Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy. Oxirat kuniga tayyorgarlik  ( 68600 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 23 B


mutaallimah  29 Oktyabr 2007, 08:41:50


*   * *
Payg‘ambar alayhissalom aytadilarki: «Qiyomat kuni bo‘lganida tarozi qo‘yiladi va namozxonlar olib kelinadi. Ular tarozidan ajrlarini to‘la oladilar. Keyin ro‘zadorlar olib kelinadi, ular ham tarozidan ajrlarini to‘la oladilar. So‘ngra hojilar keltirilib, ular ham shu singari ajrlarni to‘la oladilar. So‘ngra balolangan ahl olib kelinadi, ularga tarozidan hech narsa o‘lchanmaydi, hatto amallari bitilgan «Nomai a’mol» kitobi ham ochilmaydi. Shunday bo‘lsa-da, ular ham ajrlarini to‘la oladilar, hatto ofiyat ahli ularning manzilida bo‘lishni orzu ham qiladilar».


Qayd etilgan


mutaallimah  29 Oktyabr 2007, 08:42:09


*   * *
Ba’zi hukamolar aytadilarki: «Odam bolasi (vafotidan so‘ng) to‘rt talashuvchiga duch keladi:
O’lim farishtalari uning ruhini talashadilar.
Merosxo‘rlar molini talashadilar.
Qurt-qumursqalar jismini talashadilar.
Xusumatgo‘ylar Qiyomat kunida uning obro‘ yoki amalini talashadilar».


Qayd etilgan


mutaallimah  29 Oktyabr 2007, 08:42:23

*   * *
Ba’zi hukamolar aytadilarki:
«1.   Nafs  istagi  bilan  shug‘ullangan  kishi xotinlar bilan  muloqot qilishdan chorasizdir.
2.   Molni   jamlash   bilan   mashg‘ul   bo‘lgan   kishi   molni   haromdan
jamlashdan chorasizdir.
Musulmonlarga foyda yetkazuvchi  kishi musulmonlar bilan murosa qilishdan chorasizdir.
Ibodat  qilish   bilan   shug‘ullangan   kishi   ilmu  ta’lim   olishdan chorasizdir».

Qayd etilgan


mutaallimah  29 Oktyabr 2007, 08:42:37

*   * *
Ali   roziyallohu  anhu  aytadilarki:   «Amallarning  eng  og‘iri  to‘rt xislatdir:
G’azab kelganda yutib yuborish;
Qiynalgan vaqtda ehson qilish;
Xoli qolganda pok bo‘lish;
4.   Qo‘rqadigan  va biror narsani umid qiladigan  kishiga haq so‘zni
aytish».


Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 01:53:02

*   * *
Zaburda Alloh taolo Dovud alayhissalomga vahiy yubordiki: «Albatta dono kishi to‘rt soatda to‘rt narsa bilan mashg‘ul bo‘ladi:
Birinchi soatda Rabbisiga munojot qiladi.
Ikkinchi soatda o‘zining nafsini hisob qiladi.
Uchinchi soatda aybini bildirib qo‘yadigan birodarlari bilan yuradi.
To‘rtinchi soatda taomning halolini iste’mol qiladi».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 01:53:13

* * *
Ba’zi hukamolar aytadilarki: «1ullikdan iborat bo‘lgan amallar to‘rttadir:
Ahdga vafo qilish;
Hadlarni saqlash, ya’ni hadlardan o‘tmaslik;
Yo‘qotgan narsasiga sabr qilish;
Mavjud narsaga rozi bo‘lish».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 01:53:26


BESHLIK HADIS VA HIKMATLAR BOBI

Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Kim besh toifa kishilarni past sanasa, besh narsaga zarar qilgan bo‘ladi:
Kim olimlarni past sanasa, diniga zarar qilgan bo‘ladi.
Kim amirlarni past sanasa, dunyosiga zarar qilgan bo‘ladi.
Kim qo‘shnilarini past sanasa, manfaatiga zarar qiladi.
Kim yaqinlarini past sanasa, do‘stligiga zarar qiladi.
Kim o‘z ahlini past sanasa, chiroyli yashashiga zarar qiladi».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 01:53:37

*   * *
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ummatlarimga yaqinda shunday zamon keladiki, o‘shanda quyidagi besh narsani yaxshi ko‘radilar va besh narsani unutadilar:
Dunyoni yaxshi ko‘radilar va oxiratni unutadilar.
Hovlilarini yaxshi ko‘radilar va qabrlarini unutadilar.
Mol-dunyoni yaxshi ko‘radilar va hisobni unutadilar.
Ayollarni yaxshi ko‘radilar va hurlarni unutadilar.
O’z nafslarini yaxshi ko‘radilar va Allohni unutadilar.
Ular mendan uzoqdirlar va men ulardan uzoqdirman».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 01:53:50

*   * *
Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Alloh kimga besh narsani bersa, boshqa besh narsani ham tayyorlab qo‘yadi:
Alloh kimga shukr qilishlikni nasib etsa, unga ziyodalikni ham tayyorlab qo‘yadi.
Alloh kimga duo qilishlikni nasib etsa, unga duosining ijobatini ham tayyorlab qo‘yadi.
Alloh kimga istig‘for aytishni nasib qilsa, unga kechirishlikni ham tayyorlab qo‘yadi.
Alloh kimga tavba qilishlikni nasib etsa, tavbasining qabulini ham tayyorlab qo‘yadi.
5.   Alloh kimga sadaqa qilishlikni nasib etsa, unga sadaqasining
qabulini ham tayyorlab qo‘yadi».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 01:54:02

*   * *
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu aytdilar: «Qorong‘ulik beshtadir va ularni yorituvchi chiroqlar ham beshtadir:
Dunyoni yaxshi ko‘rishlik qorong‘ulik va uning chirog‘i - taqvo;
Gunoh qorong‘ulik va uning chirog‘i - tavba;
3.   Qabr qorong‘ulik va uning chirog‘i - kalimai shahodat («La ilaha
illallohu Muhammadur rasululloh»);
Oxirat qorong‘ulik va uning chirog‘i - solih amal;
Sirot (ko‘prigi) qorong‘ulik va uning chirog‘i - iymon».

Qayd etilgan