Haj va umra ibodatlari (Haj va umra qiluvchilar uchun duolar kitobi)  ( 100118 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 9 B


Laylo  18 Oktyabr 2007, 05:58:10

HAJ va UMRA IBODATLARI
(Haj va umra qiluvchilar uchun duolar kitobi)

Tarjimon
Abbos Tursunov

Toshkent
2003 yil

«Endi, marosimlaringizni ado qilib bo‘lgach, Allohni ajdodlaringizni eslagandek, balki undan-da qattiqroq eslang! Zotan odamlar orasida shunday kimsalar borki, «Ey Parvardigor, bizga mana shu dunyoda bergin», deydi. Holbuki, uning uchun Oxiratda hech qanday nasiba yo‘q. Va ularning orasida shunday zotlar ham borki, «Parvardigoro, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato qilgin, oxiratda ham yaxshilik ato etgin va bizni do‘zax azobidan asragin», deydilar. Ana o‘sha zotlar uchun qilgan ibodatlari (haj, duolari) sharofatidan nasiba bor. Alloh tez hisob-kitob qilguvchi zotdir. Sanoqli kunlarda Allohni zikr qilingiz!»

(Baqara surasi, 200–203-oyatlar)

MUNDARIJA

Taqdim
Makkaga kirayotganda o‘qiladigan duo
Baytullohga ko‘z tushganda o‘qiladigan duo
Tavof
Multazam duosi
Zamzam suvi ichilayotganda o‘qiladigan duo
Ibrohim (a.s.) maqomlarida o‘qiladigan duo
Ismoil (alayhissalom) toshlari yonida o‘qiladigan duo
Safo duosi
Sa’y
Umra niyati
Haj niyati
Arafotda o‘qiladigan duo
Mash’arul harom duosi
Mino duosi
Jamratul aqaba duosi
Tosh otish paytida o‘qiladigan duo
Har bir muqaddas joyda o‘qiladigan duo
Tavofi vado’ duosi
Madinai munavvara ziyorati duolari
Ravzai mutohharada o‘qiladigan duolar
Baqiy’da o‘qiladigan duo

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 05:58:45

Taqdim

Bismillahir rohmanir rohiym.

Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat etadi: "œParvardigoringiz: "œMenga duo-iltijo qilinglar, Men sizlarga (qilgan duolaringizni) mustajob qilurman", dedi". (G‘ofir surasi, 60-oyat).

Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan vorid bo‘lgan hadisi sharifda: "œAlbatta Alloh taolo saxiy va hayo egasidir. U O‘zi uchun qo‘llarini ko‘tarib, duo qilib to‘rgan kishini umidsiz, qup-quruq qaytarmoqlikdan hayo qiladi", deyilgan.

Duo — ibodatdir. U banda bilan Holiqi Zuljalolning orasini bog‘laydi. Inson Allohdan rahmat, mag‘firat, ne’mat, so‘rab, Unga tavba-tazarru qilib, duoga qo‘l ochadi. Duo orqali Parvardigoriga iltijo qilib, Undan madad so‘raydi. Bu bilan Alloh taolo huzurida bandalikni, qullikni bo‘yniga oladi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 05:58:59

Duo hamma joyda, barcha ibodatlarda, hamma vaqtda qilinaveradi. Ayniqsa haj va umra ibodatlarida duolarning ko‘proq ijobat bo‘lishi haqida ulamo va fuzalolarning fikrlari bor. Chunki ana shu ibodatlar asnosida musulmonlar dunyo hayotidan ma’lum vaqtga uzilib, Allohga yanada yaqinlashadilar, Parvardigorlari huzurida turib, tavba-tazarru qilish, Uni ko‘proq zikr etish, hojatlari va ne’matlarini so‘rash imkoniyati ko‘payadi.

Haj va umra ibodatini ado etish tartibi, uning arkonlari va hukmlari haqida ko‘plab kitoblar tasnif etilib, har yili hojilarimiz ulardan bahramand bo‘lishmoqda. Endi haj va umra qilish chog‘ida, arkonlarni bajarishda o‘qiladigan duolar ham kitob holida to‘planib, hukmingizga havola etilyapti. Agar u ibodatlaringizni komil qilishda, Allohga yolborib qilayotgan duolaringizni ko‘paytirishda asqotib qolsa va yordam berolsa, musannif niyatiga yetgan bo‘lur edi.

