Hayot va umr haqida she'rlar  ( 238420 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Ulugbek-Uz  08 Dekabr 2009, 00:38:33

Сен кимсан?
Ҳеч ҳисоб бердингми сзинг
Ҳаққа - Яратганга...ё виждонингга?
А соқов бслишга қилдингми қарор?
Тегдими олам ғамлари жонингга?

Сен Кимсан?

Тасанно, барака топинг!

офф: юфорумдаги Масъуд ҳам сиз бсласизми?

Qayd etilgan


Mas'ud  08 Dekabr 2009, 01:18:00



Тасанно, барака топинг!

офф: юфорумдаги Масъуд ҳам сиз бсласизми?

OFF: rahmat... Ha, uforumdagi Mas'ud menman  :)

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  08 Dekabr 2009, 03:16:23

Мен кимман?

Гуноҳлари улкан - бир ожиз банда,
Қалбим йиғлайдию, юзимда ханда.
Ким учундир, нима учундир,
Юз бор слиб тирилсам-да кунда,
Муштипар, хокисор, мушфиқ онамга,
Мисқолчалик"¦ бердимми фойда"¦

Кимман мен?

Qayd etilgan


Абду  08 Dekabr 2009, 19:47:29

Мен сзимни севаман,
Менга сзим ёқади
А­нди менга барибир,
Ким қанақа боқади,
Қслим калта ва лекин,
Йсқдан ксра шукр бор,
Бу дунёда ҳеч одам,
А­мас мендек бахтиёр.

Гап сшитсам жилмайиб,
Калтак есам куламан.
Чап юзимга уришса,
Ўнгим тутиб тураман.
"Юрак" деган қабрга,
Армонимни ксмганман.
Вақт устида сғлимга,
Ўйин тушиб берганман.

Ҳар тонг қараб ойнага,
Дейман менинг ғамим йсқ.
Мен соғломман, мен зсрман,
Ташвишим йсқ, камим йсқ.
Ғанимларим бор лекин,
Мен улардан қарз смас.
Ҳеч қайсиси жонимни,
Ичишимга арзимас.

Хомуш бслар баъзилар,
Сочин оқин санашиб.
Менга сса турибди,
Ажинлар ҳам срашиб.
Тикон-тикон гул тердим,
Ҳар нарса сз ҳолича.
Азизларим дунёни,
Қабул қилинг борича.

Осон сшай десангиз,
Маслаҳатим олволинг.
Ўзингини озгина,
Жинниликка солволинг.
Яшашга смас бизни,
Имтиҳонга ташлабдир.
Лирим сша кавушсиз,
Девонаи Машрабдир.

Ксйлагимни ссрашса,
Тснимни ҳам бераман.
Тиконларнинг ичидан,
Гуллолалар тераман.
Ғам ссзидан сзимга,
Шодлик ссзин ссайман.
Мен шунақа сзимни,
Хурсанд қилиб сшайман.

Qayd etilgan


Абду  08 Dekabr 2009, 20:11:37

Yomg‘ir loyga yoqqan zamonda,
Suvlar soyga oqqan zamonda,
Boylar boyga boqqan zamonda,
Menga qarab kulgan yo‘qchilik.

Iligini so‘rib ilkimning,
Sarg‘aytirgan guldek singlimni,
Erta ulg‘aytirgan o‘g‘limni,
Jigarimni tilgan yo‘qchilik.

Dada, balki sizni o‘limdan
Asrash kelarmidi qo‘limdan...
Siltab tortib eski to‘nimdan,
Meni etim qilgan yo‘qchilik.

Minnatli osh, bu — sochma o‘qdek,
Ich-ichingni kuydirar cho‘g‘dek.
Qorin ochu nazarim to‘qdek,
Meni aziz bilgan yo‘qchilik.

To‘g‘ri, nima kelsa — Xudodan,
Da’voyim yo‘q eski dunyodan.
Taskin shuki, Odam Atodan
Menga meros qolgan yo‘qchilik.

