Odamzodning abadiy dushmani!  ( 15263 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Munira xonim  04 Noyabr 2006, 11:06:01

Rohatoy.

Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sallalohu alayhi vassallam shunday dedilar: "œSolih tush(yahshi tush) Allohdandir. Yomon tush shaytondandir. Kim tushida yomon narsa ko’rsa, chap tomoniga uch marta tuflab, shaytondan panoh tilasin. Chunki ana shunday qilsa, u zarar bera olmaydi".
Imom Buhoriy va Muslim rivoyatlari.

Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sallalohu alayhi vassallam shunday dedilar: "œAgar tun kira boshlasa, bolalaringizni tashqaridan chaqirib olib uyingizda mahkam tutib turing, tashqariga chiqishlariga yo’l qo’ymang, chunki shaytonlar ayni shu vaqtda chor-atrofga tarqaladilar".
Imom Buhoriy rivoyati.

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Noyabr 2006, 13:00:25

Assalamu alaykum,aziz birodarim!!!
Siz o'zingizni, birodaringizni, ota-onagizni, aka-ukangizni,umuman olganda jamiki musulmonlarni dushmanlari haqid bilasizmi?
Ular haqida ma'lumotga egamisiz? Marhamat, o'z dushmanlaringiz bilan tanishing va ularga qarshi kuchingiz yetganicha, umringizni oxirigacha kurashing. Bu kurashda Alloh taolo hammamizga madadkor bo'lsin!

1.Ismi:Iblis.
2.Shahri:G'ofillarning qalbi.
3.Jamoasi:Shaytonlar.
4.Diniy makoni:Jahannam. (U naqadar yomon joy, Alloh taolo bizga rahm qilsin)
5.Darajsi:Fosiqlarning yetakvchisi.
6.Mintaqasi:Allohning ismlari zikr qilinmaydigan joy.
7.Safar yo'li:Egrilik.
8.Sarmoyasi:Omonatlar.
9.Majlisi:Bozorlar.
10.Safardagi dushmani:Musulmonlar.

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Noyabr 2006, 13:09:24

11.Dalili:Sarob.
12Amaldgi shiori:Nifoq(Bu uning eng ulug' hulqidir)
13.Amaldagi libosi:Buqalamun singari tovlanadigan liboslar.
14.Dunyodagi sevgilalari:Yarim yalang'och ayollar.
15.Yahshi ko'rganlari:Allohning zikridan g'aflatda qolganlar.
16.Uni bezovta qiladigan narsalar:Istig'for.
17.Uning yozuvi:Badanga o'yib yozish.
18.Uyi:Hojathona va hammom.
19.Sifati:Manfaati yo'lida tebranish.
20.Ilk paydo bo'lishi:Odamga sajda qilishdan bosh tortgan kuni.

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Noyabr 2006, 13:16:33

21.Hmakasblari:Munofiqlar.
22.Kasbi:Harom pul topish.
23.Ish joylari:Najosat va fasod bo'lgan joylar.
24.Uning hizmati:Qaytarilgan ishlarga buyurish.
25.Buyruqlari:Faxsh ishlarga buyurish.
26.Diyonati:Kufr.
27.Vazifasi:G'azabga duchor bo'lganalrni, ya'ni adashganlarni idora qilish.
28.Hizmat muddati:Qiyomatgacha.
29.Safar tarafi:Jahannam.
30.Tijoratdan ko'radigan foydasi:Behuda ketadigan vaqt.
31.Safardagi do'stlari:Jin va insonlardan bo'lgan shaytonlar.
32.Ishdgi do'stlari:Haqni gapirishdan tiyiluvchilar.

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Noyabr 2006, 13:23:51

33.Minadigan narsasi:Yolg'on.
34.Haqqi:Gunoh va gunohkorlar.
35.Aloqa vositasi:G'iybat, chaqimchilik va josuslik.
36.Eng yahshi ko'rgan taomi:O'liklarning go'shti.(G'iybat)
37.Qo'rqadigan kishisi:Taqvodor mo'min.
38.Yomon ko'rgani:Allohni ko'p zikr qiladiganlar.
39.Himoyasi:Nayrang.
40.Tuzog'i:Ayollar.
41.Sevimli mashg'uloti:Adashtirish.
42.Hotirjamligi:Barcha insonlarning kofir bo'lishi.
43.U yahshi ko'rgan ish:Lo'ttivozlik.
44.Tobelariga nisbatan mahfiy so'zi:Mutakabbirlarga xos bo'lgan so'z"MEN"
45.Uning ohirgi nuqtasi:Sizlarni haqli deb hisoblash.
46.Uni yig'latadigan narsa:Ko'p sajda qilish.

Alloh barchamizni Shayton va shayton nusha insonlar yomonligidan O'zining himoyasida saqlasin.Amiyn.

Qayd etilgan