Tavfiq — Allohdandir!

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 05:59:16

Makkaga kirayotganda o‘qiladigan duo

Agar haj qiluvchining ko‘zi Makkadagi uylarga tushsa shunday deb aytsin:

«Bismillahir rohmanir rohiym. Allohummaj’alliy biha qororon, varzuqniy fiyha rizqon halalan»

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman. Allohim uni (Makkani) men uchun qarorgoh qilgin. U yerda meni halol rizq ila rizqlantirgin.

Duo qilayotganda qo‘llarini ko‘tarmaydi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 05:59:45

Bu duo Makkai Mukarramaga kirayotganda o‘qiladi:

Makkaga kirayotganda o‘qiladigan duo

Agar haj qiluvchining ko‘zi Makkadagi uylarga tushsa shunday deb aytsin:

«Bismillahir rohmanir rohiym. Allohummaj’alliy biha qororon, varzuqniy fiyha rizqon halalan»

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman. Allohim uni (Makkani) men uchun qarorgoh qilgin. U yerda meni halol rizq ila rizqlantirgin.

Duo qilayotganda qo‘llarini ko‘tarmaydi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:00:22

Bu duo Makkai Mukarramaga kirayotganda o‘qiladi:

«Allohumma inna hazal haroma haromuka, valbalada baladuka, val`amna amnuka, val’abda abduka, ji’tuka min biladin ba’iydatin bizunubin kasirotin, vaa’malin sayyiatin, as’aluka mas’alatal muztorriyna ilayka, almushfiqiyna min azabika, an tastaqbilani bimahzi afvika vaan tudxilaniy fasiyha jannatika, jannatin na’iymi, Allohumma inna haza haromuka va haromu rosulika, faharrim lahmiy vadamiy va ‘azomi ‘alannari, Allohumma aaminniy min ‘azabika yavma tab’asu ‘ibadaka as’aluka biannaka antallohu la ilaha illa antarrohmanurrohiym, an tusolliy va tusallima ‘ala sayyidina muhammadin va’ala aalihi tasliyman kasiron abadan».

Allohim, bu haram Sening haramingdir, bu yurt Sening yurtingdir, bu omonliging Sening omonligingdir va bu banda Sening bandangdir. Huzuringga uzoq yurtdan ko‘p gunohlar va yomon amallar bilan keldim. Allohim, Sening azobingdan qo‘rqib, Senga muhtoj bo‘luvchilarning, azobingdan qo‘rquvchilarning so‘rovini, meni to‘liq kechirib kutib olishingni va jannatlarning kengrog‘i bo‘lmish jannatun-na’iymga kiritishingni so‘rayman. Allohim, bu Sening haramingdir va rasulingning haramidir. Mening go‘shtimni, qonimni va suyagimni do‘zaxga harom qilgin. Allohim, bandalaringni qayta tiriltiradigan kuningdagi azobingdan meni omon saqla. Zero Sen Allohdirsan, hech iloh yo‘qdir, magar Rahmon, Rahiym bo‘lmish zot Sen borsan. Sendan sayyidimiz Muhammad (s.a.v.) va u zotning ahli baytlariga abadiy, ko‘p salotu salomlar yuborishingni so‘rayman".

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:00:44

Bu duo Masjidul haromning Salom eshigidan kirayotganda o‘qiladi:

«Allohumma antas salamu va minkas salamu fahayyina robbana bissalam. Va adxilnal jannata daros salami tabarokta va ta’alayta ya zal jalali val ikrom. Allohummaftah liy abvaba rohmatika va mag‘firotika va adxilniy fiyha, bismillahi valhamdu lillahi vas solatu vas salamu ‘ala rosulillahi sollallohu alayhi vasallama».

