Haj va umra ibodatlari (Haj va umra qiluvchilar uchun duolar kitobi)  ( 100162 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 B


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:23:07

Allohim, bizlarga mag‘firating bilan muomala qilgin, fazling va ehsoning bilan omonlik bergin, do‘zaxdan panoh bergin, halokat va sharmandalik diyorida ofiyat ato etgin, fazling bilan dorul-qaror bo‘lmish jannatga kirgizgin. O‘z roziliging diyorida ne’mat ato etilganlar bilan birgalikda qilgin ey ma’rifati qalblarga zohir bo‘lgan, mavjudligi maxfiy bo‘lmaydigan, jamiki maxluqlarini karami va sahiyligida umumiy qilgan Zot!

Allohim, ahdimni bu ulug‘ o‘rindagi oxirgi ahdim qilmagin, bu yerga ko‘p marotaba qaytib kelishligimni umumiy bo‘lgan lutfing bilan rizqlantirgin. Unda meni najot topgan, rahm qilingan, duolari mustajob etilgan va qabul, rizvon, kechib yuborishlik, mag‘firat va keng, halol rizq bilan foyda ko‘rganlardan qilgin. Jamiki ishlarim va qaytib boradiganim ahlim, molim va bolalarimda barakot ato qilgin.

Parvardigoro, bizlarga dunyoda ham, oxiratda ham yaxshiliklarni ato etgin va bizni do‘zax azobidan asragin.

Bizlarni, ota-onalarimizni, zurriyotlarimizni, og‘a-inalarimizni, ahlu ayollarimizni, musulmonlardan bo‘lgan hozirlarimizni va g‘oiblarimizning hammalarini o‘z rahmating bilan mag‘firat qilgin, ey rahm qiluvchilarning rahmlirog‘i! Sayyidimiz Muhammad (s.a.v.)ga va u kishining ahli va ashoblarining hammalariga Allohning salotu salomi bo‘lsin.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:23:52

Mash’arul harom duosi
(Bomdod namozidan keyin)

Agar imkon bo‘lsa, Mash’arul haromga ko‘tarilib boradi  yoki uning yonida to‘xtaydi va Alloh taologa hamd, takbir va tahlil aytib,  shunday duo qiladi:

«Allohumma kama avqoftana va`avroytana iyyahu, favaqqifna lizikrika kama hadaytana vag‘fir lana varhamna kama va’attana biqovlika, vaqovlukal haqq: (Fa`iza afaztum min ‘arofaatin fazkurulloha ‘indal mash’aril haromi vazkuruuhu kama hadakum va`in kuntum min qoblihi laminazzolliyn, summa afiyzuu min haysu afaazonnasu vastag‘firulloha innalloha g‘ofuurur rohiym).

Allohim, Unda to‘xtatib, uni bizga ko‘rsatganingdek, O‘zingning zikringga bizni hidoyat qilganingdek muvaffaq qilgin. Bizlarni mag‘firat qilgin va rahm qilgin, o‘z qavlingda va’da berganingdek va Sening so‘zing haqdir:

«Endi Arafotdan (Makka yaqinidagi tog‘) tushganingizdan keyin Mash’arul haromda Allohni zikr qiling. U zot sizlarni — garchi ilgari adashganlardan bo‘lgan esangiz-da — haq yo‘lga hidoyat qilgani yanglig‘ sizlar ham u zotni eslang — zikr qiling».

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:24:23

«Allohumma inna nas`aluka ya g‘ofuuru ya rohiymu an taftaha li`ad’iyatina abvabal ijabati, ya man iza sa`alahul muztorru ajabahu, ya man yaquulu lishshay`i kun fayakuunu. Allohumma inna ji`naka bijam’in mutashaffi’iyna ilayka fiy g‘ufronika zunuubana, fala taruddana xo`ibiyna, va`atina afzola ma tu`tiy ‘ibadakas solihiyna va la tasrifna min hazal mash’aril ‘aziymi illa faa`iziyna g‘oyro xozaya vala nadimiyna vala zoolliyna vala muzilliyna, ya arhamarrohimiyna, Allohumma vaffiqna lilhudaa va’simna min asbabil jahli varrodaa vasallimna min aafatin nufuusi fa`innaha sharrul ‘adva, vaj’alna mimman aqbalta ‘alayhi fa`a’rozo ‘amman sivaka vaxuz bi`aydiyna ilayka, varham tazorru’ana bayna yadayka, ilaahana qovvimna iza i’vajajna, vaa’inna iza istaqomna, vakun lana vala takun ‘alayna va`ahyina fiddunya mu`miniyna to`i’iyna vatavaffana muslimiyna ta`ibiyna, vaj’alna ‘indas su`aali taa`ibiyna, vaj’alna mimman ya`xuzuuna kitabahum biyamiynihim, vaj’alna yavmal faza’il `akbari minal aaminiyna, vamatti’na Allohumma binnazori ila vajhikal kariymi birohmatika ya arhamar rohimiyn».

