Ahmadjon Maxdum. Sajdai sahv risolasi  ( 37021 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:57:10

FOYDA: Agar ruku’ qilmasdan avval yodiga tushsaki, "œAlhamdu" o‘qimasdan sura o‘qibdi, bu holatda avval "œAlhamdu"ni o‘qiydi, so‘ng surani qayta o‘qib, namozni davom ettiradi va namozning oxirida luzuman sujudi sahv qilmog‘i bilan namozi durust bo‘ladi.

TANBEH: Bilgilki, yuqoridagi masalalarda ruku’ni qayta bajarishning farzligi tartib rioyasini tark qilganidan emas, balki ruku’dan keyin "œAlhamdu" yo surani o‘qigani ruku’ni, so‘zsiz, irtifoz (matruk va fosid) etgani uchundir.

FOYDA: Vaqtiki, "œFotiha" va bir surani (yo uzun bir oyatni) qiroat qilib, ruku’ga borsa, undan keyin boshqa bir sura o‘qish uchun ruku’dan qaytsa, bu suratda ruku’ matruk va fosid bo‘lmaydi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:57:24

6-masala. Namozxon ruku’dan oldin sahvan sajda qilsa, sujudi sahv qilmoq unga vojibdir.

Ya’ni sajdada yo sajdadan keyin ruku’ qilmasdan sajdaga borgani yodiga tushsa, u holda qiyomni, ruku’ni va sujudni tartib bilan qayta bajarishi shartdur, bu bilan namozi durust bo‘ladi va namoz oxirida luzuman sajdai sahv qiladi. Ammo qiyom, ruku’ va sujudni tartib bilan qayta bajarmasa, namozi fosid bo‘ladi.

Bilgilki, albatta, qiyom, ruku’ va sujud (oralarida) tartibning farzligi "œRaddul muhtor" sohibi va boshqa musannifin rahimahumulloh nazdlaridadir. Ammo "œNiqoya" sohibi rahimahulloh nazdida esa, takbiri tahrima va oxirgi qa’dadan boshqasida, tartib mutlaqo vojibdir. "œRaddul muhtor" sohibi aytadilar: "œMen "œNiqoya" kitobidan bilganlarim orasida bu (hukm) nihoyatda ajibdur4"

Bas, xilof samarasi shuki, mazkur suratda "œNiqoya" sohibi nazdida qiyom va sujudni qayta bajarmasdan, ruku’ning o‘zini qazo qiladi va namoz oxirida sajdai sahv qilish bilan namozi durust bo‘ladi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:57:46

RUKNNI KECHIKTIRIB ADO QILISH

7-masala. Namozxon uchinchi rak’atga turishdan oldin tashahhudni ziyoda qilib, bir rukn miqdoricha qiyomni ta’xir qilsa2 (kechiktirsa), sujudi sahv qilmoq unga vojibdir.

Ya’ni tashahhudni o‘qidi yo tashahhud o‘qish miqdoricha o‘tirdi, andin so‘ng tashahhudga sahvan biron narsani ziyoda qildi, bu ziyoda qilgani bir rukn miqdori bo‘lsa, sujudi sahv qilmoq vojibdur.

Bilmoq kerakkim, rukn miqdori haqida ikki mu’lama bor3. Asahh qavlga ko‘ra, faqat "œAllohumma salli ‘alo Muhammad" deyish miqdoricha va Bihi yuftoda (bu hukmga fatvo beriladi) qavliga ko‘ra esa, "œAllohumma salli alo Muhammadin va alo oli Muhammad" deyish miqdorichadur.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:58:07

8-masala: Namozxon avvalgi qa’da yo ikkinchi qa’dada bir rukn miqdoricha sukut qilsa va undan keyin "œAttahiyyot" o‘qisa, sujudi sahv qilmoq unga lozimdir.

Shuningdek, birinchi qa’dada "œAttahiyyot" asnosida yo "œAttahiyyot"dan keyin ul miqdor sukut qilsa va undan so‘ng uchinchi rak’atga tursa, sujudi sahv qilmoq unga lozimdir.

9-masala: Namozxon ikki sajda o‘rtasida o‘tirishni sahvan cho‘zsa, sujudi sahv qilmoq unga lozimdir.

Jalsa (ya’ni ikki sajda orasida o‘tirish) bir tasbeh miqdoricha bo‘lishi kerak. Ammo ul kishi sahvan jalsani bir tasbeh miqdoridan ziyodaroq cho‘zsa, sujudi sahv qilmoq unga lozimdir. Bilmoq kerakkim, bu joyda ham rukn miqdori e’tibor qilingandir.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:58:29

10-masala. Namozxon biror rak’atda bir sajda qilib, unutgan holda ikkinchi sajdani tark etsa, agar ul (tark etilgan) sajda qiyomdan keyin yo ruku’dan keyin yo sujuddan keyin yodiga tushsa, qazo qiladi.

Ya’ni ul (tark etilgan) sajdani bajo keltiradi va tark etilgan sajdadan keyin qilingan qiyomni, qiroatni, ruku’ni va sujudni qazo qilmaydi, balki faqat sujudi sahv qilmoq unga lozim bo‘ladi.

