Haj va umra ibodatlari (Haj va umra qiluvchilar uchun duolar kitobi)  ( 62375 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 B


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:07:31

 Ismoil (alayhissalom) toshlari yonida o‘qiladigan duo

«Allohumma anta robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana ‘abduka, va ana ‘ala ‘ahdika va va’dika mastato’tu a’uuzu bika min sharri ma sona’tu, abuu`u laka bini’matika ‘alayya, va`abuu`u bizanbiy, fag‘firliy fainnahu la yag‘firuzzunuuba illa anta. Allohumma inniy as`aluka min xoyri ma sa`alaka bihi ‘ibadukassolihuun, va`a’uuzu bika min sharri masta’azaka minhu ‘ibadukassolihuun. Allohumma bi`asmaikal husnaa, vasifatikal ‘ulyaa, tohhir qulubana min kulli vasfin yuba’iduna min mushahadatika va mahabbatika, vaamitna ‘alassunnati valjama’ati vashshavqi ilaa liqoika ya zal jalali val`ikromi. Allohumma navvir  bil’ilmi qolbiy, vasta’mil bito’atika badaniy, vaxollis minal fitani sirriy, vashg‘il bil`i’tibari fikriy, vaqiniy sharro vasavisish shaytoni va`ajirniy minhu ya rohmanu hatta la yakunu lahu ‘alayya sultonun, robbana innana aamanna fag‘firlana zunubana, vaqina ‘azabannari»
.
Allohim, Sen Parvardigorimsan, Sendan boshqa iloh yo‘q. Meni xalq qilding va men Sening qulingman. Men Senga bergan va’damda va ahdimda qodir bo‘lganimcha turibman. Qilgan narsalarimning yomonidan noming bilan panoh tilayman. Menga ato qilgan ne’matlaringga iqror bo‘ldim. Va yana gunohlarimga ham iqror bo‘ldim. Gunohlarimni kechir, unki Sendan boshqasi gunohlarni kechira olmaydi.

Allohim, men solih bandalaring Sendan so‘ragan narsaning yaxshisini so‘rayman. Va solih bandalaring Sendan panoh so‘ragan narsaning yomonligidan panoh so‘rayman.

Allohim, chiroyli ismlaring, oliy sifatlaring bilan so‘raymiz. Qalblarimizni mushohadangdan, muhabbatingdan uzoqlashtiradigan har bir vasfdan poklagin. Bizlarni ahli sunna val jamoada, Senga yo‘liqishga shavqli holatda vafot etdirgin, ey jalol va ikrom egasi bo‘lgin zot! Allohim, qalbimni ilm bilan nurlantirgin. Badanimni toating bilan mashg‘ul qilgin. Vujudimni fitnalardan xalos etgin. Fikrimni ibrat bilan mashg‘ul qilgin. Shayton vasvasalaridan meni asragin va undan menga najot bergin, ey Rahmon. Hattoki uning uchun mening ustimda hech qanday sultonlik bo‘lmasin. Ey Rabbimiz, iymon keltirdik, gunohlarimizni mag‘firat qilgin va do‘zax azobidan bizlarni asragin.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:08:12

Safo duosi

«Abda`u bima bada`allohu varosuuluhu, innassofa val marvata min sha’a`irillahi faman hajjal bayta avi’tamaro fala junaha alayhi ay yattovvafa bihima vaman tatovva’a xoyron fa`innalloha shakirun ‘aliymun».

Alloh va Uning Rasuli boshlagan narsa bilan boshlayman: (Albatta Safo va Marva Alloh (buyurgan) marosimlardandir. Bas, kim haj yoki umra qilsa, u ikki tog‘ orasida sa’y qilishining gunohi yo‘qdir. Va kim o‘z ixtiyori-la yaxshilikni niyat qilsa, bas, albatta Alloh shukr qilguvchi (taqdirlovchi) va bilguvchidir)».

