* * *
Jobir ibn Abdulloh al-Ansoriy Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qilishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar:
«1. Jabroil alayhissalom qo‘shni to‘g‘risida shunchalik ko‘p vasiyat qildilarki, hatto qo‘shni merosxo‘r qilinarmikin, deb gumon qildim.
Xotinlar to‘g‘risida shunchalik ko‘p vasiyat qildilarki, hatto ularni taloq etish harom bo‘larmikin, deb gumon qildim.
Qullar haqida shunchalik ko‘p vasiyat qildilarki, hatto ularni ozod qilish uchun vaqt belgilanarmikin, deb gumon qildim.
4. Misvok to‘g‘risida ko‘p vasiyat qilganliklaridan hatto u farz
bo‘larmikin, deb gumon qildim.
5. Jamoat bilan namoz o‘qish to‘g‘risida shunchalik ko‘p vasiyat
qilganliklaridan hatto Alloh jamoatsiz namozni qabul etmasmikin,
deb gumon qildim.
Kechasi turib namoz o‘qish haqida shunchalik ko‘p vasiyat qildilarki, hatto kechasi uxlanmasmikin, deb gumon qildim.
Allohni zikr etishlik haqida shunchalik ko‘p vasiyat qildilarki, hatto Allohning zikrisiz barcha so‘z befoydamikin, deb gumon qildim».