Muallif Mavzu: O'zbek va millat haqida she'rlar  ( 54542 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 3 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

UzMuslim

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 141
  • -oldi: 2172
  • Xabarlar: 2130
  • Jins: Erkak
Re: O'zbek va millat haqida she'rlar
« Javob #15 : 12 Yanvar 2011, 13:54:18 »
VATAN

Bu yilgi yoshing muborak
Yuzlashaylik yuzda ham
Bog`laringda ming hil meva
Bahorda ham kuzda ham

Goh vujudim bo`lib ohu
Tog`u toshda yayraydi
Qushlarga jo`r bo`lib bulbul
Tinmay bog`da sayraydi

Baxsh etib iliq taftini
Mayin shamol yeladi
Jannat desa birdan vatan
Ko`z oldimga keladi

Osmonga uchsam qush bo`lib
Madhing jo`shib aytardim
Qalbimda ming sog`inch birla
Quchog`ingga qaytardim

Ostonangga qadam qo`ysam
Qarshilab gul chamanim
Boshimni tik tutgan faxrim
O'zbekiston mening vatanim

Best friend

  • Mehmon
Re: O'zbek va millat haqida she'rlar
« Javob #16 : 18 Aprel 2011, 04:10:13 »
Izhori dil


Vatan- Yuragimning
Olampanohi
Bu dunyo bukri bir
Jiydangning shohi!
Ko'zim yoshi bilan
Sog'orib gohi,
Ko'ksimda o'stirgan
Gulday sevaman.

Bu yorug' jahonda
Yo'g'u borimsan
Tilimning ostida
Novvot-zarimsan
Sen mening yagona
Payg'ambarimsan
Men Bilol,
Men Habash-
Qulday sevaman!!!



 Astag'firulloh
« So'nggi tahrir: 06 Sentyabr 2011, 18:27:07 muallifi Best friend »

Best friend

  • Mehmon
Re: O'zbek va millat haqida she'rlar
« Javob #17 : 07 Iyun 2011, 12:56:28 »
Миллатимга бир қарор
 
 ÐšÐµÐ» эй миллат, бир кун бир маслаҳат билан қарор ўлсун,
 Ð‘у кундин ўтган ишларга пушаймон бирла ор ўлсун,
 Қилайлик бул куни ҳайрат ҳама бирдан қилиб ҳиммат,
 Ð–аҳолат чўл саҳросида минбаъд сабзавор ўлсун.
 Ð‘у нодонлик биза қилмиш эди тўрт фаслни қишдек,
 Ð–аҳонни зимистони дўнуб фасли баҳор ўлсун.
 ÐÑÑˆÐ¼Ð°Ð¹ кумуш-олтунни ҳамма боёнлар асло,
 Ð¡Ð¾Ð»Ð¸Ð± дорилфунунлар ҳам макотиблар ҳазор ўлсун.
 ÐŽқушсун миллат авлоди бизни доим дуо айлаб,
 Қилиб таҳсил улумларни фунуна яхши Ñ‘Ñ€ ўлсун.
 ÐžÑ‡Ð°Ð¹Ð»ÑƒÐº жамиъатлар, кўб йиғайлик ҳам иноятлар,
 ÐšÐ¸ токи ятим ва бечора бекасға мадор ўлсун.
 ÐÐµÑ‡Ð° чоғлар бўлубдурким, қочибмиз биз тараққийдин,
 Ð‘у кун бир илтифот бирлан бу йўлға бир гузор ўлсун.
 Ð–аҳолат сассиғи бизни ҳамиша беҳузур этди,
 Ð‘у кун илмнинг бўйи бирлан димоғлар мушкибор ўлсун.
 Ð‘изнинг жоҳиллигимизни кўриб ул шод бўлганлар,
 ÐšÑžÑ€Ð¸Ð± машғулиятимизни илмға шармисор ўлсун.
 ÐšÐ¸Ð¼Ð¸ÐºÐ¸Ð¼ журъат айлаб, бул каломларға амал қилса,
 Ð–аҳонда исми ани паҳлавон номдор ўлсун.
 Ð‘у кун мен сўзладим оз нутқ сиза то Қодир ўлгунча,
 Ð˜Ð»Ð¾ҳи айласун таъсир шу сўз сизга бакор ўлсун.

 (Abdulla Qodiriy)

Muhammad Yusuf

  • Na chin musulmonmiz, Na kofir tamom .
  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 53
  • -oldi: 441
  • Xabarlar: 369
  • Jins: Erkak
  • Hasbunalloh va ne'mal vakil.
Re: O'zbek va millat haqida she'rlar
« Javob #18 : 25 Iyun 2011, 12:15:20 »
Ollohni didi qand yedi
Bandani didi pand yedi.

