Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy. Oxirat kuniga tayyorgarlik  ( 99898 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 B


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:06:17


YETTILIK HADIS VA HIKMATLAR BOBI

Abu Hurayra roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan shunday rivoyat qiladilar: «Yetti kishini Alloh taolo Arshning soyasida soyalantiradi:
Odil boshliqni;
Yoshlikdan Allohning ibodati bilan o‘sgan kishini;
Yolg‘iz holida Allohni eslab ko‘z yosh to‘kkan kishini;
Qalbi doim masjid bilan bog‘langan kishini;
O’ng qo‘li qilgan sadaqani chap qo‘li bilmagan (ya’ni, maxfiy sadaqa qilgan) kishini;
Alloh yo‘lida do‘stlashgan ikki kishini;
Chiroyli ayol fahshiga chorlaganida «Alloh taolodan qo‘rqaman», deb undan bosh tortgan kishini».


Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:06:33

*   * *
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu aytdilar: «Baxil yetti narsaning biridan xoli emas:
Vafotidan so‘ng Alloh buyurmagan narsalarga sarf etuvchi kishi molu dunyosiga merosxo‘r bo‘ladi.
Yoki Alloh taoloning amri bilan uning o‘zini xo‘rlab, moli tortib olinadi yoki musodara qilinadi.
Yoki   baxilligi   tufayli   ko‘nglida   uyg‘ongan   rag‘bat  sababli   zoe ketadigan joylarga molini sarf qiladi.
Yoki xarob yerga imorat solish fikri tug‘ilib, shu orqali molini sovuradi.
5.   Yoki   unga   molining   cho‘kib   ketishi,   yonishi,   o‘g‘irlanishi   kabi kulfatlardan biri yetadi.
Yoki kasallikka chalinib, uni davolashga mollarini sarf qiladi.
Yoki mol-dunyosini biror joyga o‘zi yashirib, so‘ng uni topa olmaydi, molidan mahrum bo‘ladi».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:06:51

*   * *
Umar roziyallohu anhu aytadilar:
«1. Kimning kulgusi ko‘paysa, haybati ozayadi.
Kim insonlarni kamsitsa, o‘zi ham kamsitiladi.
Biror narsaga ko‘p mashg‘ul bo‘lgan kishi shu kasbi bilan taniladi.
Kibru havosi ko‘paygan kishining hayosi kamayadi.
Hayosi ozaygan kishining parhezi kamayadi.
So‘zi ko‘paygan kishining xatosi ko‘payadi.
Parhezi ozaygan kishining qalbi o‘ladi».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:07:19


* * *
Usmon roziyallohu anhu Alloh taoloning «Vakana tahtahu kanzul lahuma vakana abuhuma soliha», degan kalomi haqida shunday deganlar: «Oyati karimadagi «kanz» (ya’ni, kon) oltindan yasalgan taxt bo‘lib, unga quyidagi yetti satr bitilgan:
O’limninghaqligini bilib ham kulgan odamga ajablanaman.
Dunyoning yo‘q bo‘lib ketishini bilib ham unga rag‘bat qo‘ygan kishiga ajablanaman.
Hammasi qadarga bog‘liqligini bilib ham o‘tgan ishlarga g‘am chekkan kishiga ajablanaman.
Oxiratda hisob-kitob bo‘lishini bilib turib mol to‘plagan kishiga ajablanaman.
Do‘zaxni bila turib gunoh qilgan kishiga ajablanaman.
Alloh taoloning haqligini bila turib Allohdan boshqa kishilarni zikr qilgan kishiga ajablanaman.
7.   Jannatni bila turib dunyodan rohatlangan hamda shaytonning
dushmanligini bilib ham unga itoat qilgan kishiga ajablanaman».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:08:03

* * *
Ali roziyallohu anhudan quyidagi yetti narsa haqida so‘ralganida shunday javob qilgan ekanlar:
1.   Osmondan og‘irroq narsa bormi?
-   Pok kishilarga bo‘hton qilish.
2.   Yerdan kengroq narsa nima?
-   Haqiqat.
3.   Dengizdan boyroq narsa nima?
-   Qanoatli kishining qalbi.
4.   Toshdan qattiqroq narsa nima?
-   Munofiqning qalbi.
5.   Olovdan issiqroq narsa nima?
-   Zolim podshoh.
6.   Muzdan sovuqroq narsa nima?
-   Pastkashga muhtoj bo‘lmoq.
7.   Zahardan achchiqroq narsa nima?
-   Sabr.