Allohim, biz Sendan — ey G‘ofur, Rahiym, duolarimiz uchun ijobat eshiklaringni umid qilib huzuringga kelganmiz, bizlarni noumid qaytarmagin. Solih bandalaringga beriladigan narsalarning afzalini bizlarga bergin. Bizni bu mash’arul aziymdan faqatgina foyda ko‘ruvchilar, najot topuvchilardan qilib qaytargin, sharmanda bo‘lgan, nadomat qiluvchi, adashgan va adashtiruvchilardan qilib emas, ey rahm qiluvchilarning rahmlirog‘i!

Allohim, bizlarni hidoyatga muvaffaq qilgin, jahl va halokat sabablaridan poklagin. Nafs ofatlaridan salomat qilgin, zero, u dushmanlarning yomonrog‘idir. Bizlarni o‘zingga yuzlanib, Sendan boshqasidan yuz o‘girgan kishilardan qilgin. O‘zingni huzuringga qarata qo‘llarimizdan tutgin va oldingdagi tazarrularimizga rahm qilgin. Ilohimiz, agar to‘g‘ri yo‘ldan og‘sak, bizlarni to‘g‘rilab qo‘ygin, agar to‘g‘ri yo‘ldan ketsak, bizlarni qo‘llagin. Bizlarning tarafimizda bo‘lgin, ziddimizda bo‘lmagin. Bizlarni dunyoda mo‘min, ko‘ngillilardan qilib tiriltirgin va musulmon, tavba qiluvchilardan qilib vafot ettirgin. Bizlarni savol paytida tavba qiluvchilardan etgin. Kitobini o‘ng tarafdan oladiganlardan qilgin. Katta qo‘rqinch kunida bizlarni omon bo‘luvchilardan qilgin.

Allohim, O‘zingning Karim Vajhingga nazar qilishlik bilan manfaatlantirgin, Sening rahmatingdan umidvormiz, ey rahm qiluvchilarning rahmlirog‘i!

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:24:51

Bundan keyin zikrni va «Robbana atina fid dunya hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina ‘azaban nar» (Parvardigoro, bizlarga dunyoda ham, oxiratda ham yaxshiliklarni ato etgin va bizni do‘zax azobidan asragin), duosini ko‘paytiradi.

Foyda: Hoji uchun sayrda Muhassir vodiysi bo‘ylab tezroq yurishlik mustahabdir. Mushrif tog‘idagi Mushrif tepasidan chap tarafga qarab boshlaydi va yurishida quyidagi duoni o‘qiydi:

«Allohumma la taqtulna big‘ozobika vala tuhlikna bi’azabika va’aafina qobla zalika a’uuzu billahis samiy’il ‘aliymi minash shaytonir rojiym».

Allohim bizlarni g‘azabing bilan o‘ldirmagin, azobing bilan bizlarni halok qilmagin, bundan oldin bizlarga ofiyat ato etgin. Eshituvchi va ko‘ruvchi Alloh bilan quvilgan shaytondan panohlanaman.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:25:06

Mino duosi

«Allohumma hazihiy mina famnun ‘alayya bima mananta bihi ‘ala avliya`ika va`ahli to’atika, subhanallaziy fissamaa`i ‘arshuhu, subhanallaziy fil arzi satvatuhu, subhanallaziy fil bahri sabiyluhu, subhanallaziy finnari sultonuhu, subhanallaziy fil jannati rohmatuhu, subhanallaziy rofa’as samaa`a vavazo’al arzo biqudrotihi, subhanallaziy la manja`a va malja`a minhu illa ilayhi».

