Muallif Mavzu: Hayot va umr haqida she'rlar  ( 105658 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

UzMuslim

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 141
  • -oldi: 2172
  • Xabarlar: 2130
  • Jins: Erkak
Re: Hayot va umr haqida she'rlar
« Javob #45 : 27 Aprel 2011, 13:03:03 »
Bir kun savol berdi yoshgina o‘g‘lon:
- Nechun Allohim deb yig‘laysiz nolon.
Dedim, javobimdan bo‘lmagin hayron,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Tinimsiz aldasa muhit, makoning,
Tortsa oyog‘ingdan do‘stu yoroning.
Shunday o‘tar bo‘lsa har zum, har oning,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Noshukur emasman dunyoda garchand,
Qaydadir menga ham bor balki dilband
Va lekin tiriklay kuydirsa farzand,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Insofu ishonch ham shirin so‘z bari,
Tiriklik toshqindir yoki ko‘pkari.
To hayot ekansan qochgaydir nari,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Shunchalar kaj erur dunyoi gardun,
Undan diyonatni axtarmoq nechun,
Padar shod o‘z o‘g‘lin bag‘rin etsa xun,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Mingta ko‘z poylaydi bitta joningni,
Joningmas, martabang, balki shoningni,
O’t qo‘ymay yoqarlar xonumoningni,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Bu ko‘hna dunyoda yashadim nega,
Yaydoq ot misoli bo‘ldim beega.
Malomat qilurman, olomon, senga:
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Mendan ranjimasin bo‘lsa do‘st agar,
Balki ularning ham dilida kadar,
Hoynahoy mendaylar degay muqarrar:
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Umr ham oxirlab bormoqda sekin,
Endi sarg‘aymoqda men ekkan ekin.
Mayli, sen o‘zingga suyangil, lekin,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 222
  • Jins: Erkak
Re: Hayot va umr haqida she'rlar
« Javob #46 : 03 Iyun 2011, 13:23:02 »

Ҳаётимнинг қўшиғин тополсайдим дунёда...
(Ботир Зокиров)



Юрагимнинг уммони тинчлик нима билмайди,
Унда эзгулик, меҳÑ€ барчадан ҳам зиёда.
Мени фақат бир орзу, битта истак қийнайди - 
Ҳаётимнинг қўшиғин тополсайдим дунёда...

Юрагимнинг осмони булутларга бегона,
Кунларида юлдузлар қуёш мисол порлайди.
Ойдин тунда оймома бўлар менга ҳамхона,
Оламда не яхши бор, ҳузурига чорлайди.

Юрагимнинг илдизи, зиёларга туташган,
Нурдан баҳра олган қон гупурмоқда вужудда.
Дуоларга қўшилиб, ниятлар тўлиб тошган,
Ҳаваслар-чи, қайнайди муштдек келган ҳудудда

Юрагимнинг тоғлари сабрлардан яралган,
Матонатнинг чўққиси ҳамон мени кутмоқда.
Водийлари азобнинг тошлари-ла ўралган,
Ҳар бир босган қадамим кураш билан ўтмоқда.

Юрагим ҳокин қайдан олган – менга ноаён,
Лой қориш чун сувлари жаннатдандир, эҳтимол.
Най навосин эшитиб, танга кирганида жон,
Ёзган умр дафтари меҳнатдандир, эҳтимол.

Юрагимнинг дунёси тек турмайди, тинмайди,
Фасли фақат навбаҳор – умидимдир гуллари.
Умр дарахтин шохлари бунда ҳечам синмайди,
Зулматларнинг заҳридан йироқдадир йўллари...

Мени фақат бир орзу, битта истак қийнайди - 
Ҳаётимнинг қўшиғин тополсайдим дунёда...


(c)

Bonuxon

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 19
  • -oldi: 366
  • Xabarlar: 180
  • Jins: Ayol
  • Allohga shukur!
Re: Hayot va umr haqida she'rlar
« Javob #47 : 08 Iyun 2011, 11:31:56 »
Hayot deganlari qiziq bo'larkan, tong otib kun botib umr o'tarkan,
Tong saxarda uyg'onib xar bir odamzod,qo'lin o4ib Xudoyimga nola qilarkan.
Kimdir iltijo qilib baxtin so'rasa,yana kimdir nola qilib taxtin so'rarkan.
Olloxim bag'ri keng u wundayin zot,
Kim nima so'rasa wuni berarkan.
Men xam wular qator umidvor banda,
Har tong so'rawni qilmadim kanda.
Olloxim ewitib mening nolamni,
Yubordi SIZDAYIN AZIZ INSONNI!!!