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:08:33

Sa’y

Haj (yoki agar niyat qilingan bo‘lsa umra) sa’yi (yurishi) Alloh taolo uchun yetti bora qilinadi. So‘ng Safo tepaligiga ko‘tariladi. Va aytadi:

«Allohu akbaru, Allohu akbaru, Allohu akbaru, valillahil hamd».

Alloh ulug‘dir. Alloh ulug‘dir. Alloh ulug‘dir. Va hamd Alloh uchundir.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:09:22

Sa’yning birinchi shavti duosi

«Allohu akbaru, Allohu akbaru, Allohu akbaru, Allohu akbaru kabiyron  valhamdu lillahi kasiyron vasubhanallohil ‘aziymi vabihamdihil kariymi bukrotan va`asiylaa, vaminallayli fasjud lahu vasabbihhu laylan toviylan, la ilaha illallohu vahdahu anjaza va’dahu vanasora ‘abdahu, vahazamal ahzaba vahdahu, la shay`a qoblahu va la ba’dahu yuhyiy va yumiytu vahuva hayyun da`iman la yamuutu vala yafuutu abadan, biyadihil xoyru va ilayhil masiyru vahuva ‘alaa kulli shay`in qodiyrun (robbig‘fir varham vatajavaz ‘amma ta’lam, innaka ta’lamu mala na’lamu innaka antal a’azzul akromu) robbana najjina minannari salimiyna g‘onimiyna farihiyna mustabshiriyn ma’a ‘ibadikas solihiyna ma’allaziyna an’amallohu ‘alayhim minan nabiyyiyna vassiddiyqina vashshuhadai vassolihiyna vahasuna ula`ika rofiqon, zalikal fazlu minallohi vakafaa billahi ‘aliyman, la ilaha illallohu haqqon haqqon, la ilaha illallohu ta’abbudan variqqon, la ilaha illallohu va la na’budu illa iyyahu muxlisiyna lahuddiyna valav karihal kafiruuna».

Alloh ulug‘dir, Alloh ulug‘dir. Alloh ulug‘larning buyugidir. Alloh uchun ko‘p hamd bo‘lsin. Ulug‘ Alloh pokdir. Ertayu kech buyuk hamd bilan maqtayman. «Yana kechaning bir qismida ham U zotga sajda qiling va tunda uzoq (bedor bo‘lib) U zotga tasbeh ayting».

Hech iloh yo‘q, magar yolg‘iz Alloh bor. Va’dasini amalga oshirdi, bandasiga yordam berdi, guruhlarni yolg‘iz o‘zi yengdi. Undan oldin ham, keyin ham hech kim yo‘qdir. U tiriltiradi, o‘ldiradi. U doim tirikdir, o‘lmaydi va hech qachon foniy bo‘lmaydi. Yaxshilik Uning qo‘lidadir. Qaytish Ungadir va U har narsaga qodirdir.

Rabbim, mag‘firat qil va rahm et, afv qil, mukarram qil va bilgan narsalaringni kechib yubor. Albatta sen biz bilmagan narsalarni bilasan. Albatta sen aziz akram Allohdirsan. Rabbimiz, bizlarni salomat, g‘animatli, bashorat berilgan, xursand holatda solih bandalaring bilan, Alloh in’omlariga sazovor bo‘lgan zotlar — Payg‘ambarlar, haq-rost iymon egalari, shahidlar va faqat yaxshi amallar bilan o‘tgan kishilar bilan birga do‘zaxdan saqlab najot bergin. Ular esa eng yaxshi hamrohlardir. Bu Alloh tomonidan bo‘lgan fazlu marhamatdir. Allohning o‘zi yetarli bilguvchidir.

Hech iloh yo‘q, magar Haq bo‘lgan Alloh bordir. Bandachilik va qulchilik uchun hech iloh yo‘qdir, magar Alloh bor. Dinda U uchun xolis holatda, faqatgina Unga ibodat qilamiz. Garchi kofirlar yomon qo‘rishsa ham.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:09:51

Marvaga yaqinlashganda o‘qing:

«Innassofa val marvata min sha’a`irillahi faman hajjal bayta avi’tamaro fala junaha alayhi ay yattovvafa bihima vaman tatovva’a xoyron fa`innalloha shakirun ‘aliymun».

