Ahmadjon Maxdum. Sajdai sahv risolasi  ( 55358 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:12:24

55-masala. Namozxon necha rak’at o‘qigani borasida gumoni g‘olib bo‘lmasa (bir qarorga kelmasa), bas, unda kam rak’at o‘qiganini oladi va muqarrar qiladi.

Lekin bu suratda  shu joyni namozining oxiri deb gumon qilsa, albatta, qa’da qiladi, toki oxirgi qa’dani tark qiluvchilardan bo‘lib qolmasin.

Va sallallohu taolo alo xayri xalqihi Muhammadin va alo olihi va ashobihi ajma’iyn, fabirahmatika yo arhamar rohimin. Lahul hamdu vassanou valminnah.

Ushbu risolai badi’aning ikkinchi tahriri hijriy-qamariy 1419 yili5  muborak "œRamazon" oyining 27 kuni, chorshanba tongida nihoyasiga yetdi. Fazilat va rahmat Allohdandir.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:12:56

NAMOZ USLUBI

Bir kishi namoz o‘qishni iroda etsa, mukammal tahorat qilgandan keyin, namoz mahalida yuzini Qiblaga qaratib, ikki oyog‘i orasini to‘rt barmoq miqdorida qo‘ysin. Har bir namozda o‘z qalbini ogoh va hozir qilib, eng oxirgi o‘qiladigan namozim shudir, deb fikr qilsin va niyat qilib, tahrima bog‘lasin, tahrima va niyat orasida ularni ajratuvchi biror ortiqcha narsa qo‘shmasin. Agar takbiri tahrimadan keyin niyat qilsa, shubhasiz, namozi joiz bo‘lmaydi. Va asahh qavlga ko‘ra, tahrimaga qo‘lini ko‘tarsin, undan keyin takbir aytsin, takbiri tahrima vaqtida qo‘lini bosh tomoniga olib borsin, boshini esa qo‘l tomonga olib bormasin. Zero, takbiri tahrima vaqtida boshini yelkasi bilan barobar qilsa, uning bu namozga shuru’i joiz emas.

Nukta: Muqtadiy imom bilan (birga, barobar) takbiri tahrimani boshladi, ammo imomdan oldin tamom qildi. Asahh qavliga ko‘ra, ul shori’, ya’ni namozga kiruvchi bo‘lmadi. Bas, vaqtiki, imom "œAkbar"ni oxiriga yetsa, muqtadiy takbirni boshlasin. Fatvo, ehtiyot va taqvo shungadir.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:13:55

Tartib: Takbiri tahrimaning mahali qiyomdir. Bas, agar muqtadiy imomni ruku’da topsa, niyat qilib, tik turib "œAllohu akbar" desin, ya’ni takbiri tahrimani aytsin. Undan keyin to‘xtamasdan ruku’ qilsin. Va agar muqtadiy ruku’ qilib, keyin takbir aytsa, uning shuru’i joiz emas.

Tahqiq: Namozda Qur’ondan yo g‘ayri Qur’ondan nimaki o‘qilsa, maxraj adosi bilan bo‘lmog‘i va ma’noni o‘zgartirmaydigan holda o‘qimog‘i farzi ayndir. Masalan: "œHammo latal hatab" oyatidagi "œitqi" harfini "œTe" deb o‘qisa yoki "œSami’allohu liman hamidah" ni "œliman hamida" deb "œho" siz aytsa yo "œlimal hamidah" deb "œlom" bilan aytsa, namozi fosid bo‘ladi. Yoki "œSalli ‘alo" da "œSod" harfi "œSin" bo‘lsa, "œTotarxoniya" kitobiga ko‘ra, namoz fosid bo‘ladi.

"œQunut" duosidagi "œnusalliy"ning "œSod" harfi "œSin" bo‘lsa yoki "œVanusniy"dagi se harfini  "œsin" desa, namozi fosid bo‘ladi. Va agar "œAlloh" hamzasini yo "œAkbar" hamzasini yoki "œAkbar"dagi "œBe" harfini cho‘zib aytsa, begumon uning namozi taboh (botil)dir. Bu suratlarda qasdan mad qilib cho‘zish kufrdir, na’uzu billoh, chunki bu suratlarda shak voqe’ bo‘ladi. Chunonchi, hazrati Mavlono So‘fi Allohyor alayhi rahmatus Sattor ham aytganlar.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:14:32

Bayt:
Bahri madde namoz vayron ast,
Suxanon dar ziyoni iymon ast.


Ya’ni:
Bir mad sababidan namoz vayrondir,
Noo‘rin so‘zlar iymonga ziyondir.


Imom Abu Hanifa va Imom Muhammad, rahimahumalloh, nazdlarida, harfga nuqson bo‘lganda ma’no o‘zgarsa, namoz fosid bo‘ladi. Masalan: "œA’uzu billoh", "œBismilloh", "œSubhonalloh", "œAlhamdulilloh", "œAssalomu alaykum va rahmatulloh" so‘zlarida va shu so‘zlarning har birida "œAlloh" kalimasining "œHe" harfini yaxshilab ma’lum qilib aytmoq zarurdir. "œHe" harfini tark etib, so‘zning ma’nosini o‘zgartirishdan hazar qilmoq kerak.

