Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy. Oxirat kuniga tayyorgarlik  ( 100026 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 23 B


mutaallimah  26 Oktyabr 2007, 18:37:16

*   * *
Bir shoir shunday debdi:
«Tavba qilmoq odamlarga farzdir, bil,
Gunohlarni tark aylash vojibroq bundan.
Mashaqqatga sabr qilmoq anchayin mushkul,
Lek savobni yo‘qotish qiyinroq undan.
Voh, ajabo, umr o‘tar, o‘zgarar zamon,
Bundan ajib odamlarni g‘aflat bosgani.
Kelayotgan hamma narsa yaqinlashgan on,
Bilmaysanki, undan yaqin ajal bosqini».

Qayd etilgan


mutaallimah  26 Oktyabr 2007, 18:37:32

*   * *
Ba’zi hukamolar aytishdiki: «To‘rt narsa chiroylidir, ammo to‘rt narsa borki, undan ham go‘zalroqdir:
Erkaklarning   hayoli   bo‘lishlari   chiroyli,   lekin   xotinlar   hayo qilsalar, bundan ham go‘zalroq bo‘ladi.
Har  bir  kishining odil  bo‘lmoqligi  chiroyli,  lekin  boshliqlar odillik qilsalar, bundan ham go‘zalroqdir.
Qarilarning tavba   qilishlari   chiroyli,  biroq  yoshlarning tavba qilishlari bundan ham go‘zalroqdir.
Boylarning   ehson   qilishlari   chiroyli,   ammo   faqirlar   ehson qilsalar, bundan ham go‘zalroqdir».

Qayd etilgan


mutaallimah  26 Oktyabr 2007, 18:37:46

*   * *
Ba’zi hukamolarning aytishlaricha, to‘rt narsa xunuk, lekin yana to‘rt narsa borki, undan xunukroqdir:
Yoshlarning gunoh qilishlari xunuk, lekin qarilarniki bundan ham xunukroqdir.
Johillarning  dunyo  bilan   shug‘ullanishlari   xunuk,   olimlarniki bundan ham xunukroq.
3.   Barcha    insonlarning   dangasalik   qilishlari   xunuk,   ulamo   va
talabalarniki bundan ham xunukroqdir
4.   Boylarning kibr qilishlari xunuk, ammo kambag‘allarniki bundan ham
xunukroq.


Qayd etilgan


mutaallimah  26 Oktyabr 2007, 18:37:59

*   * *
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilarki:
«1.  Yulduzlar osmonning tinchligi uchun  kafil, lekin uning uzilib tushish vaqti kelsa, osmonning halokatiga sabab bo‘ladi.
2.  Uy  ahlim ummatimning tinchligi uchun  kafil,  agar ahlim  vafot etadigan vaqt kelsa, ummatimning halok bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
3.   Men sahobalarimning tinchligi uchun kafilman, agar men vafot etsam,
sahobalarim halokatiga sabab bo‘laman.
4.   Tog‘lar  yerning tinchligi uchun  kafildir,  agar ular o‘rinlaridan
ko‘chsalar, yer ahlininghalok bo‘lishiga sabab bo‘lurlar».


Qayd etilgan


mutaallimah  26 Oktyabr 2007, 18:38:10

*   * *
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu aytdilar: «To‘rt narsa borki, yana to‘rt narsa bilan komil (to‘la) bo‘ladi:
Namoz - sajdai sahv bilan to‘la bo‘ladi.
Ro‘za - sadaqai fitr bilan to‘la bo‘ladi.
Haj - fidya to‘lashlik bilan to‘la bo‘ladi.
Iymon - jihod bilan to‘la bo‘ladi».

Qayd etilgan


mutaallimah  26 Oktyabr 2007, 18:38:22

*   * *
Abdulloh ibn Muborak shunday debdilar:
«1.  Kim har kuni o‘n ikki rakat sunnat namozini o‘qibdi, demak, u namozining haqqini ado etibdi.
Kim har oyda uch kun ro‘za tutibdi, demak, u ro‘zaning haqqini ado etibdi.
Kim har kuni Qur’oni karimdan yuz oyat o‘qibdi, demak, u qiroatning haqqini ado etibdi.
Kim juma kuni bir dirham sadaqa qilibdi, demak, u sadaqaning haqqini ado etibdi».

Qayd etilgan


mutaallimah  26 Oktyabr 2007, 18:38:35


*   * *
Umar roziyallohu anhuning aytishlaricha, dengizlar soni to‘rttadir:
Kibru havo - gunohlar dengizidir.
Nafs - shahvatlar dengizidir.
O’lim -umrlarning dengizidir.
Qabr - nadomatlar dengizidir.


Qayd etilgan


mutaallimah  26 Oktyabr 2007, 18:38:49

* * *
Usmon roziyallohu anhu shunday deganlar: «Men ibodatning halovatini to‘rt narsada topdim:
Alloh taoloning farzini ado etishda;
Alloh harom qilgan narsalardan chetlanishda;
Allohdan savob umidida yaxshilikka buyurishda;
Allohning g‘azabidan qo‘rqib yomon ishdan qaytarishda».


Qayd etilgan


mutaallimah  26 Oktyabr 2007, 18:39:01

*   * *
Usmon   roziyallohu  anhu  yana   aytdilarki:   «To‘rt  narsaning  zohiri fazilatdir va botini farzdir:
Solih kishilarga qo‘shilib turish - fazilat va ularga ergashish -farz;
Qur’on o‘qish - fazilat va unga amal qilish - farz;
Qabrlarni ziyorat qilish - fazilat va qabrga tayyorgarlik ko‘rish -farz;
Bemor kishini ko‘rish - fazilat va vasiyatini olish - farz».

Qayd etilgan


mutaallimah  26 Oktyabr 2007, 18:39:13


*   * *
Ali roziyallohu anhu aytdilar:
«1. Jannatga mushtoq kishi yaxshilik qilishga shoshiladi.
Do‘zaxdan qo‘rqqan kishi shahvatdan tiyiladi.
O’limni anglagan kishining lazzat-farog‘ati buziladi.
Dunyoni tanigan kishiga musibatlar yengil bo‘ladi».

Qayd etilgan