Qayd etilgan


Mas'ud  10 Dekabr 2009, 15:19:17

Subhidam...
Tong asta yuzini ochib,
Qorong'ilik yorug' osmondan qochib
Quyosh ham nurlarin erinib sochib,
kun boshlanmoqda...

Kimga mukofot-u, kimgadir jazo
Allakim baxtli-u, kimdadir azob
Bir joyda tug'ilish, boshqada qazo...
kun boshanmoqda...

O’tgan kun yashnagan gul so’lgunicha,
Sekin ochilmoqda kechagi g’uncha
Har safar oq betni varaqlagancha
kun boshlanmoqda...

Tirikchilik, deya tinmaydi odam,
Dunyo abadiymas - bilmaydi odam
Har kunim oxirat sari bir qadam...
kun boshanmoqda...

Bu kunni kimlardir uyg’onish sanar
Boshqa dil bugun chun dilidan yonar,
Shu kundan har qalbda umid uyg’onar
Kun boshlanmoqda"¦

Bizni yetuklikka yetaklab asta,
Birov salomatu, boshqasi xasta"¦
Fanoni baqoga etib payvasta,
Kun boshlanmoqda"¦kun

(c)

Qayd etilgan


Mahdiyah  28 Yanvar 2010, 07:36:26

http://webfile.ru/4261008

Скачать erim yurib ketti.mp3 с WebFile.RU

Marhabo Karimovadan yana 1 ajoyib she'r.
Faqat mp3 sini joyladimu qaysi ssilkaligini aniq bilmiman  :D
Lekin she'rga GAP YO'Q


Mani erim yurib ketti...

Mani erim yurib ketti, yurak bag’rim kuyib ketti
O’zim bilsam go’rga edi,  bu ovoza bo’lib ketti.
Kech keladi ishidan ham, ayrilganday hushidan ham,
Yurganini bilsa bo’lar ko’rayotgan tushidan ham
Ro’zg’or bola manga qolib, o’tiradi o’yga tolib,
Telefoni jiringlasa gaplashadi bekinvolib.
Har nodon der "œPolbinga bor, issiq-sovu sehr bergin",
Biror dono aytmaydiki "œEringni sev, mehr bergin".
Bolalarim bilishmasin, ko’z yoshimni ko’rishmasin.
Ko’ngli qolib, otasini yomon ko’rib qolishmasin.
Qaynar g’iybat "œIya iya... Eriz uylanvoganmisha"
Yonin olib urishaman "œAjab qisin sizga nima?"
Opam boshlar mani ko’rsa "œXotinbozmish erin rosa"
"œNima qisin xotinlariz o’zlari erkevoz bo’lsa?
Eplaptimi yurvosin, mayli o’ynab kulvosin
Mani mulki-davlatimda davri davron survosin"
"œVay sen ahmoq, vay sen beor, Sanga kere bo’masa yor,
Sot kim ochdi savdosida mahallangda ochib bozor
Pochchangni ko’r qanday erkak? Chakki yurmas toza yurak"
"œMani erim zo’rda, sizi latta eriz kimga kerak"
"œVay zo’r bo’gan erin qursin! Bino qo’ygan she’rin qursin!
Sanga jonim kuydimiya? Yurmog’idan ortig’ yursin."
"œQizg’onmaydiyam he sani! Yana ortiq kerilgani"
"œNimasini qizg’onaman, tuplimidi yiyilgani
G’iybat qilib ochmang bozor, hamma ishni fursati bor.
Endi bitta opti, asli to’rttagacha ruxsati bor"
Yuramanu bermay sirim, ammo yurak tilim-tilim.
Kundoshlik xotinlar bekor chekishmagan ekan chilim.
Kim u jonon bilgim kelar, aptini bir ko’rgim kelar.
Tutib olib, sochlarini bitta-bitta yulgim kelar.
Borgim ekmas mehmongayam, boqqim kemas insongayam,
"œJanjal qil" deb gijgijlaydi, ish topildi shaytongayam.
"œYetib bor" der o’sha yerga, ikkalovi xozir birga
Bormaymaney, jinnimani g’ururimmi urib yerga
Nima poyda urishlardan, qozilashib yurishlardan?
O’q otayin kundoshimga, mag’rur qarab turishlardan
Er ko’ngli qush uchib ketar, sovuq yurtdan ko’chib ketar,
Tutmoq uchun don sepayin, miltiq otsam qochib ketar.
Ranjimasin erim mayli, zo’r ayol er talashmaydi.
Boplab qo’yar edimkuya, bu ish manga yarashmaydi.
Nodonga donolik qilay, sahroga daryolik qilay,
Do’stim qilsa begonalik, man unga oshnolik qilay.
Jilsin desam tosh joyidan, bo’lay erimning poyidan.
Quyosh bo’lib mehrim sochib, aynitayin o’shal oyidan,
Pardozlab yuz qoshu ko’zni, quvnoqlikka solib o’zni,
Har tong qarab tosh oynaga takrorlayman bitta so’zni:
"œMing turlansiz o’sha layli, Marhaboga o’xsholmaydi
Kiygan bilan kavushimni, qilolmaydi yurishimni".

