Odamzodning abadiy dushmani!  ( 23804 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Laylo  19 Iyun 2006, 05:02:20

Noza yozadilar:

davomi...
Shundan keyin iblis Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamga o'z holatini anglata boishladi:
-Ey Muhammad, biron kimsani zalolatga olib boorish uchun qo'limda imkon yoq. Men faqat vasvasaga solaman, bir narsani chiroyli qilib ko'rsataman xolos. Agar zalolatga olib boorish uchun qo'limda imkoniyat bo'lsa edi, yer yuzida  "La ilaha illallohu Muhammadur rasululloh" deydiganlarni, ro'za tutadiganlarni, namoz o'qiydiganlarni hech xoli qo'ymasdim. Barchasini zalolatga boshlardim.
Sizning qo'lingizda hidoyatga boshlash imkoniyati bo'lmaganday, men ham zalolatga boshlay olmayman. Siz faqatgina Ollohning elchisisiz va tablig'ga (Islom dinini yoyishga) ma'mursiz. Agar hidoyatga boshlash qo'lingizda bo'lsaydi, yer yuzida bitta ham kofir qolmas edi. Siz Ollohning yaratganlari uchun bir hujjatsiz. Men ham azaldan buzg'unchilik, gunohkorlik yozilgan kishilargabir sabab, vositaman.
Said (pok) bo'lgan shaxs to ona qornidaligidayoq said bo'lgan, shakiy (rasvo, gunohkor) bo'lgan ham ona qornida ekanidayoq shakiydir. Saodatga erishtiruvchi olloh, ahli shakovat (razilllik, zalolat) qiluvchi ham Ollohdir.

Qayd etilgan


Laylo  19 Iyun 2006, 05:02:40

Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu ikki oyati karimani o'qidilar:
 "Agar Parvardigoringiz hohlaganida, barcha odamlarni bir millat (ummat, ya'ni, bir dinga ergashuvchi) qilgan bo'lur edi. (Lekin U zot bunday bo'lishini istamadi. Shuning uchun) ular (odamlar) mudom ixtilof qilurlar, magar Parvardigoringiz rahm qilgan kishilargina (haq yo'lda ittifoq bo'lib yashardirlar). Ularni shuning uchun (ya'ni, birovlari nohaq yo'llarda talashib-tortishib yurishlari uchun) yaratgandir." (11:118-119).  Ollohning amri-irodasi taqdiri azaliydir." (33:38).
Keyin Pay'gambarimiz sollallohu alayhi vasallam Iblisga buyurdilar:
-Ey Abomurra, ajabo, sening tavba qilishing va Ollohga qaytishing mumkin emasmi? Jannatga kirishinga kafil bo'laman. So'z beraman.
Iblis dedi:
-Yo Rasululloh, ish berilgan hukmga ko'ra bo'ldi. Qarorni yozgan qalam ham quridi. Qiyomatgacha bo'ladigan ishlar bo'lajakdir.
Sizni payg'ambarlarning nuhtarami qilgan, jannat ahlining xatibi qilgan va Sizni xalqi ichidan tanlagan va xalqi orasida afzal qilgan, meni esa shakiylarning (rasvo, yo'lto'sar, buzg'unchi, zalillarning) xo'jasi aylagan va jahannam ahlining xatibi qilgan - Ollohdir. Va U butun nuqson sifatlardn pokdir.
Iblis so'zini shunday tamomladi:
-Mana shu aytganlarim so'nggi so'zlarimdir. Va butun aytganlarimni to'g'ri so'zladim.

Qayd etilgan


Laylo  19 Iyun 2006, 05:03:01

G'IYBAT FITNA HAQIDA
-G'iybat va fitnaga kelsak, bular ham mening mevalarim va mening bayramimdir.

Nikohni o'rtaga qo'yib qasam ichmak haqida
-Kimki xoh bir marta bo'lsin, xoh to'g'ri narsa uchun bo'lsin taloqni o'rtaga qo'yib qasam ichsa, gunohkor bo'lishdan andisha etiladi. Kim taloqni og'ziga olsa, to haqiqat yuzaga chiqquncha xotini unga harom bo'ladi. Bunday holda qiyomatgacha ulardan bo'lgan bolalar zinodan bo'lgan hisoblanadi. Og'izga olingan taloq kalimasi tufayli hammasi jahannamga kiradi.