«Albatta Safo va Marva Alloh (buyurgan) marosimlardandir. Bas, kim haj yoki umra qilsa, u ikki tog‘ orasida sa’y qilishining gunohi yo‘qdir. Va kim o‘z ixtiyori-la yaxshilikni niyat qilsa, bas, albatta Alloh shukr qilguvchi (taqdirlovchi) va bilguvchidir».

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:10:30

Ikkinchi shavt duosi

«Allohu akbaru, Allohu akbaru, Allohu akbaru, valillahil hamdu. La ilaha illallohul vahidul fardus somadu lam yattaxiz sohibatan vala valadan, valam yakun lahu shariykun fil mulki valam yakun lahu valiyyum minazzulli vakabbirhu takbiyron. Allohumma innaka qulta fiy kitabikal munzali ud’uuniy astajib lakum da’vaana robbana fag‘firlana kama amartana innaka la tuxliful miy’aad. Robbana innana sami’na munadiyay yunadiy lil iymani an aminuu birobbikum fa`aamanna robbana fag‘fir lana zunuubana vakaffir ‘anna sayyi`aatina vatavaffana ma’al abrori, robbana va`aatina ma va’attana ‘alaa rusulika vala tuxzina yavmal qiyamati innaka la tuxliful miy’aadi, robbana ‘alayka tavakkalna va ilayka anabna va ilayka masiyru, robbanag‘firlana vali`ixvaninallaziyna sabaquuna bil`iymani vala taj’al fiy quluubina g‘illal lillaziyna aamanuu robbana innaka ro`ufur rohiym.(Robbig‘fir varham vatajavaz ‘amma ta’lam, innaka ta’lamu mala na’lamu innaka antal `a’azzul `akromu) Innassofa val marvata min sha’a`irillahi faman hajjal bayta avi’tamaro fala junaha alayhi ay yattovvafa bihima vaman tatovva’a xoyron fa`innalloha shakirun ‘aliymun».

Alloh ulug‘dir. Alloh ulug‘dir. Alloh ulug‘dir va hamd Alloh uchundir. Xech iloh yo‘qdir, magar bolasiz va sheriksiz bo‘lgan  yakka-yolg‘iz Alloh bordir. Va bola-chaqa qilmagan, podshohlik-ilohlikda sherigi yo‘q, xor-zorlikdan (qutqaruvchi), do‘sti-yordamchisi bo‘lmagan (ya’ni, hech kimga xor-muhtoj bo‘lmaydigan) zot  — Alloh bordir va U Zotni mudom ulug‘lang.

Allohim, Sen nozil qilgan Kitobingda aytgansan: «Menga duo qilgan paytlaringda duolaringni ijobat qilaman». Rabbimiz, senga duoyimiz shuki, bizlarni mag‘firat qil, xuddi bizga buyurganingdek, albatta Sen va’daga xilof qilmaysan.

«Parvardigoro, albatta biz: «Parvardigoringizga iymon keltiringiz!» — deb iymonga chorlagan jarchi (Muhammad alayhissalom nidolarini) eshitdigu iymon keltirdik. Parvardigoro, bizning gunohlarimizni mag‘firat qil, qilgan yomonliklarimizni (nomai a’molimizdan) o‘chirgil va bizlarni yaxshilar bilan birga o‘ldir. Parvardigoro, bizlarga payg‘ambarlaring orqali va’da qilgan narsalaringni (jannat, mag‘firat, visolingdan bahramand etish kabi ne’matlaringni) ato et va bizlarni qiyomat kunida rasvo qilmagil. Albatta, Sen va’dangga xilof qilmagaysan». «Parvardigoro, yolg‘iz O‘zingga tavakkul qildik va O‘zingga inobat-tavba qildik. Yolg‘iz Sengagina qaytishimiz bordir». «Parvardigoro, O‘zing bizlarni va bizlardan ilgari iymon bilan o‘tgan zotlarni mag‘firat qilgin va qalblarimizda iymon keltirgan zotlar uchun biron g‘illi-g‘ash qilmagin. Parvardigoro, albatta Sen mehribon va rahmlidirsan».

