Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy. Oxirat kuniga tayyorgarlik  ( 99878 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 23 B


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 08:01:15

*   * *
Ulug‘ oriflardan Shibli rahimahulloh shunday debdilar: «Ey Parvardigoro, albatta Senga barcha hasanotimni faqirligim va zaifligim bilan hiyba (baxshida) qilishni yaxshi ko‘raman. Mendan behojat bo‘la turib Sen nechuk gunohlarimni kechmakni yaxshi ko‘rmaysan?»

Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 08:01:27


*   * *
Yana aytadilarki: «Agar Allohga do‘st bo‘lishni xohlasangiz, nafsingizdan qo‘rqing! Agar Unga yetishmoqlikning mazasini bir oz totib ko‘rganingizda edi, Undan uzilib qolishning naqadar achchiqligini bilgan bo‘lardingiz».


Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 08:01:41

*   * *
Sufyon as-Savriy rahimahullohdan «Allohga do‘st bo‘lish nima?» deb so‘rashganida:
«- har bir chiroyli yuzli kishiga;
har bir yoqimli xushovoz kishiga;
har bir shirin tilli kishiga do‘st bo‘lmaslikdir», degan ekanlar.

Izoh: «Xushro‘y, xushovoz, shirinzabon kishilar bilan do‘st tutinish orqasidan Allohdan uzoqlashish kelib chiqmasmikin?» degan shubha bor.

Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 08:02:25


*   * *
Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Zohidlik uch harfdan, ya’ni «Z», «H», «D» harflaridan iborat», debdilar.
1. Z- oxirat uchun zahira qilmoqlik.
2.H - dinga hidoyat qilmoqlik.
3.D - toatda doimiylik.

Yana bir o‘rinda shunday deyilibdi:
1. Z- ziynatni tark etishlik.
2.H - havoyi-nafsni tark etishlik.
3.D - dunyoni tark etishlik.

Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 08:02:45

*   * *
Homid ul-Lifofi rahimahulloh huzurlariga bir kishi kelib: «Menga nasihat qiling», deganida, u kishi: «Kitobing ustiga g‘ilof qilganday diningga ham g‘ilof qil», dedilar. «Dinning g‘ilofi nima?» deb so‘ralganida, u kishi aytdilarki:
«1. Chorasiz qolgandagina gapirmoq;
2.Dunyo ishlariga ilojsiz qolgandagina aralashmoq;
3.Noiloj qolgandagina insonlarga qo‘shilmoq».


Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 08:03:05

*   * *
U kishi yana aytdilarki: «Albatta zohidlikning asosi:
1.Haromning kattasidan ham, kichigidan ham hazar qilishda;
2.Barcha farzlarning osonini ham, qiyinini ham barobar ado etishda;
3.   Dunyosining hojatidan tashqarisini dunyo ahliga ulashib
berishlikdadir».


Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 08:03:33


*   * *
Luqmoni Hakim o‘z o‘g‘illariga shunday nasihat qilibdilar: «Ey o‘g‘il, inson uch qismga taqsim bo‘ladi, shundan bir qismi Alloh uchun, yana bir qismi o‘z nafsi uchun va oxirgi bir qismi qurt-qumursqa uchundir:
1.Insonning ruhi - Alloh uchundir;
2.Uning qilgan amallari - nafsi uchundir;
3. Insonning jismi - qurtlar uchundir».

Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 08:04:14

*   * *
Ali roziyallahu anhu dedilar: «Uch narsa xotirani ziyoda qiladi va safroni ketkazadi. Bular:
Misvok ishlatish;
Ro‘za tutish;
Qur’on qiroat qilish».

Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 08:04:28

*   * *
Ka’b ul-Axbor roziyallohu anhu shunday debdilar: «Mo‘minlarga shaytondan himoyalanish uchun uchta qo‘rg‘on bor:
Masjid;
Allohni zikr qilish;
Qur’on o‘qish».

Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 08:04:42

*   * *
Ba’zi hukamolarning aytishlaricha, uch narsa Allohning xazinasidan bo‘lib, ularni faqat yaxshi ko‘rgan bandalariga berur. Bu uch narsa tubandagilar:
Faqirlik;
Kasallik;
Sabr.

Qayd etilgan