Insonlar bor insonlarning naqshidir
Insonlar bor hayvon ulardan yaxshidir.

A.Navoiy

Olloh to'g'ri yo'lga boshlamaganda, uni hech qachon topolmas edik.

Agar yozgan postlarimdan biror yaxshilik topsangiz - ALLOHDAN, nuqson va kamchilik topsangiz - kaminadan , deb bilgaysiz.

So'zlarning eng yaxshisi ALLOH TAOLOning so'zlari.
Yo'llarning eng yaxshisi MUHAMMAD S.A.V.ning yo'llari.

Muhammad Sanjar

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 618
  • -oldi: 515
  • Xabarlar: 315
  • Jins: Erkak
  • Carpe Diem
Re: O'zbek va millat haqida she'rlar
« Javob #19 : 15 Dekabr 2011, 23:30:06 »
Qiyosi yo'q aslo, mehri bir daryo,
O'xshasa o'ziga o'xshaydi o'zbek.
Bolalariga-ku bildirmas, ammo,
Dunyoda bolam deb yashaydi o'zbek.

O'nta bo'lsa, o'rni boshqa uning-chun:
O'g'lim otashimdan yaralgan uchqun,
Qizim parilardan chehrasi gulgun,
Yuzlari lolam deb yashaydi o'zbek.

Bir qo'lda belanchak, bir qo'lda Qur'on,
Bir yelkada ketmon, birida iymon,
Barchaga barobar bir oftobsimon,
Yashnasin olam deb yashaydi o'zbek.

Momolari tetik yuzga kirsa ham,
Bobolari qaysi yigitlardan kam?
Nabirasi bo'lsa bitta uyga jam,
To'shak yetmay to'nin to'shaydi o'zbek.

Kindik qoni tomgan tuproq unga - shon,
Kerak bo'lsa, beso'z baxsh etaru jon,
Ko'krakka urmaydi: Vatan deb, Vatan!
Alpomish o'g'longa o'xshaydi o'zbek.

Ehtirom etganga ehromlari bor,
Kekkayganga bo'yin egmaydi zinhor,
Beshik to'la jajji Islomlari bor -
Tosho'tmas qo'rg'onga o'xshaydi o'zbek.

(Muhammad Yusuf)
Everything that happens once can never happen again. But everything that happens twice will surely happen a third time.. (Arabic proverb)

ilmitolib0720

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 12
  • Xabarlar: 7
Javob: O'zbek va millat haqida she'rlar
« Javob #20 : 03 May 2013, 21:24:35 »
Биз ҳам ёзган эдик...

Бу юрт эгалари шу тупроғидек,
Бир зарраси минг гиёҳ ўстириб берар.
Бу юртнинг бир қатра сувида жаҳон,
Акс этиб муаллақ самода турар.
 
Бу юртнинг бир зарра тоза ҳавоси,
Юракларнинг бемор дардига малҳам.
Бу юрт осмонида қуёш уй қурган,
Ховлисига нурни боғлаган маҳкам.
 
Бу юртни нимасин гапирай дўстлар,
Бу юртнинг йўқ содда, оддий нарсаси.
Бу юртни юрт қилган шу одамлари,
Инсон бахти учун яшар барчаси.

azizbek_mx

  • MAX™
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 11198
  • -oldi: 1734
  • Xabarlar: 1805
  • Jins: Erkak
  • Umr o'tmoqda..
    • Abdulaziz Mirzaahmedov
Javob: O'zbek va millat haqida she'rlar
« Javob #21 : 04 May 2013, 23:30:27 »
Juda ajoyib va samimiy satrlar :) davomli bo'lsin!
Осмонлар ва ер Аллоҳнинг мулкидир. У Ўзи хоҳлаган нарсани яратур...

 

Ota-onalarimiz haqida she'rlar

Muallif KumushbibiBo'lim She'riyat

Javoblar: 78
Ko'rilgan: 334940
So'nggi javob 24 Mart 2013, 06:33:47
muallifi muzaffar.uz92@yahoo.com
Samarqand haqida she'rlar

Muallif MohinurBo'lim Samarqand viloyati

Javoblar: 13
Ko'rilgan: 28174
So'nggi javob 02 Fevral 2012, 14:07:29
muallifi Ansora
Qashqadaryo haqida she'rlar

Muallif MohinurBo'lim Qashqadaryo viloyati

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 17670
So'nggi javob 17 May 2008, 18:54:51
muallifi saraton07
Shoirlik va she'r haqida she'rlar

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 14877
So'nggi javob 03 May 2013, 21:42:12
muallifi ilmitolib0720
O'simlik, gul va daraxtlar haqida she'rlar

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 11233
So'nggi javob 03 May 2013, 21:37:42
muallifi ilmitolib0720