Ey Rabbim, mag‘firat qil, rahm ayla va mendagi bilgan narsalaringni kechib yubor. Albatta Sen biz bilmaydigan narsani bilasan. Albatta, Sen aziz va karamli zotsan.

«Albatta Safo va Marva Alloh (buyurgan) marosimlardandir. Bas, kim haj yoki umra qilsa, u ikki tog‘ orasida sa’y qilishining gunohi yo‘qdir. Va kim o‘z ixtiyori-la yaxshilikni niyat qilsa, bas, albatta Alloh shukr qilguvchi (taqdirlovchi) va bilguvchidir».

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:11:01

Uchinchi shavt duosi

«Allohu akbaru, Allohu akbaru, Allohu akbaru, valillahil hamdu. Robbana atmim lana nuurona vag‘fir lana innaka ‘alaa kulli shay`in qodiyrun, Allohumma inniy as`alukal xoyro kullahu ‘ajilahu va`ajilahu va`astag‘firuka lizanbiy, va`as`aluka rohmataka ya arhamarrohimiyn. (Robbig‘fir varham vatajavaz ‘amma ta’lam, innaka ta’lamu mala na’lamu innaka antal `a’azzul `akromu) Robbi zidniy ‘ilman vala tuzig‘ qolbiy ba’da iz hadaytaniy, vahab liy milladunka rohmatan innaka antal vahhab. Allohumma ‘aafiniy fiy sam’iy va basoriy la ilaha illa anta, Allohumma inniy a’uuzu bika min ‘azabil qobri, la ilaha illa anta subhanaka inniy kuntu minazzolimiyn. Allohumma inniy a’uuzu bika minal kufri valfaqri, Allohumma inniy a’uuzu birizoka min saxotika vabimu’afatika min ‘uquubatika va a’uuzu bika minka la uhsiy sana`an ‘alayka kama asnayta ‘ala nafsika falakal hamdu hatta tarzo. (Innassofa val marvata min sha’a`irillahi faman hajjal bayta avi’tamaro fala junaha alayhi ay yattovvafa bihima vaman tatovva’a xoyron fa`innalloha shakirun ‘aliymun)».

Alloh ulug‘dir, Alloh ulug‘dir, Alloh ulug‘dir. Hamd Alloh uchundir. Parvardigoro, O‘zing bizlarga nurimizni komil qilib bergin va bizlarni mag‘firat qilgin. Albatta Sen barcha narsaga qodirdirsan. Allohim, men Sendan yaxshilikning hammasini, xozirdagisini ham, kelajakdagisini ham so‘rayman va gunohim uchun Senga istig‘for aytaman. Ey rahm qiluvchilarning rahmlisi, Sendan rahmatingni so‘rayman. Ey Rabbim, mag‘firat qil, rahm ayla va mendagi bilgan narsalaringni kechib yubor. Albatta Sen biz bilmaydigan narsani bilasan. Albatta, Sen aziz va karamli zotsan. Rabbim, ilmimni ziyoda qil, meni hidoyat qilganingdan keyin qalbimni burib qo‘yma. Huzuringdan men uchun rahmat ato qil. Albatta Sen ko‘p ato qilguvchisan. Allohim, meni eshitishligimda va ko‘rishligimda salomat qil. Hech iloh yo‘q, magar Sen borsan. Allohim men Sen bilan qabr azobidan panohlanaman. «Sendan boshqa iloh yo‘q. Ey pok Parvardigor, albatta, men (o‘z jonimga) zulm qiluvchilardan bo‘ldim».

