Ahmadjon Maxdum. Sajdai sahv risolasi  ( 55473 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:09:02

49-Masala. Agar imom sajdai sahv qilsa, masbuq (ya’ni imom namozining avvalidan qolgan) namozxon salom bermasdan imom bilan sajda qilishi vojibdir.

Undan keyin qolgan rak’atlarini qazo qilib o‘qiydi. Agar imom bilan salom bersa-yu, salom bergan vaqtda qolgan rak’atlari yodida bo‘lsa, namozi fosid bo‘ladi. Agar yodida bo‘lmasa, fosid bo‘lmaydi.

Tanbeh: Imom sahvi uchun sajda qilsa, lohiq (ya’ni namozni imom bilan birga boshlab, keyin uxlab qolgan yo tahorati singan, bir yoki ikki rak’atdan so‘ng uyg‘onib yoki tahorat yangilab yana imomga ergashgan) namozxon sajdai sahv qilmaydi. Va agar sajdai sahv qilsa, namozining oxirida ul sajdani qayta bajarmog‘i vojibdir.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:09:23

50-Masala. Agar masbuq namozxon sajdai sahvda imomiga ergashmasa, joyidan turib qolgan namozini qazo qilib o‘qisa, namozi joizdir.

Qiyosga ko‘ra, sujudi sahv undan soqit bo‘ladi va istehsonga ko‘ra, namozning oxirida sujudi sahv qiladi.

51-Masala. Masbuq namozxon qolgan namozini tamom qilish uchun joyidan tursa, undan keyin imomi sahvi uchun sajda qilsa, agar masbuq ul rak’atda sajdaga bormagan bo‘lsa, qaytadi va imom bilan sajda qilib, undan keyin turib, qolgan namozni boshdan o‘qiydi.

Zero, masbuqning sajdai sahvga qaytishdan oldin o‘qigan namozi namozdan hisoblanmaydi. Agar qaytmasa va sujudi sahvda imomiga ergashmasa ham namozi joizdir va istehsonga ko‘ra, yuqorida o‘tganidek, namozining oxirida sujudi sahv qiladi.

Agar masbuq turgan rak’atini sajda bilan muqayyad qilgan bo‘lsa, imomiga sajdai sahv qilishda mutobaat qilmaydi. Chunki o‘sha rak’atni ado etish bilan uning tanho o‘qigan rak’ati mukammal bo‘lgan. Agar ushbu holatda mutobaat qilsa, namozi fosid bo‘ladi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:09:46

52-Masala. Namozxon namozida shak qildi (shubhalandi), necha rak’at o‘qiganini bilmay qoldi va bu shak umrida birinchi marta yuz berdi. Agar mazkur shak oxirgi qa’dadan oldin voqe’ bo‘lgan bo‘lsa, salom berib (namozdan chiqib), namozni qaytadan o‘qiydi.

Bu namozning vaqti chiqishidan oldin shak qilgan kishiga o‘xshashdir. Masalan, bir kishi asr namozining vaqti chiqishidan oldin bu namozni o‘qidimmi yoki o‘qimadimmi, deb shak qildi. Bu suratda unga asr namozini o‘qish lozimdir.

Agar mazkur shak oxirgi qa’dadan keyin yoki salomdan keyin voqe’ bo‘lsa, bu shakga e’tibor bermaydi va namoz tamom bo‘ldi deb haml (qaror) qilib,1 namozni qayta o‘qimaydi. Bu namozning vaqti chiqqanidan keyin shak qilgan kishiga o‘xshashdir. Masalan, bir kishi asr namozining vaqti chiqqanidan keyin bu namozni o‘qidimmi yo o‘qimadimmi deb shak qildi. Bu suratda u asr namozini o‘qigan, deb haml qilinadi.

Tanbeh: Bas, agar sahvida sahv (shak) qilsa, sujudi sahv qilmoq unga lozim emas. Ya’ni zimmasida sujudi sahv lozim bo‘lgan namozxon sajdai sahv qildimmi yo qilmadimmi, deb shak qilsa, sujudi sahv unga lozim bo‘lmaydi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:10:03

53-masala. Namozida ko‘p marta shak (gumon) qiladigan namozxon namozini g‘olib gumoniga ko‘ra o‘qiydi.

Ya’ni mazkur shak odat bo‘lib qolsa yoki bir namozda bir martadan ziyoda bo‘lsa yoki umri davomida yoki bir yilda bir martadan ziyoda shak qilsa, g‘olib gumonini oladi. Bas, g‘olib gumoni taqozosi bilan namozni tamomlab, sajdai sahv qiladi. Bas, g‘olib gumon rojeh (ishonchliroq) e’tiqoddir va g‘olib gumonni olish (unga amal qilish) vojibdir.

