Yurtimiz shaharlari haqida she'rlar  ( 66768 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Robiya  28 Mart 2008, 12:03:22

Qo'qonliklar

Saxiylik majlisin nozik, sarafrozi qo’qonliklar,
Sarafrozlik jahonni ya’ni mumtozi qo’qonliklar.

Sharaflik she’riyat bo’stonining sermeva bog’boni,
Go’zal san’at parisin husni, pardozi qo’qonliklar.

Hunarmand, nuktadon, hozirjavobu xulqi xush, dono,
Mazoqlik azkiyo ilmining ustozi qo’qonliklar.

G’azal shaydolari ham, behisob bulbulnavolar ko’p,
Vatan xushxonalarining shirin ovozi qo’qonliklar.

Muhandis, mo’yqalam naqqoshlar ham qilni qirq yorgay,
Bilim Aflotunin hamfikri, damsozi qo’qonliklar.

Shirin so’z, mehribon mahmonnavozu odamiylikning,
Ulug’ to’yxonasin sho’x yangragan sozi qo’qonliklar.

Salomat yashnasin xalqi, bo’lib obod bu iqlim,
Halol mehnat jamoli, davr e’zozi qo’qonliklar.

Qishi go’yo bahoriston, kuzi lazzatli bog’iston,
Shinam fasli hamisha Chustiyning yozi qo’qonliklar.



Qayd etilgan


Robiya  28 Mart 2008, 12:04:21

Farg'ona

Qabul etgil salomim otashin, mardona Farg’ona,
Qo’lim ko’ksimda yuz ming ofarin, mardona Farg’ona.

Jamolingdan ko’zim uzsam tushar dilga qorong’ulik,
Ko’ray doim yuzingning jilvasin, mardona Farg’ona.

Ajoyib xush havo ham sen, go’zal doril shifo ham sen,
Elingning suhbati undan shirin, mardona Farg’ona.

Qalamkashlar, muhandislar, munajjimlar makoni sen,
O’qib ko’rdim zamona daftarin, mardona Farg’ona.

Oq oltindan uyubsen gumbaziy davorlar qancha,
Bu kun hayratda qo’yding yer sharin, mardona Farg’ona.

Libosu oshu nonu turli ne’mat berdingu ammo,
Deding, bu arzimas, ey kamtarin, mardona Farg’ona.

Salomimni qabul aylab dedingkim, xush kelibdursen,
Buning ming yil surarmen nash’asin, mardona Farg’ona.

Yozib ta’riflaring jon boricha, Chustiy, rizo aylay,
Dedim ta’zim ila, ming ofarin, mardona Farg’ona.


Qayd etilgan


Robiya  26 Noyabr 2009, 15:59:23

"¦ Yurak qonidan

Deydilar:
Buxoro devorin loyi,
Keltirilgan emish o’zga ellardan.
Shu bois amiri, aksar hokimi,
Tayinlangan emish kelgindilardan.

Ur-sur, bir-birin talash-taloshni,
Men emas, Siz emas, bilar osmon ham.
O’zi o’z bo’lmagach, o’zgaga oshin,
Oldirib qo’ygandan kular cho’pon ham.

Bu-ku ayon qismat, lekin men bugun,
Shahrim devorining loyin o’yladim.
Yo’qmi bu mish-mishda chigak bir tugun,
Deya yuragimga bo’zlab so’yladim.

Narshaxiy bobomiz yozganlar axir:
"œBuxoro yerida oltin bitgay",deb.
Bu tuproq zarrasi misli javohir,
Shunday unumdorki, tizzang botgay", deb"¦

Illo, odamzotni yaratar chog’da,
Bu joydan bir hovuch xok olgan Alloh.
Uni yurak qilib, insoni a’zam,
Ko’ksiga joylagan sochsin deb ziyo"¦

Bu — ulug’ Valiylar so’zi — iqrori,
Inchunun, haqni rad etmoq gunohdir.
Demakki, shahrimning toshirib sho’rin,
Yurganlar — kelgindi amir, shohlardir.

Ular siymu zar deb ne-ne yolg’onni,
To’qib-tarqatganlar kechib iymondan.
Rost gap shu: qad kergan qal’a devori,
Buxoro xalqining yurak qonidan"¦


Qayd etilgan


Robiya  26 Noyabr 2009, 15:59:48

Kipriging — la xokin o’p

Buxoroga kirar bo’lsang, etigingni yechib kir,
Xayollaring shaffof etib, yuragingni ochib kir.
Har gardini ko’zga surib, sof tilaging sochib kir,
Ulug’larning ruhi sendan to abad rozi bo’lsin.

