Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy. Oxirat kuniga tayyorgarlik  ( 70880 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 23 B


mutaallimah  29 Oktyabr 2007, 08:30:02

*   * *
Umar ul-Foruq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Men bir balo bilan mubtalolanmadim, agar bir balo bilan mubtalolansam, menga Alloh taolo tomonidan to‘rt ne’mat hosil bo‘ladi:
Ne’matning avvali - agar kelgan balo mening gunohimdan bo‘lmasa, bu ham menga ne’matdir.
Kelgan balo mening qilmish-gunohlarimdan ziyoda bo‘lmasa, bu ham menga ne’matdir.
Tushgan balo meni rizodan mahrum qiluvchi bo‘lmasa, bu ham menga ne’matdir.
Kelgan baloga savob umid qilib turishim - bu ham menga ne’matdir».

Qayd etilgan


mutaallimah  29 Oktyabr 2007, 08:30:49


*   * *
Abdulloh ibn Muborak aytdilar: «Bir olim kishi hikmatlarni jamlab, shundan qirq mingini tanlab olgan ekan. So‘ngra yana tanlab to‘rt mingini tanlab olgan ekan. Yana tanlay-tanlay qirq hikmatni qoldiribdi va yana nihoyat quyidagi to‘rt hikmatni tanlab olgan ekan:
Har qanday holatda ham ayol kishiga ishonib qolmaslik;
Har qanday vaqtda molga aldanib qolmaslik;
Me’dangizga toqati yetmaydigan narsa yuklamaslik;
Foyda bermaydigan ilmni jamlamaslik».


Qayd etilgan


mutaallimah  29 Oktyabr 2007, 08:31:28

*   * *
Muhammad ibn Ahmad (Alloh bu zotni rahmat qilsin) Alloh azza va jallaning «Va sayyidan va xasuran va nabiyyan minas-solihin» oyati karimasini shunday tafsir qiladilar: «Alloh Yahyo alayhissalomni sayyid, deb atadi, vaholanki, u zot Allohning bandasidurlar. Bunga sabab u zoti sharif to‘rt narsani yengib turganlar:
Havoyi nafslarini;
Shayton alayhilahnani;
Tillarini;
G’azablarini».

Qayd etilgan


mutaallimah  29 Oktyabr 2007, 08:31:42

*   * *
Ali  roziyallohu anhudan  rivoyat qilinadi:  «Modomiki, mavjud bo‘lsa, din va dunyo qoimlikda bo‘ladi:
Boylar Alloh bergan narsalarga baxillik qilmasalar;
Ulamolar bilgan narsalariga amal qilsalar;
3. Ilmsiz    kishilar   bilmagan    narsalarini    so‘rashda bo‘lmasalar;
4.   Faqir kishilar oxiratlarini dunyolariga sotmasalar».

Qayd etilgan


mutaallimah  29 Oktyabr 2007, 08:31:59

*   * *
Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Albatta Alloh taolo to‘rt kishini to‘rt toifa kishilarga hujjat qildi:
Boy-badavlat kishilarga Sulaymon alayhissalomni;
Qullarga Yusuf alayhissalomni;
Bemorlikda o‘tgan kishilarga Ayyub alayhissalomni;
Kambag‘al kishilarga Iso alayhissalomni».


Qayd etilgan


mutaallimah  29 Oktyabr 2007, 08:38:27

*   * *
Sa’d ibn Biloldan rivoyat qilinishicha, agar banda gunoh sodir qilsa ham, mehribon Alloh tomonidan to‘rt xislat to‘xtamaydi:
Salomatlikni to‘sib qo‘ymaydi.
Rizqini to‘xtatib qo‘ymaydi.
Gunohini oshkora qilib qo‘ymaydi.
Uni tez azoblamaydi.


Qayd etilgan


mutaallimah  29 Oktyabr 2007, 08:38:57

*   * *
Hotam ul-Asom aytdilarki: «Kimki to‘rt narsani to‘rt narsaga qoldirsa, jannatga erishadi:
Uyquni qabrga qoldirsa;
Faxrlanishni mezonga qoldirsa;
Rohatlanishni Sirot ko‘prigiga qoldirsa;
Shahvatni jannatga qoldirsa».


Qayd etilgan


mutaallimah  29 Oktyabr 2007, 08:39:29

*   * *
Homid ul-Liffofi aytdilarki:  «To‘rt narsani izladik va izlanish yo‘lida xato qilib, boshqa to‘rt narsani topdik:
Boylikni moldan izladik, lekin uni qanoatdan topdik.
Rohatlanishni serobchilikdan izladik, ammo uni molning ozginasidan topdik.
3.   Lazzatlanishni   ne’matdan   izladik,  lekin  uni  sog‘lom   badandan
topdik.
4. Rizqni yerdan izladik, lekin uni osmondan topdik».

Qayd etilgan


mutaallimah  29 Oktyabr 2007, 08:39:48


*   * *
Ali roziyallohu anhu aytdilarki: «To‘rt narsaning ozi ko‘pdir:
Og‘riq;
Kambag‘allik;
O’t;
Dushmanchilik».

Qayd etilgan


mutaallimah  29 Oktyabr 2007, 08:40:27

*   * *
Hotam ul-Asom aytadilarki: «To‘rt toifa kishi to‘rt narsaning qadrini biladi:
Qarilar yoshlikning qadrini biladilar.
Ahli balo tinchlikning qadrini biladilar.
Kasallar salomatlik qadrini biladilar.
O’lganlar tiriklikning qadrini biladilar».


Qayd etilgan