Muallif Mavzu: Shoirlik va she'r haqida she'rlar  ( 13366 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Shoirlik va she'r haqida she'rlar
« : 21 Oktyabr 2007, 19:41:37 »
SHOIR UMRI

Daraxtni hamisha o‘raydi shamol,
Shoirni tashvishlar chulg‘ar hamisha.
Sen shoir umrini dema bezavol
Uning ham har oni tashvishga pesha.

Qara-ya, o‘tibdi qirq yil muttasil,
Yashabman yulduzlar ostida karaxt.
Oh, shoir umriga havas qilmagil,
U quyun ichida ungan bir daraxt.
1981

Abdulla Oripov

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Shoirlik va she'r haqida she'rlar
« Javob #1 : 21 Oktyabr 2007, 19:42:00 »
YOZG‘UVCHILIKKA ARIZA
(Bir g‘alamis tilidan)

Meni nazariga ilmaydi birov,
Sizga shu gaplarni aytayin tikka.
Kecha bir davrada o‘ynadim garov,
Meni qabul qiling, yozg‘uvchilikka.

Har xil soyuzlar bor.
Masalan, kino,
Demangiz men o‘zni unga uraman.
Sabil texnikasi qiyinmish, ammo
Tomosha qilishni yaxshi ko‘raman.

Rassom bo‘lishlikka toqatim hech yo‘q,
Chunki zaril bunda g‘alat iste’dod.
Masalan, xo‘tikka o‘xshasin xo‘tik,
Sharmanda qiladi bundaqa ijod.

Bastakorlarda ham bor emish soyuz,
Bu ham to‘g‘ri kelmas, rostini aytsam.
Vijdonim yo‘l bermas, chidamaydi yuz,.
Qo‘shiq aytmaganman umrimda hech ham.

Shoirlik-chi, tegsin xudo urganga,
Sotib olayinmi tekin kulguni.
Dab-durust jumlalar qator turganda,
Teskari aytmoqlik shartmikan uni.

Yozg‘uvchilik esa, oh, bu g‘aroyib,
Mening talantimga shu soha nuqta.
Pastu balandlarga turfa, ajoyib
Maktublar bitganman g‘oyaviy puxta.

Xullas, o‘rtoq rais, aylangiz imdod,
Men sizga haq gapni aytaman tikka.
Ko‘pirib yotibdi menda iste’dod,
Meni qabul qiling yozg‘uvchilikka.
1981

Abdulla Oripov

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Shoirlik va she'r haqida she'rlar
« Javob #2 : 21 Oktyabr 2007, 19:42:26 »
BOLALAR SHOIRLARIGA HAZIL

Soat bo‘ldi to‘rt yarim,.
Dedi Dilbarga Karim.
Buni eshitdi G‘ulom,
Salim bilan Dilorom,
Shoira-yu, Gulnoza,
Xadicha bilan Roza.
Alisher-u Baxtiyor,
Xurshid, Vitya, Ixtiyor,
Azim, Moyli, Dadashvoy,
Shukur, Ahmad, Adashvoy,
Mavluda-yu, Ilhomjon,
G‘ayrat, Sa’di, In’omjon,
Toshpo‘lat, Yulduz, Zohir,
Zarifa, Mahkam, Omon,
Miraziz, Safar, Rahmon,
Shavkat, Yo‘ldosh, Uzoqboy,
Bolta, Tesha, Tuzoqboy,
Eshmirza, Eldor, Jur’at,
Muqimiy bilan Furqat...
Endi soat besh yarim,.
Dedi Dilbarga Karim.
1981

Abdulla Oripov

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Shoirlik va she'r haqida she'rlar
« Javob #3 : 26 Oktyabr 2007, 15:03:07 »
SHOIR QALBI

Yurtda ne muborak ishlar bo‘lg‘uvsi,
Undan shoir qalbi shavqqa to‘lg‘uvsi.

Chinor o‘tqazildi, tug‘ildi farzand,
Avval shoir qalbi bo‘lgay bahramand.

Sababi ma’lumdir buning, albatta,
Tug‘ildik shu Vatan, shu mamlakatda.

Uning har go‘shasi jahondir menga,
Toshloq yo‘llari ham ravondir menga.

Taralsa elimdan xushnud bir xabar,
Tabrik aylamog‘im, demak, muqarrar.

Mavjiga nogahon kimdir tosh otgay,
Zarbi yuragimning tubiga botgay.

Elim, qadamingni har dam kuzatdim,
Goh o‘ychan, gohida xurram kuzatdim.

Gar sen daryo bo‘lsang - irmog‘ingdirman
Lat yesang, og‘riqli barmog‘ingdirman.

Menda fazilatdan bo‘lsa bir nishon,
Sening olovingdan uchqun bu, ishon!

Savobing qosh ila ko‘zimnikidir,
Faqat gunohlarim o‘zimnikidir.
1998

Abdulla Oripov

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Shoirlik va she'r haqida she'rlar
« Javob #4 : 26 Oktyabr 2007, 15:03:25 »
JANGDAN QAYTMAGAN SHOIRLARGA

Isming balki Sulton, balki Qodirsan,
Sen jangdan qaytmagan shahid shoirsan.
Lekin g‘olibsanki - safda hozirsan,
Sen saqlab qololgan jahoning menda.

Urush deganiga bo‘lsin ming la’nat,
Neki tirik bo‘lsa - aylagay g‘orat.
Sening qalaming ham sindirmish bevaqt,
Yetib-etolmagan armoning menda.

