Молли (9:21) :
Bir kuni R.s.a.v.bilan suhbatlashib o'tirganimizda tashqaridan ovoz
keldi:
"Ey, ichkaridagilar. Uyga kirishimga ruhsat beringiz, sizlar ila
ko'rishmog'im lozim, dedi. "Hamma darhol R.s.a.v.ga qaradi.
Ul zot: "Bu kelgan kimligini bilasizlarmi", dedilar. Biz odatdagidek
javobni berdik.
Ul zot u shaytondir dedilar. Shunda Umar r.a. Ey Rasululloh s.a.v.
ruhsat bering uni o'ldirayin dedi.
R.s.a.v."Yo'q uni o'ldirma u bu yerga kelishi uchun Allohdan buyruq
olgan", dedilar. Sahobalar eshikni ochishdi. La'in uyga kirdi.R.s.a.v.
bilan uni o'rtasida savol javob boshlandi. R.s.a.v. savol berardilar
shayton esa javob berardi.
Allohni mahluqlari ichida yomon ko'rganing kim?
- Siz ey, Muhammad s.a.v.
- Mendan keyin kimni yomon ko'rasan?
- Taqvodor yosh mo'minni.
- Yana kimni yomon ko'rasan?
- Shubhali ishlardan uzoq bo'lgan olimni.
- Keyin-chi?
-Kambag'alligidan hech kimga shikoyat qilmaydigan faqirni.
- Keyin-chi?
- Shukr qiluvchi boyni.
- Mening ummatim namozga turganida holing ne kechadi
- Yo, Muhammad meni istima tutadi va titrayman.
- Ro'za tutgan vaqtida nima qilasan?
- U vaqtda men bog'lanaman.
- Haj qilganlarida holing ne kechadi?
- U zamon aqldan ozaman.
- Qur'on o'qiganlaridachi?
- U vaqtda men olovda eriyman.
- Sadaqa berganlaridachi?
- Sadaqa beruvchi qo'l meni arra bilan ikkiga bo'ladi.
- Abu Bakr haqida nima deysan?
- U menga johiliyatda ham itoat qilmagan,islomdaligida menga qanday
itoat qilsin.
- Umar ibn Hattob haqidachi?
- Allohga qasamki,qaerda uni ko'rsam undan qochaman.
- Usmon ibn Affon haqida-chi?
- Undan juda uyalaman.Undan farishtalar ham uyalishadi
- Ali haqida-chi?
-Oh, uning qo'lidan qutulolsam, menku uni holi qo'yaman, lekin u meni
holi qo'ymaydi.
R.s.a.v.ning savollari tugaganidan so'ng shaytonga qarab dedilar:" Ey,
la'in ummatimga saodat ehson qil,seni to qiyomatgacha buzg'unchi qilgan
Allohga hamd bo'lsin. Bilmaysizmi,ey Muhammad, mol sevgisi gunohlarni
kattasidir. Bosh bo'lish o'zini katta tutish sevgisi esa katta
gunohlarni eng kattasidir. Bilmaysizmi meni yetmish ming bolam bor, har bir
bolam bilan yana yetmish ming shayton bor. Ularni bir qismini
mashoyihlarga, bir qismini keksa hotinlarga, bir qismini yoshlarga va bolalarga yana
bir qismini obidlarga bir qismini zohidlarga yuborganman. Shayton
ularni qo'yniga kirib ularni har kuyga soladi. Shunday qilib ularni ihlosini
olaman. Bunday holga tushsalar ibodatlarini ihlossiz qiladilar, lekin
bu holatlarini o'zlari bilmaydilar. Bilmaysizmi, rohib Barsisani yo'ldan
ozdirganimni. U yetmish yil Allohga ibodat qildi, bu ibodatlari
natijasida har duo qilganida kasallar shifo topardi. Uning orqasiga tushdim
hech holi qo'ymadim, oqibatda zino qildi, qotil bo'ldi, ohiri kufrga
ketdi. Shayton keyin ba'zi yomon fe'llar haqida so'z boshlab, ulardan
qanday qilib foydalanishini gapira ketdi. Shaytoni la'inni Muhammad s.a.v.ga
deganlari.
