qiyomatga yaqin qoldi odamlar esa...  ( 11375 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


zaynulabidiyn  18 Iyun 2006, 20:29:56

 Ўн тўртинчи xадис: Qiyomatga yaqin qoldi odamlar esa

 




قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ:

إِقْتَرَبَتِ السَّاعَةُ، وَلَا يَزْدَادُ النَّاسُ عَلَى الدُّنْيَا إِلَّا حِرْصًا، وَلَا يَزْدَادُونَ مِنَ اللهِ إِلَّا بُعْدًا.

(خَرَّجَهُ الْأَلْبَانِي، صَحِيح
 Расулуллоx соллаллxу алайxи ва саллам дедилар:qiyoмат соати yaqin келиб qoldi. Одамларнинг эса faqat дунёга xирслари ошиб бормоqда. Ўзлари Аллоxдан фаqат узoqлашмоqдалар". (Албоний тахрижи, саxиx).



 

Qayd etilgan


Laylo  19 Iyun 2006, 04:49:53

Halollik yo`qolib ketganda qiyomat bo`lmog`ini kutavergil!
"Sahihi Buxoriy"dan

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Iyun 2006, 11:50:36

Qiyomatning katta alomatlari: Dajjolni chiqishi, Iyso ibn Maryamning osmindan tushishi, quyoshni g'arbdan chiqishi, dabbatul-arzni o'z o'rnidan chiqishi, ya'ju-ma'jujni yer yuziga tarqalishi, Arabiston yarim orolida quyoshni tutilishi, duhon ( tutun) voqeasi, uch yerda yer yutish hodisasi.Bu alomatlar QIYOMATning katta va ohirgi alomatalridir.

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Iyun 2006, 12:09:59

QIYOMATning kichik alomatlari:olimlarning o'limi va ilmning yo'qolishi, jaholatni yoyilishi,zino va ichkilikni tarqalishi, erkaklar kamayib ayollarni ko'payishi, masjidlar ko'payib jamoatni kamayishi, baland binolar, sudho'rlik va g'iybatni ko'payishi, amri-ma'rufni yo'qolishi, yomon insonlarini yo'lboshchi bo'lishi, erkaklarni erkaklar bilan buzuq aloqada bo'lishi, qabrlarni mustahkam qilib qo'yilishi, fosiqlar hurmat ko'rib, mo'minlarni haqoratlanishi, adliy hukumatlarni sotib olinishi, qon to'kilishini ko'payishi, qarindoshlar orasida mehrni ko'tarilishi, QUR"ONI KARIMNI tijorat moliga aylanishi, shahvoniy musiqalarni tinglab ulardan huzur olish, Bani Asfar(sariq tusli) qavm chiqib yer yuziga tarqalib ko'p mamlaktlarni o'z tasarrufiga olib ularda o'z hukmini joriy qilishi, tabiiy ofatlarni ko'payishi, davosiz kasalliklarni avj olishi va hokazolar.

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Iyun 2006, 12:14:24

Yuqorida keltirilgan kichik alomatlarni hozirda har qadamda ko'rishimiz mumkin. Umuman olgada har daqiqada o'limga va Qiyomatga yaqinlashmoqdamiz. Biz-chi, biz bunga tayyormiz-mi? Bunga tayyorgarligimiz qancha? Har qadamda gunohlarimiz qalashib yotibdi. Alloh O'zi mag'firat qilsin. Alloh O'zi bandam demasa ahvolimiz yomon. Kelinglar aziz birodarlar har lahzada Allohning yodi bilan yashaylik. Shundagina Allohning roziligini topamiz, InshaAlloh.

Qayd etilgan


Doniyor  21 Iyun 2006, 09:59:01

Ish noloyiq odamlarga topshirilganda qiyomat bo`lmog`ini kutaver.
Sahihi Buxoriydan

Qayd etilgan


Muzayyana  27 Mart 2008, 15:03:26

Qiyomatning, oxir zamonning yana bir alomati, Davlatmandlar ko'payadi, xatto sadaqa va zakot oluvchi kishilar topilmaydi. So'ng yana kishilar iymonsizlik va gunoh tomonga yuzlanadilar. Keyin esa g'arb tomondan sovuq shamol qo'zg'alib, mo'minu musulmonlarni ado qiladi....("Ibodati Islomiya" kitobidan)

Qayd etilgan