Qayd etilgan


Laylo  19 Iyun 2006, 05:03:28

Noza:

AVVAL, OXIR, ZOHIR, BOTIN, OLAMLARNING ROBBISI BO'LMISH OLLOHGA HAMD BO'LSIN!
PAYG'AMBARIMIZ MUHAMMMAD NABIYGA OLLOH SALOT AYLASIN. UNING OILASIGA ASHOBIGA HAM.
BUTUN PAYG'AMBARLARGA SALOM. OLAMLARNING ROBBISI BO'LGAN OLLOHGA ESA TAKROR HAMD BO'LSIN.
OMIN!
[/b][/color]

Qayd etilgan


Muslimа  23 Iyun 2006, 14:43:56

Abu Hurayradan(r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sallalohu alayhi vassallam shunday dedilar: "œQaysi biringiz (namoz o’qimay) uxlab qolsangiz, shayton ensangizning uch joyiga tugun tugib qo’yadi. Har bir tugun "œKecha hali uzoq, yotaver", deb uyg’onishingizga yo’l qo’ymaydi. Agar siz (g’aflat uyqusini mag’lub etib) o’rningizdan turib Alloh taoloni zikr qilsangiz, o’sha tugunlarning biri echiladi. Tahorat olsangiz — ikkinchisi, so’ng namoz o’qisangiz, uchinchisi ham echiladi — da, ertasiga tetik va hushnud holda uyg’onasiz. Aks holda ko’nglingiz g’ash, qo’lingiz hech ishga bormaydigan bo’lib qolasiz".
                                                                                                              Imom Buxoriy rivoyati.


  Rasululloh sallalohu alayhi vassallam aytdilar: "œKim meni tushida qaysi shaklda ko’rgan bolsa, haqiqatdan meni ko’rgan bo’lad, chunki shayton mening suratimga kirb ko’rina olmaydi"    
                                                       
                         Imom Buhoriy, Ahmad Termiziylar rivoyati.


Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sallalohu alayhi vassallam shunday dedilar: "œShayton qaysi biringizningdir oldingizga kelib vasvasaga soladi, "œFalon narsani kim yaratgan va fulon narsani kim yaratgan?"deydi, hattoki "œRabbingni kim yaratgan?"deb aytadi (ya’ni hayolingizga shu savolni keltiradi). Agar (hayolingizga shunday shaytoniy) savollar kelsa, darhol "œA’uzu billahi minash-shaytonir rojiym", deb shaytonning vasvasasidan qutilinglar"

                                           Imom Buhoriy rivoyati

Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sallalohu alayhi vassallam shunday dedilar: "œSolih tush(yahshi tush) Allohdandir. Yomon tush shaytondandir. Kim tushida yomon narsa ko’rsa, chap tomoniga uch marta tuflab, shaytondan panoh tilasin. Chunki ana shunday qilsa, u zarar bera olmaydi".
                                        Imom Buhoriy va Muslim rivoyatlari.

Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sallalohu alayhi vassallam shunday dedilar: "œAgar tun kira boshlasa, bolalaringizni tashqaridan chaqirib olib uyingizda mahkam tutib turing,  tashqariga chiqishlariga yo’l qo’ymang, chunki shaytonlar ayni shu vaqtda chor-atrofga tarqaladilar".
                                                                                                 Imom Buhoriy rivoyati.