-- Bilmaysizmi,Ey Muhammad,yolg'on mendandir va ilk yolg'on so'zlagan
ham mendirman. Kimki yolg'on so'zlasa u mening do'stimdir.Kimki yo'lg'on
qasam ichsa u mening sevgilimdir.Birinchi yo'lg'on qasam ichgan ham
mendirman. Men Odamga va Havvoga:" Muhaqqaq men sizga nasihat
qilyapman"(7:16) deb yo'lgon qasam ichdim va ularga "nasihat"qildim. Chunki yolg'on
qasam ichish meni ko'nglimning rohatidir.
--G'iybat va fitnaga kelsak, bular meni mevalarim va bayramimdir.
Shaytonga do'st bo'lib qolishlikdan Alloh o'z panohida asrasin.
--Ey, Muhammad, bilmaysizmi, kim namozga turmoqchi bo'lsa darrov uni
vasvasa qilaman: "hali vaqt bor sen bandsan hozircha ishingni qila tur
keyin o'qirsan". Natijada u namozini vaqti tugagandan keyin uqiydi. shu
sababdan uni namozi qabul bulmaydi. Agar u meni maglub qilsa unga inson
"shaytonlardan" birini yuboraman. U esa namozini uz vaqtida uqishdan
uni chalgitadi. Agar bunda ham yutib chiqsa namoz uriyotgan vaqtida ishga
kirishaman. ungga qara chapga qara, deb avrayman. U ham qaraydi. keyin
peshonasidan silab upib quyaman. sen abadiy yaramas bir ish qilding deb
uni huzurini buzaman. Siz bilasiz, Muhammad, kim namozda u yoq bu yoqqa
qarasa namozu qabul bulmaydi. Bunda ham men yutqazsam bir uzi namoz
uqiyotganida oldiga boraman namozni tez-tez uqishni buyuraman. Bu ishni-da
qildirolmasam bu safar jamoat ila uqiyotganida yoniga boraman. Boshini
ruku va sajdadan imomdan oldin kutarishini buyuraman. Agar u meni
deganimni qilsa Qiyomatda Alloh uni boshini eshak boshiga aylantiradi. Yana
men mag'lub bulsam bu gal unga barmoqlarini qirsillatishini buyuraman
agar buni unga namozda qildirolsam u menga tasbeh aytayotgan buladi.
Bunda ham u g'olib kelsa unga yaqin boramanda buriniga puflayman. men
puflasam u esnaydi shu esnaganida og'zini quli bilan yopmasa uni ichiga
kichik bir shaytoncha kiradi va unda dunyo hirsini dunyoviy orzu
istaklarni bog'larini kupaytiradi. Mana shundan keyin u kimsa doim
aytganlarimizni qiladi. Siz ummatingizni qanday saodatidan umidvorsiz,nimasidan
hotiringiz jam? men ularga ne-ne tuzoqlar quyaman...
--miskinlaringiz oldiga boraman namoz uqishni tashlanglar deyman namoz
Alloh boylik va tuqlik bergan bandalari uchun deyman.
--Keyin kasallaringiz oldiga boraman namoz uqima,chunki Alloh
"hastalarni majburlash yo'q"(24:61)deb buyurgan tuzalganingdan keyin uqirsan
deyman,oqibatda u namozni tashlaydi hatto kufrga ham ketadi.
--Ey,Muhammad agar men so'zlarim yolg'on bulsa Allohdan
so'rang meni kulga aylantirsin. Siz ummatingiz holida hotiringiz jammi?
Holbuki men ularni oltidan birini dinidan chiqaraman.R.s.a.v. shaytonga
qisqa savollar bera boshladilar
--Ey,la'in,sen o'tirganingda do'sting kim?
