Hayot va umr haqida she'rlar  ( 238091 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


shoir  21 Oktyabr 2007, 19:44:50

QIRQ YOSH

Qirq yosh ham keldiyu qo‘limdan tutdi,
Borman na ertakda, na afsonada.
Qirq yilning naq yarmi yo‘llarda o‘tdi,
Yarmi esa o‘tdi bemorxonada.
Shu mo‘’jaz uyimda yonsin deb chiroq,
Ne aziz zotlarga yondoshdim gohi.
Birin aka dedim, birini o‘rtoq,
Ba’zan nom chiqardim: davron maddohi!
Kim alam chekmabdi umrida bir bor .
U meni anglamas, anglamas aslo!
Kim haqqa tashnadir, kim mehrga zor,
Men unga umrimni etgumdir fido.
Ming bora roziman ona yurtimdan,
Ko‘rdi u erkalik chog‘larimni ham.
Kimdir tosh otsa ham goho ortimdan,
Qoshimda bosh egdi kelib so‘nggi dam.
Qirq yillik umrimning eng avj pallasi
Kelajak kunlarga munglig‘ qarayman.
Ukajon, navbating yetdi chamasi,
Endi men saflarga qanday yarayman?!
Bir vaqtlar jo‘r bo‘lib o‘tli yoshlikka
Yurardim hech so‘nmas tilagim bilan.
Bugun-chi, dardlashib turibman yakka
Shu majruh, shu xasta yuragim bilan.
Afrosiyob kabi vayrondir dilim,
Cho‘ng larza yuz berdi unda nogahon.
Oh, faqat ko‘milib ketmasin yo‘lim,
Faqat o‘tib tursin ko‘chamdan zamon!
1981, Moskva

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


shoir  26 Oktyabr 2007, 15:13:00

HAYOT SABOQLARI

Ikki og‘a-ini yovlashdi bir kun,
Ikkovlon sig‘madi bitta makonga.
Nainki bir makon, tor bo‘ldi ochun,
Ketdi ikkisi ham ikki tomonga.

Oylar, yillar o‘tdi oradan qancha,
Axir bir-birlarin topdilar omon.
Titroq yelkalarga boshin qo‘ygancha
Ho‘ng-ho‘ng yig‘lashdilar go‘daklarsimon.

Xo‘sh, nima bo‘libdi, dersiz, albatta,
Kammi bu dunyoda ahil, noahil.
Lekin, nahot deyman, faqat kulfatda
Namoyon bo‘ladi muhabbat asl.

Anglamoq istayman bu holning sirin
Boqib atrofimga men gohi onlar.
Bunda ko‘rib tursa ular bir-birin
Balki yeb qo‘yardi allaqachonlar...
1991

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


shoir  26 Oktyabr 2007, 15:13:15

HAYOT HAQIQATI

Umrning yarmini o‘tdik amallab,
Qolgan yarmiga ham podshodir xudo.
Faqat ayriliqdan asragin, yo Rabb
Do‘stu yoronlardan qilmagin judo.

G‘animlar makrini o‘ylasang agar
Dunyodan yashamay ketgan yaxshiroq.
Ba’zan dil uyingni aylar munavvar
Yetti yot begona yoqqan bir chiroq.

Muhtoj bo‘lganingda silaydi boshing
O’zi muhtoj bo‘lgan tanti mardumlar.
O’lim tilaganda tirik safdoshing,
Hayotga qaytarar seni marhumlar.

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


Foniy  05 Dekabr 2007, 18:44:25

HAYOT
 
Qattiq hazil qilmagin hayot,
Qo‘y, kulmagin mening ustimdan.
Ko‘ngil dardi sirdoshimga yot,
Dushman afzal ekan do‘stimdan.

Asablarim dutor simimas,
Koptok emas, bu — mening qalbim.
Ro‘zg‘or ekan mustahkam qafas,
Dunyo yuzin ko‘rolmay qoldim.

Ko‘zim boqsa beg‘ubor, sokin
Sovuq nigoh tashlaysan unga.
Yurak haydar siqilib qonin,
To‘ldirarsan qaytadan xunga.

Bosh ko‘tarsam, yog‘dirarsan tosh,
Chog‘ qazirsan yurar yo‘limga.
Baxtsizlikka berdimu bardosh
Baxtni quvlab yetdim o‘limga.

Javlon Abdullo

Qayd etilgan


Muhammad Amin  06 Dekabr 2007, 17:54:57

BU FONIY DUNYO
Biz kelib ketuvchi to’garak jahon
Na boshi ma’lum na so’ngi ayon
Hech kimsa rostini aytib berolmas
Biz qaydan keldigu ketarmiz qayon

Keksa yosh hayotga har kimki yetar
Hammasi izma-iz birma-bir o’tar
Bu dunyo hech kimga qolmas abadiy
Ketdilar, ketamiz, kelishar, ketar

Kelmoq qo’lda bo’lsa kelmasdim bir dam
Ketmoq qo’lda bo’lsa ketmas edim ham
Juda soz bo’lardi bu g’amxonaga
Kelmasam, turmasam, kelib ketmasam.

Afsuski yigitchilik mavsumi bitdi
Ko’klam o’tib ketdi, qish kelib etdi
Yoshlik deb atalgan u sevinch qushi
Bilmadim qachonlar keldi-yu ketdi.