Qayd etilgan


Muslimа  24 Iyun 2006, 11:06:26

Habarda zikr qilinishicha, Bani Isroil ichida xudojo’y bir kishi bo’lib, u kulbasida ibidat bilan mashg’ul edi. Uni Obid Barsisa, deyishardi. Duosi mustajob kishi edi. Odamlar unga kasallarini keltirishar, u duo uqir, keyin kasal tuzalar edi. Bir kuni Iblis shaytonvachchalarini chaqirib (ularga Allohning la’nati bo’lsin): "œKim uni fitnaga sola oladi? U sizlarni ojiz qoldiryapti", deydi. Shaytonlarning Ifrit degani: "œMen uni fitnaga solaman. Agar uni fitna qila olmasam, men sizlardan emasman", dedi. Iblis aytdi "œU seniki". Shayton Bani Isroil podshohlaridan birining uyiga jo’nadi. Uning chiroyli qizi bor edi. U qiz otasi, onasi va opa — singillari bilan o’tirgan edi. Shayton uni aqldan ozdirdi. Bundan ular qattiq qo’rqishdi. Qiz jinniga o’hshab qoldi. Bir necha kun o’tgandan keyin Ifrit ularning oldilariga odam suratida kelib aytdi: "œQizingizni tuzalishini xohlasanglar, falon rohibga olib boringlar, qizni ko’rib haqqiga duo qiladi". So’ngra qizni rohib oldiga olib borishdi. U duo qilganidan keyin qiz tuzaldi. Ammo qaytganlaridan keyin kasali yana qaytaladi. Shayton ularning oldiga kelib: "œQizingiz tuzalishini hohlasanglar, uni rohibning oldiga bir necha kunga tashlab kelinglar", dedi. Qizni tashlab kelish uchun uni rohibnikiga olib borishdi. Rohib uni qabul qilishdan bosh tortdi. Ammo majburlashdi va tashlab ketishdi. Rohib kunduzlari ro’zador, kechalari qoim edi. Shayton qizni ro’para qila olmadi. Rohib ovqatlangani o’tirganda, qizning jinniligi tutib kiyimlarini echib tashladi. Rohib undan yuz o’girdi. Bu hol uzoqqa cho’zildi"¦Bir kuni unga qaradi. U oldin hech ko’rmagan qomat va chehrani ko’rdi. So’ng o’zini tuta olmay u bilan qoshildi. Qiz undan homilador bo’lib qoldi. So’ng shayton rohibning oldiga kelib: "œSen kimni homilador qilib qo’yding? Bu qilgan ishing tufayli aniq podshohning jazosiga tortilasan. Endi uni o’ldirib, kulbang oldiga ko’msanggina qutilishing mumkin. Ular sendan qizlarini so’rashsa, ajali etib o’ldi, deb ayt. Ular senga ishonishadi", dedi. Rohib turib uni o’ldirdi va ko’mdi. Qizning uydagilari kelib so’rashganida, o’ldi, deb aytdi. Ular ishonib qaytib ketishdi. (Boshqa bir rivoyatda keltirilishicha, rohib: "œU tuzalib uyiga qaytdi", deb aytdi. Ular bunga ishonibqaytib ketishdi. So’ng uylaridan surishtira boshlashdi. )
   Shunda shayton ularning oldiga borib aytdiki: "œRohib unga qo’shildi, u homilador bo’lganidan keyin bu ish oshkor bo’lishidan qorqib uni o’ldirdi va ko’mib qo’ydi". Podshoh odamlari bilan rohibning uyiga keldi. Uni osmoqchi bo’lib ushladi. U osilgan vaqtda shayton kelib: "œO’sha ishlarni men qildim. Agar sen Allohni qo’yib menga sajda qilsang, bu holdan seni qutqaraman. Ularga u o’ldirmagan, deb aytaman", dedi. Rohib aytdi: "œBu holatda qanday sajda qilaman?"Shayton: "œBoshing bilan imo qilsang ham, roziman", dedi. Rohib unga sajda qildi. So’ngra shayton unga: "œMen sendan bezorman", dedi. 
      Ibn Abud — Dunyo va Bayhaqiy rivoyatlari.

 

Harsh surasidan:

16. (Yahudiylarni mo’minlarga qarshilik qilishga gij — gijlayotgan munofiqlar) xuddi shaytonning o’hshashidirlar. Eslang, u insonga "œKofir bo’l", degan edi. Endi qachonki,
(inson) kofir bo’lgach, (shayton unga)Albatta men sendan bezorman. Zero, men barcha olamlar Parvardigori bo’lmish Allohdan Qo’rqaman", dedi. 17. Bas, ikkisining (shayton va uning soziga kirib kofir bo’lgan insonning) oqibati do’zahga kirib, unda mangu qolishlari bo’ldi. Zolim kimsalarning jazosi shudir!



