Haj va umra ibodatlari (Haj va umra qiluvchilar uchun duolar kitobi)  ( 100173 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 B


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:27:54

Allohim, meni o‘ngimdan, chapimdan, oldimdan, orqamdan, ustimdan va ostimdan to ahlim va yurtimga yetib olgunimcha asragin. Meni ko‘z ochib-yumguncha, undan ham ozroqqa ham rahmatingdan xoli qilmagin.

Allohim, bizning safarda sohibimiz va ahlimiz uchun bizdan xalifa bo‘lgin.

Dushmanlarimiz yuzini teskari qilgin, ularni yurtlariga qaytarib yuborginki, toki biz tarafga o‘tishga ham, kelishga ham qodir bo‘lmasinlar.

Allohim, buni Baytingdagi oxirgi ahdim qilmagin. Allohim, ma’siyatni tark etishlik bilan meni boqiy qoldirganingcha menga rahm qilgin, bema’ni narsaga berilishdan saqlab rahm qilgin. Mendan rozi bo‘ladigan narsalaringga chiroyli nazar qilishlik bilan meni rizqlantirgin.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:28:06

Allohim, ko‘zim bilan meni manfaatlantirgin va uni mendan voris qilgin. Dushmanlardan o‘chimni ko‘rsatgin, menga zulm qilganlarga qarshi menga yordam bergin.

Allohim, Sen bilan xafachilik, g‘amdan panohlanaman, Sen bilan ojizlik va dangasalikdan, qo‘rqoqlik va baxillikdan panohlanaman, Sen bilan qarzdorlik bosib qolishidan, kishilarning zo‘ravonligidan panohlanaman.

Allohim, Sendan bu safarimizda yaxshilik va taqvoni va O‘zing rozi bo‘ladigan amallarni so‘rayman.

Allohim, Sen safarda sohibsan va ahlu ayolga xalifasan.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:28:21

Allohim, Sen bilan safar mashaqqatlaridan, tushkun ko‘rinishdan va molim, ahlim va bolalarimda yomon o‘zgarishdan panohlanaman.

Allohim, afving bilan tong ottirdik, ofiyating bilan qo‘zg‘oldik.

Allohim, biz uchun yerning tanobini tortgin, (yo‘limizni yaqin qilgin) va safarni bizga yengil qilib, yomon o‘zgarishdan bizni salomat qilgin. Yaxshilikka yetkazuvchi Allohim, meni xayriyatga yetkazgin, o‘zingdan menga satr (ayblarga to‘siq), rozilik, ato et, xayriyat Sening qo‘lingdadir, albatta Sen har bir ishga qodirsan.

Allohim, bizga safarni yengil qilib, yo‘lni yaqin qil. Allohim, safarda tong ottirdik, Sen bizning ahlu ayolimizda xalifa bo‘lgin.

Allohim, oldimdan, orqamdan, o‘ngimdanu chapimdan va ustimdan meni saqlagin. Va ostimdan menga xoinlik qilishlaridan Azamating bilan panohlanaman, ey rahm qiluvchilarning rahmlirog‘i, ey olamlarning Robbisi!

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:28:50

Vidolashuv tavofidan keyin o‘qiladigan duo

Multazam yonida to‘xtab, unga butun gavdasini yopishtiradi va quyidagi duoni o‘qiydi:

«Allohumma, haza baytuka va ana ‘abduka vabnu ‘abdika vabnu amatika hamaltaniy ‘ala ma saxxorta liy min xolqika hatta sayyartaniy fiy biladika va ballag‘taniy bini’matika hatta a’antaniy ‘ala adai nusukiy fain kunta roziyta ‘anniy fazdad ‘anniy rizon va illa faminal ana qobla an tan`aya ‘an baytika dariy haza avanu insirofiy in azinta liy g‘oyro mustabdilin bika va la bibaytika va larog‘ibin ‘anka va la ‘an baytika, Allohumma fashabnil ‘afiyata fiy badaniy, vassihhata fiy jismi val’ismata fiy diyniy va ahsin munqolabiy varzuqniy to’ataka ma abqoytaniy vajma’liy xoyroddunya val `axiroti,  innaka ‘ala kulli shay`in qodiyr. Va sollallohu ‘ala sayyidina muhammadin va’ala aalihi vasohbihi ajma’iyn».

