NAMOZ USLUBI
Bir kishi namoz o‘qishni iroda etsa, mukammal tahorat qilgandan keyin, namoz mahalida yuzini Qiblaga qaratib, ikki oyog‘i orasini to‘rt barmoq miqdorida qo‘ysin. Har bir namozda o‘z qalbini ogoh va hozir qilib, eng oxirgi o‘qiladigan namozim shudir, deb fikr qilsin va niyat qilib, tahrima bog‘lasin, tahrima va niyat orasida ularni ajratuvchi biror ortiqcha narsa qo‘shmasin. Agar takbiri tahrimadan keyin niyat qilsa, shubhasiz, namozi joiz bo‘lmaydi. Va asahh qavlga ko‘ra, tahrimaga qo‘lini ko‘tarsin, undan keyin takbir aytsin, takbiri tahrima vaqtida qo‘lini bosh tomoniga olib borsin, boshini esa qo‘l tomonga olib bormasin. Zero, takbiri tahrima vaqtida boshini yelkasi bilan barobar qilsa, uning bu namozga shuru’i joiz emas.
Nukta: Muqtadiy imom bilan (birga, barobar) takbiri tahrimani boshladi, ammo imomdan oldin tamom qildi. Asahh qavliga ko‘ra, ul shori’, ya’ni namozga kiruvchi bo‘lmadi. Bas, vaqtiki, imom "œAkbar"ni oxiriga yetsa, muqtadiy takbirni boshlasin. Fatvo, ehtiyot va taqvo shungadir.