Ahmadjon Maxdum. Sajdai sahv risolasi  ( 37072 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:48:42

Bir kuni hazrati ustoz alayhir rahmah yetaklarida, bandaning mashinasida toqqa, Sangardak qishlog‘idagi birodarimiz Ashur hoji boboning uylariga mehmonga bordik. Katta o‘g‘illari hoji Muhammadi aka ham hamroh edilar. Tunda qor yog‘ib, havo nihoyatda sovuq bo‘ldi. Yarim kechadan keyin hazrati ustozning namoz taraddudlari bandani uyg‘otdi. Tahajjud namozini o‘qirkanlar, mening ham uyqum qochdi, lekin ko‘zimni yumib yotaverdim. Tahajjud namozidan so‘ng hazrati ustoz alayhir rahmah hazrati Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhuning munojotlarini, ya’ni:

Jud bilutfik yo ilohiy man lahu zodun qalil,
Muflisun bis-sidqi ya’tiy ‘inda bobik, yo Jalil
, - deb o‘qiy boshladilar. O‘qib-o‘qib, shunday yig‘ladilarki, oxiriga borib nafaslari chiqmay qoldi... Banda bu holatni kuzatib turar ekanman, oxiri chidolmasdan, tahoratga turdim. Kelganimda hazrati ustoz alayhir rahmah "œRisolai sujudi sahv"dan bir masalani yozib turgandilar...

Safardan qaytishda mashinaning yoniga kelsam, bir ballonining dami chiqqan ekan, o‘rniga ehtiyotiy g‘ildirakni qo‘yib, yo‘lga tushdik. Tog‘li yo‘lning yarmiga yetmasdan yana bir g‘ildirakning balloni yorilib, o‘sha joyda turib qoldik. Boshqa mashinalardagi hamrohlarimiz bizga yordam berolmay, xijolatda qoldilar. Chunki mashinalarining g‘ildiraklari "œZaparoj"ga tushmasdi...

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:49:06

Bir payt hazrati ustoz alayhir rahmah: "œDam urib, haydang!" dedilar. Banda hoji Muhammadi aka bilan birgalashib yorilgan ballonga dam urib, haydadik. Yo‘llarda eshikni ochib, g‘ildirakka qarayman: dami bor kelyapti. Hazrati ustozni uylariga qo‘yib, o‘z uyimizga keldim. Mashinani hovliga qo‘yib, ichkari kirdim. Bir-ikki daqiqadan so‘ng nimagadir tashqariga chiqib qarasam, o‘sha ballon damsiz, puchayib yotibdi. Bu voqeani hoji Muhammadi akaga aytsam, taajjubda qoldilar.

Hazrati ustoz alayhir rahmahning mana shunga o‘xshash karomatlari odamlar tilida ko‘p naql qilinmoqda. Alloh subhanahu va taolo yotgan joylarini ravhu rayhon-jannotun na’im, maqomlarini a’loi illiyyinda qilib, Qiyomat kuni Alloh jalla va aloning diydorini ko‘rishlikni, muhtaram ustozlar bilan birga bo‘lishlikni nasibu ro‘zi aylasin. Omin.

Kamina ham kuyov, ham shogird, ham ma’naviy farzand sifatida ushbu risolani xolisan lilloh tarjima qildim. Shoyadki, ustoz - qiblagohimizning ruhi poklari shod bo‘lsa va qolgan farzandlari-yu shogirdlari, barcha mo‘’min-musulmonlarga foydasi tegsa, o‘shanda men ham o‘z ojizona burchimni ado etgan bo‘lardim. Tarjima  milodiy 2000 yilda boshlanib, 2002 yilda (hijriy 1423 yil sha’bon oyida) tugatildi. Umid shulkim, risolaning manfaat va fazilatini faqih ustozimizdan bilib, har sahvu xato bo‘lsa, ojiz tarjimondan ko‘rsalar va avf qalami ila isloh aylab, ulug‘lar haqiga duo qilganda bu haqiru zalilni ham yod etsalar...

Mutarjim

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:49:38

MUQADDIMA

Alloh taoloning bandalaridan biri, osiy va rojiy Hoji Ahmadjon Maxdum, ustozlari fozil va oliy, ya’ni Shayxul-akbar hazrati domullo Muhammad Sharif Hisoriy, hazrati Qozi domullo, ya’ni Qozi Abdurashid alayhi rahmatul Boriy va hazrati Muhammadjon hoji, taxalluslari hazrati Mavlaviy, sohibi tafsiri "œBayonul — Qur’on fiy tarjimatil Furqon", aslida ul janob Qo‘qandiy; munavvar mazorlari Mavlono Ya’qubi Charxiy yonlaridadur, alayhi va alayhim rahmatul — Hodiy.

Andin so‘ng aytar ushbu ahqarul varo, xatibi tumani Sariosiyo: Namoz ma’mur(buyurilgan)dir va Alloh subhonahu va taolo huzurida toat, qurbat va ibodatlarning eng afzalidir. Xususan, sajda bandalarni ul Kibriyo dargohiga yaqin aylagay va kishilarning ma’kus yozuvlari va vojgun taqdirlarini o‘nglagay.

