Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy. Oxirat kuniga tayyorgarlik  ( 99861 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 23 B


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:29:56

*   * *
Oisha roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Agar Alloh taolo jannat ahlini jannatga kiritishni xohlasa, bir farishtani hadya va kiyimlar bilan yuboradi. O’sha kishilar jannatga kirishni xohlashsa, farishta ularga: «To‘xtab turinglar, menda olamlar Rabbi tomonidan hadya bordir», deydi. Jannat ahllari: «U qanday hadya?» deb so‘rashganida, farishta shunday deydi: «O’nta muhr urilgan maktub bordir. Maktubda:
1. «Sizlarga tinchlik-omonlik bo‘lsin! Xush keldingiz! Bas, unga mangu qolguvchi hollaringizda kiringiz».
«G’am-g‘ussalar sizlardan ko‘tarilgan».
«Qilib o‘tgan amallaringiz sababli sizlarga meros qilib berilgan jannat mana shudir».
«Sizlarga kiyimlar va ziynatlarni kiydiramiz».
«Biz sizlarga ohu ko‘z hurlarni jufti halol qilib qo‘ygandirmiz. Men bugun sizlarni sabr-toqat qilganliklaringiz sababli mukofotladim. Sizlar haqiqiy baxt-saodatga erishguvchidirsizlar».
«Bugungi mukofotlaringiz qilgan toatlaringiz sababidandir».
«Yosh yigitga aylandinglar, abadiy qarimaysizlar».
«Omonlikda bo‘ldinglar, sizlarga abadiy xavf yetmaydi».
«Nabiylar, siddiqlar, shahidlar, solihlar bilan birga bo‘linglar».
10.   «Arsh sohibi Karim va Rahmon sifatli Allohning yonidan makon
topdinglar», deb yozib qo‘yilgan. Tinch-omonlikda jannatga kiringlar»,
deb aytadi. Ular jannatga kirib: «Bizdan xafalikni ketkazgan Allohga
hamd bo‘lsin. Albatta Rabbimiz mag‘firatli va ozgina yaxshi amal uchun
ko‘p mukofot ato qilguvchidir. Va bizlarga va’dasini rost qilgan va
bizlarni bu jannat yeriga voris qilgan hamda jannatdan o‘zimiz
xohlagan tarafdan joy-o‘rin olishimizga (muvaffaq qilgan) Allohga
hamd bo‘lsin», deb aytadilar. Bas, chiroyli amal qilguvchi zotlarning
ajr-mukofoti naqadar yaxshidir!

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:30:14

Agar Alloh do‘zax ahlini do‘zaxga kiritishni xohlasa, ularga bir farishtani yuboradi. Unda ham muhr urilgan maktub bordir. Unda:
«Do‘zaxga kiringlar, u yerda abadiy o‘lmaysizlar ham, tirilmaysizlar ham, chiqmaysizlar ham».
«Azobga sho‘ng‘inglar, sizlarga rohat yo‘qdir».
«Rahmatimdan noumid bo‘ldinglar».
Abadiy g‘am-g‘ussa bilan xafalikka kiringlar».
5.   «Kiyimlaringiz olov, ovqatlaringiz zaqqum, ichimliklaringiz
qaynoq suv, yotadigan narsalaringiz va o‘ranadiganlaringiz ham
o‘tdandir».
6.   «Bugungi jazolaringiz qilgan amallaringiz sababidandir».
«G’azabim sizlarga do‘zaxda abadiy bo‘lsin».
«Tavba va nadomat qilmasdan, katta gunohlarga qasd etganingiz uchun sizlarga la’nat bo‘lsin».
«Do‘zaxdagi yaqinlaringiz abadiy shaytonlardir».
10.   «Dunyoni xohlab, oxiratni tark qilib shaytonga ergashganinglar uchun
mana shu do‘zax mukofotdir», deb yozib qo‘yilgan».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:30:30

