Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy. Oxirat kuniga tayyorgarlik  ( 99877 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 B


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:03:50


*   * *
Abu Zarr roziyallohu anhu aytadilar: «Olti xislat majmuasi barcha dunyoga barobar keladi:
Lazzatli taom;
Solih farzand;
Munosib rafiqa;
Mustahkam so‘z;
Yetuk aql;
Sog‘lom tana».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:04:03

*   * *
Hasan al-Basriy rahimahulloh taolo aytadilar:
«1. Abdollar (Allohning tanlagan birodarlari) bo‘lishmaganida yer o‘z ustidagi hamma narsani yutib yuborar edi.
Yaxshilar bo‘lmaganida barcha yomonlar halok bo‘lardi.
Ulamolar bo‘lmaganida insonlar yo‘lboshchisiz qolardi.
Podshohlar bo‘lmaganida insonlar bir-birini halok qilardi.
Dunyoga xizmat qiluvchilar bo‘lmaganida dunyo xarob bo‘lardi.
Shamol bo‘lmaganida dunyoni badbo‘y hid bosib ketardi».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:04:16

*   * *
Donishmandlarning ba’zilari shunday deyishibdi:
«1. Kim Allohdan qo‘rqmasa, tilining xatosidan qutula olmaydi.
Kim Alloh huzuriga borishdan qo‘rqmasa, harom va shubhadan xalos bo‘lolmaydi.
Kim xalqdan noumid bo‘lmasa, ta’madan saqlana olmaydi.
Kim amalini saqlay olmasa, riyodan xoli bo‘lolmaydi.
Qalbini asrashga Allohdan yordam so‘rolmagan kishi hasaddan qutula olmaydi.
Ilmi va amali ziyoda kishiga nazar solmagan kishi manmansirashdan xoli bo‘lolmaydi».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:04:29

*   * *
Hasan al-Basriy rahimahulloh aytadilar: «Qalbning fasod bog‘lashiga olti narsa sabab bo‘ladi:
Tavba umidida gunoh qilaverish;
Ilmga amal qilmay ta’lim olish;
Ilmga amalda xolis bo‘lmaslik;
Allohning rizqiga shukr qilmay taom yeyish;
Allohning qismatiga rozi bo‘lmaslik;
O’liklarni qabrga qo‘yishdan ibrat olmaslik».


Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:04:42

*   * *
Yana Hasan al-Basriy aytadilar: «Kim bu dunyoni oxiratdan ustun qo‘ysa, Alloh taolo uni olti turli azob bilan azoblaydi. Shundan quyidagi uchtasini budunyoda ko‘radi:
Cheksiz orzuda bo‘lib qolish;
Qanoatsiz, hirsli bo‘lish;
Ibodatning halovatidan ajrab qolish.
Mana bu uch azobga esa oxiratda mubtalo bo‘ladi:
Qiyomat kunining dahshatiga ro‘baro‘ kelish;
Qattiq hisob-kitobga duchor bo‘lish;
Ko‘p hasrat-nadomatda qolish».


Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:04:52

*   * *
Ahnaf ibn Qays aytadilar:
«1. Hasadgo‘yning rohati bo‘lmaydi.
Yolg‘onchining odamgarchiligi bo‘lmaydi.
Baxilga hiyla qilib bo‘lmaydi.
Podshohning vafosi bo‘lmaydi.
Xulqi yomon kishi saodatmand bo‘lmaydi.
Allohning hukmini qaytaruvchi bo‘lmaydi».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:05:02

*   * *
Bir donishmanddan «Tavbasining qabul bo‘lganiga ne alomat bor?» deb so‘rashganida, u quyidagicha javob bergan ekan:
«1. O’zni gunohdan saqlamagan, deb bilish;
Qalbidagi xursandchiligini yashirib, mahzunlikni oshkor tutish
Yaxshilarga yaqinlashib, yomonlardan uzoqlashish;
Dunyoning ozini ham ko‘p, deb va oxirat amalining ko‘pini ham oz, deb bilish;
5.   Allohga qiladigan amallar bilan mashg‘ul bo‘lish va Alloh kafil
bo‘lgan narsalardan qalbini forig‘ tutish;
6.   Tilini saqlovchi va fikr qiluvchi bo‘lish».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:05:13

*   * *
Yahyo ibn Mu’oz rahimahulloh aytadilar: «Mening nazdimda quyidagilar eng qattiq aldanishlardir:
Nadomat qilmay avf umidida gunoh qilmoq;
Toatsiz Allohga yaqinlashmoqlikdan umidvor bo‘lmoq;
Do‘zax amali bilan jannat mevasini kutmoq;
Gunohlari turib jannatni talab etmoq;
Amalsiz ajr-mukofot kutmoq;
6. Sustlik bilan Allohdan umid qilmoq».


Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:05:24

*   * *
Bir shoir shunday debdi:
«Najot umid qilur ba’zi bir inson,
Lekin haq yo‘lidan yurmas biror on.
Kema quruq yerda suza olmas-ku,
Nega shundan ibrat olmas hech qachon?»


Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:05:58

*   * *
Ahnaf ibn Qaysdan «Banda uchun beriladigan ne’matlarning eng yaxshilari nima?» deb so‘rashganida, u zot shunday deb javob beribdilar:
«1. Tug‘ma aql. Agar u bo‘lmasa:
Yaxshi odob. Bordi-yu, bu ham bo‘lmasa:
Munosib do‘st. Agar u ham bo‘lmasa:
Allohga bog‘langan dil. Bordi-yu, u ham bo‘lmasa:
Mazmunsiz narsadan o‘zni tiyish. Bu ham bo‘lmasa:
O’sha bandaning o‘lgani yaxshidir».

Qayd etilgan