Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy. Oxirat kuniga tayyorgarlik  ( 65489 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 B


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:10:12

*   * *
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu shunday dedilar: «Sakkiz narsa yana sakkiz narsa uchun ziynatlangandir:
Poklik - kambag‘allikning ziynati;
Shukr qilish - ne’matning ziynati;
Sabr qilish - baloning ziynati;
Halimlik - ilmning ziynati;
O’zini past tutish - shogirdning ziynati;
Ko‘p yig‘lash - Allohdan qo‘rqishning ziynati;
Minnat qilmaslik - ehsonning ziynati;
Xushu’ bilan o‘qish - namozning ziynati».


Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:10:30

*   * *
Umar roziyallohu anhu aytdilar:
«1. Kim ortiqcha so‘zlarni tark etsa, unga hikmat beriladi.
Kim ortiqcha qarashni tark etsa, unga qalb xushu’si beriladi.
Kim ortiqcha taomni tark etsa, unga ibodat lazzati beriladi.
Kim ortiqcha kulishni tark etsa, unga haybat beriladi.
Kim mazaxni tark qilsa, unga baho beriladi.
Kim dunyo muhabbatini tark qilsa, unga oxirat muhabbati beriladi.
Kim boshqalar aybi bilan mashg‘ul bo‘lishni tark etsa, unga o‘z aybini isloh qilish beriladi.
Kim Allohning kayfiyatini izlashni tark etsa, unga munofiqlikdan saqlanish beriladi».


Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:10:43

*   * *
Usmon roziyallohu anhu aytadilar: «Orifning alomati sakkiz narsada ko‘rinadi:
Qalbida doimo qo‘rqinch bo‘ladi.
Dili umid bilan bo‘ladi.
Tili hamd bilan bo‘ladi.
Tili sano bilan bo‘ladi.
Nazari doimo hayo bilan bo‘ladi.
Ko‘zi doimo yoshga to‘la bo‘ladi.
Irodasi tarki dunyo bilan bo‘ladi.
8. Xohishi talab (ya’ni, Alloh rizoligi talabi) bilan bo‘ladi».



Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:11:08

*   * *
Ali  roziyallohu anhu aytadilar:
«1. Xushu’siz o‘qilgan namozda yaxshilik yo‘q.
Bekorchi so‘zdan tiyilmay tutilgan ro‘zada yaxshilik yo‘q.
Tafakkursiz o‘qilgan qiroatda yaxshilik yo‘q.
Parhezsiz ilmda yaxshilik yo‘q.
Ehson qilinmagan molda yaxshilik yo‘q.
Bir-birini himoya qilmagan birodarchilikda yaxshilik yo‘q.
Doimiy bo‘lgan ne’matda yaxshilik yo‘q.
Ixlossiz qilingan duoda yaxshilik yo‘q».


Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:11:20


TO’QQIZLIK HADIS VAHIKMATLAR BOBI

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo Muso ibn Imronga Tavrotda vahiy qilib: «Albatta xatolarning onasi uchtadir: kibr, hasad, hirs qo‘yish. Mana shulardan oltita narsa tashkil topib, hammasi to‘qqizta bo‘ladi. Endi ana shu oltita narsa: to‘qlik, uyqu, rohat, molni yaxshi ko‘rish, maqtovni yaxshi ko‘rish, riyosatni yaxshi ko‘rish», deb aytdi».


Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:11:34

* * *
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu aytdilar: «Bandalar uch toifadirlar. Har toifaning uchtadan alomatlari bo‘lib, ular ana shu alomatidan bilib olinadi. Birinchi toifa Allohdan xavf qilib ibodat qiladi. Ikkinchi toifa Allohdan umid qilib ibodat qiladi. Uchinchi toifa Allohning muhabbatini talab qilib ibodat qiladi. Birinchi toifa uchun uchta alomat bordir:
Nafsini past hisoblaydi.
Yaxshiliklarini oz deb biladi.
Yomonliklarini ko‘p deb biladi.

Ikkinchi toifa uchun ham uchta alomat bor:
Har qanday holatda insonlarga namuna bo‘ladi.
Hayotlik paytida moli bilan insonlarning saxiyi bo‘ladi.
Maxluqlarning har biri haqida Allohga chiroyli gumonda bo‘ladi.

