Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy. Oxirat kuniga tayyorgarlik  ( 99884 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 23 B


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 07:57:32

*   * *
Uzayr alayhissalomga Alloh taolodan shunday vahiy keldi:
«1. Agar kichkinagina gunoh qilsang, uning kichikligiga qarama - sen uni kim uchun qilganingga e’tibor ber.
2.Agar senga ozgina yaxshilik yetsa, uning ozligiga qarama - balki seni rizqlantirgan Zotga qaragin.
3.Agar senga balo yetsa, sening yomonliklaring huzurimga chiqqanida maloikalarimga sendan shikoyat qilmaganim kabi Men to‘g‘rimda maxluqlarimga shikoyat qilmagin».

Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 07:57:56

Hotam ul-Asam aytdilar: «Har kuni ertalab mendan shayton shunday deb so‘raydi:
«1. Nima yeysan?
2.Nima kiyasan?
3.Qaerda turasan?»
Men unga shunday javob qaytaraman:
O’limni yeyman.
Kafanni kiyaman.
Qabrda turaman».

Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 07:58:09

*   * *
Payg‘ambar alayhissalom shunday dedilar: «Gunohning xo‘rligidan toatning azizligiga chiqqan kishini Alloh taolo:
Molsiz boy qilib qo‘yadi.
Askarsiz ham qo‘llab-quvvatlaydi.
Qarindosh-urug‘siz ham aziz qilib qo‘yadi».

Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 07:59:27

*   * *
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinishicha, bir kuni u zot sahobalarining huzurlariga chiqib: «Qanday tong ottirdinglar?» deb so‘raganlarida, ular: «Alloh taologa mo‘min bo‘lgan holda tong ottirdik», deb javob berdilar. «Iymonlaringizning alomati nima?» deb so‘raganlarida, ular: «Balolarga sabr, kengchilikka shukr qilamiz, qazoga rozi bo‘lamiz», deb javob qilishdi. Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Ka’baning Rabbi - Alloh taologa qasam bo‘lsinki, sizlar chin mo‘minsizlar», dedilar.

Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 07:59:40

*   * *
Allohtaolo ba’zi payg‘ambarlarga shunday vahiy yuborgan:
«1. Meni yaxshi ko‘rgan holda Menga yo‘liqqan kishini jannatimga kirgizaman.
2.   Mendan qo‘rqqan holda menga yo‘liqqan odamni do‘zaximdan asrayman.
3.   Mendan uyalgan holda menga yo‘liqqan kishining saqlangan
gunohlarini esdan chiqaraman yoki kechib yuboraman».

Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 07:59:55

*   * *
Abdulloh ibn Mas’ud shunday debdilar:
«1. Alloh taolo farz qilgan narsalarni ado eting, shunda insonlarning obidrog‘i bo‘lasiz.
2.   Alloh taolo harom qilgan narsalardan saqlaning, shunda
odamlarning zohidrog‘i bo‘lasiz.
3.   Alloh taolo taqsimlab bergan narsalarga rozi bo‘ling, shunda
kishilarning boyrog‘i bo‘lasiz».

Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 08:00:22


*   * *
Solih al-Marqadiy ba’zi diyorlardan o‘tib keta turib shunday savol qildilar:
«1. Sening oldinggi ahllaring qaerda qoldi?
2.Oldingi obod qiluvchilaring qaerda qoldi?
3.Eski istiqomat qiluvchilaring qaerda qoldi?» Shunda g‘oyibdan bir ovoz keldi:
«1. Dunyodan ularning izlari o‘chdi.
2.Jismlari tuproq tagida chirib bitdi.
3.Amallari esa bo‘yinlarida marjon bo‘lib qoldi».


Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 08:00:35

*   * *
Ali roziyallohu anhu aytdilar:
«1. Xohlagan kishingga fazilatli bo‘l - chunki sen uning amirisan.
Xohlagan kishingdan so‘rayver - chunki sen unga asirdursan.
Xohlagan kishingga behojat bo‘l - chunki sen u bilan barobarsan».

Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 08:00:46

*   * *
Yahyo ibn Mu’oz rahmatullohi alayh aytgan ekanlar: «Dunyoning hammasini tark etishlik bu dunyoning borini oxiratga olib ketishlikdir. Dunyoning hammasini tark qilgan kishi dunyoning borini olibdi. Kimki dunyoning hammasini olsa, dunyoning barchasini tark qilibdi. Xullas, dunyoning har birini olib ketishlik dunyoning har birini tark qilishdadir va dunyoni qoldirib ketishlik dunyoning hammasini egallab olishdadir».

Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 08:01:03

* * *
Ibrohim ibn Adham rahimahullohdan «Qanday qilib zohidlikka erishdingiz?» deb so‘rashganida, «Uchta xislat tufayli», deb javob bergan ekanlar. Ya’ni:
«1. Qabr naqadar vahshatli, ammo men bilan birga hamroh yo‘q deb bildim.
2.Oxirat yo‘li uzun, lekin menda tayyorgarlik yo‘q deb ishondim.
3.Alloh taolo qozi bo‘lgan kunda Uning huzurida menda hujjat yo‘q deb tanidim».

Qayd etilgan