Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy. Oxirat kuniga tayyorgarlik  ( 99873 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 23 B


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 07:49:05

*   * *
Umar roziyallohu anhudan shunday rivoyat keltirilibdi:
«1. Insonlarga chiroyli do‘st bo‘lish - aqlning yarmi;
Bilmaganini chiroyli so‘rash - ilmning yarmi;
Chiroyli tadbir qilish hayotdagi baxtning yarmidir».

Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 07:49:35

*   * *
Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qilingan:
«1. Dunyo (boylik)ni tark qilgan kishini Alloh taolo yaxshi ko‘radi.
Gunohlarini tark qilgan kishini maloikalar yaxshi ko‘radilar.
Musulmonlardan ta’ma qilishni to‘xtatgan kishini musulmonlar yaxshi ko‘radilar».

Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 07:49:57

*   * *
Ali roziyallohu anhudan rivoyat etilishicha:
Dunyo ne’matlaridan - Islom ne’mati sizlarga kifoya.
Shug‘ullanishlikda -toatda shug‘ullanmoqlik kifoya.
Ibratda - o‘lim ibrati sizlarga kifoya.


Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 07:50:18

*   * *
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilishibdi:
«1.  Berilgan  ne’matlar zarar  qilib,  qancha-qancha o‘z ra’yiga bino qo‘ygan kishilar bor.
Maqtanish zarar qilib, fitnalanish oqibatida qancha-qancha buzilib ketganlar bor.
Gunohlarning bekitiqchasi zarar qilib,  qancha-qancha  aldanganlar bor».


Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 07:50:40

*   * *
Payg‘ambar Dovud alayhissalomga Zaburda quyidagi vahiy kelgan: «Oqil kishi uchun bu dunyoda faqat uch narsaga mashg‘ul bo‘lish buyurilgan:
«1. Solih amallar qilib, oxirat kuniga tayyorgarlik ko‘rish;
Yashash uchun jamg‘arma to‘plash;
Lazzatning halolidan talab etishlik».


Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 07:52:15

*   * *
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilib aytiladiki, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Uch narsa najot bo‘luvchidir va uch narsa gunohlarga kafforatdir:

Najot bo‘luvchilar :
1.Ichda ham, tashda ham Allohdan qo‘rqish;
2.Boylikda ham, faqirlikda ham o‘rtacha yurish;
3.Mamnunlikda ham, g‘azab kelganda ham birday odil bo‘lish.

Halok qiluvchilar :
1.Haddan ortiq baxil bo‘lish;
2.Havoyi nafsga qul bo‘lib, uning buyurganini qilish;
3.O’ziga bino qo‘yib, o‘zini katta olish.

Darajot bo‘luvchilar :
1.Ochiq salom berish;
2.Bechora-miskinlarni taomlantirish;
3.Tunda odamlar uxlaganda nafl namoz o‘qish.

Gunohga kafforat bo‘luvchilar :
1.Qiyinchilikda tahoratni komil (mukammal) qilish;
2.Jamoat namozlariga borish;
3.Namozdan so‘ng navbatdagi namozni kutish.



Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 07:52:35

* * *
Jabroil alayhissalom Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga shunday dedilar:
« - xohlaganingizcha yashang, lekin baribir bir kuni vafot etasiz;
- istagan kishingizni yaxshi ko‘ring, ammo baribir bir kuni undan ajralasiz;
- xohlagan ishingizni qilavering, albatta unga mukofot yoki jazo olasiz».

Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 07:52:55

*   * *
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo uch xil kishini soya yo‘q kunda Arshning soyasida asragay:
1.   Qiyinchilikda (masalan, suv tanqisligi yoki kun sovuqligida)
tahoratni komil qilgan kishini;
Masjidga qorong‘i tushganda ham borgan kishini;
Och kishilarga taom ulashuvchi kishini».

Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 07:53:18

*   * *
Ibrohim alayhissalomdan «Nima qilganingiz uchun Alloh taolo sizni do‘st qilib oldi?» deb so‘ralganida, u zot shunday javob qildi: «Quyidagi uch narsa tufayli:
1.Alloh taolo amrini boshqalar amridan ustun qo‘yganligim uchun;
2.Alloh taolo men uchun kafil bo‘lgan narsalarga g‘am qilmaganim uchun;
3.   Kunduzgi ovqatni ham, kechki ovqatni ham mehmon bilan baham
ko‘rganim uchun».

Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 07:53:41

*   * *
Ba’zi hukamolarning aytishlaricha, quyidagi uch narsa g‘am-g‘ussalarni ketkazadi:
1.Alloh taoloni zikr qilish;
2.Allohning do‘stlari bilan muloqotda bo‘lish;
3.Hukamolarning so‘zlarini tinglash.


Qayd etilgan