Odamzodning abadiy dushmani!  ( 23611 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Laylo  19 Iyun 2006, 04:58:15

Muslimasubh yozadilar:

As-Salomu Alaykum ,birodarlar,
Odamzodning abadiy dushmani bo'lmish shaytonning hiylalarini yozib bir-birimizni bu haqda ogoh etaylik, yana bilmagan narsalarimizda g'aflatda qolmaylik!
Shaytonga nisbatan insonlarda nafrat uyg'otaylik, chunki u har tomondan kelib odamlarni do'zzaxga yetaklaydi!
Alloh iymonimizni o'z hifzu-himoyasida asrasin!

Qayd etilgan


Laylo  19 Iyun 2006, 04:58:26

Alloh taolo Iblisni Hz.Odamga sajda qilmagani uchun Jannatdan haydadi.Chunki u kofir bo’ldi va kibrlandi,shuning uchun Alloh taolo uning avf etmagan va tavbasini qabul qilmagandi.Holbuki Hz.Odamni avf etib, uning tavbasini qabul qilishni buyurgandi. Chunki Odam-Salom unga—nafsining aybdorligini tan olgan va afsus-nadomatlar qilib,nafsini koyigan edi.Hz. Odam pushaymon bo’ldi. Qat’ian tavba qilib, Rabbining avfini tiladi. Allohning rahmatidan also umid uzmadi.Shuning uchun Rabbimiz buyuradi:
-(Ey, Muhammad), mening o’z jonlariga haddan ziyod zulm qilgan bandalarimga ayting:"Allohning rahmatidan umid uzmanglar! Albatta, Alloh (o’zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag’firat qilur. Albatta, uning o’zigina mag’firatli, mehribondir".
Holbuki, Iblis o’z nafsining aybdorligini tan olmadi, qilgan ishiga afsuslanmadi va nafsiga tanbih bermadi.Tezda tavba qilib, Allohning avfini so’rash yo’liga yurmadi. Allohning rahmatidan umidini uzdi, kibrlandi.
Kimki Iblisday harakat qilsa, tavbasi qabul qilinmaydi. Kimki Hz. Odamday harakat qilsa Alloh uning tavbasini qabul qiladi. CHunki nafsning shahvoniy havasidan yuzaga kelgan gunoh avf etilishidan umid qilsa bo’ladi. Kibr va manmanlikdan yuzaga kelgan gunohning esa avf etilishidan umid yo’q. Hz. Odamning gunohi nafsning shahvoniy orzusi tufayli yuz bergandi. Iblisning gunohi esa kibr va manmanlikdandir.

Qayd etilgan


Laylo  19 Iyun 2006, 04:58:52

Mubashhir yozadilar:

