Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy. Oxirat kuniga tayyorgarlik  ( 99890 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 B


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:14:23

* * *
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu dedilar: «Qaysi bir bandani Alloh taolo quyidagi o‘nta xislat bilan rizqlantirsa, u hamma balo-yu ofatlardan najot topibdi hamda muqarrab va taqvodor bandalar darajasiga yetibdi:
Doimiy rostgo‘ylik, u bilan birga qanoatli qalb.
Komil sabr, u bilan birga doimiy shokirlik.
Doimiy faqirlik, u bilan birga zohidlik.
Doimiy tafakkur, u bilan birga qorinni och tutish.
Doimiy mahzunlik, u bilan birga muttasil ravishda xavf.
Doimo harakat ila tirishish, u bilan birga tavoze’li badan.
Doimiy do‘stlik, u bilan birga silai-rahm.
Doimiy muhabbat, u bilan birga hayoli bo‘lish.
9.   Foydali ilm, u bilan birga doimiy halimlik.
10.   Doimiy iymon, u bilan birga sobit aql».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:14:43


*   * *
Umar roziyallohu anhu dedilar:  «O’nta  narsa o‘nta  narsasiz isloh bo‘lmaydi:
Taqvosiz aql.
Ilmsiz fazilat.
Qo‘rquvsiz yutuq.
Adolatsiz podshohlik.
Odobsiz nasabdagi obro‘.
Omonliksiz xursandchilik.
Saxiyliksiz boylik.
Qanoatsiz kambag‘allik.
Tavoze’siz obro‘lilik.
10.   Tavfiqsiz jihod.

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:15:03

*   * *
Usmon roziyallohu anhu dedilar: «O’nta narsa zoedir:
Olimdan so‘ralmasa.
Ilmga amal qilinmasa.
To‘g‘ri fikrlar qabul qilinmasa.
Aslahalar ishlatilmasa.
Masjidda namoz o‘qilmasa.
Qur’on o‘qilmasau.
Boylik infoq qilinmasa.
Ot minilmasa.
9.   Zuhd ilmi mol-dunyo xohlaydigan kishida bo‘lsa.
10.   Uzoq umr ko‘rsa-yu oxirat safariga tayyorgarlik bo‘lmasa».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:15:17

*   * *
Ali roziyallohu anhu aytdilar:
«1. Ilm - meroslarning yaxshisi.
Odob - kasblarning yaxshisi.
Taqvo - to‘planadigan narsalarning yaxshisi.
Ibodat - buyumlarning yaxshisi.
Solih amallar - yo‘lboshchilarning yaxshisi.
Yaxshi xulq - yaqiynlarning yaxshisi.
Halimlik - vazirlarning yaxshisi.
Qanoat- boyliklarning yaxshisi.
Tavfiq - yordamlarning yaxshisi.
10.   O’lim - odob beruvchilarning yaxshisi».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:16:02


*   * *
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Bu ummatda o‘n toifa kishi borki, ular ulug‘ Allohga kufr keltirgandir. Ammo o‘zlarini mo‘minman, deb gumon qiladilar:
Nohaq qotillik qilgan;
Sehr bilan shug‘ullanuvchi;
Ahliga qizg‘anmaydigan dayus;
Zakotni man etuvchi;
Aroq ichuvchi;
Haj vojib bo‘lsa-yu, uni ado etmaydigan;
Fitna qo‘zg‘ovchi;
Kufr ahliga aslahalarni sotuvchi;
Xotinining orqa tomoniga jinsiy aloqa qiluvchi;
10.   Mahram qarindoshlariga nikoh qilishni halol, degan kishilar».


Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:16:20

*   * *
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
«1. Kishi osmonu yerda mo‘min bo‘la olmaydi, toki yetuk bo‘lmagunicha.
Yetuk bo‘la olmaydi, toki musulmon bo‘lmagunicha.
Musulmon bo‘la olmaydi, toki insonlar uning qo‘li va tilidan omonda bo‘lmagunicha.
Musulmon bo‘la olmaydi, toki olim bo‘lmagunicha.
Olim bo‘la olmaydi, toki ilmiga amal qilmagunicha.
Ilmiga amal qiluvchi bo‘la olmaydi, toki zohid bo‘lmagunicha.
Zohid bo‘la olmaydi, parhezkor bo‘lmagunicha.
Parhezkor yoki taqvodor bo‘la olmaydi, tavoze’li bo‘lmagunicha.
Tavoze’li bo‘la olmaydi, nafsini bilmagunicha.
10.   Nafsini biluvchi bo‘lmaydi, so‘zida aqlli bo‘lmagunicha».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:16:32

*   * *
Yahyo ibn Mu’oz ar-Roziy dunyoga qiziquvchi bir faqih olimni ko‘rib quyidagilarni aytdilar: «Ey ilm va sunnat sohibi, qasrlaringiz Qaysarnikiday, uylaringiz Kisronikiday, maskanlaringiz Horunnikiday, darvozalaringiz Tolutnikiday, kiyimlaringiz Jolutnikiday, tutgan yo‘llaringiz shaytonnikiday, viloyatlaringiz Fir’avnnikiday, qozilaringiz dunyoni istovchi poraxo‘r, g‘irrom bo‘lsa, o‘limlaringiz johiliyatnikiday bo‘lsa, Muhammadiya (ya’ni, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hidoyatlari ) qaerda qoldi?!»


Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:17:08

*   * *
Shoir she’rida quyidagilarni aytdi:
«Turli so‘zlar ila qilib munojot,
Salom hovlisidan kutasan najot.
Ammo tazarru’ga shoshmaysan nega,
Nafsingga insof qildingmi, hayhot?!
G’ofil bo‘lma, kuning o‘tsin soim-la,
Kechalaring ihyo qilgin qoim-la.
Suv-taomning oziga ko‘n, ey inson,
Sharaf maqomining zinasi - iymon.
Rabbing karamiga bo‘lgin musharraf,
Zuljalol rizosin sen bilgin sharaf!»



Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:17:20

*   * *
Ba’zi hakimlar shunday deyishadi: «O’nta xislat borki, o‘sha xislatlar o‘n toifa kishida bo‘lishi Allohni g‘azablantiradi:
Boylarning baxil bo‘lishi.
Kambag‘allarning kibr qilishi.
Ulamolarning tama’ qilishi.
Ayollarning behayo bo‘lishi.
Qariyalarning dunyoni yaxshi ko‘rishi.
Yigitlarning dangasa bo‘lishi.
Podshohlarning jabr-zulm qilishi.
G’oziylarning qo‘rqoq bo‘lishi.
Zohidlarning o‘z amallariga quvonishlari.
10.   Ibodat qiluvchi obidlarning riyo qilishi».


Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:17:36

*   * *
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ofiyat o‘n ko‘rinishdadir. Ularning beshtasi dunyoda, beshtasi oxiratdadir. Dunyodagisi:
Ilm.
Ibodat.
Halol bo‘lgan rizq.
Qiyinchilikdagi sabr.
Ne’matga shukr qilish.

Oxiratdagisi:
O’lim farishtasi rahmat va lutf ila keladi.
Munkar va Nakir qabrda qo‘rqitmaydi hamda katta qo‘rqinchdan omonda bo‘ladi.
Yomonliklari o‘chirilib, yaxshiliklari qabul qilinadi.
Sirot ko‘prigidan chaqmoq chaqqani kabi o‘tib ketadi.
Jannatga salomat holda kiradi».

Qayd etilgan