Muhammad Yusuf

  • Na chin musulmonmiz, Na kofir tamom .
  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 53
  • -oldi: 441
  • Xabarlar: 369
  • Jins: Erkak
  • Hasbunalloh va ne'mal vakil.
Re: Hayot va umr haqida she'rlar
« Javob #48 : 25 Iyun 2011, 12:06:01 »
Yana bir yil o'tdi bekor
Peshonangiz sajdaga tegmadi
Endi ham yurmang bekor
Qalbingiz ibodat rohatin sezmadi.
Hayollarda faqat o'z manfaatingiz
Olloh rizosi uchun nima qildingiz?


Amallaringiz men uchun emas
Chin ixlosla yaxshilik qiling
Insonlar aytgani uchun emas
Yaratganning amri ila ibodat qiling
Dunyoga nima uchun keldingiz?
Olloh rizosi uchun nima qildingiz?


Holis niyatla ibodat qiling
Amallar niyatga qarab
Iymon huzuri ila sajda qiling
Duo aylang Rahmonga qarab
Insonsiz ibodat uchun yaratildingiz
Olloh rizosi uchun nima qildingiz?


Umringiz o'taverar benamoz bo'lsangiz ham
Sizga farqi yo'qmi jaxannamiy bo'lsangiz ham
Holis maslahatim yomon ko'rsangiz ham
So'nggi qachon Haqqa yuzlandingiz ?
Olloh rizosi uchun nima qildingiz ?


 Abdulloh Dilshod

Olloh yaxshi bandalarini yaxshi ko'radi.
Olloh to'g'ri yo'lga boshlamaganda, uni hech qachon topolmas edik.

Agar yozgan postlarimdan biror yaxshilik topsangiz - ALLOHDAN, nuqson va kamchilik topsangiz - kaminadan , deb bilgaysiz.

So'zlarning eng yaxshisi ALLOH TAOLOning so'zlari.
Yo'llarning eng yaxshisi MUHAMMAD S.A.V.ning yo'llari.

Muhammad Sanjar

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 618
  • -oldi: 515
  • Xabarlar: 315
  • Jins: Erkak
  • Carpe Diem
Re: Hayot va umr haqida she'rlar
« Javob #49 : 27 Yanvar 2012, 21:20:34 »
Daryodek chayqalib, daryodek toshib,
To'fondek to'xtamay umr o'tkazdik.
Izzat ilinjida mansab talashib,
Odamday yashamay umr o'tkazdik.

Topganimiz - go'zal qizlar nigohi,
Qilgan hadyamizning bo'lmay adog'i,
Onaizorimiz qabriga gohi
Bitta gul to'shamay umr o'tkazdik.

Suyganni siylamoq qo'ldan kelmadi,
Suymasga suykanib ko'ngil to'lmadi.
Do'st holin so'rmoqqa fursat bo'lmadi,
Yo'qladik-yo'lamay umr o'tkazdik.

Kimgadir ilinib oltin devorni,
Kimdandir qizg'onib qishda ham qorni.
Qanotiga kirib xudobezorni,
Nochorni qo'llamay umr o'tkazdik.

Iblisni inim deb quchdik gohida,
Arshda arg'imchoqlar uchdik gohida.
Shayton bilan sharob ichdik gohida,
G'aflatdan bo'shamay umr o'tkazdik...

O'zdan o'tganidan o'zimiz ogoh,
Ikki yelka to'la bir dunyo gunoh.
Nasib etgaymi endi odamday o'lmoq?..
Odamdek yashamay umr o'tkazdik.

(Muhammad Yusuf)
Everything that happens once can never happen again. But everything that happens twice will surely happen a third time.. (Arabic proverb)

Akbarjоn

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 669
  • -oldi: 1299
  • Xabarlar: 797
  • Jins: Erkak
  • Форумнинг эски одамларидан бири
    • islom.uz
Re: Hayot va umr haqida she'rlar
« Javob #50 : 28 Yanvar 2012, 09:22:48 »
Тасалли

Ўзни бахтсиз ўйлаган, эй одам
Хар ишда хикмат бор, хар бир ташвишда
Қанчалар кўп ташвиш чекмаган олам
Қанча орзу яксон бўлганди қишда

Бу уммат бошига келган мусибат
Ичида энг оғир эрур биттаси
Росулуллоҳ вафот этган мусибат
Энг оғир мусибат эрур шубхасиз