Uchinchi toifa uchun ham uchta alomat bordir:
Yaxshi ko‘rgan narsasini beradi, Rabbi rozi bo‘lganidan keyin hech narsaga ahamiyat bermaydi.
Rabbi rozi bo‘lgandan keyin nafsining g‘azabini keltirgan narsaga amal qilaveradi.
3. Hamma holatda: buyrug‘ida ham, qaytargan narsalarida ham sayyidi bilan birga bo‘ladi».


Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:11:57

* * *
Umar roziyallohu anhu aytdilar: «Shaytonning zurriyodi to‘qqiztadir:
Zalitun.
Vasiyn.
Laqus.
Ahvon.
Haffof.
Murra.
Musavvit.
Dosim.
Valhon
Zalitun - bozordagi sohib.
Vasiyn - musibatdagi sohib.
Ahvon - sultonlikdagi sohib.
Haffof - ichimlikdagi sohib.
Murra - surnay chalgandagi sohib.
Laqus - o‘t-olovdagi sohib.
Musavvit - xabarlar sohibi. Insonlar u tarqatgan xabarni og‘izdan-og‘izga olib yurishadi-da, u xabarning asli topilmaydi.
Dosim - uylar sohibi. Agar kishi manziliga kirsa, salom ham berdirmaydi, Allohning ismini ham zikr ettirmaydi. Va oiladagilarning oralariga nizo solib taloq, bo‘shatish, urish-janjal kabi ishlarni keltirib chiqaradi.
Valhon - u tahorat, namoz va ibodatlarda birga bo‘lib olib, vasvasa qiladi».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:13:15

* * *
Umar roziyallohu anhu aytdilar: «Kim besh vaqt namozni o‘z vaqtida ado etib, shunday bardavom bo‘lsa, Alloh taolo uni to‘qqizta ne’mat ila ikrom qiladi:
Alloh uni yaxshi ko‘radi.
Badani sog‘lom bo‘ladi.
Farishtalar qo‘riqlaydi.
Hovlisiga baraka yog‘iladi.
Yuzida solihlarning belgisini zohir qilib qo‘yadi.
Qalbini muloyim qilib qo‘yadi.
Sirot ko‘prigidan chaqmoq chaqqanidek tez o‘tib ketadi.
Alloh unga do‘zaxdan najot beradi.
9.   Xavf va g‘am-g‘ussa bo‘lmagan kishilar bilan birga yonma-yon qilib
qo‘yadi».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:13:31

* * *
Ali roziyallohu anhu aytdilar: «Yig‘lash uch ko‘rinishda bo‘ladi:
Alloh azobidan xavf qilish;
Alloh g‘azabidan xavf qilish;
Uzilib qolishdan qo‘rqish.
Bularning birinchisi - gunohlarga kafforatdir. Ikkinchisi - ayblar uchun tozalanishdir. Uchinchisi - yaxshi ko‘rgan narsasiga rozi bo‘lish bilan birga unga ega bo‘lishdir. Gunohlarga kafforot bo‘lishning mevasi uqubatlardan najot topishdir. Ayblardan tozalanishning mevasi doimiy ne’mat va oliy darajalardir. Yaxshi ko‘rishga muyassar bo‘lish farishtalarni ziyorat etish va fazilatning ziyoda bo‘lishidir».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:14:09


O’NLIK HADIS VA HIKMATLAR BOBI

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Misvokni lozim tutinglar, chunki unda o‘nta xislat bordir:
Og‘izni poklaydi.
Rabbni rozi etadi.
Shaytonni g‘azablantiradi.
Rahmonga va farishtalarga muhabbatli ko‘rsatadi.
Milkni mustahkamlaydi.
Balg‘amni kesadi.
Og‘izdagi hidni xushbo‘y qiladi.
Og‘izdagi achchiqni ketkazadi.
Ko‘zni ravshanlantiradi.
10.   Turli sassiq hidlarni yo‘q qiladi».
Misvok sunnat amallardandir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Misvok bilan o‘qilgan namoz misvoksiz o‘qilgan namozdan yetmish marta afzaldir», deb aytdilar.

Qayd etilgan