Hidoyat qiluvchi ham, adashtiruvchi ham Allohdir, U xohlagan narsasini qiladi, iroda etgan narsasi bilan hukm qiladi, Uning hukmini qaytaruvchi ham, Uning qazosini orqaga suruvchi ham yo‘qdir. Jannat va uning ahlini yaratib, ularni toat bilan amal qildirib qo‘ydi. Do‘zax va uning ahlini yaratib, ularni gunohlar bilan amal qildirib qo‘ydi. Xalqqa jannat ahlining ham, do‘zax ahlining ham alomatlarini bildirib qo‘ydi. Alloh taolo kalomida aytdi:
«Shak-shubhasiz, yaxshilar (ya’ni, mo‘minlar jannat) ne’matlaridadirlar. Shak-shubhasiz, fisq-fujur qilguvchi kimsalar (ya’ni, Qur’on va payg‘ambarni yolg‘onchi qilguvchi, jazo kuni va qayta tirilishni inkor qilguvchi kimsalar) do‘zaxdadirlar» (Infitor surasi, 13-14-oyatlar).
Yana Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan hadisda Alloh taolo aytadi: «Bular jannatda bo‘ladilar, Men parvo qilmayman. Bular esa do‘zaxda bo‘ladilar, Men parvo qilmayman» (Imom Ahmad va Ibn Hibbon rivoyatlari). Haq va molik Alloh oliydir, U qilgan narsasi haqida so‘ralmaydi, ular (xalq) so‘raladilar.