*   * *
Ba’zi hukamolar  aytishdi:   «O’nta   narsani o‘nta  narsadan  axtardim, lekin uni boshqa o‘n narsadan topdim:
1.   Martabani   takabburlikdan   axtardim,   lekin   uni   tavoze’likdan
topdim.
Ibodatni namozdan axtardim, lekin uni taqvoda topdim.
Rohatni hirs qo‘yishdan axtardim, lekin uni zohidlikda topdim.
Qalb nurini  kunduzgi jahriy  namozlardan  axtardim, lekin uni kechasidagi sirriy namozlardan topdim.
Qiyomatdagi nurni saxiylikdan axtardim, lekin uni ro‘zadorlikdagi chanqoqlikdan topdim.
Sirot   ko‘prigidan   o‘tishni   qurbonlikdan   axtardim,   lekin   uni sadaqada topdim.
Do‘zaxdan   bo‘ladigan   najotni   mubohlardan   axtardim,  lekin  uni shahvatlarni tark qilishda topdim.
Allohning muhabbatini dunyodan axtardim, lekin uni zikrullohda topdim.
Ofiyatni ko‘pchilikdan axtardim, lekin uni uzlatda topdim.
10.   Qalb nurini mav’iza va Qur’on tilovatidan axtardim, lekin uni
tafakkur va yig‘ida topdim».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:30:44

*   * *
Ibn   Abbos   roziyallohu   anhu   aytdilar:    «Alloh   taolo   Ibrohim alayhissalomni   kalimalar   bilan   imtihon   qilganda,   o‘nta   xislat sunnatdandir, deb tamomladi. Bularning beshtasi boshda, beshtasi badanda. Boshdagisi:
Misvok ishlatish.
Og‘izni chayish.
Burunni chayish.
Mo‘ylabni qisqartirish.
Soqolni qisqartirish.

Badandagisi:
Qo‘ltiq ostidagi tuklarni yulish.
Tirnoqlarni qisqartirish.
Jinsiy a’zolardagi tuklarni olish.
Xatna qildirish.
Istinjo qilish».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:30:56

*   * *
Ibn Abbos roziyallohu anhu aytdilar. «Kim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytsa, Alloh taolo u kishiga o‘nta salovot aytadi. Kim u zotni so‘ksa, Alloh taolo u kishini o‘n marta so‘kadi. Valid ibn Mug‘iyraga qaramaysizmi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni so‘kkanida Alloh taolo uni o‘n marta la’natlab so‘kdi: «Siz har bir tuban, qasamxo‘r, g‘iybatchi, gap tashuvchi, yaxshilikni man qilguvchi, baxil, tajovuzkor, gunohga botgan, qo‘pol va bundan tashqari benasab-haromi kimsaga itoat etmang. U mol-mulk va o‘g‘illar egasi bo‘lgani uchun (o‘zidan ketib) qachon unga Bizning oyatlarimiz tilovat qilinsa, bular avvalgilarning afsonalari-ku!» der, ya’ni Qur’onni yolg‘onga chiqarar edi».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:31:10

*   * *
Ibrohim ibn Adham roziyallohu anhudan Allohning kalomidagi «Menga duo qilinglar, ijobat qilaman» oyati xususida «Biz duo qilamiz-u, ijobat bo‘lmaydi», deb so‘ralganida u zot aytdilar: «Qalblaringiz o‘nta narsadan o‘lgandir:
1. Allohni taniysizlar-u, haqqini ado qilmaysizlar.
2.   Allohning kitobini o‘qiysizlar-u, lekin unga amal qilmaysizlar.
Iblisni dushman, deb da’vo qilasizlar, lekin uni do‘st qilib olasizlar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yaxshi ko‘rishni da’vo qilasizlar, lekin u zotning yo‘llari va sunnatlarini tark qilasizlar.
5.   Jannatni yaxshi ko‘rishni da’vo qilasizlar, ammo uning uchun amal
qilmaysizlar.
Do‘zaxdan qo‘rqishni da’vo qilasizlar, lekin gunohlardan to‘xtamaysizlar.
O’lim haq, deb da’vo qilasizlar, ammo unga tayyorgarlik ko‘rmaysizlar.
8.   Boshqalarning aybi bilan mashg‘ul bo‘lasizlar, ammo o‘zingizning
aybingizni tark qilasizlar.
9.   Allohning rizqini yeysizlar-da, Unga shukr qilmaysizlar.
10.   O’liklaringizni dafn qilasizlar-da, undan ibrat olmaysizlar».


Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:31:28

* * *
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Biror banda yoki cho‘ri arafa kechasida qarindoshlikdan uzilishni yoki biror gunohni iroda etmasdan quyidagi o‘n kalimani ming marta o‘qib Allohdan biror narsani so‘rasa, Alloh taolo unga so‘ragan narsasini beradi:
Subhanallaziy fissamoi ‘arshuhu - Arshi osmonda bo‘lgan Zot pokdir.
Subhanallaziy fil arzi mulkuhu va qudratuhu - Mulki va qudrati yerda bo‘lgan Zot pokdir.
Subhanallaziy fil barri sabiyluhu - Yo‘li quruqlikda bo‘lgan Zot pokdir.
Subhanallaziy fil havo ruvhuhu - Ruhi havoda bo‘lgan Zot pokdir.
Subhanallaziy fin nari sultonuhu - O’tda sultonligi bor Zot pokdir.
Subhanallaziy fil arhami ilmuhu - Bachadondagi narsadan xabari bor Zot pokdir.
Subhanallaziy fil quburi qazouhu - Qabrlarda hukmi bor Zot pokdir.
Subhanallaziy rafa’as samoa bila ‘amadin - Osmonni ustunsiz ko‘tarib turgan Zot pokdir.
9.   Subhanallaziy vaza’al arza - Yerni qo‘ygan Zot pokdir.
10.   Subhanallaziy la maljaa vala manjaa minhu illa ilayhi - Undan
boshqa qochiladigan, najot topiladigan yo‘qdir. Faqat U zot bordir. U
zot pokdir».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:31:41

* * *
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kunlarning birida la’nati shaytondan «Ummatimdan do‘stlaring qancha?» deb so‘raganlarida, shayton shunday dedi: «Ular o‘n nafardir:
Zolim imom.
Mutakabbir kishi.
3.   Molni qaerdan topayotgani va qaerga sarf qilayotganiga e’tibor
bermaydigan boy.
Amirning zulmini tasdiqlovchi olim.
Xiyonatchi savdogar.
Molni arzonligida olib, qimmatlashganida sotuvchi kishi.
Zinokor odam.
Sudxo‘r kishi.
Molni qaerga jamlayotganiga ahamiyat bermaydigan baxil kishi.
10.   Doimiy aroq ichuvchi».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:32:01

So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam la’nati shaytonga: «Ummatimdan dushmanlaring qancha?» deganlarida, shayton shunday javob berdi: «Ular quyidagi yigirma nafar:
1. Ularning birinchisi - siz, ey Muhammad, chunki men sizdan g‘azablanaman.
Ilmiga amal qiluvchi olim.
Qur’onni yod olib, uning ichidagilarga amal qiluvchi.
Besh vaqt namozga azon aytuvchi.
Kambag‘al, miskin, yetimlarni yaxshi ko‘ruvchi.
Rahmdil qalb egasi.
Haq uchun tavoze’ qiluvchi.
Allohning toatida o‘suvchi yigit.
Halol yeyuvchi.
Alloh yo‘lida bir-biriga do‘st bo‘luvchi ikki yigit.
Namozlarini jamoat bilan o‘qishga intiluvchi kishi.
Kechasi odamlar uxlayotganda namoz o‘quvchi kishi.
Haromdan nafsini tiyuvchi kishi.
Do‘stiga nisbatan qalbida biror narsa bo‘lmasdan nasihat qiluvchi kishi.
Doim tahoratda yuruvchi kishi.
Saxiy odam.
Chiroyli xulqli kishi.
Alloh kafil bo‘lgan narsalarga Rabbini tasdiq qiluvchi kishi.
Beva qolgan mastura ayollarga yaxshilik qiluvchi kishi.
O’limga tayyor bo‘lib yuruvchi kishi».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:32:24