Umar Xayyom

Qayd etilgan


Muhammadali  13 Mart 2008, 20:01:01

ERKA KIYIK

Erka kiyik, maylimi bir erkalasam,
Majnun bo'lib sahrolarga yetalasam,
Bu dunyoda birday g'arib men ham, sen ham,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Sening ko'zing qora, mening ko'zim qora,
Sening bag'ring yara, mening bag'rim yara,
Bu dunyoda sen bechora, men bechora!..
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Shamol emas, izing quvib yurdi kamon,
Sayyod mening kulbamni ham qildi vayron.
Sening joning , mening jonim — omonat jon,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Kel, yig'laymiz birgalashib yantoqlarga,
Sahrolarda qurimagan buloqlarga,
Ikkalamiz yaralganmiz qiynoqlarga,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Umrimizning barcha yo'li, so'qmog'i cho'g',
Cho'g'dan qo'rqma, beyuz qo'ygan qopqondan qo'rq.
Bu dunyoda senga do'st yo'q, menga do'st yo'q,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Soch oqardi, dildosh kutib ko'zim toldi,
Yuragimdan to'kilmay ne so'z qoldi,
Yo'l so'ngida, hech bo'lmasa o'lim oldi,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Ohihjon Madaliyev   ashullasi

Qayd etilgan


Muhammadali  13 Mart 2008, 20:03:05

KETAMAN
Abdulaziz Muborak she'ri


Ketaman
Bu yerdan bosh olib,
Majnunni siylagan sahroga.
Ketaman
Ko‘zimga yosh olib,
Yulduzlar vatani— samoga.

Bo‘lmasa,
Harsangga bog‘lanib,
Cho‘kaman tubi yo‘q ummonga
Yoki ko‘kkaptarga aylanib,
Uchaman Ko‘hi Qof tomonga.

Do‘st tutib tongdagi shabnamni,
So‘ng singib ketaman tuproqqa
Ketaman
Yig‘latib onamni,
«Borsa kelmas»dan ham yiroqqa.

Ketaman
Baribir ketaman,
Shu mening eng so‘nggi qarorim.
Suymasang suykalib netaman?!
Alvido!!!
Suyukli dildorim,

Qayd etilgan


Mas'ud  30 Oktyabr 2008, 15:21:33

Куз...
Қалбда қандайдир жимлик ўй сурар,
Мудраб қолгандайин ҳаёт севгиси...
Деразам ортидан уйимга қарар
Кўчада баргларнинг хазонрезгиси.
Қуёш узоқлашиб борар заминдан,
Учиб кетаётган қушлар сингари.
Кундуз қисқа бўлиб боради тундан
Дарахт либос ташлар кун ўтган сари.
Сойлар шарқирамай оқмоқдадирлар,
Тоғлар хоҳламайин кутади қорни...
Сариқликни кийган кўҳна адирлар,
Лолани соғиниб қўмсар баҳорни.
Тонг билан туш вақтни ажратиш қийин.
Хаёлим мисоли тўзғир ер-осмон.
Шамол олиб келган ғуборни кейин
Ёмғир ювиб кетар аллақай томон...
Лекин кетармикин бу билан ғашлик?
Кўнгил махзунликка бўлганми сургун?
Ахир ғаниматдир бебаҳо ёшлик,
Кетдик, қалб, истиқбол тарафга юргин!

Атрофни эгаллаб олгани етмай,
Дилга ҳам хазинлик келтирмоқда куз...


©

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Mart 2009, 02:35:51

Erkinjon Iminov (ERKINJON) 

Hayot nogoh sinovga tortsa,
Baxtli-baxtsiz kunlar boshlansa.
Dardlaringdan ko`zin yoshlansa,
Mendek do`stingni eslarmikinsan?
Bir kun kelib amaling oshsa,
Amalinga hushtor do`stlaring oshsa,
Ularning davrasi o`ziga tortsa,
Mendek DO`STINGni eslarmikinsan?
Jondan aziz sevganing yoningda bo`lsa,
Shiringina farzanding jilmayib kulsa,
Ko`zlarning baxtingdan porlab tursa,
Mendek DO`STINGni eslarmikinsan?

Qayd etilgan


Mas'ud  16 May 2009, 17:55:22

Шамол... Қуюқ булут... Ксркам хиёбон,
Майсада стириб сйга толаман.
Ксзимни бир зумга юмиб, ногаҳон,
Узоқ-узоқларга кетиб қоламан.

Аеча йил ғам билан ҳамхона бслдим,
Ичим тимдалади армон қанча вақт.
Ҳар баҳор ундим-у, гулламай сслдим,
А­шигимни қоқиб ҳеч келмади бахт.

Шамолдек шиддат-ла умр стмоқда,
Бир зум тсхтатишга сира йсқ илож...
Билмам, срта мени нелар кутмоқда,
А­й, тақдир ёзиғи, сирларингни оч!

Қуюқ булутларга айланган қалбим,
Маъносиз стмишдан бслгандек мажруҳ.
Мавҳум дунёлардан тсйиб кетиб, жим,
Тубсизлик тубига кетиб қолар руҳ...

..Хорғин сйларимдан чарчаб кетиб сснг,
Ксзларимни очдим...
Ором топди жон.
Ажиб хисларимни аста уйғотиб,
Аажотдек туюлди сшил хиёбон...

Шамол... Қуюқ булут... Ксркам хиёбон...



Масъуд
16 май... Лондон

Qayd etilgan