Allohim, bu Minodir, menga avliyolaring va ahli toatingga yaxshilik qilgan narsang bilan yaxshilik qilgin. Arshi samoda bo‘lgan zot pokdir, hukmronligi yerda bo‘lgan zot pokdir. Yo‘li dengizda bo‘lgan zot pokdir. Sultonligi do‘zaxda bo‘lgan zot pokdir. Rahmati jannatda bo‘lgan zot pokdir. Qudrati bilan osmonni baland qilib ko‘tarib, yerni past qilib qo‘ygan zot pokdir. Undan boshqa iltijo qilinadigan, najot topiladigan yo‘q, bular faqat Uning o‘zigadir.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:25:32

Jamratul aqaba duosi

«Allohumma iymanan bikitabika va vattiba’an lisunnati nabiyyika sollallohu alayhi vasallam. Allohu akbaru kabiyron valhamdu lillahi kasiyron, vasubhanallohi bukrotan va`asiyla, la ilaha illallohu, vahdahu la shariyka lahu. Allohummaj’alhu hajjan mabruuro vasa’yan mashkuuro».

Allohim Sening Kitobingga iymon keltirgan holatda, kitobingni tasdiqlagan holatda, Sening ahdingga vafo qilib va Payg‘ambaring, habibing Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga ergashgan holatda (haj qilishga keldik). Alloh buyuklarning buyugidir. Allohga ko‘p hamdlar bo‘lsin. Ertayu kech Alloh taolo pok zotdir. Hech iloh yo‘q, magar Uning o‘zi bor, Uning uchun sherik yo‘q. Allohim, hajimni mabrur, sa’yimni mashkur qilgin.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:26:05

Tosh otish paytida o‘qiladigan duo

«Alhamdu lillahi kasiyron toyyiban mubarokan fiyhi. Allohumma la uhsiy sanaa`an ‘alayka, anta kama asnayta ‘ala nafsika. Allohumma ilayka afaztu, vamin ‘azabika ashfaqtu, vailayka rog‘ibtu, vaminka rohibtu, faqbil nusukiy, va`a’zim ajriy, varham tazorru’iy vaqbil tavbatiy, va`aqbil ‘asrotiy, vastajib da’vatiy, va`a’tiniy su`liy. Allohumma robbana taqobbal minna vala taj’alna minal mujrimiyna va`adxilna fiy ‘ibadikas solihiyna ya arhamarrohimiyn».

Alloh taologa yoqimli, barakotli bo‘lgan ko‘p hamdlar bo‘lsin. Allohim, Sen o‘zingga maqtov aytganingdek, men Senga maqtov aytishga qodir emasman. Senga o‘zimni topshirdim, azobingdan qo‘rqdim, Senga rag‘bat qildim, ajrimni katta qilgin, o‘tinchlarim uchun rahm qilgin, tavbamni qabul etgin, xatoimni kamaytirgin, duoimni mustajob qilgin, so‘raganimni bergin. Allohim, bizlardan qabul etgin, bizni jinoyatchilardan qilmagin va bizni solih bandalaring orasiga kiritgin ey rahm qiluvchilarning rahmlirog‘i!

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:26:34

Har bir muqaddas joyda o‘qiladigan duo

«Allohumma robbana taqobbal minna va’aafina va’fu ‘anna. Allohumma tavaffana muslimiyna, va`ahyina muslimiyna, va`alhiqna bissolihiyn. Allohumma inniy avda’tu hazal mahallash shariyfa min yavmina haza ila yavmil qiyamati, xolison muxlison. Ashhadu al la ilaha illallohu, vaanna muhammadan ‘abduhu va rosuuluhu».

Allohim bizdan qabul et, bizga ofiyat ato qilib, bizni afv et. Allohim, bizni musulmon holatda vafot ettirib, musulmon holatda tiriltirgin va solihlar bilan birga qilgin.

