Tilak, niyat haqida she'rlar  ( 137036 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


shoir  24 Oktyabr 2007, 18:28:42

NIYAT

Magar kelganda ham qiyomat qoyim,
Yor bo‘lsin yigitga niyati doim.

Tabarruk keksaning gapin eshitdim,
Boshing toshdan bo‘lsin, derdi, iloyim.

Dilovar dardida tortdim uzangi,
Men kim deb ado-yu, kimdir adoyim.

Gohida safardosh bo‘ldim g‘animga,
Sodiq do‘st topolmay qaytganda royim.

Boshimga chiqdi goh poyim to‘zoni,
Ulug‘lar qoshida goh bo‘ldi joyim.

Qismat qahr bilan yo‘lim poyladi,
Agarchi, baxt menga boqdi muloyim.
1982

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


shoir  26 Oktyabr 2007, 15:36:16

BARAKAGA TO’LSIN UYINGIZ

Onalar, opalar, singillar,
Muborak bo‘lsin bu to‘yingiz.
O’zbekcha aytganda, har doim
Barakaga to‘lsin uyingiz.

Onalar, opalar, singillar,
Shodlikka jo‘r bo‘lsin kuyingiz.
Faqat bolalarning baxtini o‘ylab,
Kechar bo‘lsin ezgu o‘yingiz.

Onalar, opalar, singillar,
Hayotning shavqini tuyingiz.
Vatanni jondan ham ortiqroq,
Allohim qadarli suyingiz.

Onalar, opalar, singillar,
She’rimni faxrga yo‘yingiz.
Bir do‘stim degandi so‘nggi dam,
Onamning yoniga qo‘yingiz...
1996

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


shoir  26 Oktyabr 2007, 15:37:23

AYTGIN SHUKRLAR

Dumaloq shu boshdan bo‘lmasang judo,
Ikki oyoq bilan yiroq ketgaysan.
O’lmagan qulim, deb siylasa xudo,
Jambulning yoshiga balkim yetgaysan.

Tap-taqir kallangda qozondek dastor,
Avliyo misoli ayri soqoling.
Nabira, abira tegrangda qator,
Sandiqda bisoting, qo‘rangda moling.

O’tgan hayotingdan mutloq bexabar,
Piyri badavlat deb yozar muxbirlar.
Shundayin dovonga yetolsang magar,
Aytaber Allohga cheksiz shukrlar.
1998

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


shoir  30 Oktyabr 2007, 15:11:54

Sizga tilaklarim bir jahon bo‘lsin,
Boshingiz oftobli osmon bo‘lsin.
Kunduzning g‘aroyib chog‘idir oqshom,
Saodat birla u nurafshon bo‘lsin.

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


Fantomas  06 Noyabr 2007, 18:46:48

Oqqush misol parvozlarga shaylangan
Ertakdagi malikaga aylangan
Sultoniga kelin bo`lib saylangan
Singiljonim qutlay bugun to`yingiz
Ostonasi tillo bo`lsin uyingiz.


Oq atirgulsiz tong chog`i ochilgan
Chimildiqqa uforlari sochilgan
Chehrasida oftob kulgan oy kulgan
Shaloladan tiniq orzu o`yingiz
Ostonasi tillo bo`lsin uyingiz.

Siz tursangiz yashnab turfa libosda
Tovlanasiz tovusday har nafasda
Qo`shni qizlar termulishar havasda
Chaman bo`lar yurgan ko`cha kuyingiz
Ostonasi tillo bo`lsin uyingiz.

Bir kun kelgay jannatlardan sadolar
Momolardan meros sirli navolar
Go`zallikni yo`rgaklagan bahorlar
Gulbahorlar qutlar beshik to`yingiz
Ostonasi tillo bo`lsin uyingiz.

Kelinchak oy kelinchak
Kuyov bag`ri belanchak
Kelinchak oy kelinchak
Kuyov bag`ri belanchak.