Agar, albatta, bu to‘rtinchi rak’atdir, degan gumoni g‘olib bo‘lsa, masalan, to‘rtinchi rak’atni tamomlab, qa’da qildi va ehtiyotan yana bir rak’at qo‘shib qa’da qilsa, gunohkor bo‘ladi. Ya’ni azobga mustahiq bo‘ladi, do‘zaxga emas. Chunonchi "œAl-muniyya" kitobida mazkurdir.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:10:15

54-masala. Namozxon namozida shak qilib, necha rak’at o‘qiganini bilmay qoldi. Agar necha rak’at o‘qiganiga gumoni g‘olib bo‘lmasa, oz rak’atini hisobga oladi.

Ya’ni kam rak’atni ixtiyor qiladi va oladi. Chunonchi, agar bir rak’at o‘qidimmi yo ikki rak’at deb shak qilsa, bas, ko‘nglida bir rak’at o‘qidim deb muqarrar qilsin.

Agar ikki rak’at o‘qidimmi yo uch rak’at deb shubha qilsa, ikki rak’at o‘qidim, deb muqarrar qilsin. Va agar uch rak’at o‘qidimmi yo to‘rt rak’at, deb shak qilsa, uch rak’at o‘qidim, deb muqarrar qilsin. Undan keyin bu uch suratning har bir suratida qolgan namozni tamom qiladi va bu uch suratning har birida, namoz oxirida sajdai sahv qiladi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:10:36

“Sharhul-viqoya”da keltiribdiki, agar uch rak’at o‘qidimmi yo to‘rt rak’at, deb shak qilsa va hech birida gumoni g‘olib kelmasa, u holatda kamrog‘ini, ya’ni uch rak’atni oladi, lekin uchinchi rak’atda qa’da qiladi va “Attahiyyot” o‘qiydi. Zero, bu rak’at namozning oxiri bo‘lishi mumkin va qa’dai oxir farzdir. Undan keyin boshqa bir rak’at o‘qiydi va xatosi uchun sajdai sahv qiladi.

“Munyatul-musalliy”da “Fuzayliy” fatvolaridan ajib bir holat keltirilgan: agar namozxon to‘rt rak’atli namozlarda ikki rak’at o‘qidimmi yo uch rak’at deb shak qilsa, bu suratda o‘tirmaydi va shu qavl sahihdir. Qolgan namozini o‘qib, namozining oxirida sajdai sahv qiladi. Magar shom va vitr namozlarida bunday emas. Agar bu ikki namozda bu ikkinchi rak’atmi yo uchinchi, deb shak qilsa, agarchi qiyomda bo‘lsa ham uchinchi rak’atni ehtimoli borligidan qaytib o‘tiradi va “Attahiyyot” o‘qiydi. Undan keyin qoim bo‘lib (o‘rnidan turib), yana bir rak’at o‘qiydi va sahvi uchun sajdai sahv qiladi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:10:56

Yana bir marg‘ub holat bayon qilingan: bir kishi bomdod namozining qiyom holatida bu ikkinchi rak’atmi yo uchinchi, deb shak qilsa (taraddudga tushsa), shom va vitr namozining qiyom holatida bu uchinchi rak’atmi yo to‘rtinchi, deb shak qilsa yo to‘rt rak’atli namozning qiyom holatida bu to‘rtinchi rak’atmi yo beshinchi, deb shak qilsa, bas, albatta, bu to‘rt xil holatda oxirgi qa’da bo‘lishi ehtimoli borligidan qiyomdan darhol qa’daga o‘tiradi va "œAttahiyyot" o‘qiydi, undan keyin qoim bo‘ladi (o‘rnidan turadi) va yana bir rak’at o‘qib, sajdai sahv qiladi.