Assalamu alaykum wr wb!Juda ham hayrli ishga qo'l uribsiz,sizdan Alloh rozi bo'lsin.Hammamizni shaytoni lainni va nafsimizni yomonligidan Alloh o'z himoyasiga olsin.Men ham insonni abadiy dushmani haqida o'qiganlarimni sizlarga ham bildirmoqchiman.Quyidagi voqeliklar "Shayton hiylalari"kitobidan olingan.
Ibn Abbos r.a.dan Muoz ibn Jabalr.a. rivoyat qiladilar.
Bir kuni R.s.a.v.bilan suhbatlashib o'tirganimizda tashqaridan ovoz keldi:" Ey, ichkaridagilar.Uyga kirishimga ruhsat beringiz,sizlar ila ko'rishmog'im lozim,dedi."
Hamma darhol R.s.a.v.ga qaradi.Ul zot:" Bu kelgan kimligini bilasizlarmi", dedilar.Biz odatdagidek javobni berdik.Ul zot u shaytondir dedilar. Shunda Umar r.a. Ey Rasululloh s.a.v. ruhsat bering uni o'ldirayin dedi.R.s.a.v.
"Yo'q uni o'ldirma u bu yerga kelishi uchun Allohdan buyruq olgan",dedilar.Sahobalar eshikni ochishdi.La'in uyga kirdi.R.s.a.v. bilan uni o'rtasida savol javob boshlandi.R.s.a.v. savol berardilar shayton esa javob berardi.
- Allohni mahluqlari ichida yomon ko'rganing kim?
- Siz ey, Muhammad s.a.v.
- Mendan keyin kimni yomon ko'rasan?
- Taqvodor yosh mo'minni.
- Yana kimni yomon ko'rasan?
- Shubhali ishlardan uzoq bo'lgan olimni.
- Keyin-chi?
- Kambag'alligidan hech kimga shikoyat qilmaydigan faqirni.
- Keyin-chi?
- Shukr qiluvchi boyni.
- Mening ummatim namozga turganida holing ne kechadi
- Yo, Muhammad meni istima tutadi va titrayman.
- Ro'za tutgan vaqtida nima qilasan?
- U vaqtda men bog'lanaman.
- Haj qilganlarida holing ne kechadi?
- U zamon aqldan ozaman.
- Qur'on o'qiganlaridachi?
- U vaqtda men olova eriyman.
- Sadaqa berganlaridachi?
- Sadaqa beruvchi qo'l meni arra bilan ikkiga bo'ladi.
- Abu Bakr haqida nima deysan?
- U menga johiliyatda ham itoat qilmagan,islomdaligida menga qanday itoat qilsin.
- Umar ibn Hattob haqidachi?
- Allohga qasamki,qaerda uni ko'rsam undan qochaman.
- Usmon ibn Affon haqida-chi?
- Undan juda uyalaman.Undan farishtalar ham uyalishadi
- Ali haqida-chi?
- Oh,uning qo'lidan qutulolsam,menku uni holi qo'yaman,lekin u meni holi qo'yma
R.s.a.v.ning savollari tugaganidan so'ng shaytonga qarab dedilar:" Ey, la'in ummatimga saodat ehson qil,seni to qiyomatgacha buzg'unchi qilgan Allohga hamd bo'lsin.
Iblis hitob qildi:" Hayhot, ummatingizni saodati qani,men tirik ekanman sizning ko'nglingiz qanday qilib ummatingizdan to'q bo'lsin?Men ularning qon yo'llariga kiraman,etlariga singib ketaman.Allohga qasamki men ularni barchasini yo'ldan ozdiraman.Ularni hech biri mendan qutulolmaydiFaqat ALLohni holis qullarini yo'ldan ozdirolmayman.Bu holis qullar mol-dunyoni,maqtalishni va madh etilishni sevmaydilar.Shundan uning ihlos sohibi ekanini bilaman va uni tashlab qochaman.Kimki mol dunyoni,maqtalishni sevsa,qalbi dunyo orzulari ila to'lib toshsa va unga bog'lanib qolsa menga ko'p itoat qiluvchilardan bo'ladi.
Bilmaysizmi,ey Muhammad,mol sevgisi gunohlarni kattasidir.Bosh bo'lish o'zini katta tutish sevgisi esa katta gunohlarni eng kattasidir.Bilmaysizmi meni yetmish ming bolam bor,har bir bolam bilan yana yetmish ming shayton bor.Ularni bir qismini mashoyihlarga,bir qismini keksa hotinlarga, bir qismini yoshlarga va bolalarga yana bir qismini obidlarga bir qismini zohidlarga yuborganman.Shayton ularni qo'yniga kirib ularni har kuyga soladi.Shunday qilib ularni ihlosini olaman.Bunday holga tushsalar ibodatlarini ihlossiz qiladilar,lekin bu holatlarini o'zlari bilmaydilar.Bilmaysizmi,rohib Barsisani yo'ldan ozdirganimni.U yetmish yil Allohga ibodat qildi,bu ibodatlari natijasida har duo qilganida kasallar shifo topardi.Uning orqasiga tushdim hech holi qo'ymadim,oqibatda zino qildi,qotil bo'ldi,ohiri kufrga ketdi.Shayton keyin ba'zi yomon fe'llar haqida so'z boshlab,ulardan qanday qilib foydalanishini gapira ketdi.
Alloh hammamizni shaytonni sharridan O'z hifzu himoyasida saqlasin. Amiyn.
Keyinroq Alloh nasib qilsa shayton bizdagi yomon fe'llardan qanday foydalanishi haqida yozishga harakat qilaman.Agar hatoliklar bolsa Alloh mag'firat qilsin.

