Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy. Oxirat kuniga tayyorgarlik  ( 99869 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 23 B


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 01:54:15

*   * *
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «G’aybdan xabar berish joiz bo‘lganida besh nafar kishiga «Albatta ular jannat ahlidan», deb guvohlik berardim. Bular:
Kambag‘al oila boshlig‘i;
Erini rozi qilgan ayol;
O’z mahrini eriga sadaqa qilgan ayol;
Ota-onasini rozi qilgan farzand;
5. Gunohlariga tavba qiluvchi kishi».


Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 01:54:29


*   * *
Umar roziyallohu anhu aytdilar: «Muttaqiylarning alomatlari beshtadir:
Dindorlar bilan birga bo‘lish;
Farji (jinsiy a’zosi) va tiliga g‘olib bo‘lish;
Dunyodan katta bir narsa yetganida uni zarar, deb bilish va dinidan kichik bir narsa yetganida uni g‘animat, deb bilish;
Harom aralashishidan qo‘rqqan holda qorinni haloldan bo‘lsa ham to‘yg‘azib yubormaslik;
5.   Barcha odamlarni najot topgan, deb va o‘zini halok bo‘ldim, deb
bilish».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 01:54:44

*   * *
Ali roziyallohu anhu aytdilar: «Agar quyidagi besh xislat bo‘lmaganida barcha odamlar yaxshi amal qiluvchilardan bo‘lardi:
Nodonlikka qanoat qilish;
Dunyoga ochko‘zlik qilish;
Ortiqcha narsaga baxillik;
Amalida riyo qilish;
O’z ra’yiga ajablanish».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 01:55:07


*   * *
Ulamolar (Alloh ulardan rozi bo‘lsin) aytadilarki: «Alloh taolo payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamni besh karomat bilan mukarram qildi:
Alloh taolo Muhammad alayhissalomni boshqa payg‘ambarlar (Odam, Nuh, Ibrohim va boshqalar)dek ismlari bilan emas, balki «rasulim», deb chaqirdi.
Payg‘ambarimiz alayhissalom nimani chaqirsalar, u narsa o‘z zaboni bilan javob qildi, vaholanki, boshqa payg‘ambarlarda bunday bo‘lmagan.
3.   Alloh    taolo    barcha     ne’matlarni     Muhammad    alayhissalom
so‘ramaslaridan oldin berdi, ato etdi.
Alloh taolo payg‘ambarimiz gunoh ish qilishlaridan oldin avfini zikr qildi.
Alloh taolo janobi Payg‘ambarimizga fidya, sadaqa va nafaqalarni boshqa payg‘ambarlardek qabul qilishga ruxsat etmadi».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 01:55:20

*   * *
Abdulloh ibn Amr ibn Oss aytadilar: «Kimda quyidagi besh xislat bo‘lsa, dunyo va oxiratda saodatmand bo‘ladi:
Doimo «La ilaha illallohu Muhammadur rasululloh»ni zikr qilish;
Biror balo yetganda «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un» va «La havla vala quvvata illa billahil ‘aliyyil-a’ziym», deyish;
Ne’mat berilganida «Alhamdulillahi robbil ‘alamin», deyish;
Har bir ishni boshlaganda «Bismillahir rohmanir rohiym», deyish;
5.   Biror   gunoh  sodir  etganda   «Astag‘firullohal  ‘aziym   va   atubi
ilayh», deyish».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 01:55:35


*   * *
Hasan al-Basriy rahimahulloh taolo aytadilarki: «Tavrotda quyidagi besh kalima bitilgan ekan:
Boylik- qanoatda;
Salomatlik - uzlatda;
Hurmat - shahvat (xohish)ni tark etishda;
Foydalanishlik - uzun kunlarda;
Sabr - qisqa kunlarda».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 01:55:46

*   * *
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom aytdilar: «Besh narsani besh narsadan oldin g‘animat bil:
1. Yoshligingni - qarilikdan oldin;
Sihatligingni - kasallikdan oldin;
Boyligingni - faqirlikdan oldin;
Tirikligingni - o‘limdan oldin;
Bo‘shligingni - mashg‘ulotlardan oldin».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 01:56:06

*   * *
Yahyo ibn Mu’oz rahmatullohi alayh aytdilar:
«1. Kimning to‘qligi ko‘paysa, go‘shti ortadi;
Kimning go‘shti ko‘paysa, shahvati ortadi;
Kimning shahvati ko‘paysa, gunohlari ortadi;
Kimning gunohi ko‘paysa, qalbi torayadi;
Kimning qalbi toraysa, boylik va dunyo ziynatlariga g‘arq bo‘ladi».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 01:56:18


*   * *
Sufyon as-Savriy rahimahulloh aytadilar: «Kambag‘allar besh narsani va boylar besh narsani ixtiyor qildilar:
Kambag‘allarning ixtiyor qilganlari:
Nafsning rohati;
Qalbning farog‘ati;
Allohga bandalik;
Hisobning yengilligi;
Oliy daraja.

Boylarning ixtiyor qilganlari:
Nafs mashaqqati;
Qalbning bezovtaligi;
Dunyoga bandalik;
Hisobning mushkulligi;
5. Past daraja».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 01:56:29

*   * *
Abdulloh Antokiy aytadilar: «Qalbning davosi beshtadir:
Solihlar bilan o‘tirish;
Qur’on qiroat qilish;
Qorinni bo‘sh qoldirish;
Kechalari ibodatga turish;
Saharda tazarru’ bilan duo qilish».

Qayd etilgan