Haj va umra ibodatlari (Haj va umra qiluvchilar uchun duolar kitobi)  ( 100164 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 B


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:19:18

Allohummaxtim bilxoyrooti aajalana, vasahhil libuluug‘i rizoka subulana vahassin fiy jamiy’il ahvali a’malana ya munqizal g‘orqoo, ya munjiyal halkaa, ya shaahida kulla najva, ya muntaha kulla shakva, ya qodiymal `ihsani, ya da`imal ma’ruufi, ya man la g‘inan bishay`in ‘anhu va la budda likulli shay`in minhu, ya man rizqu kulli shay`in ‘alayhi, vamasiyro kulli shay`in ilayhi, ilayka rufi’at aydissa`iliyna vamtaddat a’naqul ‘abidiyna, nas`aluka an taj’alana fiy kanafika vajuudika vahirzika va’iyazika va satrika va`amaanika. Allohumma inna na’uuzu bika min juhdil balaa`i va darokish shaqoo`i, vashamatatil a’daa`i vasuu`il manzori, val munqolabi fil ahli val mali valvalad. Allohumma la tada’ fiy maqomina haza zanban illa g‘ofartahu, vala hamman illa farrojtahu, vala g‘o`iban illa rodattahu vala karban illa kashaftahu, vala daynan illa qozoytahu, vala ‘aduvvan illa kafaytahu, vala fasadan illa aslahtahu, vala mariyzon illa aafaytahu, vala xollatan illa sadattahu, vala hajatan min havaa`ijiddunya val axiroti laka fiyha rizon valana fiyha solahun illa qozoytaha fa`innaka tahdis sabiyla, vatajburul kasiyro va tug‘nil faqiyro. Allohumma innahu la budda min liqo`ika, faj’al ‘indaka ‘uzrona maqbuulan, va zanbana mag‘fuuron, va’ilmana mavfuuron, vasa’yana mashkuuron, asbaha vajhiyal faniy mustajiyron, bivajhikal baqiy alqoyyumi zil ‘izzati valjabaruuti, Allohumma la yamna’uniy minka ahadun iza arottaniy vala yu’tiyniy ahadun iza haromtaniy, fala tahrimniy biqillati shukriy, vala taxzilniy biqillati sobriy, Allohummaj’alil mavta xoyro g‘oo`ibin nantaziruhu, valqobro xoyro baytin na’muruhu vaj’al ma ba’dahu xoyron lana minhu. Robbig‘fir liy valivalidayya vali`abnaa`iy vali`ixvaaniy vali`ahli baytiy va zurriyatiy, valilmu`miniyna valmu`minaati valmuslimiyna valmuslimati, al`ahyaa`i minhum val`amvaati. Allohumma inniy as`aluka iymanan yubashiru qolbiy, vayaqiynan sodiqon hatta a’lamu annahu la yusiybuniy illa ma katabta liy va rozziniy biqozo`ika, va`a’inniy ‘aladdunya bil’iffati valqonaa’ati, va’aladdiyni bitto’ati vatohhir lisaniy minal kizbi, vaqolbiy minannifaqi, va’amaliy minarriyaa`i, vabasoriy minalxiyanati fa`innaka ta’lamu xo`inatal`a’yuni vama tuxfissuduur.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:19:36

