8. Avvalgi qa’dada tashahhudni o‘qib bo‘lgach, kechiktirmay uchinchi rakatga turish. Kechikish, deganda uch tasbehni aytish miqdoricha to‘xtab qolishga aytiladi. (Yoki tashahhuddan so‘ng o‘qiladigan salovotdan bir ma’noni ifodalaydigan miqdorda o‘qib bo‘lishga aytiladi. Agar «Allohumma solli ‘ala Muhammad», deb qo‘ysa, kechikkan bo‘ladi. Chunki bu kalimada to‘liq ma’no bor. Lekin «Allohumma solli ‘ala», desa-yu, uchinchi rakatga turish esiga tushib qolsa, u kechikkan hisoblanmaydi. Balki o‘rnidan turib, keyingi rakatnidavom ettirsa, vojibni tarketmagan bo‘ladi... - tarj.)
9. Namozni ikki tomonga salom berish bilan tugatish. Salom yelkaga to‘la yuzlangach, beriladi.
10. Jahriy o‘qiladigan namozlarni imom jahriy o‘qimoqligi va maxfiy o‘qish lozim bo‘lgan namozlarda qiroatni maxfiy qilmoqligi. Shom va xuftonning avvalgi ikki rakatida, bomdod va jumada, ikki hayit namozida, taroveh namozida va ramazon oyida o‘qiladigan vitrning barcha rakatida qiroatni imom jahriy qiladi. Ammo yolg‘iz o‘zi o‘qiydigan kishiga mazkur shom, xufton, bomdod, taroveh, ramazondagi vitr namozlarida qiroatni maxfiy yoki jahriy qilishlik ixtiyori beriladi. Lekin jahriy o‘qishi afzal bo‘ladi. Peshin va asrda, shom bilan xuftonning keyingi ikki rakatida, ramazondan boshqa paytlardagi vitrning barcha rakatlarida qiroatni imom ham, yolg‘iz o‘quvchi ham maxfiy qiladi.
Ushbu zikr qilingan vojiblardan birini esdan chiqarib tark etgan kishiga namoz oxirida esdan chiqarganlik sajdasini qilish vojib bo‘ladi. Oxirgi qa’dada tashahhudni o‘qib, so‘ng o‘ng tomoniga salom beradi. Keyin ikki bor sajda qilib, yana tashahhud duosini va salovoti Ibrohimiyyani o‘qiydi, so‘ngra sunnatda sobit bo‘lgan duolarni aytib, ikki tomonga salom beradi. Mana shu bilan vojibni tark qilish orqali namozga yetgan nuqsonning o‘rni to‘ldiriladi. (Namozdagi vojiblardan birini qasddan tark qilgan kishi namozini qaytaribo‘qib olishi ma’quldir... - tarj.)