Allohim, men Sen bilan kufr va faqirlikdan panohlanaman. Allohim, men Sening roziliging bilan g‘azabingdan va ofiyating bilan, azobingdan panohlanaman. Sen bilan O‘zingdan panohlanaman. Sen loyiq bo‘lganingchalik senga hamd ayta olmayman. Rozi bo‘lguningcha Senga hamd bo‘lsin. «Albatta Safo va Marva Alloh (buyurgan) marosimlardandir. Bas, kim haj yoki umra qilsa, u ikki tog‘ orasida sa’y qilishining gunohi yo‘qdir. Va kim o‘z ixtiyori-la yaxshilikni niyat qilsa, bas, albatta Alloh shukr qilguvchi (taqdirlovchi) va bilguvchidir».

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:11:46

To‘rtinchi shavt duosi

«Allohu akbaru, Allohu akbaru, Allohu akbaru, valillahil hamdu. Allohumma inniy as`aluka min xoyri  ma ta’lamu va a’uuzu bika min sharri ma ta’lamu va`astag‘firuka min kulli ma ta’lamu innaka antal ‘allamul g‘uyuubi, la ilaha illallohul malikul haqqul mubiynu muhammadun rosulullohis sodiqul va’dul amiyn. Allohumma inni as`aluka kama hadaytaniy lil`islami alla tanzi’ahu minniy hatta tatavaffaniy va`ana muslimun. Allohummaj’al fiy qolbiy nuuron vafiy sam’iy nuuron vafiy basoriy nuuron, Allohummashroh liy sodriy vayassir li amriy va a’uuzu bika min sharri vasavisissodri, vashatatil amriy, vafitnatil qobri, Allohumma inniy a’uuzu bika min sharri ma yaliju fillayli va sharri ma yaliju finnahari, vamin sharri ma tahubbu bihirriyahu ya arhamarrohimiyn, subhanaka ma ‘abadnaka haqqo ‘ibadatika ya Allohu subhanaka ma zakarnaka haqqo zikrika ya Allohu. Robbig‘fir varham vatajavaz ‘amma ta’lam, innaka ta’lamu mala na’lamu innaka antal `a’azzul akromu. (Innassofa val marvata min sha’a`irillahi faman hajjal bayta avi’tamaro fala junaha alayhi ay yattovvafa bihima vaman tatovva’a xoyron fa`innalloha shakirun ‘aliymun)».

Alloh ulug‘dir, Alloh ulug‘dir, Alloh ulug‘dir, hamd Alloh uchundir. Allohim, Sen biladigan narsaning yaxshiligini Sendan so‘rayman, Sen biladigan narsaning yomonligidan Sendan panoh so‘rayman. Sen biladigan har bir narsadan istig‘for so‘rayman. Albatta Sen g‘ayb narsalarni bilguvchi Zotdirsan. Hech iloh yo‘qdir, magar Malik, Haq va Mubiyn bo‘lgan Alloh bordir. Muhammad Allohning ishonchli, va’dasi rost elchisidir. Allohim, men Sendan so‘raymanki, meni Islomga hidoyat qilganingdek, toki musulmon holatda vafot etgunimcha uni mendan tortib olmagin.

Allohim, qalbimni nurli qilgin, qulog‘imni nurli qilgin, ko‘zimni nurli qilgin. Allohim dilimni keng qilgin va ishimni oson qilgin. Va qalbning vasvasalari yomonligidan, ishlarni to‘zg‘ib ketishligidan, qabr fitnasidan, Allohim, panoh so‘rayman.

Allohim, men Sendan tunda tushadigan narsaning yomonligidan va kunduzi tushadigan narsaning yomonligidan, shamol bilan keladigan narsaning yomonligidan panoh so‘rayman, ey rahm qiluvchilarning rahmlirog‘i! 

Allohim Sen poksan. Ey Alloh, Senga haqiqiy bandachilik qila olmadik. Ey Allohim, Sen poksan, biz Sening haqiqiy zikringni qila olmadik, ey Alloh.

Rabbim, mag‘firat qil va rahm qil, afv et mukarram qil va bilgan narsalaringni kechib yubor. Albatta Sen biz bilmagan narsalarni bilasan. Albatta Sen aziz, akram Allohdirsan.