Allohummarham g‘urbatiy fiddunya va masro’iy ‘indal mavti vavahshatiy fiy qobriy vamaqomiy bayna yadayka. Allohumma antas salam vaminkas salam tabarokta vata’alayta ya zal jalali val ikrom. Allohumma antal maliku la ilaha illa anta vaana ‘abduka zolamtu nafsiy va’taroftu bizunuubiy fag‘firliy zunuubiy fa innahu la yag‘firuzzunuba illa anta, vag‘diniy liahsanil axlaqi fala yahdiy liahsaniha illa anta vasrif ‘anniy sayyiataha fainnahu la yasrifu sayyiataha illa anta labbayka vasa’dayka valxoyro kulluhu biyadayka va atuubu ilayka. Allohumma ahyiniy ma ‘alimtal hayata xoyron liy vatavaffaniy iza ‘alimtal vafata xoyron liy vahdiniy liarshadi amriy va ajirniy min sharri nafsiy. Allohumma ahsin ‘aqibatana fil umuuri kulliha va ajirniy min xizyiddunya va’azabil axiroti varham g‘urbatiy fiddunya vamasro’iy ‘indal mavti vavahdatiy filqobriy vamaqomiy bayna yadayka. Allohumma inniy asaluka biasmaikat toyyibit tohiril mubarokil ahabbi ilaykallaziy iza du’iyta bihi ajabta va izasturhimta bihi rohimta va izastufrijta bihi farrojta an tu’iyzaniy minal kufri valfaqri valqillati vazzillati val’illati vakaaffatil amrozi val ag‘rozi vasairil asqomi val aalaami, va asaluka favatihal xoyri va xovatimahu va javami’ahu va avvalahu va axirohu va zohirohu va batinahu vad darojatil ‘ulaa. Allohumma inniy asaluka farojan qoriban va nasron ‘aziyzan va sobron jamiylan va fathan mubiynan va ‘ilman kasiyron nafi’an va rizqon vasi’an mubarokan fiy ‘afiyatin bila balain va asalukal ‘afiyata min kulli baliyyatin va asaluka tamamal ‘afiyati vashshukri ‘alal ‘afiyati. Allohummaqsim li min xoshyatika ma tahuulu bihi bayniy vabayna ma’siyatika vamin to’atika ma tuballag‘uniy bihi jannataka vaminal yaqiyni ma tuhavvinu bihi ‘alayya masoibad dunya vamatti’niy, Allohumma bisam’iy va basoriy va diyniy vaj’alhal varisa minniy vaj’al sa`riy ‘ala man zolamaniy vansurniy ‘ala man ‘adaniy vala taj’alid dunya akbaro hammiy va mablag‘o ‘ilmiy va la ilannasi masiyriy. Allohumma inniy asaluka binuuri vajhikal kariymi vasultonikal ‘aziymi tavbatan sodifotan va avbatan xolisotan va inabatan kamilatan va mahabbatan g‘olibatan va shavqon ilayka va rog‘batan fiyma ladayka va farajan ‘ajilan va rizqon vasi’an va lisanan rotaban bizikrika va qolban muna’’aman bishukrika vabadanan hayyinan layyinan bitoatika va a’tina mala ‘aynun roat vala uzunun sami’at vala xotoro ‘ala qolbi basharin.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:20:00