"œA’uzubillo" "œBismillo", "œVarahmatullo" deb "œHe"siz yoki "œA’uzubilloyi", "œBismilloyi", "œrahmatulloyi" deb "œY" harfi bilan o‘qimaslik kerak. Shunga o‘xshash "œHe" harfini ma’lum qilmoq yo tark etmoq to‘g‘risida "œXulosatul fatovo"ning "œZaboyih" kitobida kelgandirki, bir kishi jonliq so‘ydi va "œBismilloh"dagi "œHe" harfini ma’lum qilmadi. Shu holda Alloh ismining zikrini qasd qilgan bo‘lsa, moli halol bo‘ladi, ammo qasd qilmay, "œHe" harfini tark qilsa, suygan moli halol bo‘lmaydi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:14:55

Savol: Namoz qiroat jihatidan fosid bo‘ldi, lekin darhol qiroatni isloh qilib namozni tugatdi, hukmi nima?
Javob: Namozxon ma’jurdir, ya’ni unga savob beriladi, lekin ul namozni qayta o‘qishi lozim, balkim zarurdir.

Qoida: Namozxon qiyomning sunnatlarini ham bajo keltirishi zarurdir, chunonchi, takbiri tahrima vaqtida erkak kishi ikki qo‘lini bandigacha yengidan yaxshilab tashqariga chiqarmog‘i, ayol kishi esa qo‘lini yengiga yashirmog‘i lozimdir. Erkak kishi o‘ng qo‘lini chap qo‘lini ustiga qo‘yib, kindigining ostiga olishi, ayol kishi esa qo‘llarini ko‘kragiga qo‘yishi kerak. Va namozxon qiyomda ikki oyog‘i o‘rtasini to‘rt barmoq miqdorida qo‘ysin. Agar jamoat namozi bo‘lsa, imomga iqtido qiluvchilar safda bir-birlariga yelkalarini yaxshilab yopishtirib tursinlar.

Qiroatni tamom qilgach, qiyomda nafasini qat’ qilsin, ya’ni nafasini tamom olsin va undan keyin takbir (Allohu akbar) lafzini qiyomdan boshlab, ruku’da tamomlasin. Ruku’ vaqtida ikki qo‘liga kuch berib, tizzalarini mahkam ushlagan holda ikki oyog‘ini tik va rost tutsin. Zero, ikki tizza kamondek xam (egilib) turishi karohiyatdir. Va orqasini shunday tekis qilsinki, suv idishi turishi mumkin bo‘lsin.

Boshini ko‘tarmasin va past ham qilmasin (to‘g‘ri tutsin) va ruku’da bir tasbeh miqdorida orom olsin, toki tumonina vujubiyati (biror ruknda orom olish me’yorining vojibligi) bajo kelsin va ko‘zini oyog‘i ustiga qaratsin, besh marta yoki yetti marta «subhona rabbiyal ‘azim» demoq afzaldir.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:15:09

Tanbeh: xoshe’lar (namozda xushu’ qiluvchilarning) sifati haqida: Qiyom vaqtida namozxonning nazari sajdagohda, ruku’da ikki oyog‘ida bo‘lsin, sajda mahalida burniga bo‘lsin va qa’da mahalida nazari ikki sonida bo‘lsin (nazari ko‘ksida bo‘lishi haqida ham qavl bor). Birinchi salom berishdan oldin ko‘zi o‘ng yelkasida bo‘lsin va ikkinchi salom berishda esa ko‘zi chap yelkasida bo‘lsin. Lekin salom berish vaqtida avval yuzini o‘girsin, toki orqasidan yuzining oqini ko‘rish mumkin bo‘lsin, undan keyin salom bersin.

Vaqtiki, ruku’da orom olib tasbehni ham tamomlasa, undan keyin "œsami’alloh"ning "œsin"ini ruku’dan boshlasin, "œdol" va "œho"ni qavmada tamomlasin, muqtadiy «rabbano lakal hamd» desin, tanho namoz o‘quvchi esa ikkisini ham aytsin. Qavmada qo‘llarini pastga tushirib to‘liq qoim va tik bo‘lsin va bir tasbeh miqdorida orom olsin, toki qavma vujubiyati bajo kelsin, undan keyin qavmadan "œAlloh"ning hamzasini boshlab tez sajdaga borsin va "œAkbar" ning oxirgi "œRo" harfini sajdada tamomlasin.