«Albatta Safo va Marva Alloh (buyurgan) marosimlardandir. Bas, kim haj yoki umra qilsa, u ikki tog‘ orasida sa’y qilishining gunohi yo‘qdir. Va kim o‘z ixtiyori-la yaxshilikni niyat qilsa, bas, albatta Alloh shukr qilguvchi (taqdirlovchi) va bilguvchidir».

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:12:25

Beshinchi shavt duosi

«Allohu akbaru, Allohu akbaru, Allohu akbaru, valillahil hamdu. Subhanaka ma shakarnaka haqqo shukrika ya Allohu, subhanaka ma a’laa sha`nuka ya Allohu, Allohumma habbib ilaynal iymana vazayyinhu fiy qulubina va karrih ilaynal kufro valfusuqo val’isyana vaj’alna minarroshidiyna. Robbig‘fir varham vatajavaz ‘amma ta’lam, innaka ta’lamu mala na’lamu innaka antal `a’azzul akromu. Allohumma qiniy ‘azabaka yavma tab’asu ‘ibadaka, Allohummahdiniy bilhuda vanaqqiniy bittaqva, vag‘fir li fil axiroti val uulaa, Allohummabsut ‘alayna min barokatika varohmatika vafazlika varizqika. Allohumma inni as`alukan na’iymal muqiymallaziy la yahuulu va la yazuulu abadan. Allohummaj’al fiy qolbiy nuuron vafiy sam’iy nuuron vafiy basoriy nuuron, vafiy lisaniy nuuron, va ‘ayyamiyniy nuuron, vamin favqiy nuuron, vaj’al fiy nafsiy nuuron, va’azzim liy nuuron. Robbishrohliy sodriy va yassirli amriy. (Innassofa val marvata min sha’a`irillahi faman hajjal bayta avi’tamaro fala junaha alayhi ay yattovvafa bihima vaman tatovva’a xoyron fa`innalloha shakirun ‘aliymun)».

Alloh ulug‘dir. Alloh ulug‘dir, Alloh ulug‘dir, hamd Alloh uchundir. Sen poksan Ey Alloh, biz haqiqiy shukringni ado etolmadik. Sen poksan, sha’ning qanchalar oliy, ey Alloh!

Allohim, bizlarga iymonni sevdirgin va qalbimizda uni ziynatlagin va bizlarga kufrni, fosiqlikni va osiylikni yomon ko‘rsatgin va bizlarni to‘g‘ri yo‘lda yuruvchilardan qilgin.

Rabbim, mag‘firat qil va rahm qil, afv qil, mukarram qil va bilgan narsalaringni kechib yubor. Albatta biz bilmagan narsalarni bilasan. Albatta Sen aziz, akram Allohdirsan.

Allohim, bandalaringni qayta tiriltiradigan kuningdagi azobingdan meni saqlagin. Allohim, hidoyat bilan meni hidoyatlantirgin. Va taqvo bilan meni soflagin. Meni avvalda va oxiratda mag‘firat qilgin, Allohim, rizqingdan, fazlingdan, rahmatingdan, barakotingdan bizlarning ustimizga yoygin.

Allohim, men Sendan abadiy zavol topmaydigan, o‘zgarmaydigan muqim ne’matlarni so‘rayman.Allohim, qalbimni nurli qilgin, qulog‘imni nurli qilgin, ko‘zimni nurli qilgin, tilimni nurli qilgin. O‘ng tarafimni nurli qilgin, ustimni nurli qilgin, nafasimni nurli qilgin va nurimni katta qilgin. Rabbiy, qalbimni keng qilgin va ishimni oson qilgin.

«Albatta Safo va Marva Alloh (buyurgan) marosimlardandir. Bas, kim haj yoki umra qilsa, u ikki tog‘ orasida sa’y qilishining gunohi yo‘qdir. Va kim o‘z ixtiyori-la yaxshilikni niyat qilsa, bas, albatta Alloh shukr qilguvchi (taqdirlovchi) va bilguvchidir».