Хаёт ташвишларин йиғолсанг бир-бир
Бир сиқим туз каби шўрли, аламли
Уничи дарёга солмоқлик даркор
Кам сувнинг шўридан бўларсан ғамли

Кўнглингни кенг қилгин мисоли дарё
Дарёда қанча туз чучук бўлғуси
Иймонинг махкам тут чорласин зиё
Шунда нурли кунлар етиб келгуси

Дунё бахти асли мурод бўлмасин
Синов йўлларидан олға борайлик
Махшарда ташвишдан елканг тўлмасин
Зикруллоҳни айтиб ғолиб бўлайлик

(с)

Хадича

  • Mehmon
Re: Hayot va umr haqida she'rlar
« Javob #51 : 22 Avgust 2012, 08:07:15 »
Ezgu orzulari bo'lganida puch
Ayol xiyonatiga kelganida duch
Nafsini yengmoqqa topolmasa kuch
Alamdan ezilib Erkak yig'laydi.

Haqiqat olovdir,yolg'on bir shisha
Haq gapni aytmoqdan qilmam andisha
Qizi nogoh bo'lib qolsa foxisha
Hammadan yashirib,Erkak yig'laydi.

Cheksiz hasratlarga qolganda botib
Ayriliq dog'ini ko'rganda totib
Bolasin tobutin qolsa ko'tarib,
Yurakdan o'kirib Erkak yig'laydi.

 Xizmat qilolmasa tikib jonini
Rozi qilolmasa Otajonini.
Tuproqqa qo'yganda Onajonini.
Uyalmay bo'kirib Erkak yig'laydi.

Do'sti sotib ketsa og'ir kunida
Dardkashi bo'lmasa aslo yonida
Omadi chopmasa ish maydonida
Bir chetga o'tirib Erkak yig'laydi.

Shayton quchog'ida yotsa bolasi
Vijdonin iblisga sotsa bolasi
Qariyalar uyiga otsa bolasi.
Ajalin chaqirib Erkak yig'laydi.

Xaromni tanlasa, halol turganda
Navqiron yoshligin uvol qilganda
Qirq do'sti bo'lmasa qirqqa  kirganda
Chin dildan o'rtanib,Erkak yig'laydi.

Choyxonada o'tkazgan bo'lsa umrin,
Hech masjid tomonga burmasa yo'lin
Bir kuni tushunsa adashganligin
Umriga achinib, Erkak yig'laydi.

Toshdan ham qattiqdir yetimlik noni

Taqdirida bo'lsa sag'irlik oni.

Ming bir azoblarda qolganda joni.

Ko'ngliga suyanib Erkak yig'laydi.


Maylar-u sharobga bo'lsa u oshiq
Jirkanch odatlarga yashasa  sodiq
Nom qozonolmasa Ablaxdan ortiq
Bir kuni og'rinib Erkak yig'laydi.

Hech ham baxt ko'rmasdan bir kuni oxir

Og'zim oshga yetdi,deganda oxir.

Ajal sari " Ketdik" desa Azroil.
" E voh"deb baqirib Erkak yig'laydi.

She'rim tugar endi Abdulloh
Yuraklar ezildi so'zing tinglab voh.
Kechir bizni Alloh, kechir, yo Alloh...
Kechirmasang bilki, dunyo Yig'laydi....

( с )
« So'nggi tahrir: 22 Avgust 2012, 10:14:32 muallifi Хадича »

 

Ota-onalarimiz haqida she'rlar

Muallif KumushbibiBo'lim She'riyat

Javoblar: 78
Ko'rilgan: 307531
So'nggi javob 24 Mart 2013, 06:33:47
muallifi muzaffar.uz92@yahoo.com
Samarqand haqida she'rlar

Muallif MohinurBo'lim Samarqand viloyati

Javoblar: 13
Ko'rilgan: 25948
So'nggi javob 02 Fevral 2012, 14:07:29
muallifi Ansora
Qashqadaryo haqida she'rlar

Muallif MohinurBo'lim Qashqadaryo viloyati

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 15877
So'nggi javob 17 May 2008, 18:54:51
muallifi saraton07
O'zbek va millat haqida she'rlar

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 21
Ko'rilgan: 48183
So'nggi javob 04 May 2013, 23:30:27
muallifi azizbek_mx
Shoirlik va she'r haqida she'rlar

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 13333
So'nggi javob 03 May 2013, 21:42:12
muallifi ilmitolib0720