Qayd etilgan


siddiqa  03 Aprel 2010, 11:04:36


Dunyoni qizg'anma


Abdulla Oripov she'ri

Dunyoni qizg'anma mendan, azizim,
Men sening ko'changdan o'tmasman zinhor.
Mening bu olamda o'z aytar so'zim
Va o'zim sig'ar mozorlarim bor.

Dunyoni qizg'anma mendan, azizim,
Sen ichgan buloqdan ichmasman aslo.
Sen yurgan tog'larda qolmagay izim,
Sen kechgan daryodan kechmasman aslo.

Dunyoni qizg'anma mendan, azizim,
Qalbingni yoqmasin shubha va so'roq,
Men o'zga manzilga tikkanman ko'zim,
U sening kulbangdan juda ham yiroq.


 
 

Qayd etilgan


Akbarjоn  04 Aprel 2010, 00:49:55


Dunyoni qizg'anma


Abdulla Oripov she'ri

Dunyoni qizg'anma mendan, azizim,
Men sening ko'changdan o'tmasman zinhor.
Mening bu olamda o'z aytar so'zim
Va o'zim sig'ar mozorlarim bor.

Dunyoni qizg'anma mendan, azizim,
Sen ichgan buloqdan ichmasman aslo.
Sen yurgan tog'larda qolmagay izim,
Sen kechgan daryodan kechmasman aslo.

Dunyoni qizg'anma mendan, azizim,
Qalbingni yoqmasin shubha va so'roq,
Men o'zga manzilga tikkanman ko'zim,
U sening kulbangdan juda ham yiroq.

 


eshitgan bo'lsalariz agar, Sherali Jurayevning kuyida shu she'r zo'r chiqqanda lekin

Qayd etilgan


Mas'ud  16 May 2010, 21:52:40

Ummonning yuzida qalqigan muz tog' —
Armonli xislardan muzlab qolgan men.
Quyoshning mehridan olgancha saboq,
On sayin, kun sayin erib boramen.

Garchand boshim dengiz ustida mag'rur
Tursa ham,
yashirib olganim - tanam
Zalvorli iztirob yukini olib shu
Cheki yo'q suvlikni kezar betinim.

Dardim qolib ketar,
Azoblar bitar,
Eniga o'sadi alamning bo'yi.
Ko'ksimda darz asta qalbimni sitar,
Tugab borayapman mana shu kuyi.

Bilmam, yashashimda nimadir g’oya,
Bilib, qasd qilmoqmi o’zin joniga.
Ko’zimning yoshidan yaralgan qoya
Balki qaytmoq istar asli holiga.
 
Mayli, orolgacha bormasam yetib,
Mayliga, sho'r suvning zahrini yutsam.
Roziman, bug'lanib, uchib, suvlanib,
Ziyoga talpinib yo'q bo'lib ketsam...


(c)

Qayd etilgan