Ibrohim (a.s.) maqomlarida o‘qiladigan duo
«Allohumma innaka ta’lamu sirriy va’alaniyyatiy faqbil ma’zirotiy, vata’lamu hajatiy fa`a’tiniy su`liy, vata’lamu ma fiy nafsiy fag‘fir liy zunubiy, Allohumma inni as`aluka iymanan yubashiru qolbiy va yaqinan sodiqon hatta a’lamu annahu la yusibuniy illa ma katabta liy rizon minka bima qosamta liy, anta valiyyiy fiddunya val`axiroti, tavaffaniy musliman va`alhiqniy bissolihiyn, Allohumma la tada’ lana fiy maqomina haza zanban illa g‘ofartahu, vala hamman illa farrojtahu, vala hajatan illa qozoytaha va yassartaha, fayassir umurona, vashroh sudurona, vanavvir qulubana, vaxtim bissolihati a’malana, Allohumma tavaffana muslimiyna va`ahyina muslimiyna, va`alhiqna bissolihiyna, g‘oyro xozayaa vala maftuniyna».
Allohim, albatta Sen sirrimni ham, sirtimni ham bilasan, bas, uzru o‘tinchimni qabul qil. Hojatimni bilasan, bas, so‘ragan narsamni bergin. Nafsimdagi narsalarni bilasan, bas, gunohimni mag‘firat qil. Allohim, Sendan qalbimni boshqaradigan iymon, va sodiq ishonchni so‘rayman, hattoki menga faqat taqdir qilgan narsanggina yetishini, men uchun taqsim qilgan narsangga rozi bo‘lgan holatimda bilaman. Sen u dunyo-yu bu dunyo Egamsan. Meni musulmon holatda vafot ettirgin va solihlar bilan birga qilgin. Allohim, bu maqomimizda mag‘firat qilinmagan gunohimizni, yechilmagan g‘amimizni, ravo bo‘lmagan va oson qilinmagan hojatimizni qoldirmagin. Bas, ishlarimizni oson qilgin, dillarimizni keng qilgin, qalblarimizni nurlantirgin, amallarimizni solihi bilan tugatgin. Allohim, musulmon holatda vafot ettirib, musulmon holatda tiriltirgin, solihlar bilan birga qilgin, fitnalangan, sharmanda bo‘lganlar bilan birga qilmagin!