Qayd etilgan


shoir  24 Aprel 2008, 10:49:31

TILAK

Har kimning ham sochlariga oq tushsin,
Ajin tushsin yuzlariga, dog` tushsin.
Har kimning ham quvvat ketib belidan,
Qo`llariga aso — bir tayoq tushsin.

Imoni sof, yuzga kirib yorug` yuz,
To`ylar ko`rib yelkasidan tog` tushsin.
Jismiga so`nggi safar oldidan
O`z bolasin qo`lidan tuproq tushsin...

Muhammad Yusuf

Qayd etilgan


shoir  06 May 2008, 13:05:35

TILAK

Yurtim,
Seni yashartirib yashasam,
Mehrim unsa har bir maysa, giyohda.
Qancha suysam,
Qancha kuysam shuncha kam,
Shuncha kamdir, shuncha kamdir, shuncha kam.
Yurtim,
Ko‘zim!
Yoshing artsam, yashartsam,
Vola bo‘lib qolsam, volang o‘zim ham.
Seni suyib, quchog‘imga aylab jo
Ko‘zing bo‘lib ko‘zin-ga nur qo‘sholsam.
O‘zing bo‘lsam,
O‘zim bo‘lsang, o‘zlashib,
Bir dil bo‘lsak,
Bitta dilday yashasak.
Va sevishsak, sevishsalar shu qadar,
Muhabbatga ishqqa do‘nsa Kelajak.
Xayolarga do‘nib qolsa havolar,
Xayolarni qona-qona simirsak.
Telbalanib bizning dalli navolar
Osmonlarda uchib yursa havolab.
Ezgulikka aylansa huv bulutlar,
Jolam bo‘lib armonlaring yuvsalar.
Quyosh misol charaqlasa umidlar,
Umidlarda unsa shirin bo‘salar.
Dunyo,
Seni yashartirib yashasam...

Abdunabi Boyqo'ziyev

Qayd etilgan


AL_laziz87  24 Avgust 2010, 00:24:24

Ko'zlar xali ko'rib turganda,
Yurak xali urib turganda
Oyog'ingiz yurib turganda
O'zingizni extiyot qiling!
Baxt kelganda suyunib ketmang,
G'am kelganda kuyunib ketmang
Sokin yashang osuda yashang
O'zingizni extiyot qiling!

Qayd etilgan


BilmasOY  24 Avgust 2010, 22:47:52

Allohdan zikrli zabon tiladim,
Sabrli qalbu. iymon tiladim.
Shukrona qiluvchi aql-zakovat
Jannatga eltuvchi islom tiladim.
Doimo amalingiz o'ngidan kelishini,
Payg'ambar qo'lidan kavsar ichishni
Mo'minlarga munosib farzand bo'lishni,
Allohdan rizolik olmoq tiladim!

Qayd etilgan


ree7  24 Dekabr 2011, 01:02:08

Anorga o'xshagan sevgilim bo'lsa,
Ko'zga yaqin bo'lsa, tegmasa ko'zlar.
Dona-dona-dona anorday,
Bir-bir chiqsa labidan so'zlar.

Oq ro'molli anorlar misol,
Hayolarga o'ralib sevsa.
Dunyo behol unga yiqilsa,
U ko'nmasa, u meni desa.

Manglayimda quyoshdek kulsa,
Va ustimda shamolday yelsa.
Yaqin-yiroq bol yuragidan,
Umrbodga imon hid kelsa.

Uni derdim "arsh farishtasi",
Unga bog'lab jonim rishtasi.
Yaratganga shukrona aylab,
Takrorlanmas to'ylar qilardik.
Yer ustida, anjirli bog'da,
Biz sevgidan jannat qurardik..

( muallifini bilmiman, radioda eshitgandim.. )


Qoyil oma radiodan bir eshitib yodlab olgan bo'lsez, zehnizga havas qivordim )

Qayd etilgan