyiban, vatavbatan nasuhan, vatavbatan qoblal mavti varohatan ‘indal mavti vamag‘firotan varohmatan ba’dal mavti, val’afva ‘indal hisabi, valfavza biljannati vannajata minannari birohmatika ya ‘azizu ya g‘offaru robbi zidniy ‘ilman va`alhiqniy bissolihiyn».

Allohim, men Sendan komil iymon, sodiq ishonch, keng rizq, qo‘rquvchi qalb, zikr qiluvchi til, yaxshi halol narsani, haqiqiy tavbani, o‘limdan oldingi tavbani, o‘lim paytidagi rohatni, o‘limdan keyingi mag‘firat va rahmatni, hisob vaqtidagi afvni, jannat bilan mukofotlanishni, do‘zaxdan najot topishni ey Aziz, ey G‘affor, Sening rahmating bilan so‘rayman. Rabbiy, ilmimni ziyoda etgin va solihlar bilan birga qilgin.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:05:28

Multazam duosi

«Allohumma ya robbal baytil ‘atiyqi i’tiq riqobana variqoba aaba`ina va ummahatina vaixvanina va`avladina minan nari, ya zaljuudi valkaromi valfazli valmanni val’atoi val`ihsani, Allohumma ahsin ‘aqibatana fil umuri kulliha va`ajirna min xizyiddunya va’azabil `axiroh. Allohumma inniy ‘abduka vabnu ‘abdika vaqifun tahta babika, multazimun bi`a’tobika mutazallilun bayna yadayka, arjuu rohmataka va axshaa ‘azabaka, ya qodiymal ihsani Allohumma inniy as`aluka an tarfa’a zikriy vatazo’a vizriy, vatusliha amriy tutohhiro qolbiy vatunavviro liy fiy qobriy, vatag‘firo li zanbiy, va as`alukad darojatil ‘ulaa minal jannati aamiyn».

Allohim, ey ko‘hna Baytning Rabbisi. Bo‘yinlarimizni va otalarimizning, onalarimizning, birodarlarimizning, bolalarimizning bo‘yinlarini do‘zaxdan ozod qilgin, ey sahiylik, karam, fazl, minnat, ato, ehson egasi — Allohim, har bir ishda oqibatlarimizni chiroyli qilgin. Va bizlarni dunyodagi sharmandalikdan va oxiratdagi azobdan saqlagin. Allohim, men sening bandangman, bandangning o‘g‘liman. Eshiging ostida, ostonangga osilib, oldingda xor bo‘lib turibman. Rahmatingdan umid qilaman, azobingdan qo‘rqaman, Ey ehson beruvchi — Allohim, zikrimni ko‘tarishingni, gunohimni pastga tashlashingni va ishimni isloh qilishingni, qalbimni poklashingni va qabrimni nurlantirishingni, gunohimni kechishingni so‘rayman. Va jannatda baland darajalar berishingni so‘rayman. Omin.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:06:00

Zamzam suvi ichilayotganda o‘qiladigan duo

«Allohumma inniy as`aluka ‘ilman nafi’an varizqon vasi’an vashifa`an min kulli da`in vasaqiymin birohmatika ya arhamar rohimiyn».

Ey rahmlilarning rahmlirog‘i — Allohim,  rahmating bilan men Sendan manfaat beruvchi ilm, keng rizq va har bir dard va xastaliklarga shifo so‘rayman.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:06:31

Ibrohim (a.s.) maqomlarida o‘qiladigan duo

«Allohumma innaka ta’lamu sirriy va’alaniyyatiy faqbil ma’zirotiy, vata’lamu hajatiy fa`a’tiniy su`liy, vata’lamu ma fiy nafsiy fag‘fir liy zunubiy, Allohumma inni as`aluka iymanan yubashiru qolbiy va yaqinan sodiqon hatta a’lamu annahu la yusibuniy illa ma katabta liy rizon minka bima qosamta liy, anta valiyyiy fiddunya val`axiroti, tavaffaniy musliman va`alhiqniy bissolihiyn, Allohumma la tada’ lana fiy maqomina haza zanban illa g‘ofartahu, vala hamman illa farrojtahu, vala hajatan illa qozoytaha va yassartaha, fayassir umurona, vashroh sudurona, vanavvir qulubana, vaxtim bissolihati a’malana, Allohumma tavaffana muslimiyna va`ahyina muslimiyna, va`alhiqna bissolihiyna, g‘oyro xozayaa vala maftuniyna».

Allohim, albatta Sen sirrimni ham, sirtimni ham bilasan, bas, uzru o‘tinchimni qabul qil. Hojatimni bilasan, bas, so‘ragan narsamni bergin. Nafsimdagi narsalarni bilasan, bas, gunohimni mag‘firat qil. Allohim, Sendan qalbimni boshqaradigan iymon, va sodiq ishonchni so‘rayman, hattoki menga faqat taqdir qilgan narsanggina yetishini, men uchun taqsim qilgan narsangga rozi bo‘lgan holatimda bilaman. Sen u dunyo-yu bu dunyo Egamsan. Meni musulmon holatda vafot ettirgin va solihlar bilan birga qilgin. Allohim, bu maqomimizda mag‘firat qilinmagan gunohimizni, yechilmagan g‘amimizni, ravo bo‘lmagan va oson qilinmagan hojatimizni qoldirmagin. Bas, ishlarimizni oson qilgin, dillarimizni keng qilgin, qalblarimizni nurlantirgin, amallarimizni solihi bilan tugatgin. Allohim, musulmon holatda vafot ettirib, musulmon holatda tiriltirgin, solihlar bilan birga qilgin, fitnalangan, sharmanda bo‘lganlar bilan birga qilmagin!

Qayd etilgan