Muslimasubh:
Ibn Abbos rivoyat qiladiki, Payg’ambarimizning amakilarini o’ldirgan Vahshiy Payg’ambarimizga (s.a.v) Makkadan xat yozdi:"Men musulmon bo’lishni xohlayman, lekin sizga tushgan bu oyatlar meni qaytaryapti:"Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o’ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o’ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan bittasi)ni qilsa, uqubatga duchor bo’lur"(Furqon,68). Men oyatda aytilgan shartlarning uchchalasini ham qilganman, men tavba qilsam bo’ladimi?"
So’ngra bu oyat tushdi:
"œMagar kim tavba qilsa va imon keltirib, yaxshi amallar qilsa, bas, Alloh ana o’shalarning yomonlik-gunohlarini yaxshilik-savoblariga aylantirib qo’yur"(Furqon,70).
Payg’ambar (s.a.v.) shuni Vahshiyga yozdilar. Vahshiy:"Albatta, oyatda shart bor ekan. Bu shart amali solihdir,bilmaymanki, amali solihga qodir bo’lamanmi yoki yo’qmi?"-deb yozdi.So’ngra Allohning ushbu so’zi tushdi:"Albatta, Alloh o’ziga sherik qilinishini kechirmas, shundan boshqa gunohlarni o’zi xohlagan bandalar uchun kechirur"(Niso,48). Buni Vaxshiyga yozdilar. Vaxshiy javob qildiki:"Bu oyatda yana bir shart bor ekan, bilmaymanki, Alloh mening gunohlarimni kechiradimi yo’qmi?" Keyin Alloh bu oyatni tushirdi:"(Ey Muhammad), Mening o’z jonlariga jinoyat qilgan bandalarimga ayting:"Allohning rahmat va marhamatidan noumid bo’lmangiz. Albatta Alloh(O’zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag’firat qilur. Albatta Uning O’zigina Mag’firatli, Mehribondir"(Zumar,53). Buni Vaxshiyga yozdilar.Vaxshiy bu xatda shartni topmaganidan keyin Madinaga kelib musulmon bo’ldi.
Abu Lays as-Samarqandiyning "œTanbehul-g’ofiliyin"(G’aflatdan uyg’otish) kitobidan olindi.