Buxoroni kezar bo’lsang, Iymonni hamroh ayla,
Nigohlaring shuur yoqsin, Qur’onni hamroh ayla.
Qadam bossang, gullar qo’ygin, rayhonni hamroh ayla,
Bu sajdagoh shahidlarin go’rlari nurga to’lsin.

Buxoroni sevar bo’lsang, kipriging — la xokin o’p,
Mehroblarin, ravoqlarin, girihlarin, toqin o’p,
"œAlloh" so’zi naqsh etilgan gumbazlar xol-xatin o’p —
Ki bu Sharif yurtning mehri qalbingda muhrlansin"¦


Qayd etilgan


Robiya  26 Noyabr 2009, 16:00:07

Avliyo shahar.

Buxoroyi sharifda do’stim,
Yashamoqning o’zi buyuk baxt.
Murodiga yetolmas hech kim,
Bunda yursa loqayd yo karaxt.

Beshikdan to qabrga qadar,
Kim iymonin toza tutmasa.
Alloh nomin har shom, har sahar,
Yuragiga muhr etmasa,

Bo’lsin mulkdor, bo’lsin amaldor,
Dunyoni ham so’rab tursa ul.
Barcha jahdu javloni bekor,
Barcha ilmu amali bir pul.

Bu xudojo’y zaminning axir,
Har burchida pok ruhlar kezar.
Qadamimiz to’g’rimi, egri —
Ular bizni har on kuzatar"¦

Nigohimiz sofdirki, egam
Bizni suyar to ro’zi mahshar.
Shu boisdan Buxoroni ham,
Demoq kerak Avliyo shahar"¦


Qayd etilgan


Robiya  26 Noyabr 2009, 16:00:32

Iftixorim

Qadim Buxoroning qoq o’rtasida,
Qad kergan basavlat minori Kalon.
Shu buyuk obida aqlu shuurning,
Gultoji ekanin biladi jahon.

Menga iftixordir ushub tosh tug’yon,
Unga boqib doim o’lchayman bo’yim.
Bag’ridan taralsa har sahar azon,
Ruhiy tahoratdan soflanar o’yim"¦


She'rlar muallifi - Toshpo'lat Ahmad

Qayd etilgan


JaviK  22 Fevral 2010, 12:01:14

Andijon

Qani bog`ishamol kezgan yellaring
qirlarda kekkaygan qirg`ovullarin
Eslab ezilmasmu endi dillarin
Ming yillik chinorlar bo`ldiku o`tin
Qoshu qabog`innga to`ldiku tutun
Soyingda qoldimi suving bir qultum
Nega yig`lamaysan ahli andijon.
Rizqu ro`zini sochib aylanar falak
Sen esa dalangdsa topolmay halak
Bolanga berganing bitta handalak
Nega yig`lamaysan ahli andijon.
Naxoringda paxta shomingda paxta
Ayvoningda paxta tomingda paxta
Oqar suv bo`lib qoningda paxta
Nega yig`lamaysan ahli andijon.
Qirq yil chorla go`rdan chiqmaydi Bobur
Chiqsa ham bag`ringa sig`maydi Bobur
Xindu quchog`ida uxlaydi Bobur
Nega yig`lamaysan ahli andijon?
Qayinzor qaridan uzildi bir o`q
Yurakda dog` qoldi, yurakda bir cho`g`
Cho`lponing bor edi, cho`lpon endi yo`q
Nega yig`lamaysan ahli andijon?
Bulbulzabonlaring
xazon yopdimi
Dunyo ularning xech
tengin topdimi
Muhammad Yusufing
Shoir bo`ptimi?..
Nega yig`lamaysan
ahli andijon?
 

Qayd etilgan


Ansora  17 Sentyabr 2010, 14:31:13

ФАА ҒОАА

Лахтазорда сув тарарди қслида кетмон била,
Феъли кенглик баҳс старди чеки йсқ осмон била,
Аскис айтиб куларди гоҳида меҳмон била,
Олам аҳли билмагай ҳеч бундайин мардонани.

Ссзни нозик ҳис стилмас ҳеч бир слда бунчалик,
Тобланибди меҳнат ила гармселда бунчалик,
Йслда ҳормоқ билмас асло — нони белда, бунчалик
Ксрмаганман турфа хислат тсплаган фарзонани.

