Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy. Oxirat kuniga tayyorgarlik  ( 66315 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 23 B


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 08:05:19

*   * *
Ibn Abbos roziyallohu anhudan «Kunlarning qaysi biri, oylarning qaysisi, amallarning qay biri yaxshiroqdir?» deb so‘rashganida, u kishi shunday javob qildilar:
«1. Kunlarning yaxshisi - juma kunidir.
2.Oylarning yaxshisi - Ramazon oyidir.
3.Amallarning yaxshisi - vaqtida o‘qilgan besh vaqt namozdir».

Shuni aytganlaridan so‘ng uch kundan keyin Ali roziyallohu anhuga buni yetkazishibdi va Ibn Abbosning javoblariga munosabatlarini so‘rashibdi. Shunda u kishi debdilar: «Agar Mashriqdan Mag‘ribgacha bo‘lgan barcha ulamo, hukamo va fuqaholardan so‘rasangiz, ular ham Ibn Abbos roziyallohu anhudek javob berisha olmasdi. Lekin men javoblarni boshqacharoq berardim:
1.Amallarning yaxshisi Alloh taoloning sizdan qabul qilganlaridir;
2.Oylarning yaxshisi Alloh taologa xolis tavba qilgan oyingizdir;
3.   Kunlarning yaxshisi dunyodan Alloh taologa mo‘min holda chiqqan
kuningizdir».

Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 08:05:35

*   * *
Bir shoir she’rida keltiribdi: «Ko‘rmaysizmi, oy chiqarkan, kun botib, Bu ikkisi bizni qiladi abgor. Biz esa beparvo, g‘aflatda yotib, O’ynab-kularkanmiz pinhona-oshkor. Dunyo ne’matiga suyanmang aslo, Solih amal qiling ajal kelmayin. Sizga maskan emas vatani dunyo,
Do‘stlarning ko‘pligi aldab qo‘ymasin».

Qayd etilgan


mutaallimah  25 Oktyabr 2007, 08:05:47

*   * *
Shunday rivoyat bor: agar Alloh taolo biror bandasiga yaxshilikni ravo ko‘rsa:
Uni dinda olim qilib qo‘yadi.
Dunyoda zohid qilib qo‘yadi.
Nafsining ayblarini ko‘rsatib qo‘yadi.

Qayd etilgan


mutaallimah  26 Oktyabr 2007, 18:23:03

* * *
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: «Menga sizlarning dunyolaringizdan uch narsa ma’qul ko‘rildi:
Yaxshilik;
Soliha ayol;
Namoz».

Izoh:
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Alloh yo‘lida yaxshi amallar qilishni, hamisha ezgulikka intilishni, musulmon birodariga har ishda ko‘makdosh bo‘lishni mo‘minlarning eng asosiy vazifalaridan hisoblaganlar.
Ayollar insoniyat naslining, millatning davomchilari, ro‘zg‘orning posboni, oila farog‘atining xazinachisi, farzandlarning bardoshli murabbiysi sanalgan. Va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam onalarni, soliha va mo‘mina ayollarni hamisha ardoqlashni buyurganlar.
Payambarimiz sollallohu alayhi vasallam namozni - ibodatlarning onasi, din ustuni, itoatning asosi va gunohlardan forig‘ etuvchi amal, deb bilganlar. Namoz o‘qiganda ko‘zlari quvonchdan porlagan, yuzlari xushnudlikdan munavvar bo‘lgan.

Qayd etilgan


mutaallimah  26 Oktyabr 2007, 18:23:22


Ul zot bilan o‘tirgan sahobalardan Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu shunday dedilar: «Rost gapirasiz, ey Rasululloh, menga ham uch narsa maqbul ko‘rildi:
Payg‘ambarning yuzlariga boqmoqligim;
Payg‘ambarga infoq (ehson) qilmoqligim;
Qizimni Payg‘ambarga zavjai halol qilib berganligim».

Umar roziyallohu anhu aytdilarki: «Rost gapirasiz, ey Abu Bakr, menga ham uch narsa yaxshi ko‘rildi:
Yaxshi amallarga buyurish;
Yomon ishlardan qaytarish;
Eski kiyim kiyish».

Qayd etilgan


mutaallimah  26 Oktyabr 2007, 18:23:36


Usmon roziyallohu anhu dedilar: «Rost aytasiz, ey Umar, menga ham uch narsa yaxshi ko‘rildi:
Och kishilarni to‘ydirish;
Yalang‘ochlarni kiyintirish;
Qur’oni karim o‘qish».

Ali roziyallohu anhu shunday dedilar: «To‘g‘ri gapirayapsiz, ey Usmon, menga ham dunyoda uch narsa yaxshi ko‘rsatildi:
Mehmonga xizmat qilish;
Yoz paytida ro‘za tutish;
Qilich bilan jang qilish».



Qayd etilgan


mutaallimah  26 Oktyabr 2007, 18:23:50

Shu payt to‘satdan Jabroil alayhissalom kelib qoldilar va aytdilarki: «Alloh taboraka va taolo sizlarning so‘zlaringizni eshitib mendan «Agar dunyo ahli bo‘lganingizda nimani yaxshi ko‘rar edingiz?» deya so‘rashligingizni buyurdi». Shunda Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalomdan: «Siz ham dunyo ahlidan bo‘lganingizda nimalarni yaxshi ko‘rgan bo‘lardingiz?» deb so‘radilar. Jabroil alayhissalom shunday javob qildilar:
«1. Yo‘ldan adashganlarni to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘yish;
Sabr-qanoatli g‘ariblarga yordam ko‘rsatish;
Qiynalgan kambag‘allarga ko‘mak berish».

Yana Jabroil alayhissalom shunday debdilar: «Alloh jalla va a’lo bandalardagi uch xislatni yaxshi ko‘radi:
Qodir bo‘lganicha ehson qilishlikni;
Afsus-nadomat paytida yig‘lashni;
Qiyinchilik paytida sabr qilishni».


Qayd etilgan


mutaallimah  26 Oktyabr 2007, 18:31:37

* * *
Ba’zi hukamolar aytdilarki:
«1. Faqat aqliga suyangan kishi adashadi.
Moli bilan behojat bo‘lgan kishining moli ozayadi.
Maxluq bilan aziz bo‘lgan kishi xo‘rlanadi».


Qayd etilgan


mutaallimah  26 Oktyabr 2007, 18:31:54


* * *
Ba’zi hukamolarning aytishlaricha, Haqni tanishlikning mevasi uchta xislatdadir:
Alloh taolodan hayo qilishda;
Alloh taolo yo‘lida birodarlari bilan ko‘rishib do‘st tutinishda;
Alloh taologa do‘st bo‘lishda.

Qayd etilgan


mutaallimah  26 Oktyabr 2007, 18:34:48

*   * *
Payg‘ambar alayhissalom aytdilar:
«1. Muhabbat - haqni tanishlikning asosi.
Poklik - iymonning alomati.
Iymonning dastmoyasi - taqvo va Alloh taoloning taqdiriga rozi bo‘lish».


Qayd etilgan