Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy. Oxirat kuniga tayyorgarlik  ( 69289 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 23 B


mutaallimah  26 Oktyabr 2007, 18:35:01

*   * *
Sufyon ibn Uyayna roziyallohu anhu debdilar: «Kim Allohni do‘st tutsa, Alloh do‘st tutgan kishilarni do‘st tutadi. Kim Alloh do‘st tutgan kishilarni do‘st tutsa, Alloh yo‘lida do‘st tutingan bo‘ladi. Kim Alloh yo‘lida do‘st tutishlikni do‘st tutsa, odamlar qimmatini bilolmagan do‘stlikni do‘st tutibdi».

Qayd etilgan


mutaallimah  26 Oktyabr 2007, 18:35:13

*   * *
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: «Chin muhabbat uchta xislatdandir:
Do‘stining so‘zini boshqalarning so‘zidan ustun va afzal ko‘rmoq;
Do‘st bilan suhbatni o‘zgalar suhbatidan a’lo ko‘rmoq;
Do‘st roziligini boshqalar roziligidan afzal ko‘rmoq».


Qayd etilgan


mutaallimah  26 Oktyabr 2007, 18:35:25


*   * *
Vahb ibn Munabbah al-Yamaniyning aytishlaricha, Tavrotda shunday yozilgan ekan:
«1. Ochko‘z kishi dunyoga podshoh bo‘lsa ham, baribir faqirdir.
Itoatkor kishiga agar u qul bo‘lsa ham, odamlar itoat qiladilar.
Qanoat qiluvchi kishi agar och bo‘lsa ham, baribir boydir».


Qayd etilgan


mutaallimah  26 Oktyabr 2007, 18:35:38


*   * *
Ba’zi hukamolar aytadilarki:
«1. Allohni tanigan kishida xalqning muloqotidan lazzatlanish bo‘lmaydi.
2.   Dunyoni tanigan kishida dunyo (boylik)ni yaxshi ko‘rish bo‘lmaydi.
3.   Allohning odilligini bilgan kishida xusumatlar muqaddam
bo‘lmaydi».


Qayd etilgan


mutaallimah  26 Oktyabr 2007, 18:35:52

*   * *
Zunnun al-Misriy aytadilarki:
«1. Har bir qo‘rqoq kishi - qochuvchidir.
Har bir qiziquvchi kishi - ilm talab qiluvchidir.
Allohni do‘st tutuvchi har bir kishi esa nafsidan qo‘rquvchidir».


Qayd etilgan


mutaallimah  26 Oktyabr 2007, 18:36:07

*   * *
Yana bir zot aytdilarki: «Allohni tanuvchi kishi asirdir, uning qalbi biluvchidir va uning Alloh taolo uchun amallari ko‘pdir. Allohni tanuvchi vafolidir, uning qalbi pok va uning Alloh taolo uchun qilgan amallari xolisdir».

Qayd etilgan


mutaallimah  26 Oktyabr 2007, 18:36:20

*   * *
Abu Sulaymon ad-Doroniy shunday debdilar:
«1. Dunyoda-yu oxiratdagi har bir yaxshilikning asli - Allohdan qo‘rqishlik.
Dunyoning kaliti - to‘qlik.
Oxiratning kaliti - ochlik».

Qayd etilgan


mutaallimah  26 Oktyabr 2007, 18:36:33

*   * *
Ibodat shundayin bir kasbki, uning:
Qilinajak joyi - xilvat;
Uning dastmoyasi - taqvo;
Foydasi - jannatdir.

Qayd etilgan


mutaallimah  26 Oktyabr 2007, 18:36:46

*   * *
Molik ibn Dinor aytdilar: «Uch narsani uch narsa bilan ushlay olsang, mo‘min bo‘lasan:
Kibrlikni tavoze’ bilan;
Ochko‘zlikni qanoat bilan;
Hasadni nasihat bilan».

Qayd etilgan


mutaallimah  26 Oktyabr 2007, 18:36:59

TO’RTLIK HADIS VA HIKMATLAR BOBI

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Abu Zarr al-G’iforiyga shunday deganlar:
«1. Ey Abu Zarr, kemangizni yangilang, chunki dengiz chuqurdir.
Tayyorgarlikni komil qilib oling, chunki safar uzoqdir.
Yukingizni yengillating, chunki yo‘l mashaqqatlidir.
4.   Amallaringizni   xolis   qiling,   chunki   mukofot   beruvchi   ko‘rib
turguvchidir».

Qayd etilgan