Allohim, Sen salom sifatli zotsan, salomatlik Sendan. Bizni salomatlik ila tiriltir, salomatlik diyori bo‘lmish jannatga bizlarni kirgizgin. Ey buyuklik va ulug‘lik egasi, Sen barakotli va oliy bo‘lding. Allohim, menga rahmat va mag‘firat eshiklarini ochgin va meni unga kiritgin. Alloh nomi ila boshlayman. Allohga hamd bo‘lsin. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salotu-salomlar bo‘lsin!

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:01:08

Baytullohga ko‘z tushganda o‘qiladigan duo

Agar Bayti sharifga ko‘zi tushsa, uch marta tahlil («La ilaha illalloh») aytadi va uch marta takbir («Allohu akbar») aytadi. So‘ng ushbu duoni o‘qiydi:

«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, lahul mulku valahul hamdu vahuva ‘ala kulli shay`in qodiyr. A’uuzu birobbil bayti minal kufri val faqri va min ‘azabil qobri va ziyqis sodri. Vasollallohu ‘ala sayyidina muhammadin va ‘ala alihi vasohbihi vasallam. Allohumma zid hazal bayta tashriyfan va takriyman va ta’ziyman va mahabatan va zid ya robbi man sharrofahu va karromahu va ‘azzomahu mimman hajjahu av i’tamarohu tashriyfan va takriyman va ta’ziyman va mahabatan va rif’atan va birron»
 
Hech iloh yo‘qdir, magar yolg‘iz Alloh bordir. Uning hech bir sherigi yo‘qdir. Jamiki mulk va hamd unikidir. Va u har narsaga qodir Zotdir. Bayti Robbisi nomi ila kufrdan, faqrdan, qabr azobidan va qalb torligidan panohlanaman. Sayyidimiz Muhammad (s.a.v.) va u zotning ahli baytlariga va sahobalariga Allohning salotu salomi bo‘lsin. Allohim, baytingni musharraflikda, mukarramlikda, muazzamlikda, mahobatda, darajada va yaxshilikda ziyoda qilgin. Ey Rabbim, haj va umra qiluvchilardan kimki baytingni musharraf, mukarram va muazzam qilsa Sen ham musharraflikda, mukarramlikda, muazzamlikda, mahobatda, darajada va yaxshilikda ziyoda qilgin.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:02:14

Tavof

Haj, umra va yoki vado’ (vidolashuv) tavoflari uchun Ka’bani yetti marotaba aylanib, tavof qilinadi. So‘ng qora toshni o‘piladi. Va qo‘llarni ko‘tarib shunday deyiladi:

«Bismillahir rohmanir rohiym. Allohu akbar, valillahil hamd».

Mehribon va rahmli Alloh nomi ila boshlayman. Alloh ulug‘dir va hamd Alloh uchundir.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:02:43

Birinchi shavt duosi:

«Subhonallohi valhamdu lillahi vala ilaha illallohu vallohu akbar vala havla vala quvvata illa billahil ‘aliyyil aziym. Vassolatu vassalamu ala rasulillahi sollallohu alayhi vasallam. Allohumma iymanan bika va tasdiyqon bikitabika vavafaan biahdika vattiba’an lisunnati nabiyyika va habiybika Muhammadin sollallohu alayhi vasallam. Allohumma inniy as’alukal afva val-’ofiyata val-mu’ofatad daimata fiddiyni vad-dunya val-axirota val-favza biljannati vannajata minannar».

 Alloh barcha aybi-nuqsonlardan pok zotdir. Va hamd-maqtov Alloh uchundir. Hech iloh yo‘qdir, magar Alloh bordir. Alloh ulug‘dir. Aziym, Aliym bo‘lmish Allohdan boshqa hech kuch-qudrat yo‘qdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salotu salomlar bo‘lsin. Allohim Senga iymon keltirgan holatda, kitobingni tasdiqlagan holatda, sening ahdingga vafo qilib va Payg‘ambaring, habibing Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga ergashgan holatda (haj qilishga keldik). Allohim, albatta men afvni, ofiyatni, din, dunyo va oxiratda doimiy salomatlikni, jannatni qozonib, do‘zaxdan qutulishni Sendan so‘rayman.

Qayd etilgan