Qayd etilgan


mis_shoira  20 Iyul 2006, 09:26:26

Молли (9:21) :
Bir kuni R.s.a.v.bilan suhbatlashib o'tirganimizda tashqaridan ovoz
keldi:
   "Ey, ichkaridagilar. Uyga kirishimga ruhsat beringiz, sizlar ila
ko'rishmog'im lozim, dedi. "Hamma darhol R.s.a.v.ga qaradi.
   Ul zot: "Bu kelgan kimligini bilasizlarmi", dedilar. Biz odatdagidek
javobni berdik.
   Ul zot u shaytondir dedilar. Shunda Umar r.a. Ey Rasululloh s.a.v.
ruhsat bering uni o'ldirayin dedi.
   R.s.a.v."Yo'q uni o'ldirma u bu yerga kelishi uchun Allohdan buyruq
olgan", dedilar. Sahobalar eshikni ochishdi. La'in uyga kirdi.R.s.a.v.
bilan uni o'rtasida savol javob boshlandi. R.s.a.v. savol berardilar
shayton esa javob berardi.
Allohni mahluqlari ichida yomon ko'rganing kim?
- Siz ey, Muhammad s.a.v.
- Mendan keyin kimni yomon ko'rasan?
- Taqvodor yosh mo'minni.
- Yana kimni yomon ko'rasan?
- Shubhali ishlardan uzoq bo'lgan olimni.
- Keyin-chi?
-Kambag'alligidan hech kimga shikoyat qilmaydigan faqirni.
- Keyin-chi?
- Shukr qiluvchi boyni.
- Mening ummatim namozga turganida holing ne kechadi
- Yo, Muhammad meni istima tutadi va titrayman.
- Ro'za tutgan vaqtida nima qilasan?
- U vaqtda men bog'lanaman.
- Haj qilganlarida holing ne kechadi?
- U zamon aqldan ozaman.
- Qur'on o'qiganlaridachi?
- U vaqtda men olovda eriyman.
- Sadaqa berganlaridachi?
- Sadaqa beruvchi qo'l meni arra bilan ikkiga bo'ladi.
- Abu Bakr haqida nima deysan?
- U menga johiliyatda ham itoat qilmagan,islomdaligida menga qanday
itoat qilsin.
- Umar ibn Hattob haqidachi?
- Allohga qasamki,qaerda uni ko'rsam undan qochaman.
- Usmon ibn Affon haqida-chi?
- Undan juda uyalaman.Undan farishtalar ham uyalishadi
- Ali haqida-chi?
-Oh, uning qo'lidan qutulolsam, menku uni holi qo'yaman, lekin u meni
holi qo'ymaydi.
   R.s.a.v.ning savollari tugaganidan so'ng shaytonga qarab dedilar:" Ey,
la'in ummatimga saodat ehson qil,seni to qiyomatgacha buzg'unchi qilgan
Allohga hamd bo'lsin. Bilmaysizmi,ey Muhammad, mol sevgisi gunohlarni
kattasidir. Bosh bo'lish o'zini katta tutish sevgisi esa katta
gunohlarni eng kattasidir. Bilmaysizmi meni yetmish ming bolam bor, har bir
bolam bilan yana yetmish ming shayton bor. Ularni bir qismini
mashoyihlarga, bir qismini keksa hotinlarga, bir qismini yoshlarga va bolalarga yana
bir qismini obidlarga bir qismini zohidlarga yuborganman. Shayton
ularni qo'yniga kirib ularni har kuyga soladi. Shunday qilib ularni ihlosini
olaman. Bunday holga tushsalar ibodatlarini ihlossiz qiladilar, lekin
bu holatlarini o'zlari bilmaydilar. Bilmaysizmi, rohib Barsisani yo'ldan
ozdirganimni. U yetmish yil Allohga ibodat qildi, bu ibodatlari
natijasida har duo qilganida kasallar shifo topardi. Uning orqasiga tushdim
hech holi qo'ymadim, oqibatda zino qildi, qotil bo'ldi, ohiri kufrga
ketdi. Shayton keyin ba'zi yomon fe'llar haqida so'z boshlab, ulardan
qanday qilib foydalanishini gapira ketdi. Shaytoni la'inni Muhammad s.a.v.ga
deganlari.
-- Bilmaysizmi,Ey Muhammad,yolg'on mendandir va ilk yolg'on so'zlagan
ham mendirman. Kimki yolg'on so'zlasa u mening do'stimdir.Kimki yo'lg'on
qasam ichsa u mening sevgilimdir.Birinchi yo'lg'on qasam ichgan ham
mendirman. Men Odamga va Havvoga:" Muhaqqaq men sizga nasihat
qilyapman"(7:16) deb yo'lgon qasam ichdim va ularga "nasihat"qildim. Chunki yolg'on
qasam ichish meni ko'nglimning rohatidir.
--G'iybat va fitnaga kelsak, bular meni mevalarim va bayramimdir.
Shaytonga do'st bo'lib qolishlikdan Alloh o'z panohida asrasin.
--Ey, Muhammad, bilmaysizmi, kim namozga turmoqchi bo'lsa darrov uni
vasvasa qilaman: "hali vaqt bor sen bandsan hozircha ishingni qila tur
keyin o'qirsan". Natijada u namozini vaqti tugagandan keyin uqiydi. shu
sababdan uni namozi qabul bulmaydi. Agar u meni maglub qilsa unga inson
"shaytonlardan" birini yuboraman. U esa namozini uz vaqtida uqishdan
uni chalgitadi. Agar bunda ham yutib chiqsa namoz uriyotgan vaqtida ishga
kirishaman. ungga qara chapga qara, deb avrayman. U ham qaraydi. keyin