Allohumma inna na’uuzu minal faqri illa ilayka vaminazzulli illa laka vaminal xovfi illa minka va a’uuzu bika an aquula zuuron av ag‘shaa fujuron av akuna bika mag‘ruron va a’uuzu bika min shamatatil a’da`i va ‘uzolid daa`i va xoybatir rojaa`i va zavalin ni’ami va fujaatin niqami ya man fataha babahu lit tolibiyna va azharo g‘inaahu lir rog‘ibiyna va atlaqo alsinatal qosiriyna alhimna ma alhamta ‘ibadakas solihiyna va ayqozna min roqdatil g‘ofiliyna innaka akramu mun’imin va a’azzu mu’iynin. Allohumma inna ‘uyubana la tasturuha illa mahasinu ‘atfika va zunubana la yag‘firuha illa vasi’u ihsanika va afvika vaj’alna minal muttaqiynal abrori vasluk bina sabiyla ‘ibadikal axyaari va alhimna rushdana va ajzil min rizvanika hazzona va la tahrimna bizunubina va la tatrudna bi’uyubina va la taqto’na min barrika vala tunassina zikroka va la tahtika ‘anna satroka vag‘firlana maq tarofnahu min zunubina va’fu ‘an taqsiyrona fiy to’atika va shukrika va adim lana luzumat toriyqi ilayka vahab lana nuuron nahtadiy bihi ilayka varzuqna halavata munajatika vasluk bina sabiyli marzotika vaqto’ ‘anna kulla ma yuba’iduna ‘an xidmatika va to’atika va anqizna min darokatina va g‘ofalatina va alhimna rushdana va haqqiq fiyka qosdana vasturna fiy dunyana va axirotana vahshurna fiy zumrotil muttaqiyna va alhiqna bi’ibadikas solihiyna. Allohummaj’alna minal a"œimmatil abrori va askinna ma’ahum fiy darol qorori va la taj’alna minal muxolifiynal fujjari va vaffiqna lihusnil iqbali ‘alayka val asg‘o"œi ilayka val mubarodati ila xidmatika va husnil adabi fiy mu’amalatika vat tasliymi liamrika varrizo biqozo`ika vas sobri ‘ala bala`ika vashshukri ‘ala ni’ma"œika va a’izna min ahvalish shaqo`i va vaffiqna lia’mali ahlit tuqo`i varzuqnal isti’dadi liyavmil liqo`i ya man ‘alayhil i’timadu val muttakilu. Allohummanhaj bina manahijal muflihiyna va albisna xila’al iymani val yaqiyni va xussona minka bit tavfiyqil mubiyni va vaffiqna liqovlil haqqi vattiba’ihi va xollisna minal batini vabtida’ihi va kun lana mu"œayyidan va la taj’al lifajirin ‘alayna yadan vaj’al lana ‘ayshan rog‘ldan va la tushmit bina ‘aduvvan vala hasidan varzuqna ‘ilman nafi’an va ‘amalan mutaqobbalan va fahman zakiyyan va tob’an sofiyyan vashifa`an min kulli da`in. Allohumma ‘amilna big‘ufronika va amnun ‘alayna bifazlika va ihsanika vanajjina minannari va ‘afina min daril xizyi val bavari va adxilna bifazlikal jannata darol qorori vaj’alna ma’allaziyna an’amta ‘alayhim fiy dari rizvanika ya man zoharta ma’rifatuhu lilquluubi fala yaxfa vujuduhu va ‘amma jamiy’a xolqihi karomuhu va juuduhu. Allohumma la taj’al haza axiro ‘ahdiy min hazal mavqifil ‘aziymi varzuqnir rujuu’a ilayhi marrotin kasiyrotin bilutfikal ‘amiym, vae’alniy fiyhi muflihan marhuuman mustajabad du’aa`i fa`izan bil qobuuli varrizvani vattajavuzi valg‘ufroni varrizqil halalil vasi’i vabarik liy fiy jamiy’i umuriy vama arji’u ilayhi min ahliy vamaliy va avladiy. Robbana atina fid dunya hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina ‘azaban nar, vag‘fir lana valivalidayna, vavalidi validayna vazurriyyatina vaixvanina va`ahlina valhaziriyna valg‘o`ibiyna minal muslimiyna ajma’iyn, birohmatika ya arhamarrohimiyn, vasollallohu ‘ala sayyidina muhammadin va’ala aalihi va sohbihi ajma’iyn».

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:20:09

Allohdan boshqa Iloh yo‘q, U yolg‘iz, Uning sherigi ham yo‘q, butun mulk Uniki, hamd ham Unga xos, U tiriltiradi va o‘ldiradi va O‘zi tirikdir, o‘lmaydi va U har bir narsaga qodirdir. Allohim, meni muvaffaq qilib, O‘zing men uchun musaxxar qilgan narsang bilan ko‘tarib, hattoki ehsoning bilan Baytingning ziyoratiga va bu Mash’arul aziymda xalilingning sunnatiga iqtido qilib, Sening yaratganlaring ichidagi yaxshilaridan bo‘lgan Sayyidimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning izlariga ergashib turishlikka yetkazding. Albatta har bir mehmon uchun izzat-ikrom bordir. Har bir vakil uchun mukofot bordir. Har bir ziyoratchi uchun karomat (ikrom qilish), har bir so‘rovchi uchun ato bordir. Har bir umidvor uchun savob bordir. Har bir Sening huzuringdagi narsani talab qiluvchi uchun mukofot, har bir senga rag‘bat qiluvchi uchun yaqinlik bordir. Har bir Senga yuzlanuvchi uchun ehson bordir. Bu Mash’arul aziymda Sening huzuringdagi narsani umid qilib to‘xtadik. Ilohimiz, Sendan umidimizni puchga chiqarmagin, Ey Sayyidimiz, Ey Mavloyimiz, ey har bir narsa uning izzati uchun bo‘yinsungan va yuzlar uning azamatiga egilgan zot — Allohim, Sening uchun chiqdik. Va Sen bergan foniy umrni xazon qildik. Seni umid qildik. Sening huzuringdagi narsani talab qildik. Ehsoningga ro‘baru bo‘ldik. Rahmatingni umid qildik. Azobingdan qo‘rqdik. Sening haram Baytingga haj qildik. Ey soillarning hojatlariga Molik va jim turuvchilarning zamirlarini biladigan zot. Ey u bilan birga duo qilinadigan robb, umid qilinadigan iloh, ustida qo‘rqiladigan yaratuvchisi, (vositachi qilib) kelinadigan vaziri, pora beriladigan eshikboni bo‘lmagan zot. Ey savollarga faqat karam va saxiylikni, hojatlarning ko‘pligiga faqat fazl va ehsonni ziyoda qiladigan zot. Ey oldida har xil tillarda ovozlar ko‘tariladigan Zot. Ular sendan hojatlarini so‘raydilar. Ko‘z yoshlar tomchilari bilan duolarda muntazam bo‘lgan holatda quyiladi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:20:19

