Haj va umra ibodatlari (Haj va umra qiluvchilar uchun duolar kitobi)  ( 100115 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 B


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:31:27

So‘ng o‘ng tarafga ozroq surilib Umar ibn Xattobga salom beradi:

«Assalamu ‘alayka amiyrol mu`miniyna umarobnil xattobi, Assalamu ‘alayka ya qola fiy haqqika rosulullohi sollallohu ‘alayhi vasallama umarubnul xattobi siroju ahlil jannat,  vaqola ayzon: Vama tola’atish shamsu ‘ala rojulin xoyrun min Umar. Assalamu ‘alayka ya Abal fuqoro`i vazzu’afaa`i val`aromili val`aytami, Jazakallohu ‘an ummati rosulillahi xoyrol jaza`i, Allohummarzi ‘anhu, varfa’ darojatahu, va`akrim maqomahu, va`ajzil savabahu bifazlika va karomika aamiyn». 

Allohning salotu salomi sizga bo‘lsin, ey haqqida Rasululloh alayhissalom: Umar ibn Xattob jannat ahlining chirog‘idir, degan zot. Va yana aytganlar: «Umardan ko‘ra Yer yuzida yaxshiroq kishi yo‘qdir». Allohning salotu salomi bo‘lsin sizga ey fuqarolar, zaiflar, beva va yetimlarning otasi. Alloh taolo sizni ummati Muhammadiy nomidan xayrli holatda mukofotlasin. Allohim undan rozi bo‘l, darajasini ko‘targin, maqomini ulug‘ qilgin va fazling, karaming bilan savobini ko‘paytirgin. Omiyn.

So‘ng ravzai mutohharaga o‘tadi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:32:02

Ravzai mutohharada o‘qiladigan duolar

Qiblaga yuzlanib Alloh taologa hamdu sano aytadi va Nabiy alayhissalomga salavot aytadi. O‘zi uchun, ota-onasi, qarindoshlari, birodarlari, vasiyat qilganlar va boshqa musulmonlar uchun shunday duo qiladi:

«Allohumma innaka qulta vaqovlukal haqq: Valav annahum izzolamuu anfusahum jaa`uuka  fastag‘farulloha vastag‘faro lahumurrosuulu lavajadulloha tavvabar rohiyma..»

Allohim Sen aytgansan, Sening so‘zing haq: «Agar ular (shaytondan hukm so‘rab borishlari bilan) jonlariga jabr qilgan paytlarida darhol sizning oldingizga kelib, Allohdan mag‘firat so‘raganlarida va payg‘ambar ham ular uchun mag‘firat so‘raganida edi, Allohning tavbalarni qabul qilguvchi, mehribon ekanligini topgan bo‘lur edilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:32:13

«Allohumma inniy as`aluka an tushaffi’a fiy nabiyyika va rosuulika muhammadan sollallohu alayhi vasallama yavma la yanfa’u malun vala banuuna illa man atalloha biqolbin saliym, va`an tuvjiba liyal mag‘firota kama avjabtaha liman ja`ahu fiy hayatihi, Allohummaj’alhu avvalash shafi’iyna, va`anjahas sa`iliyna va akromal avvaliyna val aaxiriyna bimannika vakaromika ya akromal akromiyn. Allohumma inniy as`aluka iymanan kamilan va yaqiynan sodiqon hatta a’lamu annahu la yusiybuniy illa ma katabta liy, va’ilman nafi’an va qolban xoshi’an, valisanan zakiron va rizqon vasi’an vahalalan toyyiban, va’amalan solihan maqbuulan va tijarotan lan tabuur..Allohummashroh suduurona vastur ‘uyuubana, vag‘fir zunuubana, va aamin xovfana, vaxtim bissolihati a’malana, vataqobbal ziyarotana, varuddana min g‘urbatina ila ahlina va avladina salimiyna g‘onimiyna, vaj’alna min ‘ibadikas solihiyna, minallaziyna la xovfun ‘alayhim vala hum yaxzanuun. (Robbana la tuzig‘ quluubana ba’da iz hadaytana vahab lana min ladunka rohmatan innaka antal vahhab). Robbig‘firliy valivalidayya valilmu`miniyna yavma yaquumul hisab. Subhana robbika robbil ‘izzati ‘amma yasifun va salamun ‘alal mursaliyn valhamdu lillahi robbil ‘alamiyn».

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:32:43

«Allohim, Sendan so‘raymanki, salomat qalbdan boshqa hech narsa, molu farzandlar ham foyda bermaydigan Kunda Muhammad alayhissalomni menga shafoatchi qilishingni, unga hayotlik vaqtida kelganlarga vojib qilganingdek, menga ham mag‘firatni vojib qilgin. Uni shafoatchilarning avvali, soillarning muvaffaqiyat qozonadiganrog‘i, avvalgiyu oxirgilarning mukarramrog‘i qilgin, ey karamlilardan ham karamli zot. Allohim, men Sendan komil iymonni, faqat Sen taqdir qilgan narsagina yetishligini bildiradigan haqiqiy ishonchni, manfaatli ilmni, qo‘rquvchi qalbni, zikr qiluvchi tilni, keng, halol va toyyib rizqni, maqbul, solih amalni va ziyon ko‘rmaydigan tijoratni so‘rayman.

