Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy. Oxirat kuniga tayyorgarlik  ( 99875 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 23 B


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 07:54:00

*   * *
Hasan al-Basriy rahimahulloh taolo aytdilar:
«1. Odobi bo‘lmagan kishining ilmi yo‘q.
2. Sabri bo‘lmagan kishining dini yo‘q.
3. Taqvosi yo‘q kishining Allohga yaqinligi yo‘q».

Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 07:54:37


*   * *
Rivoyat qilinishicha, Bani Isroil qabilasidan bir kishi ilm axtarib chiqdi. Ularning payg‘ambariga bu xabar yetganida, u o‘sha kishining oldiga o‘z yigitlarini yubordi. Va payg‘ambar unga shunday dedi: «Men senga uch xislatni nasihat qilaman, ilmlarning avvali-yu oxiri unda mujassamdir:
1.Alloh taolodan ichingda-yu tashingda qo‘rqqin.
2.Xalqni yomonlab zikr qilishdan tilingni tiy, faqat yaxshiliklarini gapir.
3.Sen yeyayotgan noningga qara, hatto u ham haloldan bo‘lsin!»

Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 07:54:58

*   * *
Yana rivoyat qilinadiki, Bani Isroil qabilasidan bir kishi sakson sandiqdagi kitobni mutolaa qilib ta’lim olibdi-yu, lekin ilmi aslo foyda bermabdi. Shunda Alloh taolo ularning payg‘ambariga shunday vahiy tushiribdi: «Aytgin o‘sha ilmi jamlangan kishiga, sen ko‘p ilm olibsan, ammo u foyda bermagan ekan, faqat uch narsaga amal qil:
1.Dunyoni yaxshi ko‘rma - bu dunyo mo‘minlarning hovlisi emas.
2.Shaytonga do‘st bo‘lma, u mo‘minlarning birodari emas.
3.Biror kishiga ham aziyat yetkazma - bu mo‘minlarning kasbi emas».

Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 07:55:29

*   * *
Abu Sulaymon ad-Doroniy munojotlarida shunday deganlar:
«1. Iloho, meni gunoh qilgan holimda ko‘rsang, Sening avfingni so‘rayman.
2.Agar baxil holatimda ko‘rsang, men Sening saxiyligingni talab qilaman.
3.Agar meni do‘zaxga kirgizsang ham, u yerda do‘zax ahliga Seni yaxshi ko‘rishligimdan xabar beraman».

Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 07:55:45

*   * *
Aytishlaricha, odamlarning baxtliroqlari quyidagilardir:
Qalbi ilmga tashna kishilar;
Jismi sabr qiluvchi kishilar;
Qo‘lida bor narsalarga qanoat qiluvchi kishilar.


Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 07:55:56


*   * *
Ibrohim un-Naha’iy shunday dedilar: «Sizlardan oldingi qavm uch sabab tufayli halokatga yuz tutdi:
Ko‘p gapirganliklari sababli;
Ko‘p taom yeganliklari sababli;
Ko‘p uxlaganliklari sababli».

Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 07:56:08

*   * *
Yahyo ibn Mu’oz rahimahulloh taolo shunday debdilar:
«1. Dunyo tark qilmay turib, uni avval o‘zi tark etgan kishiga;
2.   Qabrga kirmay turib, oldin qabr sinovini bino qilib qo‘ygan
kishiga;
3.   Alloh huzuriga bormay turib, Allohni rozi qilgan kishiga qanchalar
yaxshi».

Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 07:56:41

*   * *
Ali roziyallohu anhu aytdilar: «Kimning huzurida Alloh taoloning sunnati, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam va Alloh do‘stlarining sunnati bo‘lmas ekan, demakki, uning qo‘lida hech narsa yo‘q ekan».
1.   «Allohning sunnati nima?» deb so‘ralganida, «Sirni berkitmoqlik»,
dedilar.
2.   «Rasulullohning sunnatlari nima?» deb so‘ralganida, «Odamlar
bilan murosa qilmoqlik», dedilar.
3.   «Alloh do‘stlarining sunnatlari nima?» deb so‘ralganida,
«Insonlardan yetgan aziyatlarga bardosh bermoqlik», dedilar.

Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 07:56:53


*   * *
Yana shu zot aytdilarki: «Bizdan oldingi kishilar uch xislatni vasiyat qilib yozib qoldirganlar. Bular quyidagilar:
Oxirati uchun amal qilgan kishiga dunyo va din ishlarida Allohning so’zi kafil.
Qalbini chiroyli qilgan kishining ustini (tashini) Alloh chiroyli qilib qo‘yadi.
O’zi bilan Alloh o‘rtasini isloh qilgan kishining insonlar bilan o‘rtasini (Alloh) isloh qilib qo‘yadi».

Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 07:57:11


*   * *
Ali roziyallohu anhu aytadilar:
«1. Alloh taolo huzurida bandalarning yaxshisi, afzali bo‘l.
2.Nafs-havo huzurida insonlarning yomoni bo‘l.
3.Insonlarning huzurida ularning biri (ya’ni, insonlar bilan teppa-teng) bo‘l».


Qayd etilgan