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:08:19

*   * *
Payg‘ambar alayhissalom dunyo haqida shunday deganlar:
«1. Dunyo - hovlisi yo‘q odam uchun hovlidir.
Dunyo - moli yo‘q kishi uchun moldir.
Aqli yo‘q kishi dunyo to‘playdi.
Fahmi yo‘q kishi dunyo shahvatlari bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Ilmi yo‘q kishi dunyo uchun azoblanadi.
Fikri yo‘q kishi dunyo uchun hasad qiladi.
Dunyo haqida ma’rifati yo‘q kishi dunyo uchun harakat qiladi».


Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:08:31

*   * *
Jobir ibn Abdulloh al-Ansoriy Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qilishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar:
«1.   Jabroil   alayhissalom   qo‘shni   to‘g‘risida   shunchalik   ko‘p   vasiyat qildilarki, hatto qo‘shni merosxo‘r qilinarmikin, deb gumon qildim.
Xotinlar to‘g‘risida shunchalik ko‘p vasiyat qildilarki, hatto ularni taloq etish harom bo‘larmikin, deb gumon qildim.
Qullar haqida shunchalik ko‘p vasiyat qildilarki, hatto ularni ozod qilish uchun vaqt belgilanarmikin, deb gumon qildim.
4.   Misvok  to‘g‘risida   ko‘p   vasiyat   qilganliklaridan   hatto   u   farz
bo‘larmikin, deb gumon qildim.
5.   Jamoat bilan namoz o‘qish to‘g‘risida shunchalik ko‘p vasiyat
qilganliklaridan hatto Alloh jamoatsiz namozni qabul etmasmikin,
deb gumon qildim.
Kechasi turib namoz o‘qish haqida shunchalik ko‘p vasiyat qildilarki, hatto kechasi uxlanmasmikin, deb gumon qildim.
Allohni zikr etishlik haqida shunchalik ko‘p vasiyat qildilarki, hatto Allohning zikrisiz barcha so‘z befoydamikin, deb gumon qildim».


Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:08:56

*   * *
Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Alloh yo‘lidagi jihodda shahid bo‘lganlardan tashqari yana yetti shahid bor:
Qorni og‘rib o‘lgan kishi;
Cho‘kib o‘lgan kishi;
O’pka kasali bilan o‘lgan kishi;
Yonib o‘lgan kishi;
Ustun ostida qolib o‘lgan kishi;
Ko‘zi yorayotganda o‘lgan ayol;
Vabo bilan o‘lgan kishi».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:09:15

*   * *
Ibn Abbos roziyallohu anhu aytdilarki: «Oqil kishi uchun yetti narsani yetti narsa ustiga ixtiyor etmoqlik (afzal ko‘rmoq) vojibdir:
Kambag‘allikni - boylikning ustiga;
Xorlikni - azizlikning ustiga;
Kamtarlikni - mutakabbirlik ustiga;
Ochlikni - to‘qlikning ustiga;
G’amni - xursandchilikning ustiga;
Past martabani - yuqori martaba ustiga;
O’limni - hayotning ustiga».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:09:43

SAKKIZLIK HADIS VA HIKMATLAR BOBI

Rasululloh   sollallohu   alayhi   vasallam   aytdilar:   «Sakkiz   narsa sakkizta narsadan to‘ymaydi:
Ko‘z qarashdan to‘ymaydi.
Yer yomg‘irdan to‘ymaydi.
Ayol erkak kishidan to‘ymaydi.
Olim ilmdan to‘ymaydi.
So‘rovchi so‘rashlikdan to‘ymaydi.
Ochko‘z kishi mol to‘plashdan to‘ymaydi.
Dengiz suvdan to‘ymaydi.
O’t o‘tindan to‘ymaydi».

Qayd etilgan