Allohim, qalblarimizni keng, ayblarimizni to‘silgan, gunohlarimizni kechirilgan, xavfimizni omonlik, amallarimizni solihlari bilan tamom qilgin, ziyoratimizni qabul qilgin. Bizni musofirlikdan ahlu bolalarimiz oldiga salomat, g‘animatli qilib qaytargin.  Xavf ham bo‘lmaydigan, xafalik ham bo‘lmaydigan solih bandalaringdan qilgin.

Parvardigoro, bizni hidoyat qilganingdan keyin — endi dillarimizni haq yo‘ldan og‘dirma va bizga O‘z huzuringdan rahmat ato et! Albatta Sengina barcha yaxshiliklarni ato etguvchisan! Izzat egasi bo‘lgan Parvardigoringiz ular sifatlayotgan narsadan pokdir. Barcha payg‘ambarlarga salom bo‘lsin, olamlarning Rabbiga hamd bo‘lsin!

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:33:03

Baqiy’da o‘qiladigan duo

Baqiy’ Rasululloh alayhissalom zamonlaridan beri Madinai munavvaraning qabristonidir. Unda o‘n mingga yaqin sahobai kiromlar (roziyallohu anhum) bor.
 
Agar ziyoratchi shu yerga yetib kelsa, ziyorat qilishligi va Rasululloh alayhissalom huzurlarida qilganidek, shunday duo qilishligi mustahabdir:

«Assalamu ‘alaykum daro  qovmin mu`miniyna va inna inshaallohu bikum lahiqun, antum salafuna, vanahnu bil`asari, yag‘firullohu lana valakum va yarhamullohul mustaqdimiyna minkum val musta`xiriyn. Allohumma la tahrimna ajrohum, vala taftinna ba’dahum, vag‘fir lana valahum, Allohummag‘fir liahli baqiy’il g‘orqod».

Allohning salotu salomi bo‘lsin sizga ey mo‘minlar jamoasi, Alloh hohlasa, bizlar sizga yetishguvchimiz, sizlar bizning o‘tganlarimiz, bizlar orqangizda qolganlarmiz. Alloh sizni va bizni mag‘firat qilsin. Sizlardan avval o‘tganlarga va keyin o‘tganlarga rahm qilsin. Allohim, ularning ajrlaridan bizni mahrum qilma, ulardan keyin bizni fitnalantirma, ularni va bizni mag‘firat qil. Allohim Baqiy’ul g‘orqad ahlini mag‘firat qilgin.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:33:23

Baqiy’ning yuqorisida Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning qabrlari bor. Unga yetib kelganda, shunday deyiladi:

«Assalamu ‘alayka ya zan nuuroyni Usman ibn Affan, assalamu ‘alayka ya salisal xulafair roshidiyn. Assalamu ‘alayka ya mujhiza jayshal ‘usroti binnaqdi val’ayni va jama’al qur`ana baynad daffatayni. Jazakallohu ‘an ummati rosulillahi xoyrol jaza`i, Allohummarzi ‘anhu, varfa’ darojatahu, va`akrim maqomahu, va`ajzil savabahu  aamiyn».

Allohning salotu salomi sizga bo‘lsin, ey ikki nur egasi Usmon ibn Affon, Allohning salotu salomi sizga bo‘lsin, ey xulafoir-roshidiynlarning uchinchisi. Allohning salotu salomi sizga bo‘lsin, ey qiyinchilik paytdagi askarni pul va quduq bilan ta’minlab, jihozlagan, Qur’oni karimni ikki daffa (hokimiyat jilovini qo‘lga kiritilgan payt)da jamlagan zot.  Alloh taolo sizni ummati Muhammadiy nomidan xayrli holatda mukofotlasin. Allohim undan rozi bo‘l, darajasini ko‘targin, maqomini ulug‘ qilgin va savobini ko‘paytirgin. Omiyn.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:33:49

* * *
 
Haj va umra qiluvchilar duolar kitobi shu yerda nihoyasiga yetdi. Alloh taolo hajjingizni mabrur, duolaringizni qabul, ibodatlaringizni maqbul aylasin, O‘zining hidoyat yo‘lidan adashtirmasin! Omiyn!

Qayd etilgan



AbdulAziz  02 Dekabr 2007, 02:11:51

Haj va umra ibodatlari (duo kitobi)



Tarjimon: Abbos Tursunov

Hajmi: 176 Kb
Fayl tipi: PDF

Saqlab olish

Online o'qish

Qayd etilgan