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:13:09

Oltinchi shavt duosi

«Allohu akbaru, Allohu akbaru, Allohu akbaru, valillahil hamdu. La ilaha illallohu vahdahu, sodaqo va’dahu, vanasora ‘abdahu va hazamal ahzaba vahdahu, la ilaha illallohu va la na’budu illa iyyahu muxlisiyna lahuddiyna valav karihal kafiruun. Allohumma inniy as`alukal huda vattuqo val’afafa valg‘inaa. Allohumma lakal hamdu kallaziy naquulu vaxoyro mimma naquulu. Allohumma inniy as`aluka rizoka valjannata vaa’uuzu bika min saxotika vannari va ma yuqorribuniy ilayha min qovlin av fi’lin av ‘amalin, Allohumma binuurika ihtadayna vabifazlika istag‘nayna vafiy kanafika va`in’amika va ‘atoika va`ihsanika asbahna va`amsayna. Antal avvalu fala qoblaka shay`un, val`aaxiru fala ba’daka shay`un, vazzohiru fala shay`un favqoka, valbatinu fala shay`un duunaka, na’uuzu bika minal falasi valkasali va’azabil qobri vafitnatil g‘inaa, vanas`alukal favza biljannati. Robbig‘fir varham vatajavaz ‘amma ta’lam, innaka ta’lamu mala na’lamu innaka antal `a’azzul akromu. (Innassofa val marvata min sha’a`irillahi faman hajjal bayta avi’tamaro fala junaha alayhi ay yattovvafa bihima vaman tatovva’a xoyron fa`innalloha shakirun ‘aliymun)».

Alloh ulug‘dir, Alloh ulug‘dir, Alloh ulug‘dir, hamd Alloh uchundir. Hech iloh yo‘q, magar yolg‘iz Alloh bordir. Uning va’dasi rost bo‘ldi, U bandasiga yordam berdi va guruhlarni yolg‘iz o‘zi yengdi. Hech iloh yo‘q, magar Alloh bordir. Dinda Uning uchun xolis turgan holatda, faqat Uning o‘zigagina ibodat qilamiz, agarchi kofirlar yomon ko‘rsalar ham. Allohim, men Sendan hidoyat, taqvo, iffat va boylikni so‘rayman. Allohim, Senga biz aytayotganimizdek va aytayotganimizdan ham yaxshiroq hamd bo‘lsin. Allohim, men Sendan roziligingni va jannatni so‘rayman va g‘azabingdan, do‘zaxdan va unga yaqinlashtiruvchi so‘z, fe’l va yoki amal kabi narsalardan panoh so‘rayman.

Allohim, Sening nuring bilan hidoyatlandik. Va Sening fazling bilan behojat bo‘ldik. Sening g‘amxo‘rligingda, in’omingda, atoingda va ehsoningda tong ottirdik va kech qildik. Sen avvalsan, Sendan avval hech narsa yo‘q. Oxirsan, Sendan keyin hech narsa yo‘q. Zohirsan, Sening ustingda hech narsa yo‘q, Botinsan, Sensiz hech narsa yo‘q. Sendan sinishlik, dangasalik, qabr azobi va boylik fitnasidan panoh so‘raymiz. Va Sendan jannatni qozonishni so‘raymiz.

Rabbim, mag‘firat qil va rahm qil, afv et, mukarram qil va bilgan narsalaringni kechib yubor. Albatta biz bilmagan narsalarni bilasan. Albatta, Sen aziz, akram Allohdirsan.

«Albatta Safo va Marva Alloh (buyurgan) marosimlardandir. Bas, kim haj yoki umra qilsa, u ikki tog‘ orasida sa’y qilishining gunohi yo‘qdir. Va kim o‘z ixtiyori-la yaxshilikni niyat qilsa, bas, albatta Alloh shukr qilguvchi (taqdirlovchi) va bilguvchidir».

Qayd etilgan