11-masala. Namozxonning biror rak’atda unutgan holda tark etgan sajdasi salomdan so‘ng va gapirishdan (yoki namozni fosid qiladigan boshqa amallar sodir etmasdan) oldin yodiga tushsa, bu suratda ham ul tark etilgan sajdani qazo qiladi.

Lekin bir sajda qilgandan so‘ng o‘tiradi, "œAttahiyyot" o‘qib, o‘ng tomonga salom beradi va yo‘l qo‘ygan sahvi uchun ikki sajda qiladi. Andin so‘ng yana vujuban "œAttahiyyot" o‘qiydi, salavot va duo o‘qib, salom beradi.

Bilmoq kerakkim, bu yerda tark etilgan bir sajdani bajargandan so‘ng qa’daga o‘tirishi va "œAttahiyyot" o‘qishining sababi shuki, namozning bir qismi bo‘lgan sajdai sulbiyaga qaytgani uchun qa’dasi va "œAttahiyyot"i botil bo‘ladi va sajdai sahv qilib, yana vujuban "œAttahiyyot" o‘qib, salovot va duodan keyin salom beradi.

Shuningdek, qa’da va undan oldingi amallar orasida tartib shart bo‘lganidan, sajdai tilovatga qaytsa ham tashahhud va qa’dasi botil3  bo‘ladi. Zero, namoz ichidagi barcha ruknlarni tamomlagandan keyingina oxirgi qa’da sobit va haqiqiy bo‘ladi. Ammo sajdai sahv faqat tashahhudni botil qiladi, qa’dani emas.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:59:10

12-masala. Namozxon ruku’da yo sajdada turgan vaqtida o‘qib turgan namozining biror rak’atida ikkinchi sajdani qilmay qolgani yodiga tushdi, ul (yodiga tushgan) joyidan darhol sajdaga boradi va o‘shal tark etilgan sajdani qazo qiladi.

Bas, "œHidoya"i sharifga ko‘ra, o‘sha ruku’ni qayta bajarishi vojib emas, balki mustahabdur va "œXoniya"ning qavliga ko‘ra, o‘sha ruku’ni qayta bajaradi, illo qayta bajarmasa, namozi fosid bo‘ladi. Bas, "œXoniya"ning qavliga amal qilish lozimdir.

13-masala. Namozxon tashahhud uchun o‘tirgandan so‘ng sahvan sajda qilmasdan "œAttahiyyot"ga o‘tirgani yodiga tushib qoldi, sajdai sahv qilmoq unga vojibdir.

Bilmoq kerakkim, yettinchi masalada o‘tganidek, bu yerda ham rukn miqdori e’tibor qilinadi. Bu suratda agar qa’dai avval bo‘lsa, yodiga tushganidan keyin darhol ikki sajda qiladi, keyin qa’daga o‘tiradi, "œAttahiyyot"ni o‘qib, uchinchi rak’atga turadi va namozning oxirida vujuban sajdai sahv qiladi. Agar oxirgi qa’da bo‘lsa, yodiga tushgandan so‘ng darhol ikki sajda qilib, "œAttahiyyot" o‘qiydi va sahvi uchun luzuman sajdai sahv qiladi. Sajdai sahvdan keyin yana "œAttahiyyot" o‘qiydi, salavot va duo o‘qib, salom beradi.

"œAttahiyyot" miqdoricha o‘tirgach yoki "œAttahiyyot" o‘qigandan keyin sajda qilmagani yodiga tushsa, agar qa’dai avval bo‘lsa, darhol ikki sajda qiladi, qa’da va "œAttahiyyot"ni vujuban qayta bajarib, keyin uchinchi rakatga turadi, namoz oxirida vujuban sajdai sahv qiladi. Agar oxirgi qa’da bo‘lsa, darhol ikki sajda qiladi, keyin qa’da va "œAttahiyyot"ni albatta qayta bajaradi. So‘ng o‘ng tomonga bir salom berib, vujuban sajdai sahv qiladi, "œAttahiyyot", salavot va duoni o‘qib, ikki tomonga salom beradi. Agar qa’dani qayta bajarmasa, o‘n birinchi masalada o‘tganidek, namozi botil bo‘ladi.

14-masala. Namozxon birinchi qa’dada sahvan "œAttahiyyot"ni ikki marta o‘qisa, unga sajdai sahv qilmoq lozimdir.
Oxirgi qa’da buning xilofidadir. Chunki oxirgi qa’dada "œAttahiyyot"ni ikki yoki uch marta o‘qisa ham sajdai sahv lozim bo‘lmaydi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:59:38

VOJIBNI O‘ZGARTIRISH

15-masala. Namozxon farz namozining avvalgi ikki rak’atida sahvan zammi sura qilmasdan oldin ikki marta "œFotiha" surasini o‘qib qo‘ysa, sujudi sahv qilmoq unga vojibdir.

Shuningdek, "œFotiha"ning ko‘p qismini o‘qib, sahvan yana boshdan o‘qisa, sajdai sahv qilmoq vojibdir.