Bayt:
Naqshi ma’kusi nigin az sajda meoyad ba rost.
Sarnavishti vajgunro rost mesozad namoz.

(Bedil)

(Muhrning teskari naqshi - yozuvi sajda bilan o‘nglanadi. Shunga o‘xshash insonlarning teskari taqdiri ham namoz bilan o‘nglanadi). Ya’ni namoz shaqiy (baxtsiz) odamlarni sa’id (baxtli) aylaydi va Qiyomat kuni bandalar birinchi namozdan so‘ralgay.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:50:11

Bayt:
Ro‘zi mahshar, ki jongudoz buvad,
Avvalin pursish az namoz buvad.

(Fariduddin Attor)

(Jonlarni azobga qoldiruvchi mahshar kunida avvalo namozdan so‘raladi).

Namozda sahv qilmoqlik hazrati Sayyidul mursalin sallallohu alayhi va sallamning sunnatlariga ergashmoqdur. Hech bir namozxon bundan xoli emas. Binobarin, bu risolani Alloh rizoligi uchun, uning bandalariga oson bo‘lsin, deb jam qilindi. Kitoblarning nomi va sahifalari keltirildi.

Bas, zakiy mutolaa qiluvchilardan umid shulkim, risolada har sahv va xato voqe’ bo‘lgan bo‘lsa, afv qalami bilan isloh qilgaylar va bizni duo bilan yod etgaylar.

Yo Alloh, yo Rahmon, yo Rahim! Men iroda qilgan ushbu ishim bilan sening roziligingni istayman, uni mendan qabul et! Ey rahmlilarining rahmlisi, duolarimizni ijobat ayla! Ey bor Xudoyo! Sayyidimiz Muhammad Mustafoga, u zotning xonadon ahllariga, va sahobalariga salotu salomlar yubor (rahmat va mag‘firat ayla). Ey rahmlilarning rahmlisi (bo‘lgan Alloh)! O‘zing va rasuling rozi bo‘ladigan va u tufayli Sen bizdan rozi bo‘ladigan salotu salomni U zoti sharifga yo‘llagin!

Muallif

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:52:19

Ya’ni, bilguchi va xabardor Allohga hamdu sanolar, xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchi Payg‘ambarimizga salotu salomlar bo‘lsin.

Rasululloh (u zotga salotu salomlar bo‘lsin):

"œAlbatta, men ham sizlarga o‘xshagan insonman, sizlar unutganingizdek, men ham unutaman. Bas, vaqtiki, unutsam, menga eslatingizlar", deb marhamat qilganlar. (Muttafaqun alayh).

Alloh hammamizni dunyoda hidoyatidan ayirmay, oxiratda saodatmand aylasin.

Bas, bilki, sajdai sahv vojib bo‘lishining sabablari beshtadur:
1. Takrori rukn  - Ruknni takrorlash.
2. Taqdimi rukn- Ruknni o‘rnidan oldin bajarish.
3. Ta’xiri rukn- Ruknni kechiktirib ado qilish.
4. Tag‘yiri vojib - Vojibni o‘zgartirish.
5. Tarki vojib - Vojibni tark qilish.


Vaqtiki, namozxondan unutgan holda shulardan birortasi sodir bo‘lsa, sajdai sahv qilmoq unga lozim bo‘ladi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:54:28

RUKNNI TAKRORLASH

1-masala . Namozxon unutib ikki marta ruku’ qilsa, unga sujudi sahv qilmoq vojibdir.
2-masala . Namozxon unutib uch marta sajda qilsa, unga sujudi sahv qilmoq vojibdir.
3-masala. Namozxon namoz avvalida ikki marta ketma-ket tahrima uchun takbir (ya’ni Allohu akbar) aytsa, unga sajdai sahv qilmoq vojibdir.


Bilmoq kerakkim, sujudi sahv qilishning tartibi ushbudir. Sajdai sahv qilmoq vojib bo‘lib qolsa, namozxon oxirgi qa’dada «Attahiyyot» o‘qigandan so‘ng, faqat o‘ng tomonga bir salom berib2, sahvi uchun ikki sajda qiladi va yana "œAttahiyyot" o‘qiydi, salovot va duoni o‘qib, ikki tomonga salom beradi. Agar "œAllohummag‘firliy" duosini o‘qigandan so‘ng sajdai sahv qilmagani yodiga tushsa, bu holda ham o‘ng tarafga bir salom berib, sahvi uchun ikki sajda qiladi, vujuban "œAttahiyyot" o‘qiydi, ehtiyotan salovot va duoni o‘qib, ikki tomonga salom beradi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:55:26

Tanbeh: Sujudi sahv vojib bo‘lganda, agar vaqt solih (ya’ni o‘sha vaqtda va o‘sha holatda namoz o‘qish va sujudi sahv qilish ravo va mumkin) bo‘lsa3, namozxon sahvga yo‘l qo‘ygani uchun sajdai sahv qiladi. Bas, agar bomdod namozini o‘qiyotganda quyosh chiqib qolsa yoki asr namozining o‘tgan qazosini o‘qiyotganda quyosh qizarib qolsa, yo namozxondan namoz adosini qat’ etuvchi4 (ya’ni namozni buzadigan) holat vujudga kelsa, (masalan: oxirgi qa’dadan keyin tahoratni qasdan buzish, qah-qah urib kulishga o‘xshagan voqealardan birortasi sodir bo‘lsa5) bu holatlarning barchasida sajdai sahv qilmoq undan soqit bo‘ladi.