peshonasidan silab upib quyaman. sen abadiy yaramas bir ish qilding deb
uni huzurini buzaman. Siz bilasiz, Muhammad, kim namozda u yoq bu yoqqa
qarasa namozu qabul bulmaydi. Bunda ham men yutqazsam bir uzi namoz
uqiyotganida oldiga boraman namozni tez-tez uqishni buyuraman. Bu ishni-da
qildirolmasam bu safar jamoat ila uqiyotganida yoniga boraman. Boshini
ruku va sajdadan imomdan oldin kutarishini buyuraman. Agar u meni
deganimni qilsa Qiyomatda Alloh uni boshini eshak boshiga aylantiradi. Yana
men mag'lub bulsam bu gal unga barmoqlarini qirsillatishini buyuraman
agar buni unga namozda qildirolsam u menga tasbeh aytayotgan buladi.
Bunda ham u g'olib kelsa unga yaqin boramanda buriniga puflayman. men
puflasam u esnaydi shu esnaganida og'zini quli bilan yopmasa uni ichiga
kichik bir shaytoncha kiradi va unda dunyo hirsini dunyoviy orzu
istaklarni bog'larini kupaytiradi. Mana shundan keyin u kimsa doim
aytganlarimizni qiladi. Siz ummatingizni qanday saodatidan umidvorsiz,nimasidan
hotiringiz jam? men ularga ne-ne tuzoqlar quyaman...
--miskinlaringiz oldiga boraman namoz uqishni tashlanglar deyman namoz
Alloh boylik va tuqlik bergan bandalari uchun deyman.
--Keyin kasallaringiz oldiga boraman namoz uqima,chunki Alloh
"hastalarni majburlash yo'q"(24:61)deb buyurgan tuzalganingdan keyin uqirsan
deyman,oqibatda u namozni tashlaydi hatto kufrga ham ketadi.
--Ey,Muhammad agar men so'zlarim yolg'on bulsa Allohdan
so'rang meni kulga aylantirsin. Siz ummatingiz holida hotiringiz jammi?
Holbuki men ularni oltidan birini dinidan chiqaraman.R.s.a.v. shaytonga
qisqa savollar bera boshladilar
--Ey,la'in,sen o'tirganingda do'sting kim?
--Foiz oluvchi.
--Do'sting kim?
--Zino qiluvchi.
--Yotoqda do'sting kim?
--Mast,sarhush,aroq ichuvchi.
--Mehmoning kim?
--O'g'ri.
--Elching kim?
--Sehrgarlar.
--Ko'zingni nuri nima?
--Taloq.
--Sevgiling kim?
--Juma namozini tashlaganlar.
--Seni nima hafa qiladi?
--Alloh yo'lida jihodda chopgan otlarni kishnashlari.
--Jismingni nima eritadi?
--Tavba qilganlarni tavbasi.
--Jigaringni nima parchalaydi?
--Allohga qilingan istig'for.
--Yuzingni nima burishtiradi?
--Yashirin berilgan sadaqa.
--Ko'zingni nima ko'r qiladi.
--Yarim kechada o'qilgan namoz.
Boshingni nima egadi?
--Jamoat bilan o'qilgan namoz.
--Ishingdan nima chalg'itadi?
--Ulamolar majlisi.
--Ovqatni qanday yeysan?
--Chap qo'lim va barmoqlarim uchi bilan.
--Bolalaringni qayerda saqlaysan?
--Insonlarning Tirnoqlari orasida.
--Robbingdan nimalar talab qilding?
--O'nta narsa talab qildim.
--Ular nimalar ekan ey,la'in?.....
Mana bular: 1.Ollohdan menga odam ogillarining moliga va avlodiga
sherik qilasan, deb tiladim. Bu talabimni qabul qildi: Ularga sherik bol.
mollariga va bolalariga. Ularga vada ber. Holbuki, shayton ularga eng kop
gurur berur (17:64), dedi Robbim. Bismillohsiz soyilgan hayvonning
goshtini yeyman, foiz va harom aralashgan ovqatlardan yeyman. Shaytondan
qochib Allohga siginilmagan Auzu deyilmagan molining ham sherigiman.
2.Olloh taolodan tiladimki, menga bir uy bersin. Hammomlarni menga uy
olaroq berdi.
3.Soradimki, menga bir masjid bersin. Bozorlarni menga masjid qilib
berdi.
4.Menga oqish uchun kitob berishini istadim, sherlarni menga oqish
uchun kitob qilib berdi.
5.Xohladimki, menga bir azon bersin. Munojotlar, qoshiqlar berdi.
6.Tiladimki, menga yotoq dosti bersin. Mast, sarxushlarni berdi.
8.Xohladimki, menga birodarlar bersin, mollarini bekorga isrof
qiluvchilarni berdi. Yana masiyat (gunoh, harom) ishlarga pulini
sarflaydiganlarni berdi. Buni esa mana bu oyati jalila isbotlaydi: ?Chunki isrof
qiluvchilar shaytonlarning birodarlari bolgan kimsalardir(17:27).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buyurdilar:
-Agar sozlaringni Ollohning kitobidagi oyatlar bilan isbotlamasayding,
senga ishonmas edim.
Iblis davom etdi:
-9.Ey Muhammad, Ollohdan tiladimki, men odam bolalarini korayin, ammo
ular meni kormasinlar. Bu tilagim ham qabul etildi.

