Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy. Oxirat kuniga tayyorgarlik  ( 99859 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 23 B


mutaallimah  24 Oktyabr 2007, 02:31:46


Qayd etilgan


mutaallimah  24 Oktyabr 2007, 02:32:31

Payg‘ambar alayhissalomdan keltirilishicha, ikki xislat borki, undan afzalroq narsa yo‘q:
Allohga iymon keltirish;
Musulmon birodarlariga yordam ko‘rsatish.

Va ikki xislat borki, undan yomonroq narsa yo‘q:
Allohga shirk keltirmoq;
Musulmon birodarlariga ziyon yetkazmoq.

Qayd etilgan


mutaallimah  24 Oktyabr 2007, 02:32:44


*   * *

Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Sizlar o‘zingizga:
1.   Ulamolar suhbatida o‘ltirmoqni;
2.   Hukamolarning suhbatini tinglamoqni lozim ko‘ring. Chunki yomg‘ir
suvi o‘lik yerni tiriltirganiday, Alloh taolo hikmat nuri bilan o‘lik
qalblarga jon baxsh etadi».


Qayd etilgan


mutaallimah  24 Oktyabr 2007, 02:33:04

*   * *
Abu Bakr Siddiq roziyalllohu anhu aytadilarki: «Qabrga tayyorgarliksiz kirgan odam kemasiz dengizga tushgan kishiga o‘xshaydi».

Qayd etilgan


mutaallimah  24 Oktyabr 2007, 02:33:21

*   * *
Umar roziyallohu anhu shunday debdilar:
«1. Dunyoning azizligi mol bilan;
2. Oxiratning azizligi solih amallar bilan».


Qayd etilgan


mutaallimah  24 Oktyabr 2007, 02:33:35

*   * *
Usmon roziyallohu anhu aytadilarki:
«1. Dunyoning g‘ami - qalbdagi zulmatdir;
2. Oxiratning g‘ami - qalbdagi nurdir».


Qayd etilgan


mutaallimah  24 Oktyabr 2007, 02:34:14


*   * *
Ali roziyallohu anhu aytadilarki:
«1. Ilm talab qilgan kishining talabida hamisha jannat bo‘ladi;
2. Gunoh talab etgan odamning talabida hamisha do‘zax bo‘ladi.

Qayd etilgan


mutaallimah  24 Oktyabr 2007, 02:35:05

*   * *
Yahyo ibi Mu’oz aytdilar:
«Allohga osiy (gunohkor) bo‘lmaslik - karimlikdir (ulug‘likdir).
Dunyoni oxiratdan afzal ko‘rmaslik - hakimlikdir».

Qayd etilgan


mutaallimah  24 Oktyabr 2007, 02:35:18

*   * *
A’mash roziyallohu anhu shunday debdilar:
«1. Kimning dastmoyasi taqvo bo‘lsa, dinining foydasini maqtashdan tillar charchabdi;
2. Kimning dastmoyasi dunyo (boylik) bo‘lsa, dinining ziyonini tahriflashdan tillar charchabdi».


Qayd etilgan


mutaallimah  24 Oktyabr 2007, 02:35:34

*   * *
Sufyon as-Savriy aytibdilar:
«1. Shahvat tufayli qilingan gunohlar kechirilishiga umid qilsa bo‘ladi, chunki Odam alayhissalomning adashishlari shahvatdan bo‘lgandi.
2. Kibr tufayli qilingan gunohlar kechirilishiga aslo umid yo‘q, chunki shaytonning gunohi asli kibrdan bo‘lgandi».


Qayd etilgan