Qayd etilgan


Laylo  19 Iyun 2006, 04:59:07

Assalamu alaykum wr wb!
Shaytoni la'inni Muhammad s.a.v.ga deganlari.
-- Bilmaysizmi,Ey Muhammad,yolg'on mendandir va ilk yolg'on so'zlagan ham mendirman.Kimki yolg'on so'zlasa u mening do'stimdir.Kimki yo'lg'on qasam ichsa u mening sevgilimdir.Birinchi yo'lg'on qasam ichgan ham mendirman.Men Odamga va Havvoga:" Muhaqqaq men sizga nasihat qilyapman"(7:16) deb yo'lgon qasam ichdim va ularga "nasihat"qildim.Chunki yolg'on qasam ichinsh meni ko'nglimning rohatidir.G'iybat va fitnaga kelsak, bular meni mevalarim va bayramimdir.
Shaytonga do'st bo'lib qolishlikdan Alloh o'z panohida asrasin.

Qayd etilgan


Laylo  19 Iyun 2006, 04:59:44

Mubashshir yozadilar:

Shaytoni la'inni namoz haqida R.s.a.v. ga deganlari

-- Ey,Muhammad,bilmaysizmi,kim namozga turmoqchi bo'lsa darrov uni vasvasa qilaman:"hali vaqt bor sen bandsan hozircha ishingni qila tur keyin o'qirsan".Natijada u namozini vaqti tugagandan keyin uqiydi.shu sababdan uni namozi qabul bulmaydi.Agar u meni maglub qilsa unga inson "shaytonlardan"birini yuboraman.U esa namozini uz vaqtida uqishdan uni chalgitadi.Agar bunda ham yutib chiqsa namoz uriyotgan vaqtida ishga kirishaman.ungga qara chapga qara,deb avrayman.U ham qaraydi.keyin peshonasidan silab upib quyaman.sen abadiy yaramas bir ish qilding deb uni huzurini buzaman.Siz bilasiz, Muhammad, kim namozda u yoq bu yoqqa qarasa namozu qabul bulmaydi.Bunda ham men yutqazsam bir uzi namoz uqiyotganida oldiga boraman namozni tez-tez uqishni buyuraman.Bu ishni-da qildirolmasam bu safar jamoat ila uqiyotganida yoniga boraman.Boshini ruku va sajdadan imomdan oldin kutarishini buyuraman.Agar u meni deganimni qilsa Qiyomatda Alloh uni boshini eshak boshiga aylantiradi.Yana men mag'lub bulsam bu gal unga barmoqlarini qirsillatishini buyuraman agar buni unga namozda qildirolsam u menga tasbeh aytayotgan buladi.Bunda ham u g'olib kelsa unga yaqin boramanda buriniga puflayman.men puflasam u esnaydi shu esnaganida og'zini quli bilan yopmasa uni ichiga kichik bir shaytoncha kiradi va unda dunyo hirsini dunyoviy orzu istaklarni bog'larini kupaytiradi.Mana shundan keyin u kimsa doim aytganlarimizni qiladi.Siz ummatingizni qanday saodatidan umidvorsiz,nimasidan hotiringiz jam?men ularga ne-ne tuzoqlar quyaman...miskinlaringiz oldiga boraman namoz uqishni tashlanglar deyman namoz Alloh boylik va tuqlik bergan bandalari uchun deyman.Keyin kasallaringiz oldiga boraman namoz uqima,chunki Alloh "hastalarni majburlash yo'q"(24:61)deb buyurgan tuzalganingdan keyin uqirsan deyman,oqibatda u namozni tashlaydi hatto kufrga ham ketadi.Ey,Muhammad agar men so'zlarim yolg'on bulsa Allohdan so'rang meni kulga aylantirsin.Siz ummatingiz holida hotiringiz jammi?Holbuki men ularni oltidan birini dinidan chiqaraman.R.s.a.v. shaytonga qisqa savollar bera boshladilar.....

Davomi bor.....

Qayd etilgan


Laylo  19 Iyun 2006, 05:00:00

Davomi...