Ey Rabbiy, Sendan hojatim — Sening mag‘firating va undan keyin g‘azablanishing bo‘lmaydigan roziliging va undan keyin adashish bo‘lmagan hidoyat va undan keyin jaholat bo‘lmagan ilm va chiroyli xotima, do‘zaxdan ozod bo‘lishlik va jannatni qozonishlik. Va sinovlanib dunyo ahli meni unutganlarida, ustimga tuproq tortganlarida, mendan ahboblar uzilganda, mendan sabablar kesilganda meni eslashligingdir. Ey Aziz, ey Vahhob, ey Rahm qiluvchilarning rahmlirog‘i — Allohim, albatta Sen makonimni ko‘rasan, so‘zimni eshitasan, ichimni ham, tashimni ham bilasan. Mening ishlarimdan hech narsa Senga maxfiy emas. Men bechora, faqirman, Qo‘rqib yordam so‘rovchiman, mo‘ltirab iqror bo‘lib, gunohlarimni e’tirof etuvchiman. Miskin so‘raganidek Sendan o‘tinaman. Gunohkor, zalilning yolvorishidek iltijo qilaman. Qo‘rquvchi ko‘rning duosini qilaman. Senga bo‘yin eggan, jasadini Senga xor etgan, ikki ko‘zi Sen uchun yig‘lagan, Sen uchun burnini yerga ishqagan  kishining duosi bilan duo qilaman. Ey so‘raluvchilarning yaxshisi, ey beruvchilarning yaxshisi — Rabbiy, meni badbaxtlardan qilmagin. Menga mehribon va shafqatli bo‘lgin.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:20:28

Rabbiy, bizni hidoyatga yo‘llagin. Bizni taqvo bilan ziynatlagin. Avvalda ham, oxiratda ham bizni mag‘firat qilgin. Allohim, qalbimni ham nurli qilgin, qulog‘imni ham nurli qilgin, ko‘zimni ham nurli qilgin, tilimni ham nurli qilgin, o‘ng tarafimni ham nurli qilgin, chap tarafimni ham nurli qilgin, ustimni ham nurli qilgin, orqamni ham nurli qilgin, o‘z nafsimni ham nurli qilgin. Men uchun nurni katta qilgin. Rabbiy, dilimni ochgin, ishimni oson qilgin. Allohim, men Sendan taqvo, iffat, boylikni so‘rayman. Allohim, Senga hamd bo‘lsin, huddi aytayotganimizdek, biz aytayotgandan yaxshiroq hamd bo‘lsin. Allohim, roziliging va jannatni Sendan so‘rayman. Va Sen bilan g‘azabing va do‘zaxdan panohlanaman. Va meni unga yaqinlashtiruvchi so‘z, fe’l yoki amal kabi narsalardan ham panohlanaman.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:20:48