Beiz ketmadi, yo‘q, shahidlar qoni,
Quzg‘undan asradi mas’um dunyoni.
Agar ko‘kka yetsa tiriklar shoni,
O’zing orzu qilgan osmoning menda.

Har nechuk, shoirman - sen bilan jondosh,
To‘yingda to‘ydoshman, tirik yelkadosh.
Degayman, yosh umring o‘ylab, ey, qondosh,
Bitgum, bitilmagan dostoning menda.
1983

Abdulla Oripov

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Shoirlik va she'r haqida she'rlar
« Javob #5 : 06 May 2008, 13:07:27 »
YONAR SO‘Z

Bir dilrabo kuydirding,
Bir otashin yondim men.
Bir jonfizo suydirding
Sevdim, seni jon-jondin.
Kuyar, yonar xonumon,
Nurga do‘nar bor-borim.
Yonib qolar izimdan
She’rlarim — yolqinlarim.
She’rlarimda yonaman,
Bundan boshqa yo‘lim yo‘q.
Yonar so‘z bo‘p qolaman,
So‘zga aslo o‘lim yo‘q.
Bir dilrabo kuydirgil,
Bir otashin yonay men...

Abdunabi Boyqo'ziyev

Muhammad Sanjar

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 618
  • -oldi: 515
  • Xabarlar: 315
  • Jins: Erkak
  • Carpe Diem
Re: Shoirlik va she'r haqida she'rlar
« Javob #6 : 17 Dekabr 2011, 20:17:54 »
YANA SHE'RIMGA

She'rim! Yana o'zing yaxshisan,
Boqqa kirsang, gullar sharmanda.
Bir men emas, hayot shaxsisan,
Jonim kabi yashaysan manda.

Yuragimning dardi - naqshisan,
Qilolmayman seni hech kanda!
O't bo'lurmi ishqi yo'q tanda?
Dardimsanki, she'rim yaxshisan.

Sen orada ko'prik bo'ldig-da,
Geyne bilan o'rtoq tutindim.
Lermontovdan ko'mak o'tindim.

Butun umrim sening bo'yningda.
Saharda qon tupursam, mayli.
Men - Majnunman, she'rim, sen - Layli!

(Usmon Nosir)
Everything that happens once can never happen again. But everything that happens twice will surely happen a third time.. (Arabic proverb)

Muhammad Sanjar

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 618
  • -oldi: 515
  • Xabarlar: 315
  • Jins: Erkak
  • Carpe Diem
Re: Shoirlik va she'r haqida she'rlar
« Javob #7 : 28 Dekabr 2011, 22:14:18 »
Azizimsan,
Baxtiyorimsan.
Ishonganim - vafodorimsan.
Yolg'izimsan... Umring o'lchovli
Qarg'a esa mingga kiradi.

Bilib yurar,
Ko'rib tudadi.
Quzg'un - ajal topar bexato.
Jondan ortiq ko'raman lekin
Seni bog'lab qo'ygan yo'q, ota...
Qarg'a esa mingga kiradi.

Yurak tokay urib turadi?
Yurak tingay to'lsa paymona.
Ma'yus chehrang ko'ksimni yoqib
Sen ham bir kun o'tarsan, ona,
Qarg'a esa mingga kiradi.

Yillar bizni o'rib turadi.
Uyda, yo'lda, shoshib-shoshmasdan,
Xayrlashib-xayrlashmasdan
Qarg'a esa mingga kiradi...

Sochgum gulday dunyoga mehrim,
Toki yurak urib turadi.
Sen abadiy yashaysan, she'rim -
Qarg'a faqat mingga kiradi.

(Muhammad Yusuf)
Everything that happens once can never happen again. But everything that happens twice will surely happen a third time.. (Arabic proverb)

ilmitolib0720

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 12
  • Xabarlar: 7
Javob: Shoirlik va she'r haqida she'rlar
« Javob #8 : 03 May 2013, 21:42:12 »
 Ð¨ÐµÑŠÑ€ жони маъно

Ёзилавер бир куни таҳрир бўларсан,
Шошилма сочилсанг юлдуздек шеърда.
Мени ортиқ қийнама мени банд этган,
Менга муштоқ диллар турли хил ерда.
 
Гапинг рост уларга сен керак фақат,
Уларга чўп эмас керакдир дарахт.
Улар не қилади томсиз асоссиз,
Тўрт девор синчини, танани бошсиз.
 
Мен сени бир куни дур шодасидек,
Қалблар тизмасига тераман МАЪНО.
Танинга зеб бердим ғарб модасидек,
Қалблар сенсиз танимас шеъримни асло.



Моҳир

 

Ota-onalarimiz haqida she'rlar

Muallif KumushbibiBo'lim She'riyat

Javoblar: 78
Ko'rilgan: 308009
So'nggi javob 24 Mart 2013, 06:33:47
muallifi muzaffar.uz92@yahoo.com
Samarqand haqida she'rlar

Muallif MohinurBo'lim Samarqand viloyati

Javoblar: 13
Ko'rilgan: 26003
So'nggi javob 02 Fevral 2012, 14:07:29
muallifi Ansora
Qashqadaryo haqida she'rlar

Muallif MohinurBo'lim Qashqadaryo viloyati

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 15926
So'nggi javob 17 May 2008, 18:54:51
muallifi saraton07
O'zbek va millat haqida she'rlar

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 21
Ko'rilgan: 48355
So'nggi javob 04 May 2013, 23:30:27
muallifi azizbek_mx
O'simlik, gul va daraxtlar haqida she'rlar

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 10024
So'nggi javob 03 May 2013, 21:37:42
muallifi ilmitolib0720