Avval ikki tizza, keyin ikki qo‘l, keyin burun, keyin peshona yerga qo‘yilishi kerak. Barmoqlarini yaxshilab bir-biriga yopishtirib, ikki qo‘lining o‘rtasida sajda qilsin va sajdada ham bir tasbeh miqdori orom olsin, toki tumonina vujubiyati bajo kelsin, besh marta yoki yetti marta "œSubhona rabbiyal a’lo" demoq afzaldir. Lekin imom ruku’ va sujudning tasbehini ziyoda cho‘zmasin, toki qavmga og‘ir kelmasin.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:15:26

Tanabbuh (tanbeh va ogohlantirish): Qo‘l va oyoqning hamma barmoqlari sajda paytida Qiblaga qaratilsin. Zero, sujud vaqtida ikki oyoqning yerga qo‘yilishi farzi ayndir va bu o‘rinda ikki oyoqning yerga qo‘yilishidan maqsad barmoqlardir. Agar sujud holatida ikki oyoq barmoqlarini yerdan ko‘tarsa, uning namozi joiz emas. Va sujud holatida ikki ko‘zini ochib tursin va burniga qaratsin.

Tadabbur: Erkak kishi albatta, sajdada qornini sonidan va sonini soqi(boldiri)dan ajratib, oralarini kovak tutsin hamda ikki bilagi va ikki tirsagi yerdan ozod tursin, lekin muqtadiy safda ikki bilagini zohir tutmaydi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:15:50

Tayassur: Ayol kishi sajdada past bo‘ladi, qornini sonlariga yopishtiradi, ikki tirsagini yerga to‘shaydi, ikki bilagini zohir qilmaydi va ikki oyoq panjalarini ham tik qilib o‘tirmaydi. Sujudda orom olib tasbehlarni tugatgandan so‘ng, boshini sajdadan ko‘tarib, takbir aytsin va jalsada takbirni xatm qilsin. Bir tasbeh miqdori jalsada orom olsin, toki jalsaning vujubiyati bajo kelsin va yana "œAlloh"ning hamzasini jalsadan boshlab, ikkinchi sujudda xatm qilsin(tugatsin).

Tafakkur: Ikkinchi sujud ham avvalgi sujudga o‘xshashdir. Bas, ikkinchi sujudni, avvalgi sujudni bajarganidek, bajo keltirsin. Ikkinchi sujuddan forig‘ bo‘lib, takbir aytsin va avval peshonasini, keyin burnini, keyin ikki qo‘lini, keyin ikki tizzasini yerdan ko‘tarsin va tezda qiyomga tursin. Qo‘li bilan yerga takya qilmasdan, ikki oyoq uchi bilan, ikki tizzasiga tayangan holda yerdan tursin. "œAllohu akbar"ning birinchi harfini ikkinchi sajdadan boshlab oxirgi harfini qiyomda xatm qilsin.

Taqo’ud: Ikkinchi rak’at ham birinchi rak’at kabidir, lekin unda to‘rt narsa yo‘q (takbiri tahrima, sano, ta’avvuz va qo‘l ko‘tarish). Ikkinchi rak’atda ikkinchi sajdadan forig‘ bo‘lgach, takbirni sujuddan boshlab qa’dada xatm qilsin.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:16:35

XOTIMA

Hammaga ma’lumki, fiqh ilmi ilmlarning eng afzal va ashrafidir. Alloh ta’olo Qur’oni karimda aytadi: “U O‘zi xohlagan kishiga hikmat beradi va har kimgaki hikmat berilsa, bas, albatta, unga ko‘p yaxshilik berilibdi”. (“Baqara” surasi, 269-oyat)

Hazrati Muoviya raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Alloh ta’olo kimga yaxshilik ato etishni xohlasa, uni dinda faqih qilib qo‘yadi” (Muttafaqun alayh).

 Va yana hazrati Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinadiki, hazrati Nabiy sallalohu alayhi vasallam aytdilar: “Alloh taologa dinda fiqhdan afzalroq narsa bilan ibodat qilinmagan”. Va Nabiy alayhissalom aytdilar: “Shubhasiz, shayton uchun mingta nodon obiddan ko‘ra bitta faqih qo‘rqinchliroqdir”.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:16:59

Har narsaning ustuni bordir va dinning ustuni fiqhdir va "œBazzoziya" kitobida mazkurdirki: "œBizning ashobimiz kitoblariga, agarchi tushunmay nazar qilsa ham, kechalari turib namoz o‘qigandan ko‘ra yaxshiroqdir. Shuningdek, fiqh darsi Qur’on o‘qimoqdan afzaldir".

Ibni Mas’ud raziyallohu anhudan rivoyatdirki, "œOlim kishining bir kunlik ibodati obid kishining qirq yillik ibodatiga barobardir". Ushbu taqrirdan ma’lum bo‘ldiki, fiqh ilmi va fiqh kitoblari xususan, ulamoi izom (ulug‘ olimlar)ning Alloh taolo xuzurida azamat, fazilat va sharofatlari beqiyosdir.

Bayt:
Nashnidai ki guft rasuli arabi:
"œMan akrama oliman faqad akramani".


"œEshitmadingmi, rasuli arabiy sallallohu alayhi vassallam aytdilar: "œKimki olimni ikrom va e’zoz qilsa, shubhasiz, meni ikrom va e’zoz qilibdi".

Qayd etilgan