Allohim, hajimni mabrur hajlardan qil. Gunohimni mag‘firat etgin, amalimni solih, maqbullardan qilgin. Parvardigoro, dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni ber. Do‘zax azobidan bizlarni saqla. Ilohim, Sening g‘azabingga menda quvvat yo‘q, azobingga menda sabr  yo‘q. Rahmatingdan men behojat emasman. Sinovga nisbatan toqatim yo‘q. Sening roziliging bilan g‘azabingdan va to‘satdan keluvchi intiqomingdan panohlanaman. Ey Orzuim, ey Umidim, ey yordam so‘raluvchilarning yaxshisi, ey ato etuvchilarning saxiysi, ey rahmati g‘azabidan avval bo‘lgan zot. Ey Sayyidim, Mavloyim, ishonchim, umidim, suyanganim — Allohim, ey bir narsani eshitishlik boshqasini eshitishdan mashg‘ul qilib qo‘ymaydigan zot. Senga ovozlar ishtibohli (chalkash, ajratib bo‘lmas) bo‘lmaydi. Ey tillar ixtilofli bo‘lmaydigan, so‘raladigan narsalar  ishtibohli bo‘lmaydigan zot. Ey talab qiluvchilarning talabi bezor qilmaydigan zot va so‘rovchilarning so‘rovi ojiz qilmaydigan zot. Avfingning salqini bilan va mag‘firatingning halovati bilan rizqlantirgin. Ey rahm qiluvchilarning rahmlirog‘i — Allohim, Sening oldingga vakil bo‘ldim, Sening huzuringdagi narsaga umid qilib, bu sharofatli o‘rinda huzuringda turibman. Bugun meni vakillaringning noumidrog‘i qilib qo‘ymagin. Jannat bilan ikrom qilgin. Menga mag‘firat va ofiyat bilan yaxshilik qilgin. Do‘zaxdan najot bergin. Mendan maxluqlaringning yomonligini uzoq qilgin. Sendan boshqadan umid uzildi. Sendan boshqaning eshigi bekilgandir. Meni ko‘z ochib-yumgunchalik  muddatga va bundan oziga ham dunyoyimu dinim ishlarida o‘zingdan boshqaga tashlab qo‘ymagin. Meni ma’siyat xorligidan toat azizligiga ko‘chirgin. Qalbim va qabrimni nurlantirgin. Yomonlikning hammasidan asragin. Menga yaxshiliklarning hammasini jamlagin. Ey so‘raladiganlarning karamlirog‘i va ato qiluvchilarning saxiyrog‘i — Allohim, Sening nuring bilan hidoyatlandik. Sening fazling bilan behojat bo‘ldik. Sening himoyangda, in’omingda, atoyingda va ehsoningda tong ottirdik va kech qildik. Sen avvalsan, Sendan oldin hech narsa yo‘q. Sen  oxirsan, Sendan keyin hech narsa yo‘q, Sen zohirsan, ustingda hech narsa yo‘q, Sen botin (maxfiy)san , Sensiz hech narsa yo‘q. Sen bilgan sinishlikdan, dangasalikdan, qabr azobidan va boylik fitnasidan panohlanamiz. Rahmating vojib qiluvchi, mag‘firatingni jalb qiluvchi narsalarni, har bir yaxshilikdan g‘animatni (nasibani), har bir gunohdan salomat bo‘lishni, jannatni qozonishlikni, do‘zaxdan najot topishlikni Sendan so‘rayman.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:20:55

Allohim, ey maxfiy narsalarni biluvchi, ey tovushlarni eshituvchi, ey o‘liklarni tiriltiruvchi, ey duolarni ijobat qiluvchi, ey hojatlarni ravo qiluvchi, ey Yer va Osmonlarning yaratuvchisi, O‘zingdan boshqa iloh bo‘lmagan, biru yakka Allohdirsan. Yakkasan, behojatsan. Baxillik qilmaydigan Vahhobsan (ko‘p hiyba, hadya qiluvchi). Shoshilmaydigan Halim Zotdirsan. Sening amringni rad qiluvchi yo‘qdir. Sening hukmingni ta’qib qiluvchi yo‘qdir. Har bir narsaning Rabbisan. Har narsaning podshohi, har narsaning taqdir qiluvchisisan. Sendan manfaatli ilm, keng rizq, qo‘rquvchi qalb, zikr qiluvchi til, pok amal va xolis iymon bilan rizqlantirishingni so‘rayman. Bizga muxlislarning qaytishligini, itoatkorlarning xushu’sini, solihlarning amallarini, muttaqiylarning saodatini, foyda ko‘ruvchilarning darajasini ato qilishingni so‘raymiz. Ey qasd qilinadiganlarning afzalrog‘i, so‘raladiganlarning karamlirog‘i, ato qiluvchilarning halimrog‘i,  Sen shundaysanki, osiy bo‘lganlarga ham halimlik qilasan. Seni tashlab ketganga yaqinlashasan, Sendan so‘rovchilarga g‘amxo‘rlik qilasan. Sen hidoyat qilganingdan boshqa uchun hidoyat yo‘qdir. Sen adashtirganingdan boshqa uchun adashishlik yo‘q. Sen boy qilganingdan boshqa uchun boy bo‘lishlik yo‘qdir. Sen faqir qilgan kishingdan boshqa uchun faqir bo‘lishlik yo‘qdir. Sen ma’sum qilganingdan boshqa uchun ma’sumlik yo‘qdir. Sen to‘sganingdan boshqa uchun to‘silishlik yo‘qdir. Sen bizga atoingni to‘liq berishingni, Senga yo‘liqish bilan saodatli bo‘lishni va ne’matlaring va muruvvatingni ziyodasini so‘raymiz Hayotimizda nur qilishingni va qayta tirilganimizda nur qilishingni va mamotimizda nur qilishingni va qabrimizda nur qilishingni va Senga vasila qilishimiz uchun nur qilishingni va huzuringda foyda ko‘rishimiz uchun nur qilishingni so‘raymiz, zero biz eshigingda soilmiz. Sening in’omingni e’tirof etuvchilarmiz. Va Senga yo‘liqishni umid qilamiz.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:21:03