Savol: Bu suratlar oxirgi qa’dadan oldin voqe’ bo‘lsa, hukmi nima?
Javob: Bil ittifoq, namozi botil bo‘ladi.

Savol: Bugungi asr namozini o‘qib turgan ediki, quyosh qizarib qoldi, agar sujudi sahv vojib bo‘lgan bo‘lsa, soqit bo‘ladimi?
Javob: U holda sujudi sahv soqit bo‘lmaydi, luzuman sujudi sahv qiladi. Chunki quyosh botayotgan vaqtda bugungi asr namozini o‘qish joizdur1 va sujudi sahv qilmoq ham joizdur.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:55:59

Savol: Sujudi sahv soqit bo‘lgan suratdan keyin, bu sujudi sahvni qayta bajarmog‘i lozim bo‘ladimi?
Javob: Agar sujudi sahv namozxonni o‘z fe’li bilan soqit bo‘lgan bo‘lsa (masalan, tahoratni qasdan sindirish yoki qah-qah urib kulish kabi), unga sujudi sahvni qayta bajarish lozim bo‘ladi. Agar unday bo‘lmagan suratda sujudi sahvni qayta bajarish lozim emas2.

Savol: Sujudi sahvni qanday qayta bajaradi?
Javob: Agar oxirgi qa’dada bir tashahhud miqdori o‘tirgandan keyin va namozdan chiqish uchun salom berishdan oldin qasdan tahoratni sindirsa yo gaplashsa yo namozda nafiy qilingan amalni qilsa, bas, namozning hamma farzlarini ado etgani uchun, tarki vojib qilish bilan namozi tamom bo‘ladi. Endi vojib bo‘lgan salomni qaytarishning imkoni yo‘q, shuningdek, vojib bo‘lgan sujudi sahvning bir o‘zini ham qayta bajarish mumkin emas. Bas, namoz noqis ado etilgani uchun, o‘sha namozni qaytib o‘qishligi lozim bo‘ladi. Bu hukmlar Mavlono Aliyyul Qori va boshqa musanniflarning3 (rahimahumulloh) tahqiq va tahrirlari ila. Magar "œHidoyai sharif" sohibi (Burhoniddin Marg‘inoniy) rahimahulloh aytibdurlar: "œLokin i’oda yo‘qdur" (ya’ni namozni qayta o‘qimaydi).

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:56:26

RUKNNI O‘RNIDAN OLDIN BAJARISH

4-masala. Namozxon qiroatdan oldin ruku’ qilib qo‘ysa, unga sujudi sahv qilmoq vojibdir.

Ya’ni niyat qilib, umuman qiroat qilmay, unutgan holda ruku’ga bordi va keyin yodiga tushdi. Bu holatda ruku’dan qaytadi, "œFotiha" va bir sura o‘qiydi va ruku’ni qayta bajaradi, keyin namozning oxirida vujuban sujudi sahv qiladi. Agar ruku’ni qayta bajarmasa, namozi fosid bo‘ladi.

Shuningdek, ruku’dan ko‘tarilgandan keyin Qur’ondan hech narsa o‘qimasdan ruku’ga borgani yodiga tushsa, bu holatda ham "œFotiha" va yana bir surani o‘qiydi va, albatta, ruku’ni qayta bajaradi. Agar ruku’ni qayta bajarmasa, namozi fosid bo‘ladi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:56:40

5-masala. Namozxon sura zam qilishdan oldin ruku’ga borib qolsa, sujudi sahv qilmoq unga lozimdir.

Ya’ni "œFotiha"ni o‘qib, sura o‘qimasdan sahvan ruku’ qildi. Ruku’da turgan holda yo ruku’dan ko‘tarilgach, yodiga tushdiki, sura o‘qimasdan unutib ruku’ga boribdi. Bu ikki holatda ham qiyomda turib zammi sura qilib, ruku’ni qayta bajaradi va unga sujudi sahv qilmoq lozim bo‘ladi. Ruku’ni qayta bajarmasa, namozi fosid bo‘ladi.

Agar "œFotiha"dan oldin (ya’ni "œAlhamdu"ni o‘qimasdan), sahvan sura o‘qib ruku’ qilsa, ruku’da va yo ruku’dan keyin yodiga tushsa, bu ikki holatda ham qiyomda turib "œAlhamdu"ni o‘qiydi, keyin sura zam qiladi va sujudi sahv qilmoq unga lozim bo‘ladi. Agar ruku’ni qayta bajarmasa, namozi fosid bo‘ladi.

Qayd etilgan