Muallif Mavzu: O'simlik, gul va daraxtlar haqida she'rlar  ( 10749 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
O'simlik, gul va daraxtlar haqida she'rlar
« : 21 Oktyabr 2007, 19:43:37 »
QAYRAG‘OCH

Assalom, azizim, qayrag‘och og‘a,
Balki men jiyanman, sen menga tog‘a.

Farqimiz bittadir: sening tiling yo‘q,
Yurarga oyog‘ing, ketar yo‘ling yo‘q.

Lekin baxtlidursan, soya solursan,
Bahra olganlardan duo olursan.

Tog‘ajon, mening-chi, ahvolim mushkul,
Mendan panoh topgan qarg‘aydi nuqul.

Bitta iltimos bor: o‘rin almashsak,
Men ham daraxt kabi yashasam andak.

Sen-chi, bu dunyoga Inson bo‘lib boq,
Mayli, bir kun meni o‘tin qilib yoq.
1981

Abdulla Oripov

Muhammad Sanjar

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 618
  • -oldi: 515
  • Xabarlar: 315
  • Jins: Erkak
  • Carpe Diem
Re: O'simlik, gul va daraxtlar haqida she'rlar
« Javob #1 : 28 Dekabr 2011, 22:22:26 »
O'zim jannatda-yu, do'zaxda ko'nglim,
Yalpizjon, sen o'sgan o'tloqda ko'nglim.
Sen jilg'a bo'yida sarg'aygan singlim,
Men ummonda senga mushtoq og'angman.

Ko'zimdan yosh oqar yuzingdan o'psam,
Qaniydi bir umr poyingda cho'ksam,
Dilingga dilimni dardini to'ksam -
Vodiysidan ajrab qolgan vohangman.

Men shoir emas, men nazmboz kosib,
She'rim shuhratimga emas munosib.
Bir lutf tufayli ming g'aflat bosib,
Arig'iga sig'may qolgan nahangman.

Osmonin tusi yo'q bu taxtni netgum,
Rayhonin isi yo'q bu baxtni netgum,
Bosh olib yoningga keladi ketgum,
Dalangdan olamga bir sadaqangman!..

Ey oq ko'nglim mening, ey ko'k ko'ylagim,
Bo'yingga bo'yimni kelar tenglagim,
Kuylasam faqat sen sabab kuyladim,
Yaprog'ingdan yerga tomgan ohangman.

(Muhammad Yusuf)
« So'nggi tahrir: 26 Mart 2014, 14:29:36 muallifi Muhammad Sanjar »
Everything that happens once can never happen again. But everything that happens twice will surely happen a third time.. (Arabic proverb)

ilmitolib0720

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 12
  • Xabarlar: 7
Javob: O'simlik, gul va daraxtlar haqida she'rlar
« Javob #2 : 03 May 2013, 21:37:42 »
Дарахтларнинг пахмоқ сочи хурпайди

Ёмғирни ерга алла айтиши бу,
Тун: бўлди эрта ёт дегани ҳам шу.
Кузга қўл силтаган момақалдироқ,
Қиш тушинмади сўзига бироқ.
 
Нима учун кузда осмон бақирар.
Баҳорми у йиғлаб дунёни бузар.
Менинг галим дейди оппоқ соқолли,
Ёшлар ҳурмат қилмасму қари чолни?!
 
Эртан ҳали майса ниш урсайди,
Дарахтларнинг пахмоқ сочи хурпайди.
Кеч кузда ёзнинг қитмир ҳавоси,
Не ўзи табиатнинг шум муддаоси?!
 
Чиқиб турар баъзан қиш чоғи қуёш,
Бераҳмдан чиққандек меҳрли кўз ёш.
Демак, баҳордаги изғирин гўё,
Яхши инсоннинг аччиғидек рўё.

Моҳир


 

Ota-onalarimiz haqida she'rlar

Muallif KumushbibiBo'lim She'riyat

Javoblar: 78
Ko'rilgan: 323865
So'nggi javob 24 Mart 2013, 06:33:47
muallifi muzaffar.uz92@yahoo.com
Samarqand haqida she'rlar

Muallif MohinurBo'lim Samarqand viloyati

Javoblar: 13
Ko'rilgan: 27459
So'nggi javob 02 Fevral 2012, 14:07:29
muallifi Ansora
Qashqadaryo haqida she'rlar

Muallif MohinurBo'lim Qashqadaryo viloyati

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 17112
So'nggi javob 17 May 2008, 18:54:51
muallifi saraton07
O'zbek va millat haqida she'rlar

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 21
Ko'rilgan: 52676
So'nggi javob 04 May 2013, 23:30:27
muallifi azizbek_mx
Shoirlik va she'r haqida she'rlar

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 14299
So'nggi javob 03 May 2013, 21:42:12
muallifi ilmitolib0720