Allohim, umrim oxirini yaxshi qilgin. Va amalimning xotimasini xayrli qilgin. Va Senga yo‘liqadigan kunimni kunlarimning yaxshisi qilgin. Allohim, amring bilan meni sobit qilgin.Va nusrating bilan meni qo‘llagin. Va fazling bilan meni rizqlantirgin va bandalaringni qayta tiriltiradigan kuningda menga azobingdan najot bergin. Batahqiq, oldingga rahmatingdan umid qilib, vatanimdan uzoqlashuvchi bo‘lib, ibodatlarimni ado qilib, farzlaringni o‘tab, kitobingni tilovat qilib, Senga duo qilib, qalbimning qattiqligidan shikoyat qilib, gunohlarimdan qo‘rqib, nafsimga zulm qilib, jinoyatlarimni bilib, ayblari jam’ qilingan kishining duosini, gunohlari ko‘paygan, orzulari tugagan, gunohlari boqiy qolgan, ko‘z yoshlari tortib olingan, muddati (berilgan umri) tugagan, Sendan boshqani o‘zi uchun mag‘firat qiluvchi deb bilmagan kishining, yaxshi orzulari uchun Sendan boshqa ato qiluvchi topmagan kishining, siniqlari uchun Sendan boshqa yamaydiganni topmagan kishining duosini qilib keldim, ey rahm qiluvchilarning rahmlirog‘i. Oliy va Ulug‘ Allohdan o‘zgada o‘zgarish ham, quvvat ham yo‘qdir.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:21:09

Allohim, azobing uchun meni muqaddam qilmagin va fitnadan bo‘lgan biror narsa uchun meni kechiktirmagin, Mavloim. Seni xohlab, Senga duo qilyapman. Sendan talab qilgan holatimda yuzimni Senga buryapman. Sen uchun Yuzimni haqir va qo‘rqqan holatda yerga qo‘yayotibman. Duoimni qabul et. Ishimning fasodlarini isloh qil. Dunyodan g‘amim va hojatimni kesgin. Qiziqishimni huzuringdagi narsa uchun qilgin. O‘zgarishimni huzuringda zikr qilingan, duolari maqbul qilingan, hujjatlari qoim bo‘lgan, gunohlari kechirilgan, hajlari mabrur bo‘lgan, xatolari afv etilgan, yomonliklari o‘chirilgan, ishlari to‘g‘rilanganlarning o‘zgarishlaridan qilgin. Yana Senga borishda osiy bo‘lmagan, undan keyin gunoh qilmagan, undan so‘ng biron gunoh ko‘tarmagan, yana zikring bilan tilini aziz qilgan va iflosliklardan badanini poklagan va Sen uning qalbiga hidoyatni solgan, Islom bilan uning ko‘nglini keng qilgan va o‘limdan oldin uni o‘zingning afving va roziliging bilan iqror qilganing va ko‘zini gunohlardan pok saqlaganing va nafsini O‘z yo‘lingda ishlatganing kishining o‘zgarishidan qilgin.

Qayd etilgan