10.Soradimki, odam farzandlarining qon yollarini menga
yol olaroq ber. Bu istagim ham amalgam oshdi. Shunday qilib men ular
orasida oqib turaman, kezaman, qanday istasam shunday aylanib yuraman.
Barcha bu istak-xohishlarimni menga berdi va: ?Barchasi berildi senga,
dedi Robbim. Va men bu holatlarim bilan faxrlanaman.
Shuni ham qoshib qoyayki, men bilan birga bolganlar sen bilan birga
bolganlardan kopdir. Mena shunday, odam farzandlarining aksari qismi
qiyomatgacha men bilan birga boladilar.

Qayd etilgan


Mahdiyah  24 Avgust 2006, 21:22:56

Kurash

Qavm daraxt tanlab olib, unga sig’ina boshladi. Bundan habar topgan zohid qo’liga boltasini olib, daraxtni kesib tashlash uchun yo’lga tushdi. Daraxt oldida odam qiyofasidagi iblis uni qarshi oldi:
-Ey kishi, nima uchun daraxtni kesmoqchisan?
-Qavmim bu daraxtga sig’inib adashmoqda, gunohga botmoqda.
-Ular bilan nima ishing bor?
-Hidoyat topishlarini istayman.
-Daraxtga sig’inishning nimasi yomon?
-Allohdan o’zga iloh yoq! Shaytonga ergashuvchilar adashganlardir.
-Daraxt kesishinga yol bermayman!