FOYDA. Agar "œFotiha"ni suradan oldin bir marta o‘qib, zammi suradan keyin sahvan yana o‘qisa, sajdai sahv qilmoq vojib emas. Agar farzning oxirgi ikki rak’atida "œFotiha"ni sahvan ikki marta takror o‘qisa, sujudi sahv qilmoq lozim emas. Agar "œFotiha"ni farzning ikki oxirgi rak’atida qasdan takror o‘qisa, makruh bo‘lmaydi. Madomiki, jamoatning namozini cho‘zmasa yo ikkinchi rak’atni birinchisidan ko‘ra uzun qilmasa.

Va agar farz namozining oxirgi ikki rak’atida unutgan holda "œFotiha"dan keyin zammi sura qilsa, imom Abu Yusuf rahimahulloh qavliga ko‘ra, ruku’ ta’xir bo‘lgani sababidan, sujudi sahv vojib bo‘ladi. Azhari rivoyatga ko‘ra, sujudi sahv qilmoq vojib emas. Chunki farzning oxirgi ikki rak’atida qiroat miqdori ta’yin qilinmagan holda mashru’dur va "œFotiha"ni bir marta o‘qish vojib emas, balki sunnatdur. Bas, "œZohiri rivoyat" mazhab sohibining nass (qat’iy dalil) o‘rnidadur. Bas, farz namozining oxirgi ikki rak’atida unutgan holda zammi sura qilsa, sujudi sahv vojib bo‘lmaydi. Agar nafl namozlarida "œFotiha"ni takror o‘qisa, makruh emas, sujudi sahv ham vojib bo‘lmaydi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:59:57

16-masala. Namozxon "œFotiha"ni ta’xir qilib, suradan keyin o‘qisa, sujudi sahv qilmoq unga vojibdir.

Ya’ni avval "œFotiha"ni o‘qimay, unutgan holda sura o‘qisa yo suraning ba’zi bir qismini o‘qisa, bu suratda yodiga tushgandan so‘ng "œFotiha"ni o‘qiydi, yana qaytib zammi sura qiladi va sujudi sahv qilmoq unga lozimdir.

17-masala. Namozxon "œFotiha"ni o‘qib qaysi surani zam qilsam, deb tafakkur qilsa, agar bir rukn miqdoricha tafakkur qilgan bo‘lsa, sujudi sahv qilmoq unga vojibdir.

Ruknning miqdori yettinchi masalada o‘tdi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:00:12

18-masala. Imom maxfiy namozlarda namoz joiz bo‘ladigan miqdordagi oyatni baland qiroat qilsa yo jahriy namozlarda namoz joiz bo‘ladigan miqdordagi oyatni past qiroat qilsa, sujudi sahv qilmoq unga vojibdir.

Shuningdek, imom "œTaroveh"da va "œTaroveh"dan keyingi vitr namozida (faqat ramazoni sharifda tavorus jihatidan) namoz joiz bo‘ladigan miqdordagi oyatni past qiroat qilsa, sujudi sahv qilmoq unga vojibdir. Namoz joiz bo‘ladigan miqdordagi qiroat Imom A’zam rahimahulloh nazdlarida bir oyat va Imomayn (Imom Muhammad va Imom Abu Yusuf) rahimahumalloh nazdlarida esa, ("œKavsar" surasi kabi) uch qisqa yoki ("œOyatul kursiy"ga o‘xshash) bir uzun oyatdir.

Bas, Imom A’zam rahimahulloh nazdlarida, imom jahriy namozda unutgan holda past "œAlhamdu lillohi" desa yo maxfiy namozda unutgan holda baland "œAlhamdu lillohi" desa, sujudi sahv qilmoq unga vojibdir. Imomayn rahimahumalloh nazdlarida har ikki holatda ham imom unutgan holda "œAlhamdu lillohi rabbil olaminar rahmonir rahimi" desa, sujudi sahv qilmoq unga vojibdir.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:00:30

19-masala. Tanho namoz o‘qiyotgan kishi jahriy farz namozlarni ado qilayotganda jahriy va maxfiy o‘qishda ixtiyorli ekani ittifoq qilingan hukmdir. Afzalrog‘i jahriy o‘qishdir.

Ammo maxfiy farz namozlarning adosini o‘qiyotganda, "œZohiri rivoyat"da ham tanho namoz o‘qiyotgan kishi ixtiyorlidur. Lekin keyingi muhaqqiq olimlarning tashehlariga ko‘ra, tanho namoz o‘qiyotgan kishi maxfiy farz namozlarni ado qilayotganda maxfiy o‘qishligi vojibdir (albatta, mazhabga ko‘ra hukm shudur, dedilar).

Bas, tanho namoz o‘qiyotgan kishi unutgan holda maxfiy namozlarni namoz joiz bo‘ladigan miqdorda baland qiroat qilsa, sujudi sahv qilmoq unga vojibdir. Chunonchi, "œDurrul muxtor" sohibi: "œMazhabga ko‘ra, maxfiy o‘qiladigan namozlar, albatta, past o‘qiladi", deb keltirganlar.

FOYDA. Kunduzi o‘qiladigan nafl namozlarda maxfiy qiroat qilmoq vojibdir.

Qayd etilgan