R.s.a.v. shaytonga qisqa-qisqa savollar bera boshladilar.
--Ey,la'in,sen o'tirganingda do'sting kim?
--Foiz oluvchi.
-- Do'sting kim?
--Zino qiluvchi.
--Yotoqda do'sting kim?
--Mast,sarhush,aroq ichuvchi.
--Mehmoning kim?
--O'g'ri.
-- Elching kim?
-- Sehrgarlar.
-- Ko'zingni nuri nima?
-- Taloq.
-- Sevgiling kim?
-- Juma namozini tashlaganlar.
-- Seni nima hafa qiladi?
-- Alloh yo'lida jihodda chopgan otlarni kishnashlari.
-- Jismingni nima eritadi?
-- Tavba qilganlarni tavbasi.
-- Jigaringni nima parchalaydi?
-- Allohga qilingan istig'for.
-- Yuzingni nima burishtiradi?
-- Yashirin berilgan sadaqa.
-- Ko'zingni nima ko'r qiladi.
--Yarim kechada o'qilgan namoz.
-- Boshingni nima egadi?
-- Jamoat bilan o'qilgan namoz.
-- Ishingdan nima chalg'itadi?
--Ulamolar majlisi.
-- Ovqatni qanday yeysan?
-- Chap qo'lim va barmaqlarim uchi bilan.
-- Bolalaringni qayerda saqlaysan?
-- Insonlarning Tirnoqlari orasida.
-- Robbingdan nimalar talab qilding?
-- O'nta narsa talab qildim.
-- Ular nimalar ekan ey,la'in?.....
Davomi bor....

Qayd etilgan


Laylo  19 Iyun 2006, 05:00:18

Muslimasubh:

Nuhto'foni boshlandi. Nuh alayhissalom kemasiga oladiganlarni oldi, shu orada shayton ham kelib, Nuh a.s.ning kemasiga chiqmoqchi bo'ldi. Nuh a.s. unga:
-Sen kimsan, men seni tanimayapman,-dedi.
-Men shaytonman,-dedi iblis. Nuh a.s.:
-Sen mendan nimani hohlaysan?-dedi.
-Meni avf etishni Janob Haqdan iltijo qiling,-dedi shayton. Shu payt Janobi Haq Nuh a.s. ga vahiy yubordi:
-Yo Nuh! Unga ayt! Agar borib, Odamning qabrini ziyorat etib, sajda qilsa, kechiraman,-dedi. Nuh a.s. bu buyruqni shaytonga tushuntirganida, bunday e'tiroz qildi:
-Odam tirikligida sajda qilmagan, Odam o'liligida sajda qilamanmi?-dedi.
Shayton shaytonligini qildi.
Shayton Odam bolasiga ochiqdan-ochiq dushmandir, insonlarga dushmandir. Alloh barchamizni , shu jumladan Muhammad s.a.v. ummatlarini ham jin shaytonidan hamda inson shaytonligining qabihliklaridan asrasin! Omin! (Hikmatlar hazinasi kitobidan)

Qayd etilgan


Laylo  19 Iyun 2006, 05:00:52

Noza yozadilar:

Davomi...

...-- Mana bular: 1.Ollohdan menga odam o’g’illarining moliga va avlodiga sherik qilasan, deb tiladim. Bu talabimni qabul qildi: "œUlarga sherik bo’l. mollariga va bolalariga. Ularga va’da ber. Holbuki, shayton ularga eng ko’p g’urur berur"¦" (17:64), dedi Robbim. "œBismilloh" siz so’yilgan hayvonning go’shtini yeyman, foiz va harom aralashgan ovqatlardan yeyman. Shaytondan qochib Allohga sig’inilmagan ("œA’uzu"¦"deyilmagan) molining ham sherigiman.
Jinsiy aloqa vaqtida mendan panoh tilab Ollohga sig’inagan odam bilan birga ayoliga yaqinlik qilaman. Va bu yaqinlikdan, birlashuvdan paydo bo’lgan bola bizga itoat etadigan, so’zimizni bajaradigan bo’ladi.
Kimki hayvonga minar ekan, halol yo’lni emas, aksincha harom yo’lni hohlab minsa, men ham u bilan birga minaman. Bu esa oyati karima bilansobitdir: "œ"¦Ularning ustiga otliq va piyoda (lashkarlaringni) tort, topgan mol-davlat va bola-chaqalarida ularga sherik bo’l (ya’ni, ularni haromdan mol-dunyo va bola-chaq ortirishga unda), ularga (yolg’on) va’dalar qil". Darhaqiqat shayton ularga faqat aldov-yolg’on narsalarnigina va’da qilur" (17:64).
2.Olloh taolodan tiladimki, menga bir uy bersin. Hammomlarni menga uy o’laroq berdi.
3.So’radimki, menga bir masjid bersin. Bozorlarni menga masjid qilib berdi.
4.Menga o’qish uchun kitob berishini istadim, she’rlarni menga o’qish uchun kitob qilib berdi.
5.Xohladimki, menga bir azon bersin. Munojotlar, qo’shiqlar berdi.
6.Tiladimki, menga yotoq do’sti bersin. Mast, sarxushlarni berdi.
7.Istadimki, menga yordamchilar bersin, buning uchun esa qadariyachilarni berdi.
8.Xohladimki, menga birodarlar bersin, mollarini bekorga isrof qiluvchilarni berdi. Yana ma’siyat (gunoh, harom) ishlarga pulini sarflaydiganlarni berdi. Buni esa mana bu oyati jalila isbotlaydi: "œChunki isrof qiluvchilar shaytonlarning birodarlari bo’lgan kimsalardir" (17:27).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buyurdilar:
-Agar so’zlaringni Ollohning kitobidagi oyatlar bilan isbotlamasayding, senga ishonmas edim.
Iblis davom etdi:
-9.Ey Muhammad, Ollohdan tiladimki, men odam bolalarini ko’rayin, ammo ular meni ko’rmasinlar. Bu tilagim ham qabul etildi.
10.So’radimki, odam farzandlarining qon yo’llarini menga yo’l o’laroq ber. Bu istagim ham amalgam oshdi. Shunday qilib men ular orasida pqib turaman, kezaman, qanday istasam shunday aylanib yuraman. Barcha bu istak-xohishlarimni menga berdi va: "œBarchasi berildi senga", dedi Robbim. Va men bu holatlarim bilan faxrlanaman.
Shuni ham qo’shib qo’yayki, men bilan birga bo’lganlar sen bilan birga bo’lganlardan ko’pdir. Mena shunday, odam farzandlarining aksari qismi qiyomatgacha men bilan birga bo’ladilar.