«Allohim, bu Sening bayting, men Sening bandangman va bandangning o‘g‘liman, cho‘ringning o‘g‘liman, maxluqlaring ichidan menga bo‘ysundirganing narsada meni ko‘tarding va mamlakatlaringda sayr qildirding, hatto ne’mating bilan Baytingga yetkazding va ibodatlarimni ado etishda sabotli etding. Agar mendan rozi bo‘lsang, roziligingni ziyoda qilgin. Zero, Seni va Baytingni hech nimaga almashtiruvchi bo‘lmagan, Sendan va Baytingdan yuz o‘giruvchi bo‘lmagan holatimda agar izn bersang, bu mening uyimga qaytish vaqtimdir. Badanimda ofiyat, jismimda sihhat, dinimda poklik bilan tong ottirgin. O‘zgarishimni chiroyli qilgin va umrimning oxirigacha toating bilan rizqlantirgin. Menga dunyoyu oxirat xayriyatlarini jamlagin. Albatta Sen har bir ishga qodirsan.

Alloh taoloning salotu salomi Sayyidimiz Muhammad (s.a.v.)ga, ahli baytlariga va jamiki ashoblariga bo‘lsin.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:29:31

Madinai munavvara ziyorati duolari

"œAssalamy ‘alayka, ayyuhan nabiyyu va pohmatyllahi va bapokatyhy.

Assolatu vassalamy ‘alayka, yaa cayyidana ya rosulalloh.

Assolatu vassalamy ‘alayka, ya nabiyyalloh.

Assolatu vassalamy ‘alayka, ya xoyro xolqillah.

Assolatu vassalamy ‘alayka, ya man arsalahullohu rohmatal lil’alamiyn.

Assolatu vassalamy ‘alayka, ya  sayyidal mursaliyna va xotaman nabiyyina va imamal muttaqiyn va qo`idal g‘urril muhajjaliyn.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:30:00

Assalamu ‘alayka ya man vasofahullohu biqovlihi: Vainnaka la’ala xuluqin ‘aziym, vabilmu`miniyna ro`uufur rohiym. Assalamu ‘alayka  va ‘ala saa`iril anbiyaa`i val mursaliyna va ‘ala ahli to’atikat toyyibiynat tohiriyna. Assalamu ‘alayka va ‘ala azvajikat tohirooti, ummahatil mu`miniyna. Assalamu ‘alayka va’ala ashabika ajma’iyn, va’ibadillahis solihiyn. Ashhadu al la ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va ashhadu anna muhammadan ‘abduhu va rosuuluhu, va ashhady annaka ya rosulalloh, qod ballag‘tap picalata va addaytal amanata va nacahtal ymmata va da’avta ila sabiyli robbika bilhikmati val mav’izotil hasanati va’abatta robbaka hatta atakal yaqiyn. Fasollallohu ‘alayka kasiyron afzola va akmala va atyaba ma solla ‘ala ahadin minal xolqi ajma’iyn. Allohumma ajzi ‘anna nabiyyana afzola ma jazayta ahadan minannabiyyina val mursaliyn. Allohumma aatihil vasiylata val faziylata vab’ashu maqoman mahmuudanillaziy va’attahu, Allohumma solli ‘ala muhammadin va’ala aali muhammadin kama sollayta ‘ala ibrohiyma va ‘ala aali ibrohiyma, innaka hamiydun majiyd. Robbana amanna bima anzalta vattaba’nar rosula faktubna ma’ash shahidiyn, valhamdu lillahi robbil ‘alamiyn».

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:30:13

Assalomu alaykum, ey Allohning rasuli.

Allohning salotu salomi  sizga bo‘lsin, ey sayyidimiz, Allohning rasuli. Allohning salotu salomi  sizga bo‘lsin, ey Allohning payg‘ambari, Allohning salotu salomi  sizga bo‘lsin, ey Alloh maxluqlarining yaxshisi, Allohning salotu salomi  sizga bo‘lsin, ey Alloh taolo olamlarga rahmat qilib jo‘natgan zot, Allohning salotu salomi  sizga bo‘lsin, ey rasullarning sayyidi va payg‘ambarlarning oxirgisi, taqvodorlarning imomi, oq qashqaliklarning yo‘lboshchisi.