* * *
Vahb ibn Munabbahning rivoyat qilishlaricha, Tavrotda quyidagilar yozilgan: «Kim dunyoda zodi rohilani tayyorlasa, qiyomat kuni Allohning do‘sti bo‘ladi. Kim g‘azabini tark qilsa, Allohning yonida bo‘ladi. Kim dunyoda chiroyli yashashni tark qilsa, qiyomat kuni Allohning azobidan omonda bo‘ladi. Kim hasadni tark qilsa, qiyomat kuni xaloyiq oldida maqtovga sazovor bo‘ladi. Kim riyosatni tark qilsa, qiyomat kuni Jabbor, Molik sifatli Zot huzurida aziz bo‘ladi. Kim dunyoda ortiqcha narsalarni tark qilsa, yaxshilar orasida ne’matlanadi. Kim dunyoda xusumatni tark qilsa, qiyomat kuni najot topganlardan bo‘ladi. Kim dunyoda baxillikni tark qilsa, qiyomat kuni xaloyiqning boshida zikr qilinadi. Kim dunyoda rohatni tark qilsa, qiyomat kuni shod bo‘ladi. Kim dunyoda haromni tark qilsa, qiyomat kuni nabiylar qo‘shnisi bo‘ladi. Kim dunyoda harom narsalarga qarashni tark qilsa, qiyomat kuni Alloh uning ko‘zini jannatda shodlantiradi. Kim dunyoda boylikni tark qilib kambag‘allikni ixtiyor qilsa, qiyomat kuni Alloh taolo valiylar va nabiylar bilan birga qayta tiriltiradi. Kim dunyoda insonlarning hojatlarini chiqaruvchi bo‘lsa, Alloh taolo dunyo va oxiratda uning hojatlarini chiqaradi. Kim qabrida yo‘ldosh bo‘lishini xohlasa, kechasi qorong‘uda turib namoz o‘qisin. Kim Rahmon Arshining soyasida bo‘lishni xohlasa, zohid bo‘lsin. Kim hisobi yengil bo‘lishini xohlasa, o‘ziga va birodariga nasihat qilsin. Kim farishtalar ziyorat qilishini xohlasa, taqvodor bo‘lsin. Kim jannatda xursand bo‘lishni xohlasa, kechasi va kunduzi Allohni zikr qilsin. Kim jannatga hisob-kitobsiz kirishni xohlasa, Allohga nasux tavbasini qilsin. Kim boy bo‘lishni xohlasa, Alloh taqsimlab qo‘ygan narsaga rozi bo‘lsin. Kim faqih bo‘lishni xohlasa, Allohdan qo‘rquvda bo‘lsin. Kim hakim bo‘lishni xohlasa, olim bo‘lsin. Kim insonlardan omonda bo‘lishni xohlasa, insonlarni faqat yaxshilik bilan zikr qilsin. «Nimadan xalq qilindim va nimaga xalq qilindim?» deb ibratlansin. Kim dunyo va oxiratda sharafni xohlasa, dunyoning ustiga oxiratni ixtiyor qilsin. Kim Firdavsni va foniy bo‘lmaydigan ne’matni xohlasa, umrini dunyo fasodlarida zoe qilmasin. Kim dunyo va oxiratda jannatni xohlasa, saxiylikni lozim tutsin, chunki saxiylik jannatga yaqin va do‘zaxdan uzoq qiladi. Kim qalbi mukammal nur bilan munavvar bo‘lishini xohlasa, tafakkur va ibratlanishni lozim tutsin. Kim badani sabrli, tili zokir, qalbi xushu’li bo‘lishini xohlasa, mo‘min-mo‘minalar, muslim-muslimalar haqqiga ko‘p istig‘for aytishni lozim tutsin!»
Alloh taologa behisob hamdu sanolar, Uning rasuliga, u zotning ahli baytlariga va ashoblariga salovotu durudlar bo‘lsin.

Qayd etilgan