Qayd etilgan


Laylo  19 Iyun 2006, 05:01:25

Rohatoy yozadilar:

Shayton so’zida davom etdi:
- Mening Ateme ismli o’g’lim bor. Bir banda xufton namozini o’qimasdan uhlab qolsa, oldiga borib qulog’iga siyadi. Agar shunday qilinmasa, imkon yo’q, insonlar namozlarini ado qilmasdan uxlamas edilar.
Yana bir Mutakazi ismli o’g’lim bo, uning vazifasi mahfiy solih amallarni oshkor qilishdir. Masalan, bir banda yashirincha bir ibodat bajarsa va bu ishga yashirincha xarakat qilsa, Mutakazi uni turtadi. Oqibatda u yashirin amalining tarqalishiga va oshkor bo’lishiga muvaffaq bo’ladi. Natijada Olloh Taolo bu amal egasini 100 ta savobidan 99 ini yo’qqa chqaradi, biri qoladi. Chunki bu qul yashirincha bir solih amal bajarsa, unga 100 savob yoziladida.
Mening yana bir Kuhayl ismli o’g’lim bor. Uning vazifasi insonlarning ko’zlarini silashdir. Ayniqsa, ulamo majlislarida va hatib hutba o’qiyotganida, ozgina ko’zlarini siladimi, tamom, mudrab uhlay boshlaydilar. Ulamolarning so’zlarini eshitmaydilar. Natijada hech savob ololmaydilar.
Shayton so’zida davom etdi:
- Qaysi ayol bo’lishidan qat’iy nazar, u turib ketgan joyga shayton o’tiradi. Har bir ayolning quchog’ida albatta shayton bordir. Qaraganlarga ayolni chiroyli qilib ko’rsatadi. Unga ba’zi ishlarni qildiradi, masalan, "œQo’lingni, bilaklaringni tashqariga chiqar, ko’rsat hammaga", deydi. Ayol darhol bu amrni bajaradi. Qo’l — bilaklarini ochib ko’rsatadi. Keyin shayton bu ayolning hayo pardasini tirnoqlari bilan yirtadi.

Qayd etilgan


Laylo  19 Iyun 2006, 05:01:47

Inson va shayton

Ba’zilarga hayron qolasiz. Qilg’ilikni qilib qo’yadi-da, "œbilmay qoldim, shayton yo’ldanurdi", deydi... To’g’ri, odamzot qonida shayton vasvasasi aylanib yurishi-bor gap.
Ammo.. Shunaqangi erkaklar borki, qirqta urg’ochi shaytonni bolalatib tashlaydi. Shunaqangi ayollar borki, qirqta erkak shaytonni aliment to’laydigan qilib qo’yadi...
Hamma aybni shayton sho’rlikka to’nkayvermang!

O'tkir Hoshimov

Qayd etilgan