--Foiz oluvchi.
--Do'sting kim?
--Zino qiluvchi.
--Yotoqda do'sting kim?
--Mast,sarhush,aroq ichuvchi.
--Mehmoning kim?
--O'g'ri.
--Elching kim?
--Sehrgarlar.
--Ko'zingni nuri nima?
--Taloq.
--Sevgiling kim?
--Juma namozini tashlaganlar.
--Seni nima hafa qiladi?
--Alloh yo'lida jihodda chopgan otlarni kishnashlari.
--Jismingni nima eritadi?
--Tavba qilganlarni tavbasi.
--Jigaringni nima parchalaydi?
--Allohga qilingan istig'for.
--Yuzingni nima burishtiradi?
--Yashirin berilgan sadaqa.
--Ko'zingni nima ko'r qiladi.
--Yarim kechada o'qilgan namoz.
Boshingni nima egadi?
--Jamoat bilan o'qilgan namoz.
--Ishingdan nima chalg'itadi?
--Ulamolar majlisi.
--Ovqatni qanday yeysan?
--Chap qo'lim va barmoqlarim uchi bilan.
--Bolalaringni qayerda saqlaysan?
--Insonlarning Tirnoqlari orasida.
--Robbingdan nimalar talab qilding?
--O'nta narsa talab qildim.
--Ular nimalar ekan ey,la'in?.....
Mana bular: 1.Ollohdan menga odam ogillarining moliga va avlodiga
sherik qilasan, deb tiladim. Bu talabimni qabul qildi: Ularga sherik bol.
mollariga va bolalariga. Ularga vada ber. Holbuki, shayton ularga eng kop
gurur berur (17:64), dedi Robbim. Bismillohsiz soyilgan hayvonning
goshtini yeyman, foiz va harom aralashgan ovqatlardan yeyman. Shaytondan
qochib Allohga siginilmagan Auzu deyilmagan molining ham sherigiman.
2.Olloh taolodan tiladimki, menga bir uy bersin. Hammomlarni menga uy
olaroq berdi.
3.Soradimki, menga bir masjid bersin. Bozorlarni menga masjid qilib
berdi.
4.Menga oqish uchun kitob berishini istadim, sherlarni menga oqish
uchun kitob qilib berdi.
5.Xohladimki, menga bir azon bersin. Munojotlar, qoshiqlar berdi.
6.Tiladimki, menga yotoq dosti bersin. Mast, sarxushlarni berdi.
8.Xohladimki, menga birodarlar bersin, mollarini bekorga isrof
qiluvchilarni berdi. Yana masiyat (gunoh, harom) ishlarga pulini
sarflaydiganlarni berdi. Buni esa mana bu oyati jalila isbotlaydi: ?Chunki isrof
qiluvchilar shaytonlarning birodarlari bolgan kimsalardir(17:27).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buyurdilar:
-Agar sozlaringni Ollohning kitobidagi oyatlar bilan isbotlamasayding,
senga ishonmas edim.
Iblis davom etdi:
-9.Ey Muhammad, Ollohdan tiladimki, men odam bolalarini korayin, ammo
ular meni kormasinlar. Bu tilagim ham qabul etildi.
10.Soradimki, odam farzandlarining qon yollarini menga
yol olaroq ber. Bu istagim ham amalgam oshdi. Shunday qilib men ular
orasida oqib turaman, kezaman, qanday istasam shunday aylanib yuraman.
Barcha bu istak-xohishlarimni menga berdi va: ?Barchasi berildi senga,
dedi Robbim. Va men bu holatlarim bilan faxrlanaman.
Shuni ham qoshib qoyayki, men bilan birga bolganlar sen bilan birga
bolganlardan kopdir. Mena shunday, odam farzandlarining aksari qismi
qiyomatgacha men bilan birga boladilar.