Zohid uning shayton ekanini bildi, o’rtalarida kurash boshlandi. Kechga qadar davom etgan kurashda nihoyat zohid g’alaba qozondi. Shayton chekindi, ammo juda qattiq horigan zohid daraxt kesishni tongga qoldirib, uyiga qaytdi.
Ertasi yana shaytonga duch kelgan zohid ajablandi:
-Kecha yengilgan eding, yana nima istaysan?
-Bugun sendan kuchliroqman"¦
Yana kurash boshlandi. Bu safar ham zohid g’alaba qozondi, shayton yengildi. Kech kirdi, horigan zohid uyga qaytdi. Bu hol bir necha kun takrorlanaverdi. Zohidga kuchi yetmasligini bilgan shayton hiylaga o’tdi:
-Bir necha kun-ki, meni kurashda yengmoqdasan, ammo daraxtni kesolmayapsan. Sanga bir yillik ahdlashuvni taklif qilaman. Yil davomida har tongda yostig’ing tagiga ikki dinordan qo’yib boraman. Qavming ishiga aralashmaysan. Daraxtga kelsak, o’zi qurish, qurimasa kesib tashlarsan.
Zohid kambag’al edi, uzoq o’ylab bu taklifga ko’ndi.
Har tong yostig’I tagidan ikki dinorni olar, nafsi va ahtiyojini qondirar edi. Shu zaylda kular o’taverdi, odamlarni, daraxtni unutdi. Kunlarning birida yostig’I ostidan dinorlarni topmadi. G’azabi jo’sh urib, shaytonni uchratish uchun daraxt tomon yurdi. Shayton uni yana qarshi oldi:
-Nega kelding?
-Ey shayton, ahdingni buzding, dinorlarimni ber, yoqsa daraxtni kesaman.
-Men zohid bilan ahdlashganman, dinorlar ham uniki, seni esa tanimayman — dedi shayton hotirjam turib.
Yana kurash boshlandi. Bu galgi kurashda shayton raqibini osongina yengdi.
Darhaqiqat, mag’lub avvalgi Alloh yo’lidagi kurashlardagi zohid emas, o’z nafsining qurboni edi.

"œAl-mutala’tul-azhariyya" kitobidan


Qayd etilgan


Munira xonim  04 Noyabr 2006, 11:04:23

Rohatoy.

Abu Hurayradan(r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sallalohu alayhi vassallam shunday dedilar: "œQaysi biringiz (namoz o’qimay) uxlab qolsangiz, shayton ensangizning uch joyiga tugun tugib qo’yadi. Har bir tugun "œKecha hali uzoq, yotaver", deb uyg’onishingizga yo’l qo’ymaydi. Agar siz (g’aflat uyqusini mag’lub etib) o’rningizdan turib Alloh taoloni zikr qilsangiz, o’sha tugunlarning biri echiladi. Tahorat olsangiz — ikkinchisi, so’ng namoz o’qisangiz, uchinchisi ham echiladi — da, ertasiga tetik va hushnud holda uyg’onasiz. Aks holda ko’nglingiz g’ash, qo’lingiz hech ishga bormaydigan bo’lib qolasiz".

Imom Buxoriy rivoyati
 
 
 

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Noyabr 2006, 11:05:04

Rohatoy.

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam aytdilar: "œKim meni tushida qaysi shaklda ko’rgan bolsa, haqiqatdan meni ko’rgan bo’lad, chunki shayton mening suratimga kirb ko’rina olmaydi"

Imom Buhoriy, Ahmad Termiziylar rivoyati.


Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sallalohu alayhi vassallam shunday dedilar: "œShayton qaysi biringizningdir oldingizga kelib vasvasaga soladi, "œFalon narsani kim yaratgan va fulon narsani kim yaratgan?"deydi, hattoki "œRabbingni kim yaratgan?"deb aytadi (ya’ni hayolingizga shu savolni keltiradi). Agar (hayolingizga shunday shaytoniy) savollar kelsa, darhol "œA’uzu billahi minash-shaytonir rojiym", deb shaytonning vasvasasidan qutilinglar"

Imom Buhoriy rivoyati

Qayd etilgan