Agar mazkur shaklar o‘sha to‘rt suratda ruku’ yo ruku’dan keyin voqe’ bo‘lsa, bu suratda agar o‘sha rak’atning sajdasiga bormagan bo‘lsa, darhol qa’daga o‘tirib "œAttahiyyot" o‘qiydi, undan keyin boshqa bir rak’at o‘qiydi va sajdai sahv qiladi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:11:30

Yana bir latif va daqiq surat taqrir qilingan: agar ul to‘rt suratning sajda holatida shak qilsa, u birinchi sajdada bo‘lsa, peshonasini sajdadan ko‘tarishdan oldin tahorati sinsa,1  bas, Imom Muhammad rahimahulloh nazdida, bu rak’at botil bo‘ladi. Endi tahorat qiladi2  va o‘tirib "œAttahiyyot" o‘qiydi3  va shundan keyin boshqa bir rak’at o‘qib, sajdai sahv qiladi. Va agar ikkinchi sajdada yo boshini birinchi sajdadan ko‘targandan keyin tahorati sinsa, bu rak’at zoid (ortiqcha) bo‘lish ehtimolidan oxirgi qa’dani tark etgani uchun namozi botil bo‘ladi. Chunki oxirgi qa’dani tark qilmoq namoz mufsidlaridandir.

Yaxshi bilib olki,4 albatta, namozxonni shak to‘xtatsa, bas, bir rukn miqdori tafakkur qilsa, shak holatida qiroatga ham va tasbehga ham mashg‘ul bo‘lmasa, shak suratlarining hammasida sujudi sahv qilmoq unga vojibdir. Lekin "œSiroj"da mazkurdirki, (kamini olgan) suratda mutlaqo sajdai sahv qiladi. Ya’ni bir rukn miqdori taffakur qilgani va tafakkur qilmagani barobardir. Ammo g‘olib gumonga amal qilish holatlarida bir rukn miqdoricha tafakkur qilgan bo‘lsa, sajdai sahv qiladi, bir rukn miqdoricha tafakkur qilmagan bo‘lsa, sajdai sahv qilmaydi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:11:45

Tanbeh: Namozxonga odil bir kishi namozni to‘rt rak’at o‘qimading, deb xabar bersa, uning rost yo yolg‘on aytgan xabariga shak qilsa, ehtiyotan namozini qayta o‘qiydi. Agar ikki odil kishi xabar bersa, ul ikovining qavlini olish lozimdir. Ammo xabar beruvchi odil bo‘lmasa, uning qavli qabul qilinmaydi.

Namozxon takbiri iftitohni (ya’ni takbiri tahrimani) aytdimmi yo aytmadimmi, deb shak qilsa yo tahoratini qasdan sindirdimmi-sindirmadimmi deb yoki menga najosat tegdimi-yo‘qmi, deb yo boshga mash tortdimmi-tortmadimmi deb shak qilsa, bunday shaklar birinchi marta yuz beradigan bo‘lsa, namozni qaytadan (boshidan) o‘qiydi. Agar bunday shaklar ko‘p voqe’ bo‘lsa, namozni qaytadan o‘qimaydi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:12:05

Savol:  Namozxonning o‘qib turgan bir namozida sahvlar voqe’ bo‘ldi, masalan, unutgan holda zammi surani tark qildi, ketma-ket ikki ruku’ qildi, uch sajda qildi, boshini ikkinchi sajdadan ko‘targanidan keyin bir rukn miqdori sahvan jim qoldi, undan keyin "œAttahiyyot" o‘qidi va birinchi qa’dada ikki marta "œAttahiyyot" o‘qidi yo namozning hamma vojiblarini sahvan tark qildi. Endi bu kishi har bir sahv uchun alohida sajdai sahv qiladimi yoki hamma sahvlari uchun faqat bir marta sajdai sahv qiladimi?

Javob: Hamma sahvlar uchun bir sajdai sahv qilmoq unga lozim bo‘ladi, ya’ni oxirgi qa’dada "œAttahiyyot"ni o‘qigandan keyin o‘ng tomonga salom berib, voqe’ bo‘lgan barcha sahvlari uchun bir marta sajdai sahv qiladi, yana "œAttahiyyot", salavot va duo o‘qib, salom beradi.

Mustahkam bilib olki, af’oli xamsada-besh fe’lda2 sujudi sahvning vojib bo‘lishi sahv qilmoq sabablidir. Ammo qasdan bir fe’lni qilgan vaqtida, masalan, namozda qasdan "œFotiha" surasini o‘qimasa yo zammi sura qilmasa, bas, bu amal uchun albatta tavba qilib istig‘for aytish vojib bo‘ladi.1 Chunki namozda bu amallarni qasdan qilmoq gunohi azimdir, sajdai sahv uni ko‘tara (isloh qila) olmaydi. Bunday holatdagi kishiga faqat namozni qayta o‘qimoq vojib bo‘ladi.2  Sahv esa qasdning ziddi. Bas, u kichik gunoh bo‘lgani uchun, sujudi sahv uni ko‘taradi.

Qayd etilgan