Allohning salotu salomi  bo‘lsin,  ey Alloh taolo: "œulug‘ xulq sohibi, mo‘minlarga marhamatli" deb nomlagan zot. Allohning salotu salomi sizga va boshqa rasul, payg‘ambarlarga va tohir, toyyib ahli baytingizga bo‘lsin. Allohning salotu salomi sizga va mo‘minlarning onalari bo‘lmish pok ayollaringizga bo‘lsin. Allohning salotu salomi sizga, jamiki ashoblaringizga va Alloh taoloning solih bandalariga bo‘lsin. Hech iloh yo‘q, magar sherigi yo‘q yolg‘iz Alloh bor, deb guvohlik beraman. Sayyidimiz Muhammad alayhissalom Allohning rasuli va bandasi deb guvohlik beraman.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:30:30

Guvohlik beramanki, albatta siz Muhammad alayhissalom, risolatni yetkazdingiz, amonatni ado etdingiz, ummatga nasihat qildingiz va Rabbingizning yo‘liga hikmat va va’z bilan da’vat qildingiz, to o‘lim vaqti kelgunicha Robbingizga ibodat qildingiz. Alloh taolo boshqa maxluqlariga yuborgan salotu salomidan afzalroq, komilroq va toyyibroq salomini sizga yuborsin. Alloh taolo boshqa payg‘ambar va rasullarini mukofotlaganidan afzalrog‘i bilan bizning nomimizdan sizni mukofotlasin. Allohim, u zotga vasila va fazilatni bergin, u zotni va’da qilganing mahmud maqomda tiriltirgin.

(Allohim, Ibrohim alayhissalomni va u zotning oilalarini yaxshilik va rahmatda qilganing kabi, Muhammad alayhissalomni va u zotning oilalarini ham yaxshilik va rahmatda qil. Albatta, Sen maqtovli ulug‘ zotsan).

«Parvardigoro, nozil qilgan narsangga ishondik, payg‘ambaringga ergashdik. Bas, bizni (O‘zingning birligingga, payg‘ambaringning haqligiga) guvohlik beruvchilar qatoriga yozgin.» Olamlarning robbisi Allohga hamd bo‘lsin.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:30:55

Agar haj qiluvchiga biron kishi Rasululloh alayhissalomga salom berishlikni vasiyat qilgan bo‘lsa, shunday deydi:

«Assalamu ‘alayka ya rosulallohi, min fulan ibni fulan»

«Ey Rasululloh, Sizga falonchi o‘g‘li falonchidan salom». (Misol uchun)

So‘ng bir ozroq surilib, Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuga salom beradi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:31:15

«Assalamu ‘alayka ya xolifata rosulillahi Aba Bakr as-Siddiyq..

Assalamu ‘alayka ya man qola fiy haqqika rosululloh sollallohu ‘alayhi vasallama, ya Aba Bakr anta ‘atiqun minannar, Assalamu ‘alayka ya sohiba rosulillahi va saniyasnayni iz huma fil g‘ori. Assalamu ‘alayka ya man anfaqo malahu kullahu fiy hubbillahi va rosuulihi hatta taxollala bil’aba`. Jazakallohu ‘an ummati rosulillahi xoyrol jaza`i, Allohummarzi ‘anhu, varfa’ darojatahu, va`akrim maqomahu, va`ajzil savabahu bifazlika va karomika aamiyn».


Allohning salotu salomi sizga bo‘lsin,  Rasululloh alayhissalomning xalifalari Abu Bakr Siddiq. Allohning salotu salomi sizga bo‘lsin, ey Rasululloh alayhissalom: Ey Abu Bakr, sen do‘zaxdan ozoddirsan, degan zot. Allohning salotu salomi sizga bo‘lsin, ey Rasululloh alayhissalomning sohiblari va g‘ordaliklarida ikki kishining biri bo‘lgan zot. Allohning salotu salomi bo‘lsin sizga ey Allohning va rasulining sevgisi uchun hamma narsasini infoq qilib faqat bir ‘abo (to‘n)da qolgan zot. Alloh taolo sizni ummati Muhammadiy nomidan xayrli holatda mukofotlasin. Allohim undan rozi bo‘l, darajasini ko‘targin, maqomini ulug‘ qilgin va fazling, karaming bilan savobini ko‘paytirgin. Omiyn.

Qayd etilgan