Майли, менга сз сирини очмаса ҳам Ахсикат,
Хотирамда тиклагайман унга монанд мамлакат,
Ерни севган слни ксрдим бир-бирига ҳамжиҳат,
Ҳар қадамда учратар ким изласа дурдонани.

«Соси ғамда қолибман, кулфатимдир беҳисоб,
Тегмади ман заррани бошиға ҳаргиз офтоб»1.
Ошиқ ҳолин шарҳ старди боғда ҳофизу рубоб,
Мен ҳам унга жср бслардим тслдириб чойхонани.

Журжи Зайдон тасвир стган, бунда, оташхона йсқ,
Ўтга арзи ҳолин айтган битта ҳам мағона йсқ,
Фонийи мағоналарга нил бсёқ соғона йсқ,
Дилкушо водийки, сслатгай сшил кошонани.

А­л ичида номи қутлуғ фанда Фарғоний қадар,
Бунда ҳар деҳқон мусаввир касбида Моний қадар,
Бир умрга бслдим ошиқ Шайх Санъоний қадар,
Билмадим, қандай сшардим севмасам Фарғонани.

Ma'ruf Jalil

____________________
1. Ҳувайдо ғазалидан.

Qayd etilgan


Ansora  21 Sentyabr 2010, 14:01:37

ТОШКЕАТГА

А­й қадим Туроннинг валломат шаҳри,
Икки минг ёшингни қутлайман бугун.
Сен ҳар бир сзбекнинг безовта фахри,
Ғурури, умиди бслганинг учун.

Сен ҳар бир сзбекнинг қалбида борсан,
Отаси, онаси, фарзанди каби.
Деҳқон интилгандай қишда баҳорга,
Сен билан боғлиқдир сзгу матлаби.

Сенга интилади гоҳ тушларида
Ларвоз қилганлар ҳам, қилмаганлар ҳам.
Сенга интилади турмушларида
А оҳат ксрганлар ҳам, ксрмаганлар ҳам.

Хаёл ё амалда сенга интилар,
Қалбан юксалади интилган сари.
Сени снг муқаддас манзил деб билар,
Денгизга оқувчи дарё сингари.

Халқ ақлу закосин гули бундадир,
Бундадир истиқбол мухандислари.
Ҳамма нарса аён, ҳамма нарса сир,
Бунда ранг-барангдир қувонч туслари.

Тошкент сшамокда халққа интилиб,
Халқим сз бахтини ксргандай унда.
Ўтмиш сабоқларин мухтасар қилиб,
А­ртани сйлайди оқиллар бунда.

Ma'ruf Jalil

Qayd etilgan


Ansora  21 Sentyabr 2010, 14:01:56

ТАА ИХИАГ ВАА АҚЛАБ
(Бухорога)


Тарихинг варақлаб
Ҳар саҳифада
Битта буюкликни ксриб бегумон,
Лешонамга уриб ҳар дақиқада,
Аоилож ҳолимга қиламан армон.

Заволга юз тутган кошоналар ҳам
Ҳамон ақлимизни срайди нурга.
Ҳайрон бслмасликка ожиздир одам,
Ае қилай, ҳар ғиштда дуч келсам сирга.

Менга озор берар битта муаммо,
Бир андиша мени қийнайди ҳар дам.
Мен сна тарихдан топдим бир мавзу,
Буюклик ҳақида бундай мавзу кам.

Фикримни кишанлаб қсймаган ҳеч ким,
Ушлаб тургани йсқ ҳеч ким қслимни.
Аммо тарк стмайди дилимни ваҳм,
Қсрқув торайтириб турар йслимни.

Тилингда милт стган шуълани ксрса,
Ажални ксргандай гсдакда,
Шошиб
Уч бошли аждардай тутарди сққа.
Аки слдирарди стик-ла босиб.

Хайрист, сзгариб замон оқими,
Ваҳима тсрини ташлади узиб.
Елкадан ағдариб қсрқув тоғини,
Қаддимни тикладим енгиллик сезиб.

Тарихинг варақлаб —
Ҳар саҳифада —
Битта буюкликни ксриб бегумон,
Лешонамга уриб ҳар дақиқада,
Аоилож ҳолимга қилардим армон.

Ma'ruf Jalil

Qayd etilgan