Allohim, sharofatli makonni bugungi kunimizdan to qiyomat kunigacha holis, muxlis holatda saqlayman. Allohdan boshqa hech Iloh yo‘qligiga, Muhammad alayhissalom Uning bandasi va rasuli ekanligiga guvohlik beraman.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:27:17

Tavofi vado’ duosi
(Agar Makkadan chiqishlikni xohlasa)           

«(Innallaziy farozo ‘alaykal qur`ana laroodduka ila ma’aadin), ya mu’iyzan a’izniy, ya samiy’u isma’niy, ya jabbaru ujburniy ya sattaru usturniy, ya rohmanu irhamniy, ya roddadu urdudniy ila baytika haza, varzuqniyal ‘avda summal ‘avda karrotin ba’da marrotin, ta`ibiyna, ‘abidiyna, sa`ihiyna, lirobbina hamidiyna, sodaqollohu va’dahu, vanasora ‘abdahu, vahazamal ahzaba vahdahu, Allohumma uktubissalamata val ‘afiyata valg‘onimata lana vali’abdikal hujjaji, vazzuvvari val g‘uzati val musafiriyna valmuqiymina fiy barrika va bahrika min ummati muhammadin ajma’iyn. Allohummahfazniy ‘an yamiyniy va’an yasariy, vamin quddamiy va min varo`i zohriy vamin favqiy, vamin tahtiy hatta tuvassilaniy ila ahliy vabaladiy as`aluka al la tuxliyniy min rohmatika torfata ‘aynin, vala aqolla min zalik. Allohumma kun lana sohiban fiy safarina, vaxolifatan fiy ahlina, vatmis ‘ala vujuuhi a’daa`ina, vamsaxhum ‘ala makanatihim fala yastatiy’uunal maziyya valal majiy`a ilayna, Allohummarhamniy bitarkil ma’aasiy vama la ya’niyniy ma abqoytaniy varhamni an atakallafa mala ya’niyni varzuqniy husnannazori fiyma yurziyka ‘anniy. Allohumma matti’niy bibasoriy vaj’alhul varisa minniy, va`ariniy minal’aduvvi sa`riy vansurniy ‘ala man zolamaniy. Allohumma inniy a’uuzu bika minal hammi val huzni vaa’uuzu bika minal ‘ajzi valkasali, vaa’uuzu bika minal jubni val buxli, vaa’uuzu bika min g‘olabatid dayni va qohrir rijali. Allohumma inna nas`aluka fiy safarina hazal birro vattaqva, vaminal ‘amali ma tarzo. Allohumma havvin ‘alayna  safarona haza, vatovvi’na bu’dahu. Allohumma antas sohibu fis safari, valxolifatu fil ahli. Allohumma a’uuzu bika min va’asaa`is safari vaka`aabatil manzori vasuu`il munqolabi filmali val`ahli val valadi. Allohummatvi` lanal arzo vahavvin ‘alaynas safaro. Allohumma balag‘on yablug‘u xoyron, vasitron minka, varizvanan biyadikal xoyru, innaka ‘ala kulli shay`in qodiyr. Allohumma havvin ‘alaynas safaro, vatvi lanal arzo, Allohumma asbahna fi safarina, vaxlufna fiy ahlina. Allohummahfazniy min bayna yadayya vamin xolfiy va’an yamiyniy, va’an shimaliy, vamin favqiy, va`a’uuzu bi’azomatika an ug‘tala min tahtiy ya arhamar rohimiyna ya robbal ‘alamiyn».

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:27:35

«(Ey Muhammad), albatta sizga (ushbu) Qur’onni (ya’ni uni tilovat qilishni, unga amal qilishni va uni ummatlaringizga yetkazishni) farz qilgan zot, shak-shubhasiz sizni bir qaytadigan joyga (Makkaga) qaytarguvchidir». Ey Qutqaruvchi meni qutqargin, ey eshituvchi meni eshitgin, ey ulug‘ Qudrat sohibi, meni tuzatgin, ey (ayblarni) to‘suvchi, meni to‘sgin, ey Rahmon, menga rahm qilgin, ey Qaytaruvchi, meni bu Uyingga qaytargin. Unga qaytishlikni menga nasib qilgin, tavba qilgan holatda, ibodat qilgan holatda, sayohat qilgan, Rabbimizga hamd aytgan holatda so‘ng yana qaytishlikni bir necha marta nasib qilgin.

Alloh taoloning va’dasi rost bo‘ldi, bandasiga yordam berdi, askarini aziz qildi, guruhlarni bir O‘zi yengdi.

Allohim, bizga va Muhammad alayhissalom ummatlaridan bo‘lgan quruqlik va suvdagi  jamiki muqim va musofir, g‘oziy, Baytingni ziyorat qiluvchi va hoji bandalaringga g‘animat, ofiyat va salomatlikni yozgin.

Qayd etilgan